podtekst –– matn ostidagi ma’no ifodalaydigan hodisaga nisbatan ishlatiladi.
Bitta farqlovchi uzv ham sistema shartlariga ko‘ra, har ikkala hodisaning
alohida-alohida ekanligini ko‘rsatadi. Masalan: Devor oldida qozoncha
qaynayapti. –– Ko‘rsichqon. Bu yerda qozonchaning “olov“ ustida ekanligi
presuppozitsiyasi mavjud. “Qaynayapti” so‘zining leksik ma’nosi va til
haqidagi umumiy bilish malakasi so‘zlovchilar uchun presuppozitsiyani
tushunarli qiladi.
Ushbu topishmoqda, aslida, ko‘rsichqon tuproqni yuqoriga turtib
chiqarayotganligi haqida gap boryapti. Uning bu harakati natijasida yerda
to‘da uyum hosil bo‘ladi. Bu topishmoqda bitta yashirin narsa (ko‘rsichqon)
bo‘lib, uning o‘rniga esa boshqasi (olov) qo‘yilgan.
Ko‘rinadiki, shaklan sodda bo‘lgan gaplarning ba’zan mazmunan murakkab
bo‘lishi, presuppozitsiya hodisasiga ham bog‘liqdir: Tomda turib gilam qoqdim.
–– Nog‘ora (o‘zb. t., 183– bet) –– predikat ifodasi ichida yashirin holda
“gilam qoqildi“ predikat ifodasi mavjud. “Gilam qoqildi“ bilan “nog‘ora“
o‘rtasida o‘xshashlik bo‘lib, ikkinchi ifoda birinchisining presuppozitsiyasidir .
22
Topishmoq atrofimizdagi narsa-hodisalarni ataylab tasavvufona ma’noda
nomlaydi. Tilshunoslikda bunday nomlash implitsit ma’no deb yuritiladi.
Implitsit ifoda real tashqi struktura orqali yuzaga chiqmaydi, balki gapning
ichki, yashirin strukturasi orqali tasavvur etiladi. Fikrning ana shunday ochiq
va yashirin holda ifodalanishi ichki va tashqi sintaksis haqidagi g‘oyaning
tug‘ilishiga olib keldi.
Implitsit (yashirin) ifoda komponentlari tilning formal (shakliy) leksik-
grammatik strukturasida mustaqil aniq ifodaga ega bo‘lmaydi. Tadqiqotchi
S. Mo‘minov ilmiy maqolasida
16
e’tiborni topishmoqning ana shu
tomoniga jalb qiladi. Uning fikricha, o‘zbek topishmoqlarida implitsit
nominatsiyaning, asosan, yot belgilarni aytish, (Chopsa, changi yo‘q, yo‘nsa,
qoni yo‘q.– Soya) ya’ni dastlabki holatning unchalik muhim bo‘lmagan
belgilarini aytish vazifasi asosiy o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga,
jumboqlanayotgan narsani boshqa bir narsaga qiyoslash usullari keng
tarqalganligini ham ko‘rsatadi.
17
(Chunonchi: Uzoq tog‘da o‘t yonar. ––
Quyosh (o‘zb.t., 15-bet); quyosh → o‘t ; Bir parcha patir, olamga tatir. –– Oy
(o‘zb.t., 16-bet); oy → patir; Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi. –– Ko‘z (o‘zb.t.,
34-bet); ko‘z → ikki og‘ayni).
Xalq topishmoqlarida subyektning implitsit, ya’ni grammatik jihatdan
ifodalanmagan, mantiqan ko‘zda tutilgan holati mavjud, topishmoqlardagi bunday
gap qurilishida “bo‘sh o‘rin” sezilib turadi va bu “bo‘sh o‘rin” topishmoq javobi
orqali to‘ldiriladi
18
.
M. Saparniyozova topishmoqlardagi bunday holatlarni tahlil qilib, implitsit
subyektning uchta holatini farqlaydi:
1. Implitsit subyekt – ega pozitsiyasida.
2. Implitsit subyekt – to‘ldiruvchi pozitsiyasida.
3. Implitsit subyekt – qaratqich aniqlovchi pozitsiyasida.
16
Мўминов С. Ўзбек топишмоқларининг номинатив аспекти // Республика ёш филолог - олимларининг
анъанавий – илмий конференция материаллари. Тошкент: “Фан” – 1990.-Б. 105.
17
Абдуллаев Ж. Х. Ўзбек халқ топишмоқларининг лексик- семантик хусусиятлари // Номз. дисс.-Т., - 1993.
18
Сапарниёзова М. Ўзбек халқ топишмоқларининг синтактик-семантик хусус. // Номз. дисс. Т.-2006.-Б.52.
23
Dissertant bu holatlarning ifodaviy va mazmuniy shakllarini batafsil
yoritganligi uchun bu borada to‘xtalishni lozim topmadik.
Ko‘rinadiki, topishmoq o‘zida jumboqli holatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
obrazli (bu narsa bizni qiziqtirmaydi) darajada ifoda etadi hamda bu
hodisada topishmoq proza yoki obrazli nutqqa nisbatan taqqoslanadi.
Topishmoq matnida boshqa so‘zlar bilan bog‘lanish hosil qila olmagan
belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlar alohida logik urg‘u olib, dastlabki
holatlarning shunday belgi-xususiyatga ega ekanligiga ishora bo‘lib xizmat
qiladi: Bir uyda ikki o‘rtoq, biri sariq, biri oq .– Tuxum (o‘zb. t., 74-bet);
Osti tosh, usti tosh , o‘rtasida chandir bosh.– Toshbaqa (o‘zb.t., 65-bet);
Qorday oppoq, yungday yumshoq. – Paxta(o‘zb.t.,95-bet).
Topishmoq shunday holatda (O‘Hoshimov) tuzilgan bo‘ladi va ular
shunday tarz usulda berilgan bo‘ladiki, ularning obraz ekanligi, bu yerda
boshqa narsalar nazarda tutilganligi matnning umumiy mazmunidan yaqqol
ko‘rinib turadi. Ko‘pincha, bu xil topishmoqlarda bir-biridan umuman uzoq
bo‘lgan, bir nuqtada mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalar ifodalanadi.
Javobni topishda so‘zlarning ma’nolaridan tashqari, topishmoqning
tuzilish holati ham muhim o‘ringa ega. Topishmoq tuzilishi va mazmunida
yetakchi
hisoblanadigan
so‘zda
topishmoq
javobining
ayrim
belgilari
mujassamlanadi.
Otning erkalash-kichraytirish shaklini hosil qiluvchi affikslar muayyan
presuppozitsiyalarga ishora qiladi.
Erkalash-kichraytirish shakllari ham ekstralingvistik asoslar qurshovida
presuppozitsiyani
yuzaga
keltiradi.
Bunday
vositalar
ishtirok
etgan
topishmoqlarda ham presuppozitsiya ifodalanadi: – cha, – chak, – boy, – jon
kabi kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari subyektiv munosabatni, subyektiv
bahoni hamda presuppozitsiyani ko‘rsatadi. Ular morfologik struktura elementlari
bo‘lsa ham, subyektiv munosabat ifodalashi orqali topishmoq mazmuniga ta’sir
etadi.
24
Shuning uchun ham ularning ishtiroki topishmoqni mazmunan
murakkablashtiradi. Masalan: Qopcha, qopcha ichida uncha, uncha ichida
ustuncha. –– Jiyda (o‘zb.t., 90-bet). Bu yerda qop, un, ustun so‘zlariga
qo‘shilgan -- cha qo‘shimchasi kichraytirish ma’nosini ifodalamoqda. Bunda
propozitsiya – cha qo‘shimchasining ishorasi orqali anglashiladi: Qizil rangda
tuguncha, ichi to‘la kulchacha. –– Pomidor;
Xalq topishmoqlarida – chak qo‘shimchasining qo‘llanilishi unda ham
hurmat, ham erkalash, ham kichraytirish ma’nolarini ifodalaydi.
Bunda yashirin ma’no – chak qo‘shimchasining ishorasi orqali
anglashiladi: Qizilgina ko‘zachak, ichi to‘la zirachak. ––Garmdori (o‘zb. t.,
112- bet); Uzun ichak, uchi tugunchak. ––Yo‘l, bozor; Kichkintoygina
kelinchak, boshida bor tugunchak. –– Gugurt ( o‘zb. t.,168- bet).
Hurmat va erkalash shakllari doimo so‘zlovchining munosabatini
ifodalab, muayyan presuppozitsiyaga ishora qiladi.
–– jon shakli erkak jinsidagi shaxslarni anglatgan ismlarda erkalashning
kuchli ma’nosini ifodalamaydi
19
. Boshqa so‘zlarga qo‘shilganda esa erkalash
va hurmat ma’nolari kuchli ifodalanadi.
Masalan: Qizlarjonning boshida qizil baxmal taqiya. –– Qizg‘aldoq
(o‘zb. t., 103- bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |