b) – misli yordamida (mumtoz adabiyotida o‘xshatish “misli“ shaklida
qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin);
Ul nadurkim, bir kelin o‘zi cho‘tir,
Etti qat parda ichida misli hur. – Makkajo‘xori (Uvaysiy, 118-bet).
v) – o‘xshar, o‘xshash so‘zlari yordamida: Ukamga o‘xshar o‘zi, aslo
yumilmas ko‘zi. –– Qo‘g‘irchoq (o‘zb. t., 220- bet); Shakli o‘xshar o‘roqqa,
doim tutar so‘roqqa. –– “So‘roq“ belgisi; Qonga o‘xshash, qoni yo‘q,
bolasining soni yo‘q. –– Garmdori (o‘zb. t.,113-bet); Qip-qizilu, anormas,
cho‘g‘ga o‘xshar, yonolmas, mo‘ralaydi egatdan, joy oladi savatdan. –
Qulupnay.
Do'stlaringiz bilan baham: |