Отабаева Айгул топишмоклар lotin



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana21.06.2021
Hajmi0,55 Mb.
#72546
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
ona tili darslarining samaradorligini oshirishda topishmoqlarning orni

Sinekdoxa 

Bir  predmetning  nomi  boshqa  bir  predmetga  qism  bilan  butun  munosabati 

asosida  ko‘chirilishi  mumkin.  Bunday  holat  tilshunoslikda  sinekdoxa    yo‘li  bilan 



ko‘chirish  deyiladi (yunoncha synekboche –– “nazarda tutish“). 

Sinekdoxa  yo‘li  bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no deganda, “bir narsaning 

nomi bilan uning biror qismi (bo‘lagi) ni atash yoki aksincha, qismning nomi bilan 

shu qismga mansub bo‘lgan butunni atash” tushuniladi.      

Sistem  tahlil  nuqtai  nazaridan  sinekdoxik  ko‘chma  ma’no  nutqiy  ma’no 

sanalmaydi.  Chunki  bu  usuldagi  ko‘chma  ma’noning  hosil  bo‘lishi  hech  qanday 

qonun-qoidaga bo‘ysunmaydi. 

Sinekdoxa  yo‘li  bilan  ko‘chirish    metonimiya  yo‘li  bilan  ko‘chirishning  bir 



ko‘rinishi  deb yuritiladi. 

Xalq  topishmoqlari  tilida  so‘zlar  butun  va  qism  munosabatiga  ko‘ra  ham 

farqlanadi va bunday so‘zlar xalq topishmoqlari tilida keng qo‘llangan

27



So‘zlardagi  bu  xususiyat  ularning  ma’no  tomoniga  tegishlidir.  Chunki,  turli 

mavzuviy  guruhga  oid  so‘zlar  bitta  butun  nomlari  yoki  qism  nomlari  doirasida 

umumlashtirilishi  mumkin    (odam,  hayvon,  daraxt,  qo‘l,  dum,  qanot,  shox,  barg 

kabi).  Masalan:    Bir  palakda  o‘n  ikki  hamak.  –  Yil,  o‘n  ikki  oy  (o‘zb.t.,  24-bet). 

Topishmoq  mazmuni  shunday  talqin  qilinadi:    Bir  butunlik,  bu  butunlik  o‘n  ikki 

qismga bo‘lingan – bu nima?   

Xalq  topishmoqlarining    mazmuniy  tarkibini  o‘rganish  uchun  masalaga  shu 

jihatdan ham yondashish kerak bo‘ladi. 

Shunisi    xarakterliki,  xalq  topishmoqlarida  aniq  narsa  nomlari  qism  nomi 

bilan  birga  o‘ziga  xos  obrazli  tuzilma  hosil  qiladi.  Bu  yerda  bir  predmet 

tuzilishining boshqa predmet tuzilishida obrazli ifodalanishi, bir materialdagi uzviy 

aloqadorlikning  boshqa  materialdagi  uzviy  aloqadorlik    vositasida  berilishi  sodir 

bo‘ladi.  

Tilshunoslarning  ta’kidlashicha,  sinekdoxa  yo‘li  bilan  ko‘chirishning  o‘ziga 

xos xususiyatlaridan biri, uning miqdor belgisiga asoslanishidir 

28

.  



 

35

 O‘zbek  tilshunosligida sinekdoxa  kabi hodisalarni  butun va qism  nomlarisiz 



tushuntirib bo‘lmaydi.  

       Xalq  topishmoqlarida  alohida  ajraluvchi  qismlar,  birmuncha  kattaroq 

obyektlarga  ham  tegishli  bo‘lishi  mumkin.  Uning  ta’kidlashicha,  topishmoqda 

yashiringan  predmet  obyektlarining    qismlari    alohida    obyektlarga    tubdan  

o‘zgargan    holda    birlashadi.  Masalan:        Bir  shahar,  shaharda  o‘n  ikki  minora, 

minorada o‘ttiz deraza, har derazadan yigirma  to‘rt  o‘q  uziladi.  Bu  nima?– Bir 

yil,    o‘n    ikki    oy,    o‘ttiz    kun,  yigirma    to‘rt    soat.    Bu  topishmoqda  yashiringan 

narsaning  (bir  yil,  o‘n  ikki  oy,  o‘ttiz  kun)  birinchi  obyekti  o‘zgargan holatda 

(termalab)  o‘zining  bazi  qismlari  bilan  tasvirlangan; lekin    ikkinchi  obyekti 

(24 soat) o‘zining  aynan  xarakterli  qismi  bilan ifodalanmagan.  

Ko‘plab  topishmoqlarning  ma’nosini  ochish  va  javobini  topishda,  demak, 

so‘zlarning  ana  shu  ma’no  xususiyati  ham  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ba’zan 

topishmoqlardagi  ajraluvchi  qismlar  kattaroq  obyektlarga  mansub  bo‘ladi. 

Chunonchi:  Tomga  tayoq  suyovli  –  Mol  dumi  (o‘zb.t.,  56-bet);  Suvga  tushsa 



mingta, suvdan chiqsa bitta. –– Otning dumi (o‘zb.t., 53-bet). 

O‘zbek  xalq  topishmoqlarida  alohida  ajraluvchi  qismlarni    topishmoqlar 

matnida ko‘rishingiz mumkin: O‘zi bitta, kallasi ikkita, dumi bitta, oyog‘i oltita. –– 

Ot  mingan  odam  (o‘zb.t.,  32-bet);  Shoxlari  bor,  qo‘chqordek,  bo‘yi  misli 

daraxtdek. –– Kiyik (o‘zb.t., 60-bet); Bir tepada olti qo‘chqorning shoxi almashib 

yotir,  yetti qo‘chqorning  shoxi  yalmashib yotir.  ––  Qora  uy  (o‘zb.t.,  131-bet).  Bu 

topishmoq  misollarni  yuqoridagi  topishmoqlarning  aksincha  holati  deb  tasavvur 

qilishingiz mumkin.  

Ular    konkret    bir    butunlikka    qarashli    bir    predmetning    o‘zida    mavjud  

uzviy    aloqadorlikni    bildiradi.    Shuning    uchun    ham,    bunday    obrazli    tuzilma  

asosidagi    denotat  (topilishi  lozim  bo‘lgan  predmet)  lar    o‘zaro    aloqador,    lekin  

butun    holdagi    narsa-predmet    bo‘lishi    ham    mumkin.    Masalan:      Otasi      egri-

bugri,  onasi  silliq  juvon,  o‘g‘li  qo‘shiqchi,  qizi  o‘yinchi. ─   Ariq,  suv,  baqa,  

                                                                                                                                        

27

 Абдуллаев Ж.Х. Ўзбек халқ топишмоқларининг лексик-семантик хусусиятлари // Номз. дисс. Т.-1993. 



28

 Коллектив муаллиф. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т. -1992. -Б. 85. 




 

36

baliq ( o‘zb. t., 19-bet).  Biroq,  shunga   qaramay,   ota,  ona,  bola  (o‘g‘il,  qiz)   

so‘zlari    o‘ziga    xos    qismlardan    tashkil    topgan    bir    butunlikdagi    narsa-

predmetlarni  obrazli  ifodalashda  ham  ishlatilaveradi.  Bu  esa  butun  va  qism  

nomlari  ham  nafaqat,  boshqa  materialdagi  qismlardan  iborat  predmetni,  balki  

o‘zaro    aloqadorlikda    bo‘lgan    mustaqil    butunliklarning    ham    obrazli    atamasi  

bo‘lib  kelishi  mumkinligidan  dalolat  beradi.   Masalan:  Onasi  qornida  bolasi  

ko‘ndalang  yotibdi.  ─ To‘sin,  vassa  (o‘zb. t., 134-bet);  Onasi  yettita,  bolasi  

bir  nechta.  ─    To‘sin,  vassa  (o‘zb. t., 134-bet).   

 Yuqorida  belgilangan  so‘zlar  yashirin  dastlabki  holatni  qismlardan  iborat  

bir    butunlik,    bir    mohiyat    doirasidagi    predmetlar    turkumiga    oid    ekanligiga  

ishora  qiladi. 

Xulosa qilib  aytganda,  leksik  ma’noning  taraqqiyot  yo‘llarida metafora  yo‘li 

bilan  ko‘chirish,  metonimiya  va  sinekdoxa  yo‘li  bilan  ko‘chirish  natijasida 

polisememiya  tug‘ilishini  ko‘ramiz.  Chunki  bunda  avvalgi  va  keyingi    leksik 

ma’nolar bir leksemaning ma’nolari sifatida birlashadi.                       

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish