3.2. Qisqalikka asoslangan topishmoqlar
Topishmoqning tuzilishida har qanday “belgisiz qo‘llanish” lar, “tushib
qolish” lar holati ko‘p uchraydi. Bu narsaga diqqat-e’tibor bilan yondashish kerak
bo‘ladi. Bu xil holatlarda “aniqlik” yoki “noaniqlik” ka ishora qiluvchi qo‘shimcha
vositalar, situativ xabardorlik, kelishilganlik kabilar alohida o‘rin tutadi.
O‘zbek tilshunosligida ellipsis hodisasi mavjud. Ellipsis – poetik sintaksis
figuralardan biri – nutqda biror gap bo‘lagini ongli ravishda tushirib qoldirish
usulidir. Aslida birikmaga teng bo‘lgan birlikning biror komponenti tushib qolishi
natijasida shu birikmaga xos ma’no bir so‘zning o‘ziga taalluqli bo‘ladi. Masalan:
ugra so‘zi: Ugra solib tayyorlangan ovqat ugra oshi deyiladi. Bu birikmadagi osh
48
so‘zining qo‘llanmasligi natijasida birikmaga xos ma’no ugra so‘zining o‘zigina
taalluqli bo‘lib qolyapti, ya’ni ugra ovqatning ham nomiga aylanyapti. Xalq
topishmoqlarida ham shunday holatni ko‘ramiz: Quduqqa sochimni yoydim. –
Ugra(o‘zb.t.,116-bet); Kesdim, quduqqa tashladim. – Ugra; Ip eshib quduqqa
tashladim. – Ugra(116-bet). Tilshunos N.Mahmudovning ta’kidlashicha
40
, tushirib
qoldirilgan bo‘lakning ma’nosi matndan anglashilib turadi va ellipsis hodisasi
nutq lakonizmini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Topishmoqlarda qisqalikka
intilish kuchli. Bu, albatta, elliptik gaplarning ixchamligi, mazmunan lo‘ndaligi va
qulayligi tufaylidir.
Xalq topishmoqlarida potensial ma’nodosh bo‘lmagan jumlalar, ba’zan
tushirib qoldiriladi. Masalan: Ko‘msa, ko‘milmaydi,
41
,
<kessa, kesilmaydi>.–Soya (o‘zb.t.,26-bet); Tomda turib gilam qoqdim,
jahonga ketdi>.–Nog‘ora (o‘zb.t.,184-bet). Ushbu topishmoqlarning burchakli
qavs ichiga olingan qismlari ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Ko‘rinadiki,
topishmoqlarda ayrim qismlar tushirib qoldirilsa ham ular o‘z ma’nosini
yo‘qotmaydi.
Xususan, bir-biriga o‘xshash bo‘lgan obyektlar qachonki, tubdan o‘zgarib,
boshqacha shaklga kirsa, unda ularda o‘ziga xos qiyinchiliklar vujudga keladi.
Topishmoqda qismning birikishi obyektlarda o‘zgarmasa ham amalga oshadi.
Demak, topishmoqda ayrim qismlarning yashiringanligi, topishmoq
holatining ichki tuzilishiga asoslanadi. Ko‘rinadiki, topishmoqda yashirin
tagmazmun va yuza mazmunlarning mavjudligi ba’zan murakkab holatlarni
keltirib chiqaradi. Natijada topishmoqlarni tahlil qilishda ancha
qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Quyidagi misollarda obyektlar o‘zlarining muhim belgilari asosida
berilganligi sababli, ularning yashirin mazmuni aniq sezilib turadi: Qizil qiz
yer ostida, sochlari yer ustida. – Sabzi (o‘zb. t., 110-bet); Pishirsa osh bo‘lar,
40
Махмудов Н. Эллипсис в узбекском языке// Канд. дисс. Ташкент. - 1977. – Стр. 111.
41
СҚ нинг изоҳ талаб қилмайдиган бир бўлаги <... > бурчакли қавс ичига олинади.
49
pishirmasa qush bo‘lar.– Tuxum (o‘zb. t.,165-bet ); Bir kosada ikki xil ovqat.–
Tuxum (o‘zb. t.,74-bet ).
Misollardan ko‘rinadiki, xalq topishmoqlarida yashirin mazmun ma’lum
sharoitlarga ko‘ra bilinib turadi va ular neytral deb qabul qilinadi.
Topishmoqlar DHning barcha sodda ko‘rinishlari, uning birlamchi
elementining kuzatilish shartiga ko‘ra sistemalashtiriladi:
Jadval
Birlamchi
element
O‘zgarish natijalari
Aks
ettirilgan
Tushirib
qoldirilgan
Nazarda
tutilgan
Yashirin
Aks
ettirilgan DH
Berilgan DH
To‘liq DH
To‘liq
ifodalanmagan
To‘liq
ifodalanmagan DH
Oddiy
tasvirlangan
DH mavhumlashtirilgan
elementi bilan
Jadval shuni ko‘rsatadiki, topishmoqlarda o‘zining semiotik mexanizmi
nuqtai nazaridan bir-biridan bevosita farq qiluvchi ikki holat kuzatiladi
42
.
Ulardan birinchisi narsa obrazining ongda aks ettirish holati sanalib, unda
topilishi lozim bo‘lgan narsaning barcha belgilari aks etadi.
Ikkinchisi esa mavhumlashtirish holati hisoblanib, bunda topishmoq
aytayotgan kishi tomonidan topilayotgan narsa uning muhim belgilari ostiga
yashiriladi. Mavhumlashtirishda topilishi lozim bo‘lgan obyektning nomuhim,
nodifferensial, norelevant belgilari chetlashtiriladi.
Demak, topishmoq DH elementining mavhumlashtirilgan holati boshqalardan
farqli holda ayrim qismlar qurshovida bo‘ladi. Agar O‘H elementlari o‘zaro
guruhlarida bog‘lanish hosil qilsa, unda yashiringan mazmun erkin ifodalangan
bo‘ladi. Masalan: O‘nta og‘a-ini boshidan o‘nta oy tushib ketdi. – Barmoqlar,
42
Левин Ю.И. Ўша асар. М.,-1974.
50
tirnoq olish (o‘zb.t.,43-bet); Qora tuyam qochyapti, qumalog‘in sochyapti. –
Bulut, do‘l (o‘zb.t.,21-bet);
Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. – Quyosh, oy, yulduzlar
(o‘zb. t., 17 - bet).
Bu ularning aslida ko‘chma ma’noda qo‘llanganini yoki ko‘chma
ma’no doirasidagi so‘z ekanligini ko‘rsatadi.
1. Xalq topishmoqlarida asosiy ko‘rsatkich sifatida xalq tomonidan
yaratilgan analogiya – o‘xshashlikka mos keluvchi ifodalar qo‘llanadi.
2. Topishmoq o‘ta ixcham adabiy janr bo‘lganligidan ko‘proq mantiqiy
qonuniyat asosiga quriladi. Bunday mazmunan murakkab, shaklan sodda
gaplarning shakllanishida, shakliy birliklar vositasida metaforik tavsiflanayotgan
narsani so‘zlovchilarning til ko‘nikmasi orqali fahm qilish zamin yaratadi.
3. Topishmoqda qisqalikka intilish kuchli. Bu, albatta, elliptik gaplarning
ixchamligi, mazmuniy lo‘ndaligi va qulayligi tufaylidir.
4. Topishmoqlar tuzilishida har qanday “belgisiz qo‘llanish”, “tushib
qolish” holatlari ko‘p uchraydi.
5. Topishmoqlar narsalarning markaziy belgilariga tayanadi. Predmetning
hamma belgilaridan birinchi o‘ringa ko‘proq, bittasi chiqadi, qolgan belgilari esa
ikkinchi o‘ringa surilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |