O’rta maxsus ta’lim vazirligi


BLITS-SO’ROV UCHUN SAVOLLAR



Download 6,66 Mb.
bet30/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

BLITS-SO’ROV UCHUN SAVOLLAR



  1. Kasbga yo’llash ishlarida ijtimoiy asoslari

  2. Kasbga yo’llash ishlarida iqtisodiy asoslari

  3. Kasbga yo’llash ishlarida fziologik asoslari

  4. Ijtimoiy ahamiyat nima?

  5. Psixofiziologik asos qanday hosil qilihadi

  6. Professogrammani asoslab bering

7.Mutaxasislik asosida kasb tanlash
8. Kasb tanlash ishida o’qituvchilar jamoasining ishi
9.Ota onalarning ishi
10.Kasbga qiziqishni uyg’otish


Aqliy хujum» yuzаsidаn sаvоllаr.
1. Nimа uchun kоmissiya tаshkil etilаdi?
2. Uslubiy ishlаr kаnchаlik fоydа bеrаdi?
3. Оtа-оnаlаrni kаsb tаnlаsh ishigа jаlb etish imkоniyatlаri хаkidа.
Mustаkil ish uchun tоpshiriklаr.
1. Kаsbgа yarоklilikni urgаnish.
2. O’quv muаssаsаlаrdа utkаzilаdigаn tаdbirlаrdа kаtnаshib bоrish.
3. Kаsbgа yunаltirish buyichа tаshkiliy rеjа tuzish.
TАKRОRLАSH UCHUN SАVОLLАR:
1. Kаsb tаnlаshdа jаmоаtning o’rni?
2. Ukituvchilаrni kаsb tаnlаshgа yo’nаltirish ishlаri bo’yichа qanday tаdbirlаr o’tkаzish zаrur?
3 Kаsb tаnlаshdа оtа-оnаlаrning ахаmiyati хаkidа tushunchа bеring?
АDАBIYOTLАR: [4] [6] [7]


7.Modul.Pedagogik psihologik fanlarni o`rganishda talabalarni kasb hunarga yo``naltirish ishiga nazariy- metodik jihatdan tayyorlash
8-Mavzu: Psihologiya, pedagogika fanining kasb hunarga yo`naltirishdgi ahamiyati. O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish tizimida IQ testlarning o`rni
REJA:
1. O’quv muassasasi rahbarining kasb tanlashni tashkil etishi. O’quv ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosarlarining vazifasi.
2. O`quv muassasasidan tashqari tarbiyaviy ishlarning takomillashtirish mazmuni.
3.Talabalarni kasb hunarga yo`naltirish ishiga tayyorlashning mazmuni
Sinf rahbarining kasb tanlashda o’rni:
- maxsus sinf mashgulotlari, yig’lishlari, kechalar, kasblarni to’g’ri tanlashning ahamiyati haqida o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazadi;
- anketalar tarqatish, kuzatish va shaxsiy suhbatlar yo’li bilan 8-9 sinf o’quvchilarining qaysi kasbni tanlash niyatida ekanligi aniqlanadi;
- o’quvchilarni turli xil mehnat sohalari va eng ko’p tarqalgan kasblar, shu jumladan mazkur iqtisodiy rayondagi kasblar bilan tanishtiradi; bu ishga ota-onalar. korxona mutaxassislarini jalb qiladi.
- o’quvchilarni to’garak yoki fakul’tativ mashg’ulotlarga, kasblar bo’yicha o’quvchilar brigadalariga jalb qilish yo’li bilan har bir o’quvchining qiziqishi va mayllarini rivojlantirishga doir sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishiga erishadi;
- o’quvchilarni ijtimoiy – foydali ishlarni tashkil etadi va rejalashtiradi, ishlab chiqarish br0igadalariga mehnat va dam olish oromgohlarini tashkil etadi;
- kasb tanlashga yo’llash maqsadida 4-10 sinf o’quvchilarining qiziqishi, mayillari va qobiliyatlarini muntazam ravishda o’rganadi, kuzatish natijalarini qayd qiladi;
- kasblar bo’yicha to’garaklar va o’quvchilar brigadalarining rahbarlari bilan birgalikda 8-10 sinf o’quvchilari va ularning ota-onalar bilan individual suhbatlar o’tkazadi. Ularning maqsadi har bir o’quvchining kasblarni ongli tanlashi va ma’lumot olishni davom ettirish yo’llarini belgilashiga yordam ko’rsatishdan iborat;
2. Direktor (direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning tashkilotchisi);
- maktabning kasb tanlashga yo’llash ishlariga metodik rahbarlik qiladi (tabiiy-matematik va gumanitar sikldagi fanlarning o’qitilishida kasb tanlashga yo’llash elementlarini to’g’ri kiritib borish maqsadida maktabning o’quv – metodik birlashmalari ishini tashkil etadi);
- turli sinf o’quvchilarini kasb tanlashga yo’llash (ularga turli kasblar to’g’risida bilimlar berish) tadibrlarning taxminiy tematikasini ishlab chiqadi;
- maktab klublari tarmog’ini o’quvchilarning ijtimoiy-foydali ishlari va ishlab chiqarish mehnatini rejalashtiradi va tashkil qiladi;
- o’quvchilar va ota-onalarga kasblar to’g’risida bilimlar berishga doir sinfdan tashqarii tadbirlarni amalga oshiradi;
- individual maslahatlar tashkil etadi va o’tkazadi;
- maktab (kasb tanlashga yo’llashga rahbarlik qiladi, sinf rahbarlari, fan o’qituvchilari, metodik birlashmalarning kasb tanlashga yo’llash ishlari rejasini qarab chiqadi va tasdiqlaydi)
3. Talaba va pedagogika oliy o’quv yurtini tamomlagan mutaxassisning kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorgarligi haqidagi tushunchani kiritamiz. Kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorgarlik deganda talabalarni bu ishga tayyorlashga doir materialning tuliq mazmunini egallashining miqdor va sifat darajasini tushunamiz. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash nazariyasi, kasb tanlashga yo’llash ishiga doir ong-bilimlar doirasi, kasb tanlashga yo’llashni o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasini tasvvur etish lozim (15 – shakl)da ifodalangan.
Shu munosabat bilan bu tayyorgarlik mazmunini tashkil etadigan tarkibiy qismlarini, ya’ni pedagogika oliy o’quv yurtini bitirgan mutaxassis maktabga qanday bilimlar bilan kelishi kerakligini ajratib olamiz.
4. Hozirgi didaktika fanidan qabul qilingan ta’lim mazmunining to’rt komponetli strukturasidan foydalanib, pedagogika universitetini bitirgan mutaxassisda bilimlar, malaka va ko’nikmalar (faoliyat usullari), ishga ijodiy yondoshish hamda shaxsning kasb tanlashga yo’llashni amalga oshirishda zarur bo’lgan sifatlari bo’lishi kerak, deb taxmin qilamiz.
Bu komponentlardan har birini qisqacha qarab chiqamiz:
1. Kasb tanlashga yo’llash munosabati bilan o’qituvchining bilimlari turli maqsadga xizmat qilishi kerak:
Ishlab chiqarish, ish turlari va kasblari to’g’risida hozirgi zamon ishlab chiqarishi va ishning tabiiy – ilmiy, texnika-texnologik va iqtisodiy-tashkiliy asoslarini aks ettiruvchi ilmiy va ilmiy-texnik bilimlar;
- ishlab chiqarish, ishlar va kasblar to’g’risidagi kasbga oid bilimlar;
- kasb tanlashga yo’llash soxasidagi psixologik pedagogik va metodik bilimlar;
- jamiyatning maktab qiladigan demografik problemalar, mehnat resurslari sistemasi va hakazolar haqidagi iqtisodiy bilimlar.
2. O’qituvchining yuqorida keltirilgan bilim gruppalariga muvofiq ravishdagi xatti-harakat usullari (ko’nikma va malakalari).
3. Ijodiy faoliyat tajribasi – pedagogika oliy o’quv yurtida o’z tayyorgarligi bo’yicha egallagan bilim va malakalardan samarali (ijodiy) foydalanishdir.
4. O’qituvchining g’oyaviy e’tiqodini hamda uning jamiyat tomonidan yuklatilgan muhim vazifalaridan biri sifatida kasb tanlashga yo’llash amalga oshirishga – psixologik-ahloqiy tayyorgarligini ta’minlovchi shaxsiy sifatlari.
Shunday qilib pedagogika oliy o’quv yurtida bo’lajak o’quv yurtlarida bo’lajak o’qituvchi kasb tanlashga yo’llash ishining yuqorida keltirilgan yo’nalishida muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar mazmunini egallab olishi kerak. Kasb tanlashga yo’llash murakkab va kompleks problema sifatida qator tomonlari, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, medisina-fiziologik tomonini o’z ichiga oladi. Ularning ba’zilari bilan bo’lajak o’qituvchi faqat tanishgan bo’lishi kerak, chunki ular bularni (ijtimoiy, iqtisodiy va medisina-fiziologik) ishlab chiqishida uning bevosita ishtirok etishi taqazo kilmaydi. Boshqa tomonlari (psixologik va pedagogik) o’qituvchilar faqat bilimlarni emas, balki tegishli malaka va ko’nikmalarni talab etadi. Bularsiz bo’lajak o’qituvchi kasb tanlashga yo’llash ishini muvoffaqiyatli olib borolmaydi.
Kasb tanlashga yo’llashning yuqorida ko’rsatilgan tomonlarini Yu.Vasilyev batafsil qarab chiqqan bo’lib, qo’yidagilarni ta’kidlagan edi:
1. Kasb tanlashga yo’llashing iqtisodiy tomoni hozirgi vaqtda kelajakda ijtimoiy mehnat sohalariga jalb qilinadigan mehnat resurslarining demografik tuzilishini; mehnatning kasblar bo’yicha taqsimlanishidagi, kasb ixtisosligining o’zgarishidagi (masalan ishchi kuchiga bo’lgan talab munosabati bilan) asosiy tendensiyalarni; sanoat tarmoqlarining territorial joylashtirilishi asosida; kasblar, ixtisosliklar bo’yicha ishchi kuchiga bo’lgan kundalik va kelgusidagi talablarni; kasb tanlashga yo’llashning iqtisodiy samaradorligini nazarda tutadi.
2. Kasb tanlashning ijtimoiy tomoni qo’yidagilarni, ya’ni ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy taraqqiyot talablarni (bular yoshlarning kasb tanlashga yo’nalishini tarkib toptirish prosessida hisobga olinishi kerak); jamoatchilik fikrini keltirib chiqaradigan, turli kasblarning ijtimoiy obro’ysini hosil qiladigan sabablarini; kadrlarning ishlab chiqarishdagi muhim o’rnashib qolishiga yordam beradigan ijtimoiy va axloqiy faktorlarni o’z ichiga oladi.
3. Kasb tanlashga yo’llashning psixologik tomoni shaxsning kasbi nuqtai nazaridan ahamiyatli bo’lgan xususiyatlarini; ish va kasblarning turli tiplarini; kasbga layoqatliligining psixologik mohiyati va uni shakllantirishning mumkin bo’lgan yo’llarini o’rganishni nazarda tutadi.
4.Muammoning pedagogik tomoni yoshlarning kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash maqsadida ular o’rtasida olib borilayotgan o’quv va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yo’llari hamda vositalarini belgilashni; o’quvchilarning ishlab chiqarish mehnatiga psixologik jihatdan tayyorgarlik sharoitlarini va maktabning kasb tanlashga yo’llash ishidagi tarbiyaviy faoliyati imkoniyatlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
O’quv jarayonida talabalarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-siyosiy fanlar sikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O’qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o’ziga g’oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo’yiladi. Shuning uchun o’qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida ko’rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo’lajak o’qituvchilarda tarbiyaviy funksiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan.
Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchi bir tomondan, o’zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmiy bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar asosida ularda shaxsiy sifatlar: dunyoqarash, ma’naviy qiyofa shakllanadi.
«….Hozir har bir o’qituvchi har qachongidan ham ko’proq darajada, tarbiyachi bo’lishi kerak» degan so’zlar hozirgi sharoitda ayniqsa aktual jaranglaydi.
Bo’lajak o’qituvchi pedagogika oliy o’quv yurtida tabiat va bilish nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o’zaro bir-birini to’ldiradigan juda ko’p bilimlarni egallab va ularni o’zining amaliy faoliyatida qo’llab, o’quvchilarda voqyelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak.
O’quv rejalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan bog’lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs talabalarida emas, balki kurs talabalarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o’z ixtisosligida ixtisoslik beruvchi fan problemalarida ijodiy qo’llash ko’nikmalari hosil qiladi, ularni chuquroq o’rganish ishtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo’lajak o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki ma’lum bir fan doirasida talabalarga o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llashdek murakkab problemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tabiiy-ilmiy sikldagi fanlarni o’qitishda ishlab chiqarishning ilmiy, ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro’yobga chiqarish tegishli kafedra o’qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra o’qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishi, aksincha, bu fanlar o’qituvchilari o’rganilayotgan hodisalarga dialektik yondashish ko’nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo’lajak o’qituvchilarga singdira bilishi kerak.
Bo’lajak o’qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O’quv rejasiga muvofiq pedagogika Universitetida o’qish muddati to’rt yil bo’lganda ikkinchi kursda, o’qish muddati besh yil bo’lganda uchinchi kurs o’rganiladi. Bu vaqtga kelib, ixtisoslig bo’yicha bilim beruvchi fanlarni o’rganish endigina bog’langan yoki davom etayotgan bo’ladi. Masalan: «Fizika» № 2105 ixtisosligi uchun umumiy fizika kursining faqat birinchi qismi – «Mexanika» ni o’rganish tugallanadi. Binobarin, qo’yi kurs talabalari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo’lmagan va ixtisosligi bo’yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko’rmagan holda shu fanni o’rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o’quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi ko’rgan bo’lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o’rganishda bo’lajak matematika o’qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko’rsatib berish muhimdir. Talabalarning o’z ixtisosligi bo’yicha bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o’rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko’pchilik o’qituvchilar bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo’lajak matematik o’qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato qarama-qarshi fakt, hodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi.



Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish