Отабаева Айгул топишмоклар lotin


  O‘xshatishga  asoslangan  topishmoqlar



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/44
Sana21.06.2021
Hajmi0,55 Mb.
#72546
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
ona tili darslarining samaradorligini oshirishda topishmoqlarning orni

2.2.  O‘xshatishga  asoslangan  topishmoqlar 

Tilshunoslarning  qarashlarida,  semema  til  birligi  bo‘lgan  leksemaning 

mazmunini  tashkil  etadi,  barqaror  birlik  sanaladi.

29

    Masalan:  {tana}  leksemasini 



olaylik. Unda 1) inson gavdasi va 2) daraxt asosi gavdalanadi.  

Ushbu  ikki  sememaning  o‘zaro  bog‘liq,  ammo  alohida-alohida  sememalar 

ekanligini  bu  semalarning  bir  xil  qurshovda  voqelana  olishi  ham  tasdiqlaydi: 

“tanasini  kesdi”  so‘z  birikmasida  har  ikkala  semema  yuzaga  chiqishi  va  boshqa-

boshqa  ma’nolarni  anglatishi  mumkin.  Sememaning  bir  xil  qurshovda 

voqelashishi, shu qurshovda qat’iy mazmuni va vazifasini saqlashi alohida o‘ringa 

egadir.  Ular  topishmoqda    quyidagicha    ko‘rinishlarda    namoyon  bo‘lib,  o‘ziga, 

shu  matnga,  sharoitga  xos  qo‘shimcha  ma’no  bo‘yoqlari,  jilvalari,  qirralari  bilan 

voqelashadi.  Masalan:  Tanasi  chipor,  o‘rmondan  chiqar.–  Ilon  (o‘zb.t.,  67-bet); 

                                           

29

 Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. Тошкент: “Ўқитувчи”-1995. –Б.72. 




 

37

Ahil  bo‘lib  yashar  doim  yetmish  mard,  tani  yonib  elga  qiladi  xizmat.–  Gugurt 



(o‘zb.t., 236-bet).  

Birinchi  topishmoqda  tanasi  chipor  so‘z  birikmasi  orqali  ilonning 

ko‘rinishiga  e’tibor  qilinadi,  unda  bir  sememaning  (gavdaning  boshdan-

oyog‘igacha, ko‘rinishi voqelashadi). Chunki bu misolda {tana} leksemasi {bosh}, 

{oyoq}, {dum} leksemalari bilan o‘xshashlik munosabatida kuzatiladi.  

Ammo  ikkinchi  topishmoqda  esa  {tana}  leksemasi  {bosh},  {oyoq},  {qo‘l}, 

{vujud},  {jon}  leksemalari  bilan  o‘xshashlik  munosabatiga  kirishadi.  Natijada, 

tani  yonib so‘z birikmasi orqali jonini berib xizmat qilishlik ma’nosi tushuniladi. 

Aslida bu erda gugurtning yonishini ifodalovchi ko‘chma  ifodalar  berilgan.  

Leksemalar orasidagi  ma’yoriy  bog‘lanishda  (qo‘shnichilik  munosabatlarida) 

o‘zaro  bog‘lanadigan  ikki  sememada  o‘xshash  semalar  bo‘lishi  shart.  Masalan: 

{temir}  leksema  sememasi  tarkibida  “modda”,  “qattiq  modda”,  “  metall”  kabi 

atash semalari mavjud.  

{Kalit}  leksema  sememasida  “qattiq  moddadan  qilingan”  sema  bor.  Bu 

leksema sememalari orasidagi o‘xshash semalar ikkita: “qattiq” va “modda”.  

Demak,  ushbu  leksemalar  topishmoqda  bemalol,  me’yoriy,  oddiy 

qo‘shnichilik  munosabatlariga    kirisha  oladi.  Masalan:  Olisdan  jangir-jungir, 



yaqindan oddiy temir. – Kalit (o‘zb.t., 137-bet).  Bu jarayonda leksema sememalari 

to‘g‘ri  voqelanadi.  

Xalq    topishmoqlari    doim    odatdagidan    boshqachalikka,    yangicha  

o‘xshatishlar,    obrazlilikka    intiladi.  Chunonchi:    Ikki    boshli,    to‘rt    oyoqli,  Ikki  



oyoqli,  to‘rt  quloqli,  orqasida  bir  dumi  bor. – Ot,  otga  mingan  odam ( o‘zb. 

t.,  198-  bet);    Bir    arqonim    bor,  uchi  –  quyrug‘i    yo‘q.—Yo‘l  (o‘zb.  t.,  191-bet):  

yo‘l  →  arqon;    Hasan    aka    tikka    turadi,  bolalari    chapak    chaladi.  –-    Terak, 

barglari  (o‘zb.  t.,  86-bet  ):    terak→  Hasan  aka;    barglari  →  bolalari.    Birinchi  

topishmoqdagi  odamning  boshi,  oyoqlari  va  quloqlari  so‘zlari   ko‘p  ma’noli  

so‘z  zamiriga  yashiringan. Topishmoqda  ot  mingan  odamning  jumboqlanishi  

shu    bilan    izohlanadiki,    xalq    topishmoqlari    obyektlarni    konkret      harakat-

holatda,    faoliyatda,   mavjudlik   muhiti,  tipik   hayotiy    sharoitda   olib   qarashga  



 

38

intiladi.    To‘rt  mergan  bir  quduqqa  o‘q  otar.  –-  Sigir  sog‘ish  (o‘zb.  t.,56-bet). 



Ushbu  topishmoqning  holati  topilayotgan  narsaning  to‘rtta  qismidan    (sigir 

sog‘ish,  yelin,  chelak,  sutdan)  tarkib  topgan.  Tushirib  qoldirilgan  ikkinchi, 

uchinchi va to‘rtinchi obyektlari uning birinchi obyektiga birlashgan holda o‘zaro 

birlikni  hosil  qilgan.  Natijada  sigir  sog‘ish  –  yelin,  sut  va  chelakdan 

uzoqlashtirilgan. Buni shunday izohlashimiz mumkin: konstruksiyada yelin, sut va 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish