– boy shakli orqali hurmatlash ma’nolari ifodalanishini quyidagi
topishmoqda ko‘rishimiz mumkin: Soy ichida Saksonboy. –– Burga (o‘zb. t.,
85- bet); Sariboy bobom ichkari, soqollari tashqari. – Jo‘xori (o‘zb. t., 99 –
bet); Sariboy akam saqtali, ikki oti no‘xtali. –Charx (o‘zb. t., 122- bet).
Ko‘rinadiki, xalq topishmoqlarida barcha erkalash, hurmatlash shakllarida
subyektiv munosabat ifodalanadi. Subyektiv munosabat esa presuppozitsiyaga
yo‘l ochadi. Bunday subyektiv munosabat pragmatik, emotiv baho tarzida
topishmoqda presuppozitsiya ifodalaydi.
Kuzatishlarimizga qaraganda, yashirin dastlabki holat belgi- xususiyati,
ko‘pincha, otlashgan holda ifodalanadi. Bu bilan fikrning qisqa, o‘ziga xos,
19
Раҳимов У. Пресуппозиция ифодаловчи морфологик воситалар. Т. - 1994.
25
ifodali bo‘lishiga erishiladi
20
. Masalan: Oltmish ikki aybni oq yopar. ––
Qatiq (o‘zb.t., 118-bet); Yettisi bir yerga yig‘ilsa, beshisi bir yerga yig‘iladi. –
– Palov (o‘zb t., 115- bet).
Xalq topishmoqlari tilida presuppozitsiyaning yuzaga chiqishiga sifatning
ayrim morfologik shakllari asos bo‘ladi. Bular asosida presuppozitsiya
o‘zining muayyan ishora vositalariga ega bo‘ladi. Chunki sifatlarning
dastlabki belgilari va semantik ko‘rinishlari xalq topishmoqlarida yaqqol
ko‘rinadi.
Presuppozitsiya hodisasining yuzaga chiqishi uchun voqea-hodisalarga
xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarni ifodalovchi – rang-tus; maza-ta’m; shakl –
hajm, odatda, kommunikatsiya ishtirokchilari (so‘zlovchi va tinglovchi) ga
oldindan ma’lum bo‘lgan narsa-predmet yoki voqea-hodisalarga ishora qiladi.
Topishmoqlardagi rang bilan almashib kelgan sifatiy ko‘rinishlar,
asosan, jumboq bo‘luvchi narsaga bog‘langan holda aytiladi. Topishmoq
bo‘ladigan narsa qanday rangda bo‘lsa, shu narsaning o‘ziga mos rangdagi
sifati qo‘shib jumboqlanadi. Chunonchi: Qora ho‘kizim og‘ilga kirishda
dumini yulib qoldim. – Qora mayiz (o‘zb. t., 92-bet); qora mayiz → qora
ho‘kiz; Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim. – Osmon, yulduzlar(o‘zb.t., 15-bet):
osmon → ko‘k ko‘ylak; yulduzlar→ g‘o‘za. Ushbu topishmoq – “ Ko‘ylakka
g‘o‘za yoydim” shaklida jumboqlanishi ham mumkin edi.
Biroq, “ko‘k“ sifatining qo‘shilishi topishmoqda yashiringan narsaning
rangini hamda belgisini ko‘rsatadi. Bu bilan topishmoq javobining oson
yechilishiga imkon yaratiladi: Temir qo‘rg‘on ichida, qizil toychoq o‘ynaydi. -
- Til (o‘zb. t., 37–bet). Ushbu topishmoqda jumboqlangan “til” so‘zi orqali
qizg‘ish rangli otning tusiga nisbat beriladi.
Xalq topishmoqlarida bunday sifatlarning qo‘llanilishi yashiringan narsaning
belgisiga ishora bo‘lib xizmat qiladi.
20
Абдуллаев Ж Х. Ўзбек халқ топишмоқларининг лексик-семантик хусусиятлари // Номзодлик диссер. Т.-
1993.
26
Ba’zan “oltin -zar” narsaning rangini bildiruvchi sifat bo‘lmay, balki
yashiringan narsaning belgisi – qimmati bilan tenglangan metaforik – sifat
bo‘lib keladi. Masalan: Zarga sotilmas, zo‘rga topilmas. – Vaqt (o‘zb.t.,24-bet);
Otalari bukri xo‘ja, onalari yoyma chalpak, bolalari shirin- shakar. –– Tok,
bargi, uzumi (o‘zb. t., 91-bet).
Bu yerda “bukri xo‘ja”, “yoyma chalpak”, “shirin-shakar” sifatlari
obyektning jismi, shakli va maza-ta’m belgilarini sifatlagan.
Ko‘rinadiki, topishmoqlarda ta’mni bildiruvchi sifatlar shirin, totli,
mazali kabi sinonim so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan: Kichkina qozonning
oshi totli. –– Yong‘oq ( o‘zb. t., 86-bet); O‘zi shirin, tukligina, mazasi bor,
totligina. –– Shaftoli (o‘zb.t., 89-bet); Pishmaganda mazali, pishganda mazasiz.
–– Bodring (o‘zb. t., 109- bet).
Xalq topishmoqlari tilida ko‘rsatish ma’nosini bildiruvchi olmoshlar
odatda, topuvchiga oldindan ma’lum bo‘lgan narsa-predmet yoki voqea-
hodisalarga ishora qiladi va presuppozitsiya hodisasining yuzaga chiqishi
uchun asos bo‘ladi
21
. Masalan: Xuddi bir ayri u, qaysi harf ekan bu. ––
“Sh“ harfi (gram. t.); Xuddi o‘xshar mirza terakka, yo‘lda doim turar tikka. –
– “ Undov“ belgisi (gram. top.).
Topishmoqlar oddiy gap – tasvirlardan farq qilib, voqelik bilan
belgilanadigan bir dastlabki holatga emas, balki topishmoqning vujudga
kelishi uchun asos bo‘lgan, javob sifatida nazarda tutilgan ikkinchi dastlabki
holatga ham egadir va uning mohiyati ana shu javobga qaysi jihatdan
aloqadorligi munosabatini hosil qilish bilan belgilanadi.
Topishmoqlar ham mustaqil adabiy janr sifatida muayyan bir tilning
grammatik qonun-qoidalarini o‘zida namoyon etadi.
1. Topishmoqlar gap xarakterida bo‘lib, o‘z ichki tuzilish xususiyatiga ega.
Ular lingvistik birlik sifatida lingvistikaning o‘rganish obyekti sanaladi.
21
Нурмонов А. ва бошқалар. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. Т.: “Янги аср
авлоди”. – 2001. –Б. 72.
27
2. Topishmoqlar o‘zlariga xos semantik strukturani hosil qiladi. Ular shakliy
va mazmuniy strukturalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik
sanaladi. Uning mazmuniy strukturasi shakliy struktura ostiga yashiringan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |