Отабаева Айгул топишмоклар lotin


b)    –  cha      qo‘shimchasi    yordamida



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana21.06.2021
Hajmi0,55 Mb.
#72546
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
ona tili darslarining samaradorligini oshirishda topishmoqlarning orni

b)    –  cha      qo‘shimchasi    yordamida;          Gul    shoxida    Hasan  mastcha.  

Bulbul    (o‘zb.t.,  73-bet);      Kichkina    tandircha,    ichi    to‘la    kulcha.        Yong‘oq  

(o‘zb.t., 87-bet). 

Xalq      topishmoqlari      tilida      o‘xshatish    orqali    asosiy      fikr    ifodalovchi  

mazmun    aniqroq    va    yorqinroq    bo‘ladi.    Topishmoq    shaklidagi    o‘xshatish  

mazmunini  ifodalagan  gaplarda  o‘xshatishdan  tashqari,  natija  yoki  xulosalash  

mazmuni    ham    bo‘ladi: 

34

    Oppoq    sandiq    ochildi,    olamga    nur    sochildi.  



Osmon,  quyosh    (o‘zb.t.,15-bet);    Tepdim,      sandiq    ochildi,    yerga    bodom  

sochildi.   Do‘lana (o‘zb.t., 94-bet). 

Shuningdek,    asosiy    ko‘rsatkich    sifatida    xalq    tomonidan    mustaqil  

yaratilgan    analogiya      –      o‘xshashlikka    muvofiq    keluvchi    ifodalarning  

qo‘llanganligi  tahsinga  sazovordir. 

                                           

34

 Абдураҳмонов Ғ.  Ўзбек  тили  грамматикаси. – Т.:  Ўқитувчи,  -1996. -Б.140. 




 

42

Shu    o‘rinda,        Sharq    klassik    adabiyotiga        ziynat      baxsh      etgan     



iste’dodli    shoira      Uvaysiyning      quyidagi        chistonini        misol    tariqasida 

keltirmoqchimiz: 



Ul  na  gumbazdur  eshigi, tuynugidin  yo‘q  nishon, 

Necha  gulgunpo‘sh  qizlar  anda  aylabdur  makon. 

Sindurub  gumbazni  qizlar  holidin  olsam  xabar, 

Yuzlariga  parda  tutig‘liq  turarlar bag‘ri  qon

35

. –  Anor (118-bet). 

Uvaysiy    ushbu    chistonida    “Anorning”    muhim    belgilarini    zo‘r    mahorat  

bilan  tasvirlay olgan.  

 Shoira        anorning    dumaloqligini      →    eshiksiz    gumbazga;      anor  



donachalarini  →  qizlarga;  ichidagi  yupqa  pardachasini  →  qizlar  yuzidagi  

pardaga;   rangining  qizilligini  esa  →  qonga  o‘xshatgan.  Chistondagi  bunday   

muhim    belgilar    asosida        yashiringan    narsaning      qanday    holatda    ekanligini     

anglash  mumkin.                                                                

 Ko‘rinadiki,  topishmoqlarning    o‘xshashliklar    (analogiyalar)  asosida  

qurilishi    o‘zgacha    ahamiyatga    ega.    Xalq    topishmoqlarida    bunday  

o‘xshashliklar    asosida    topishmoq    yaratish    manbai    yetarli    darajada    boy  

bo‘lishi   bilan   birga,    tuzilishlarning   barcha   lingvistik   tomonlarini   o‘z    ichiga  

qamrab  oladi. 

 Yuqoridagi    holatlar    xalq    topishmoqlarida    tilning    mustaqil    elementi  

sifatida  alohida  morfologik  qismlardan  foydalanishini  ko‘rsatadi.  

 Shuning    uchun    analogik    ifodalash    orqali    grammatik    qurilishni  

ifodalashda  birinchi  darajali  ma’no  kashf  etiladi. 

Xalq   topishmoqlaridagi   analogik   ifodalarning   ko‘pligi     va   xilma-  xilligi  

ko‘p    holatlarda    xalq    topishmoqlarida    ma’lum    shaklning  mavjudligi    haqidagi  

masalani  yechishni  biroz  yengillashtiradi.   

Biroq,  shuni  belgilash  lozimki, analogik  ifodalash  hamma  vaqt  mumkin  

emas,    chunki    bunday    o‘xshashliklar    ma’lum    sharoitlardagina    ifodalanadi. 

Masalan:  Kunduzi  tayoqlashar,  kechasi  quchoqlashar.–– Kipriklar (o‘zb.t., 35-

                                           

35

 Ўзбек  шоиралари  баёзи.   Увайсий.  Нодира.  Т.:  Ўз РФА,  “Фан”  нашриёти. - 1993. -Б. 18. 




 

43

bet).  Ushbu  topishmoqda  o‘xshatishni  hosil  qiluvchi  birorta  morfologik  vosita  

ishtirok    etmagan.    Bunda    kipriklarning    ko‘zni    ochib-yumgandagi    holatiga  

hamda    kiprikning    ko‘rinishiga    mos    o‘xshashliklar    topilgan:    Atrofi  



chakalakzor,    o‘rtasi    yorug‘    yulduz.––  Ko‘z    bilan    kiprik  (o‘zb.t.,  34-bet).    Bu  

yerda    ko‘z  → yorug‘ yulduz;   kiprik→ chakalakzor  sifatida  o‘xshashlik  hosil  

qilgan.  

Ikki  yoki  undan  ortiq  predmetni  ular  o‘rtasidagi  o‘xshashlik  yoki  farqli 

tomonlarini  aniqlash  maqsadi  bilan  qiyoslash  tashqi  olamni  bilishning  eng  keng 

tarqalgan mantiqiy usullaridan biridir.  

O‘zbek  tilidagi  qiyosiy  tizimlarni  2  turga  ajratish  mumkin:  1)  o‘xshatish 

tizimlar;  2) sof qiyosiy tizimlar.  

 Formal  logika  nuqtai  nazaridan  mantiqiy  xulosa  chiqarishning  asosiy 

usullaridan    biri    dediktiv  xulosa  chiqarish,  ya’ni  sillogizmdir.  Bunda  ikki 

hukmdan  uchinchi  bir  hukm  xulosa  qilib  chiqariladi.  Topishmoqda  bu  narsa 

quyidagicha  namoyon bo‘ladi. Masalan:  Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni 



bor.  –  Piyoz.  Topishmoqda  jumboqlangan  narsaning  ikki  belgisi:  1)  bo‘yi 

pakanaligi,  2)  qat-qatligi  aniq  ifodalangan.  Bu  ikki  belgisi  asosida  uchinchi  bir 

xulosa, ya’ni piyoz haqida gap borayotganligini anglash mumkin  bo‘ladi.  

Keyingi  topishmoqda  esa  qozonning  bittaligiga    va  to‘rt  ushlagichiga  ishora 

qilinadi: O‘zi bitta, qulog‘i to‘rtta. – Qozon.  

Uning  ushbu ikki belgisi asosida (bittaligi, to‘rtta quloqligi) uchinchi  (qozon 

haqida) xulosaga kelinadi.  

Arastu  (Aristotel)  ta’kidlaganiday,  sillogizm  tuzishda  hammaga  ma’lum 

bo‘lgan  qismni  keltirib  o‘tirish  shart  emas,  chunki  uni  tinglovchining  o‘zi  fikran 

qo‘shib tushunaveradi va sillogizm entimema shaklini oladi

36

.  


 Xullas,  entimemada  ko‘pchilikka  ma’lum  bo‘lgan,  aytib  o‘tirishga  zarurat 

bo‘lmagan  qism  tushirib  qoldiradi.  Masalan:  Bir  otadan  besh  o‘g‘il.  –  Qo‘l, 



barmoqlar.  Bu  erda  “tirnoq”  so‘zi  keltirilmagan  bo‘lsa  ham  uning  ma’nosi 

topishmoqda  berilgan  qo‘l  va  barmoqlar  so‘zlari  orqali    anglashiladi;  Akasi  uy 

                                           

36

 Аристотель. Риторика. В кн.: Античные риторики. – М., - 1978.-Стр. 22. 




 

44

poylaydi,  ukasi  o‘ynab  yuradi.  –  Qulf,  kalit.  Ushbu  topishmoqning  mazmunidan 

“uyning  yolg‘izligi,  uyda  hech  kimning  yo‘qligi”  propozitsiyasi  tushuniladi. 

Topishmoqda qulf→akasi, kalit→ukasi kabi o‘xshashlik hosil qilgan; qulf va kalit 

so‘zlari orqali esa “eshik” ma’nosi anglashiladi. Demak, o‘xshatish sodda gaplarda 

ifodalanadigan  fikr  deyarli  hamisha  entimema  shaklida  bo‘ladi.  Bunda  bir  hukm 

boshqa hukmga nisbatan, undan kelib chiqqan va unga bog‘liq holda ifodalanadi.  

 Sof qiyosiy sodda gaplarda bir predmet ikkinchisi bilan o‘xshatish maqsadida 

emas, balki birini ikkinchisidan  farqlash  maqsadida  qiyoslanadi. Bunda shu narsa 

xarakterliki, qiyoslanayotgan predmetlarning  har ikkalasi ham ayni bir belgiga ega 

bo‘ladi.  Ammo  bu  belgi  qiyoslanayotgan  predmetlarga  aynan  bir  xil  darajada 

emas,  balki  turli  darajada  tegishli  bo‘ladi.  Albatta,  qiyoslanayotgan  predmetlar 

belgining  tegishlilik  darajasidagi  ana  shu  farqqa  ko‘ra  bir-biriga  qarama-qarshi 

qo‘yiladi  va  shu  tariqa  predmetlar  o‘rtasidagi  farq  ko‘rsatiladi:  Yopilsa, 

ochilmaydi, ochilsa, yopilmaydi. – Tun, kun; Ukasi akasini qitiqlaydi. – Qulf, kalit; 

Ikki  singil,  og‘ir-yengil.  –  Tarozi,  ikki  pallasi.  Ushbu  misollardan  jumboqlangan 

narsaning  bitta  emas,  balki  bir  nechta  ekanligi  anglashiladi.  Chunki  bu 

topishmoqlarda  ikki  xil  holat  kuzatilib,  har  bir  holat  bir-biriga  qarama-qarshi 

qo‘yilgan.  

Bu ziddiyatning mohiyati esa muayyan mazmun uzvlaridan ayrimlarining  

bevosita  ifodalanishi  va  ayrimlarining  bavosita  ifodalanishi  o‘rtasidagi 

qarama-qarshilikdan iborat. Demak,  topishmoqda  hodisa  va  holatlar  ko‘pincha,  

o‘xshatish,  taqqoslash  usullari  orqali   yashirinib  tasvirlanadi.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish