45
UCHINCHI BOB. TOPISHMOQLARNING LEKSIK-SEMANTIK
O‘ZGACHALIKLARI
3.1 Topishmoqlar orqali kosmonomlar semalarining ifodalanishi
Birinchi prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asarida
«Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni angashning o‘sishidan,
xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy,
tabiiy jarayon deb hisoblaymiz», – deya fikr bildirgan edi.
Mana shu ma’naviy qadriyatlar sirasiga xalq og‘zaki ijodiyoti namunasi
bo‘lmish topishmoqlar ham kiradi. Negaki, topishmoqda insonni qurshab turgan
olam, tabiat, borliqdagi narsa va hodisalar jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlaridagi ijtimoiy ongning o‘z davriga nisbatan tafakkur doirasida
tushuniladi.
Topishmoqda aniq bir narsa – hayvon, qush, o‘simlik, ish quroli yoki tabiat va
tabiat hodisasi haqida so‘z boradi. Unda o‘ylab topish lozim bo‘lgan narsa yoki
hodisa o‘zidan uzoq ikkinchi narsaga taqqoslanadi. Mana shu predmetning biror
belgisi badiiy obrazlar orqali ifodalanishi topishmoqda narsaning asosiy
yashirinish zamini hisoblanadi. Uning ichidagi yashiringan narsaning nomi, javobi
esa topishmoqning ma’nosidir
37
.
Buni lingvistik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, metaforalar orqali
ifodalangan atash semalari ostida asosiy ma’no yashiringan bo‘ladi. Demak,
ko‘chma
ma’noda
qo‘llangan
bo‘lishiga
qaramay,
denotativ
ma’noda
aktuallashgan holda mavjud bo‘lgan so‘z va ifodalar aslida mohiyatan
jumboqlangan narsaga aloqador bo‘ladi. O‘zbek topishmoqlarining asosiy qismini
metaforik topishmoqlar tashkil etadi
38
.
Buni quyidagi topishmoqlar misolida ko‘rib o‘tamiz:
Onasi bitta,
Bolasi mingta (Oy, yulduzlar)
37
Ҳусаинова З. Ўзбек топишмоқлари. Тошкент.1996.Б.20-21
38
Қобулова У. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (Ўзбек топишмоқлари
мисолида) Номзодлик диссертацияси автореферати. Тошкент.2007. Б.14.
46
Topishmoqda ona leksemasi orqali oyga ishora qilingan. Chunki totemistik
nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, insoniyatning dastlabki vakillari quyosh
va oyni ota va ona tarzida tasavvur etishgan.
Tagi tog‘ora,
Usti nog‘ora,
Yuz ming chechak
Bir gul-u lola (Yer, osmon, yulduzlar, oy)
Bu yerda gul-u lola leksemasi oyning «go‘zal» semasini ifoda etyapti.
Topishmoqning yana bir variantida to‘rtinchi misra «ikkita lola» shaklida berilib,
bunda quyosh va oy nazarda tutiladi.
Bir parcha patir,
Olamga tatir (Oy).
Bu topishmoqda patir leksemasi orqali to‘lin oyning «yumaloq» ekanligi
semasi, ikkinchi jumladagi olamga tatir leksemasi orqali esa «kattalik», «yoritish»
semalariga ishora qilinyapti. Topishmoqda oy patirga nafaqat shakliy jihatdan,
balki ma’no jihatdan ham qiyos etilgan deyish mumkin. Sababioy kechasi borliqni
yoritib, insonlarga bahra bersa, patir ular uchun ozuqa vazifasini bajaradi.
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin»ida quyidagi bayt mavjud:
«Du cho‘ba uchi bu feruza xiroh,
Aning ikki ko‘mochi mehr ila moh»,
39
Mazkur topishmoqdagi «bir parcha patir»ni quyosh deyish ham mumkin.
Ammo bu topishmoqning qo‘limizda mavjud hamma variantlarida oy deb berilgan.
Masalan:
Yorida (yuqorida) yorti non qo‘ydim.
Yoki:
Chinni, chinni, chinni qiz,
Chin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarin iyartib, Tomoshaga chiqdi qiz (Oy, yulduzlar).
Yarimta doiram bor,
Olam har kun unga zor (Oy).
39
Алишер Навоий. Хамса. Фарход ва Ширин. Нашрга тайёрловчи П.Шамсиев. Тошкент 1963. б.65.
47
Bunda doira leksemasi «yumaloq» semasini hosil qilgan. Keyingi misradagi
leksemalar esa oyning «kunduzi ko‘rinmaslik» semasini ifodalagan.
Kechasi yurar,
Kunduzi tinar (Oy).
Uxlab yotar kunduzi
Shomda ochilar ko‘zi (Oy).
Ushbu topishmoqlarda ham oyning «kunduzi ko‘rinmaslik» semasi
mavjudligini ko‘ramiz.
Ko‘kda qilich yarqiraydi,
Suvda aksi yaltiraydi (Oy).
Oyning «qirralik», «tovlanish» va «suvda aks etish» semalari qilich,
yarqiramoq, yaltiramoq leksemalari orqali ochib berilgan.
Kumush baldoq,
Osmonda chiroq (Oy).
Kumush oyning «tiniq» ekanligiga, baldoq – «yumaloqligiga», chiroq-
yuqorida ta’kidlaganimizdek, «yoritish»ga ishora bo‘lyapti.
Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa ushla bol (Oy).
Tom ustida – «balandlik»,
anor – «yumaloq» hamda «uzoq» semalari ushbu
topishmoqdan joy egallagan.
Ko‘ringanlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, topishmoqlarda ham o‘ziga xos
semantik struktura mavjud. Bu strukturani shakliy va mazmuniy birlik hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: