chelak→ quduqqa, sut sog‘ilishi esa → o‘q otilishiga o‘xshatilgan. Uchinchi
topishmoqda chakkaning o‘tishi → uydan chiq kabi buyruq fe’liga ko‘chgan va
shu yo‘l bilan metafora ifodalangan.
Ko‘rinadiki, o‘zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforik
topishmoqlar tashkil etadi.
Leksemaning ko‘p ma’noliligi uning tuzilishida namoyon bo‘ladi: topishmoq
qanchalik rang-barang bo‘lsa, bu leksemaning ma’nolari ham shunchalik ko‘p
bo‘ladi.
Tilshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra, har bir leksema yaratilishiga ko‘ra
monosemantik bo‘ladi: biror predmet, belgi, munosabatning nomi sifatida yuzaga
31
keladi. Keyinchalik u boshqa hodisalarga ham nom bo‘lib xizmat qiladi, shu yo‘l
bilan o‘z ma’nosini o‘zgartiradi.
Aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkin: semema nutqda to‘g‘ri va
ko‘chma (metaforik) ma’nolar orqali yuzaga chiqadi va so‘zning muayyan
qurshovdagi muayyan ma’nosi sifatida voqelashadi.
Demak, topishmoqda ikkita mazmun mavjud bo‘ladi. Birinchisi yuza mazmun
bo‘lib, gapning sintaktik shakli orqali ifodalanadi.
Ikkinchisi esa tagmazmun bo‘lib, u gapning ichki tuzilishiga, mazmuniy
tuzilishiga dahldor bo‘lib, metafora yo‘li bilan ifodalanadi.
Umuman metafora tilning tabiiy mavjud nafosat qirralarini gavdalantirgan
holda fikr va hissiyot ta’sirini kuchaytiradi; moddiy asos (obyekt) dan badiiy
tafsilot (subyekt)ga o‘tishda ko‘prik va hissiy zanjir vazifasini bajaradi; o‘ziga xos
badiiy-ijodiy mantig‘i bilan poetik assotsiatsiyalarni hosil qiladi, rivojlantiradi;
obrazlilikka doir emotsional-ekspressiv mohiyatni shakllantiradi.
Tilshunoslikda so‘zlardagi boshqa ko‘chma ma’nolar, ya’ni metonimiya va
sinekdoxa asosida hosil qilingan ko‘chma ma’nolar ham ajratiladi. Quyida shular
asosida hosil qilingan ko‘chma ma’nolarning sememaga munosabati masalasiga
to‘xtalamiz.
Metonimiya
Bizga ma’lumki, bir narsa, belgi, harakatning nomi boshqa bir narsaga
o‘xshashlik asosida emas, balki o‘zaro bog‘liqlik asosida ko‘chiriladi.
Tilshunoslikda bunday ko‘chirish metonimiya yo‘li bilan ko‘chirish deyiladi (
yunoncha metonymia – “qayta nomlash”)
26
.
“Topishmoq, jumboqlangan predmetni boshqa materialda qayta tiklaydi”.
Masalan: Sariboy bobom ichkari, soqollari tashqari. –– Jo‘xori(o‘zb.t., 99-bet):
jo‘xori → Sariboy bobo; Bir tup katta terak, tubi bir, shoxi o‘n ikki. Yaprog‘i uch
yuz yetmish, yaprog‘ining bir tomoni oq, bir tomoni qora. –– Yil, o‘n ikki oy,
kunlar, kecha, kunduz (o‘zb.t., 24-bet): yil → terak; o‘n ikki oy →o‘n ikki shox;
kunlar→yaproq; kecha-kunduz→oq, qora.
26
Коллектив муаллиф. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент. - 1992.-Б. 83.
32
Demak, ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lishiga qaramay, denotativ
ma’noda aktuallashgan holda mavjud bo‘lgan so‘z va ifodalar aslida mohiyatan
jumboqlangan narsaga aloqador bo‘ladi.
Tilda ko‘chma ma’no hosil qilishning muayyan usuli sifatida o‘zaro
aloqador tushunchalardan birining atamasi bilan ikkinchisini atash – metonimiya
ham ajratiladi. Ilmiy adabiyotlarda metonimik ko‘chma ma’noning quyidagi bir
qancha turlari ko‘rsatiladi:
I. Chilla – 1) yoz va qish chillasi, 1) chaqaloq chillasi, 3) diniy rasm. II. Oyna
– 1) ko‘zgu, 2) deraza oynasi. III. Shayton – 1) shayton, iblis, 2) quv, ayyor. Ushbu
misollarning o‘zi-yoq, metonimik ko‘chma ma’noning sememaga aloqadorligi
haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bu ma’nolar orasida nolingvistik bog‘lanishni va tarixiy birin-ketinlik
munosabatlarini ko‘rish mumkin.
Leksik polisememiya –– ko‘p qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir
leksemaning ma’no taraqqiyoti alohida-alohida yondashishni, izohlashni talab
qiladi. Shu sababli leksik ma’nolarni aniqlash va sistemalash qiyin.
Metonimiya
yo‘li
bilan
ko‘chirishning
asosiy
ko‘rinishlari
xalq
topishmoqlarida quyidagicha:
1. Topishmoqda yashiringan predmetning nomi boshqa bir predmetga
ko‘chiriladi. Masalan: Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi. – Boyo‘g‘li (o‘zb.t.,
70-bet); bu topishmoqda qush nomi boyo‘g‘li → boyning o‘g‘li (odam) ga
ko‘chgan. Quyidagi misollarni esa bir-biriga o‘zaro qiyoslab, bir predmetning
nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko‘chirilganligini ko‘rishimiz
mumkin: O‘zi qovoq, boshida tovoq, og‘zida karnay, tunlari hay-hay. – Chiroq
(o‘zb.t., 167-bet); Boshida bor kokili, belidadir hosili. – Makkajo‘xori (o‘zb.t.,229-
bet); Bir quduqning boshida qirq qiz, ham qopishar, ham tepishar. – Ko‘z bilan
kiprik (o‘zb.t., 35-bet); birinchi va ikkinchi topishmoqda berilgan boshida
so‘zlari odamning “kallasi” ma’nosida, uchinchi topishmoqdagi boshida so‘zi
esa “yonida”, “oldida” ma’nolarida qo‘llangan.
33
2. Bir narsaning nomi shu narsaga asoslangan o‘lchov birligining nomi
bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: Yo‘qdir qo‘lu oyog‘i, na ko‘zi, na qulog‘i, ammo
unga bir qadam Er shari, Oyu, Zuhra. –– Kosmik kema (o‘zb. t., 215-bet); To‘rt
yonida to‘rtta oy, boshimga berar chiroy. –– Do‘ppi (o‘zb. t., 232-bet); To‘rt oy,
yigirma to‘rt yulduz. –– Otning taqasi, mixi (o‘zb. t., 53-bet). Birinchi
topishmoqda Oy –– “sayyora nomi“ da, ikkinchi va uchinchi topishmoqdagi oy
esa “yilning o‘n ikkidan bir qismi“ o‘rnida qo‘llangan; keyingi topishmoqda
yashirin (ot) obyekti o‘zgargan holatda termalab, o‘zining ayrim qismlari bilan
tanlab ifodalangan: otning taqasi → to‘rt oyga; mixi → yigirma to‘rt yulduzga
qiyoslangan.
3. Topishmoqda bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo‘ladigan
predmetga ko‘chiriladi. Masalan: Bir nafasda olamni kezar. –– Fikr (o‘zb. t., 45-
bet); Olmasang yarim nafas, yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas. –– Vergul ( o‘zb. t., 218-
bet). Birinchi topishmoqdagi nafas so‘zi “vaqt“ ma’nosida, ikkinchi
topishmoqda esa nafas –– “havo“ ma’nosida ishlatilgan.
4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko‘chiriladi. Masalan: Qora
ho‘kizim og‘ilga kirishda dumini yulib qoldim.––Qora mayiz (o‘zb. t., 92-bet):
mayiz → qora ho‘kizga ko‘chgan; Bir shaharni bir qora hakka qo‘riqlaydi. ––
Qulf (o‘zb. t., 136-bet); ushbu topishmoqda qulfning rangiga ishora tarzida
hakkaga qora sifati berilgan. Natijada, qulf → qora hakkaga o‘xshatilgan; Yer
tagida oq sochli boy yotar. –– Piyoz (o‘zb. t., 111-bet); bu yerda piyoz → oq
sochga ko‘chgan.
I z o h. Bu topishmoqlardagi holat metafora yo‘li bilan ko‘chirishga
o‘xshash, ammo bu asosda ularni aralashtirish to‘g‘ri emas: metafora yo‘li bilan
ko‘chirishda bir predmetdagi belgining nomi boshqa predmetdagi belgiga
ko‘chiriladi (oq tovuq –– oq qog‘oz kabi), metonimiya yo‘li bilan ko‘chirishda esa
belgining nomi narsaga ko‘chiriladi (oq –– rang nomi, oq –– predmetning nomi:
ko‘zning oqi kabi ).
34
Do'stlaringiz bilan baham: |