sportchining ixtisosligiga bog’liq ham bo’ladi. Murabbiy va
sportchi tomonidan sport ko’rsatkichlari uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb qiluvchi tananing fukstional imkoniyatlarini yaqqol hal qilish va uni ro’yobga chiqarish – mashg’ulotlar jarayonini aniq maqsad sari yo’naltirish imkonini beradi. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar uchun chidamlilik muhim jismoniy sifat bo’lib hisoblanadi va uni namoyon qilish organizm imkoniyatlarining rivojlanishi darajasiga bog’liq. Bu imkoniyatlarni namoyish qilish uchun asos bo’lib, yengil atletikachida umumiy chidamlilikni shakllantirishda xizmat qiluvchi uzoq muddatli davomli yugurishlar xizmat qiladi.