2
Топишмоқлар. Тузувчи ва нашрга тайёрловчи З.Ҳусаинова. Т., Ғ. Ғулом номидаги “Адабиёт ва санъат
нашриёти”-1981; Ўзбек топишмоқлари. Тузувчи, таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифи М. Абдураҳимов.
Т.: “Ўқитувчи” нашриёти, -1991; Топишмоқлар. Ўзбек халқ ижоди.Iжилд. -Б. 983; Сирожиддинов Р.
Грамматик топишмоқлар. Т.: “Ўқитувчи”, - 1995.
7
BIRINCHI BOB. TOPISHMOQLARDA METAFORIK YASHIRIN
MAZMUNNING IFODALANISHI
1.1. TOPISHMOQ LINGVISTIK BIRLIK SIFATIDA
Siqiq, ravon va aniq badiiy ifodani shakllantirish, so‘zning hissiy ko‘lami -
ohangdoshlik, bo‘yoqdorlik, ta’sirchanlikni ta’minlashda metafora muhim o‘rin
tutadi.
Metafora narsa va hodisalar, predmetlarning u yoki bu belgisi o‘xshashligiga
asoslangan poetik ko‘chim bo‘lib, an’anaviy topishmoqlarning mohiyatini
belgilaydi
3
.
Topishmoqlar – xalq og‘zaki ijodining namunasi sifatida o‘zining ixchamligi
va barqaror shaklga egaligi, yashirin ma’nosining o‘ziga xosligi hamda
obrazlarining metafora asosida qurilishi bilan ajralib turadi.
Topishmoqning g‘oyasi – haqiqatan ham mavjud bo‘lgan narsa haqida
gapirish va bu bilan birga, tamomila mumkin bo‘lmagan narsani birlashtirishdir.
Bunga (ko‘p qo‘llanadigan) so‘zlar vositasida erishib bo‘lmasa, metaforalar orqali
erishish mumkin.
Metafora – yashirin qiyoslashga imkon beradi, o‘zidan nihoyatda olisda
bo‘lgan narsa, hodisa, harakatni solishtiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rus xalqining
o‘zi topishmoqlarni juda o‘rinli ta’rifladi
4
: “O‘zi yuzsiz niqobda”.
Demak, topilgan javobdagi narsa “yuz” – “niqob” ostiga yashirinadi.
Masalan: Qorong‘u zindonda qizlar ipsiz, ignasiz bo‘z to‘qishyapti. – Arilar, ari
uyasi, asalari mumi. Bunda, arilar → qizlarga, ari uyasi → qorong‘u zindonga,
asalari mumi → bo‘zga o‘xshatilgan; Besh kampir, Besh kampirning orqasida
besh muz yopishib turibdi. – Qo‘l, barmoqlar, tirnoqlar (o‘zb.t., 50 - bet). Bu erda
qo‘l barmoqlari → besh kampirga, tirnoqlar → muzga solishtirilgan.
Topishmoqlarning bunday turlari – keng yoyilgan metafora sanaladi.
3
Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. Тошкент: “Ўқитувчи”, -1990. –Б.104.
4
Русские народные загадки, пословицы, поговорки.- М.,”Наука”. - 1990.
8
Xalq tilining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishda folklor asarlari katta
ahamiyatga ega. Folklor asarlari orasida topishmoqlar tuzilishining soddaligi,
mantiqiy chuqurligi, ma’no sig‘imining murakkabligi bilan ajralib turadi. Til va
tafakkur uzviyligi, ayniqsa, topishmoqlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bilish
jarayonimizda borliqdagi narsa va hodisalarning muhim belgilarining ajratilishi va
topilishi lozim bo‘lgan narsa va hodisalarning ana shu muhim belgilar ostiga
yashirinishi topishmoqlar mazmuniy mundarijasining kengayishiga, shakl va
mazmun nomuvofiqligining kuchayishiga, topuvchining fikrlash qobiliyatining
o‘sishiga olib keladi.
Mutaxassislarning belgilashicha, “topishmoq“ atamasi “top“ asos fe’liga –
– ish fe’li harakat nomini qo‘shish orqali yasalgan va unga - moq shaklini
qo‘shish bilan janr atamasi yuzaga kelgan
5
.
Topishmoq bu moddiy olamdagi narsalarning rang-barangligi va poetik
go‘zalligini ko‘z o‘ngimizda ochib berish maqsadida yaratilgan biron-bir narsaning
mazmundor poetik tasviri, topilishi lozim bo‘lgan narsa-hodisaning boshqacha
ifodasidir.
Xalq topishmoqlaridagi barcha umumiylik ularning ixcham va narsaning
nomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmay, javob talab qilishligidadir. Bu jihatisiz
topishmoqlar topishmoq bo‘la olmaydi, balki ular oddiy fakt materialiga aylanib
qoladi. Agar shunday hodisa yuz bersa, topishmoq maqolga aylanadi
6
. Masalan:
Birovni suydirar, birovni kuydirar.– Til. (Topishmoq); Suydirgan ham til,
kuydirgan ham til. (Maqol); Tepsa-tebranmas, chopsa-chopilmas. – Soya.
(Topishmoq); Dangasani tepsang tebranmas. (Maqol).
O‘zbek xalq topishmoqlari – o‘zbek folklorining eng qadimgi janrlaridan
biri, ammo ularni to‘plash va to‘plamga kiritish faqat XIX asrga to‘g‘ri keldi.
XIX asrning o‘rtalarida o‘zbek xalqi ijodidan topishmoqlarni, qo‘shiqlarni,
ertaklarni, maqol va matallarni keng doirada yig‘ish va nashr qilish ishlari paydo
bo‘ldi hamda og‘zaki axborot sifatida yozib olingan to‘plamlari yuzaga keldi.
5
Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. – Т.: Ўқитувчи, -1990. –Б. 100.
6
Соатов Б. Мақолларнинг матал ва топишмоқларга муносабати // Ўзбек тили ва адабиёти . –Т. -1987. -№5. -
Б. 37-40.
9
Lekin XIX asrda yozib olingan topishmoqlarning katta qismi hammaga ayon
bo‘lgan narsa va hodisalarga ko‘proq tegishli, shuning uchun ham, hatto izoh talab
qilsa ham, o‘tgan asr nashrlari va yozuvlari zamonaviy to‘plamlarni tuzishda katta
manba hisoblanadi.
Demak, o‘zbek xalq topishmoqlarini o‘rganish, to‘plash va qisman bo‘lsa
ham tekshirish ishlari XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlangan.
O‘zbek xalq topishmoqlarini ilmiy asosda yozib olish, nashr etish, o‘rganish
ishlari G‘ozi Olim Yunusov, Abdulla Nosirov, Hodi Zarif, Ismoil Orifiy,
B.Karimov, M. Afzalov, Zubayda Husayinova, M. Abdurahimov, R. Sirojiddinov
kabi tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirildi.
Topishmoqlarda ifodalangan narsa va hodisalarning kengligi, uning fikricha,
topishmoqlarning voqealikni o‘ziga xos badiiy shaklda tasvirlashi bilan bog‘liq.
Ular qanday yashashni o‘rgatgan. Ular xalqning ma’naviy tajribasini saqlash
vositalaridan biri bo‘lgan.
Shuning uchun ham topishmoqlarning mavzui rang-barang, mazmuni esa
juda boydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |