Mavzu: Paradont kasalliklarida ortodontik davolash



Download 1,84 Mb.
bet1/2
Sana09.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#539101
  1   2
Bog'liq
Paradontik kasalliklardagi ortodontik davolash.........


Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Stamatologiya fakulteti 504-guruh talabasi

Mavzu:Paradont kasalliklarida ortodontik davolash

1.Gingivitlar 2.Parodontitlar 3.Parodontoz 4.Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi

Reja:


PARODONT KASALLIKLARI
Parodont to‘qimasi to‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi to‘qimalardan tashkil topgan: milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti pardasi, periodont to‘qimasi va ildiz sementi. Parodont to‘qimalari bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, anatomik, funksional va genetik jihatdan bir butundir. Parodont kasalliklari birmuncha ko‘p tarqalgan kasallik bo‘lib bolalarda va kattalarda ham uchraydi.
Parodont kasalliklarini ko‘pgina stomatolog olimlar o‘rganishgan va o‘z fikrlarini tavsiya qilishgan. Parodont kasalliklarining 150 ga yaqin turi bor. Hozir barcha MDH davlatlarida stomatologlari davolaydigan parodont kasalliklari xiliga ko‘p jihatdan mos keladigan tasnif 1983-yilda Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan stomatologlar plenumida qabul qilingan.
Parodont xastaliklari tasnifi I. Gingivit – milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar ostida tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig‘lanish jarayoni. Shakllari: kataral, gipertrofik, yarali. Kechishi: o‘tkir, surunkali, qaytalovchi. Ko‘lami: chegaralangan, diffuz. Klinik darajasi: yengil, o‘rta og‘irlikda, og‘ir
II. Parodontit – periodontal boylam va suyak to‘qimasining buzilishi bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont to‘qimasining yallig‘lanish jarayoni. Kechishi: o‘tkir, surunkali, o‘tkirlashuvchi, qaytalanuvchi. Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir. Ko‘lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan). III. Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik jarohatlanishi. Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir. Kechishi: surunkali, qaytalovchi.
Ko‘lami: tarqalgan (diffuz). IV. Parodont to‘qimasining so‘rilishi bilan kechadigan idiopatik kasalliklar V. Parodontomalar – O‘smalar va o‘smasimon kasalliklar. Yuqorida bayon qilingan parodont kasalliklarining turlanishi, ularning klinik kechishi va morfologik o‘zgarishlarini baholab, yallig‘lanish, distrofik va o‘sma jarayonlarini o‘zida to‘g‘ri aks ettiradi. Xastaliklarga bunday nuqtayi nazardan qarash uni to‘g‘ri tushunib, shunga yarasha aniq to‘g‘ri ta’sir qiluvchi davo chora-tadbirlarini tanlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Xastalikni to‘g‘ri aniqlashda uning ko‘lamidan tashqari, keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni, kasallikning klinik kechishini, darajasini hamda yallig‘lanish jarayonining klinik va morfologik belgilarini nazarda tutmoq lozim. Ushbu ta’rif kasallikning klinik-morfologik jihatini asoslab beradi
GINGIVITLAR Gingivit milk sohasida noxush mahalliy va umumiy faktorlar ta’sirida vujudga keladi. Tishning aylana boylamlari buzilmagan holda kechadi. Kataral gingivit milk cheti shilliq pardaning qizarishi bilan xarakterlanadi. Ayrim hollarda milk so‘rg‘ichlarining shishishi kuzatiladi. Kataral gingivit chegaralangan va diffuz bo‘lishi mumkin. Bemor tishini tozalaganda, milki qonaydi.
Ko‘rik vaqtida milk cheti qizargani, shishgani kuzatiladi, qonaydi, milk usti karashlari aniqlanadi, patologik cho‘ntak kuzatilmaydi. Gipertrofik gingivit milk so‘rg‘ichlarining o‘sishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ko‘proq o‘smirlarda va homilador ayollarda kuzatiladi. Gipertrofik gingivitning ikki xil formasi: granulyatsiyalanuvchi va fibroz shakli uchraydi. Bemor tishini tozalayotganda qonashidan, og‘zidan noxush hid kelishidan va milkida yoqimsiz sezgilar sezishidan shikoyat qiladi
Ko‘rik o‘tkazilganda milkning shishgani, qizargani, tekkanda qonashini, soxta klinik cho‘ntak, tish yuzasida qattiq tish karashlari borligini ko‘rish mumkin. Kasallik tana haroratining
38°C–39°C ga ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi bilan boshlanadi. Bemor milki shishadi, og‘riydi, qonaydi, noxush hid keladi . Limfa bezlari kattalashadi, palpatsiyada og‘riydi. Milk cheti shilliq pardasi nekrozi kuzatiladi. Nekrotik jarayon lunj va bodomcha bezlarida ham tarqalishi mumkin.
PARODONTITLAR Parodontit periodontal boylam va suyak to‘qimasining buzilishi bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont to‘qimasining yallig‘- lanish jarayoni. Parodont to‘qimalarining bunday yalpi yallig‘lanishi anchagina og‘ir kechuvchi xastalik bo‘lib, tishlarning tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Parodontit kasalligi uchun quyidagi 5 ta klinik belgi xosdir:
  • Milklar yallig‘lanishi.
  • . Tish-milk epitelial pardasi jarohatlanib, uning butunligi buzilishi oqibatida klinik yoki parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lishi
  • . Milk usti va milk ostida tish toshlari hosil bo‘lishi. Gipertrofik gingivit.
  • Tishlar orasida joylashgan suyak o‘sig‘ining balandligi, tuzilishi, chegaralarining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan suyak to‘qimasining destruksiyasi (osteoporoz, suyak to‘qimasining so‘rilishi). 5. Kasallik rivojlanishi oqibatida tishlarning liqillab qolishi yoki tushib ketish hollari.

Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablarning mahalliy yoki umumiyligiga qarab, u chegaralangan hamda diffuz bo‘lishi mumkin. Kasallikning klinik kechishi surunkali, o‘tkirlashib qaytalangan bo‘lib, uning yengil, o‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir xillari bo‘ladi. Parodontit kasalligi bilan og‘rigan bemorlar milk qonashidan, og‘izda noxush hid paydo bo‘lganligidan, tez-tez tish toshlarining hosil bo‘lib turishidan, milklarning shishinqirab qizarganligidan shikoyat qilishadi.
Shifokor og‘iz bo‘shlig‘ini, tish atrofi to‘qimalarini nazardan kechirganda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lganligi, ularda yiringli suyuqlik yig‘ilganligining guvohi bo‘ladi. Yiringli cho‘ntak ekssudati tekshirilganda, uning tarkibida kokklar, ipsimon tayoqchalar, spiroxetalar, zamburug‘simonlar oilasiga kiruvchi mikroorganizmlar borligi aniqlanadi.
Tishlar yizasida hosil bo‘lgan milk usti va milk osti toshlari parodont to‘qimasiga faqatgina bosim ta’sirini ko‘rsatmasdan, ular tarkibidagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan fermentlar to‘qimadagi yallig‘lanish jarayonini chuqurlashtiradi. Suyak to‘qimasida strukturalar yemirilishi ularning yangidan hosil bo‘lish jarayonidan ustun bo‘ladi.
Alveolyar suyak to‘qimasidagi o‘zgarishlarning chuqurligi xastalikning qay darajadaligiga bog‘liqdir. Jarayonning boshlang‘ich davrida alveolyar suyak to‘sig‘ining cho‘qqi sohasida osteoporoz o‘zgarishlar, keyinchalik suyak strukturasining tiniqligi buzilib, kortikal plastinka yemirilishi, g‘ovak suyak to‘qimasida esa osteoporoz – siyraklashish kuzatiladi.
Xastalikning keyingi davrida tish yon tomonlaridagi kortikal suyak plastinkalar yemiriladi, kurak tishlar atrofidagi g‘ovak suyak cho‘qqilari pasayadi, molyar va premolyar tishlar atrof suyagida notekis yemirilish vujudga kelishi oqibatida o‘yiq chuqurchalar yuzaga keladi. Bu vaqtga kelib cho‘qqi suyagining chegarasi emal sement chegarasidan ancha pastda joylashganligi rentgen tasvirida aniqlanadi.
Sog‘lom tishlar atrofida suyak cho‘qqisi emal – sement chegarasida yotadi. Suyak to‘qimasining yemirilishi vertikal va gorizontal yo‘nalishda kuzatiladi. Alveolyar suyak to‘qimasining 3 xil darajadasi yemirilishi mavjud. I darajali yemirilishni – alveolalar orasidagi suyak to‘sig‘i balandligining tish ildizining 1/3 qismida yemirilishi. II darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3 qismida yemirilishi. III darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3 qismidan ko‘prog‘ining yemirilishi
Xastalikni to‘liq bartaraf etish uchun davo chora-tadbirlari barvaqt (kasallikning ilk boshlang‘ich davrlaridayoq) boshlanmog‘i lozim. Keyingi davrlarda o‘tkazilgan shifo tadbirlari xastalikning kechishini to‘xtatib, uning turg‘unligini ta’minlaydi. Parodontit kasalligi diffuz tarzda yuz berganda albatta asosiy, umumiy xastalik aniqlanib, davolash ishlari to‘liq olib borilgandagina ko‘ngildagidek natijaga erishiladi.
O‘tkir parodontit. O‘tkir parodontit kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Xastalik chegaralangan bo‘lib ko‘pincha bitta tish atrofida kuzatiladi. Mexanik ta’sirlanish, masalan sun’iy qoplama, plomba, olinadigan
protez o‘tkir parodontitni keltirib chiqaruvchi sabablardir. Bemor milkning ushbu sohasida doimiy pulslanuvchi og‘riqdan, qichishishdan, qonashidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giperemiyasi, milk so‘rg‘ichining shishganligi, klinik cho‘ntak borligi, zondlanganda qonashi va sababchi faktorlar aniqlanadi (25-rasm). Klinik cho‘ntakning chuqurligi har xil bo‘lishi mumkin
Surunkali parodontit. Surunkali parodontitning yengil formasida bemor shikoyat qilmaydi, ayrim hollarda milk sohasida noxush sezgilar, qonashidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giperemiyasi, shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, 3–4 mm li parodontal cho‘ntakning hosil bo‘lganligi, milk usti va milk osti toshlari borligi aniqlanadi. Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha suyak plastinkasida o‘zgarish borligi kuzatiladi.
Parodontitning o‘rtacha og‘irlikda kechishida milk tishlarni tozalashda qonaydi, vaqti-vaqti bilan chaynash mobaynida og‘riq paydo bo‘ladi, ayrim tishlar qimirlaydi va siljiydi, og‘izdan noxush hid keladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk cheti shilliq pardasi yallig‘langanligi, shishgani, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, ayrim tishlarning bo‘yin qismlari ochilib qolganligini ko‘rish mumkin. Parodontal cho‘ntakning chuqurligi 5 mm gacha bo‘lib zondlanganda qonaydi.
Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha milk plastinkasining tish ildizining 1/3 dan 1/2 gacha yemirilganligini kuzatish mumkin. Parodontitning og‘ir kechishida bemor ovqat luqmasini chaynash vaqtida og‘riq va qonash paydo bo‘lganligi uchun chaynashda qiynalayotganligidan, tishlarining qimirlashi, og‘zidan noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk shilliq pardasining giperemiyasi, shishganligi, chuqur parodontal cho‘ntak borligi, tishlarni II– III darajali qimirlashi, tishlarning bo‘yin va ildiz qismlarining ochilib qolganligi kuzatiladi
Milk cheti bosilganda yiringli ekssudat ajralib chiqadi. Rentgenogrammada – tishlararo to‘siqcha suyak plastinkasining ildiz uzunligining 1/2 dan 2/3 gacha yemirilganligi kuzatiladi. Parodontitning ushbu formasida milk usti va milk osti toshlari ko‘p bo‘ladi. Parodontitlarni davolash. Parodontitni davolash kasallikning qanday kechishiga, klinik va patologik cho‘ntakning chuqurligiga bog‘liq. Parodontitning yengil formasini davolash uchun bemorda 3–4 marta muolaja o‘tkaziladi.
Bemorning birinchi marotaba kelishida tishlar tish karashlaridan tozalanadi va tishlarni to‘g‘ri tozalash usullariga o‘rgatiladi. Bemorning keyingi kelishida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati tekshiriladi, antiseptik ishlov berilgandan so‘ng tish karashlari, milk usti va milk osti toshlari tozalanadi. Muolajaning so‘nggida milk shilliq pardasiga dori vositalari bilan ishlov beriladi.
.
Bemorning uchinchi bor kelishida ham og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati tekshiriladi. Og‘izga 1% li vodorod perikisi eritmasi bilan ishlov berilgandan so‘ng granulyatsiyalangan to‘qima qolgan tish toshlari tozalanadi. Antibiotiklar bilan ishlov beriladi, agar tishlar qimirlab qolgan bo‘lsa, tishlarni taxtakachlash uchun ortoped stomatolog tavsiyasi olinadi va lozim bo‘lsa taxtakachlanadi
Bemorga 4–6 oydan so‘ng stomatolog ko‘rigiga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Parodontitning og‘ir kechishida davolash rejasi tuziladi: jarroh stomatolog tavsiyasiga ko‘ra olinishi lozim bo‘lgan tishlar olinadi, milk usti, milk osti toshlari va granulyatsiyalangan to‘qimalardan tozalanadi. Antiseptik ishlov berib, davolovchi malhamlar qo‘yiladi.
Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik xastaligi. Parodontozda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lmaydi (26- rasm). Parodontoz sekin kechadi. Yengil kechuvchi parodontozda bemor vaqti-vaqti bilan hosil bo‘luvchi qichishish va noxush sezgilardan shikoyat qiladi. Shilliq parda och pushti rangda bo‘lib tishning sementi ko‘rinib qoladi
O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi parodontozda bemor termik, mexanik, ximik ta’sirlar natijasidan bir zumlik og‘riq paydo bo‘lishidan shikoyat qiladi. Milkning shilliq pardasi och pushti rangda, tishlarning bo‘yin qismlari ochilib qolgan, tishlarning klinik koronkasi uzaygan, klinik cho‘ntaklar yo‘q bo‘ladi.
Og‘ir kechuvchi parodontozda bemor termik ta’sirlardan tez o‘tib ketuvchi og‘riqdan va ayrim hollarda giperesteziyadan shikoyat qiladi. Ko‘rik vaqtida tish bo‘ynining birmuncha qismi ochilib qolganligi aniqlanadi. Tishlar qimirlaydi.
Rentgenogrammada tishlararo plastinkaning bir tekis yemirilganligini ko‘rish mumkin, bu ko‘rinish parodontoz uchun xarakterli hisoblanadi. Davolash. Parodontozni kompleks davolash lozim bo‘ladi. Buning uchun umumiy va mahalliy davolash kerak. Umumiy davo bemor organizmida regeneratsiya va qon aylanishni yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mahalliy davo ta’sirlovchi faktorlarni bartaraf etish, tish toshlarini tozalash, shinalash, remineralizatsiya terapiyasini o‘tkazishga qaratilgan bo‘ladi.
PARODONT TO‘QIMASINING NEOPLASTIK YALLIG‘LANISHI Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi parodontoliz parodont to‘qimasida distrofik va yallig‘lanish jarayonlarini namoyon qiladigan va doimo diffuz tarzda kechadigan parodont xastaligidir. Parodont to‘qimasining og‘ir va juda tez sur’atlar bilan kechadigan bu kasalligi ko‘p hollarda organizmdagi tug‘ma sindromlarning yo‘ldoshi tarzida yuzaga keladi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish