2. O’zbekistonda bu sport turi qanday kirib kelgan.
3. Yengil atletikaning qanday turlari mavjud.
1.Yengil atletika tarixi
Yengil atletika "Sport qirolichasi" deb nomlanadi va u eng ajoyib va ommabop sport turlaridan biri. Bugun uning tarixi bilan bog'liq ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni to'pladik.
Yengil atletikaning paydo bo'lish sanasi miloddan avvalgi 776 yilga to'g'ri keladi. O'shanda qadimgi Yunonistonda Olimpiya o'yinlarida birinchi yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi.
Yengil atletikada pastdan start olish har doim ham bo'lmagan. 1887 yilgacha start oldidan yuguruvchilar shunchaki buyruqni kutishgan. Sprinter Sherill kenguruning harakatini kuzatib, yangi holatni taklif qilganda, hammasi o'zgarib ketdi.
1936 yilda Berlindagi Olimpiya o'yinlarida yaponiyalik sportchilar Syuxey Nisida va Sueo Oe bir xil natijani namoyish etishdi va ikkalasi ham ikkinchi o'rinni egalladi. Ammo Yaponiya sport federasiyasi Oeni bronza medali bilan taqdirladi. Uyga qaytgach, sportchilar medallarini eritishdi va yangi kumush-bronza medallarini yasashdi.
Dastlabki Olimpiya o'yinlarida marafon uzunligi doimiy ravishda 40 km dan 42,75 km gacha o'zgarib turdi. 42 kilometr 195 metrlik zamonaviy standart 1908 yilda Londonda bo'lib o'tgan o'yinlar masofasi sifatida o'rnatildi.
2. O’zbekistonda bu sport turning kirib kelishi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng Olimpiada, Osiyo o’yinlariga, jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga o’z terma jamoalari bilan bevosita qatnashish huquqiga ega bo’ldi. O’zbekiston yengil atletika federasiyasi 1992 yil Xalqaro yengil atletika federasiyasi IAAF ga a’zo bo’lib kirdi. 1993 yilda esa Osiyo yengil atletika assosiasiyasiga qabul qilindi. O’zbekiston terma jamoasi birinchi marta 1994 yil Xirosima shahrida (Yаponiya) XII Osiyo o’yinlarida 11 sportchi bilan ishtirok etib 3 ta oltin S.Munkova balandlikka sakrash, O.YArigina nayza otish, R.G’aniev o’nkurash, 2 ta kumush V.Parfenov nayza otish, O.Veretelnikov o’nkurash va 3ta bronza K.Zaysev nayza otish bo’yicha sovrindor bo‟ldilar. 1999 yil Bangkokda (Tayland) XIII Osiyo o’yinlarida 13 ta atletikachilarimiz ishtirok etib 2 ta oltin S.Voynov nayza otish, O.Veretelnikov o’nkurashda, 2 ta kumush A.Abduvaliev bosqon uloqtirishda va 4x100 m estafetada ayollar o’rtasida g’alabaga erishgan. O’zbekistonlik yengil atletikachilari IV Jahon chempionatida 1993 yil Germaniyaning Shtutgart shahrida 7 ta sportchi, 1993 yili Shvesiyani Geteborg shahrida 8 ta sportchi ishtirok etishdi.