Texnik ijodkorldik faoliyati maqsadi - faqat ayrim qobiliyatlar va samaralarni rivojlantirishdangina iborat bo’lmay, balki hayoimizga ma’no baxsh etishga ko’maklashish va o’tmishni idrok etish-u, kelajakni qarshi olishga mardona tayyorlanishga yordam berishdan ham iboratdir.
Texnik ijodkordlik faoliyati predmeti – oliy o’quv yurti sharoitida bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining zamonaviy ishlab chiqarish, fan, texnika va texnologiyalarga doir olgan bilimlari bilan chegarlanib qolmasdan, ularning rivojlanish istiqbollarini oldindan ko’ra bilishga qodir, tanlangan kasbining nozik qirrlarini ongli ravishda o’zlashtirgan, tadqiqotchilik ko’nikmalriga ega, nazariyani amkaliyotga qo’llashni biladigan etuk mutaxassislar qilib tayyorlashga qaratilgan ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-pedagogik ishlar majmuasi.
Texnik ijodkorlik faoliyati tarkibi – bu bevosita pedagogik jarayonga taalluqli bo’lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat: qayd qilingan va qayd etilmagan fakt (dalil) lar, kuzatishlar tahlili; ijodkorlik masalasi ob’ektini o’rganish va o’rnatish; tushunchalar tahlili; qoidalar, tamoyillar tahlili; qonunlar va qonuniyatlar tahlili; izlanishlar, echimlar tahlili; ishchi farazni belgilash; tadqiqotlar o’tkazish; nazariya, g’oyalar tahlili; natijalarni tahlil qilish; xulosa chiqarish; ochiq muhokamaga taqdim qilish; hayotga tadbiq qilish.
Texnologik yondashuv (TYO) – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega bo’lgan uzluksiz jarayonidir.
TYO ning komponentlari: tizimli yondashuv asosila o’quv jarayonini loyihalash; o’quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; talabalarni ularning hati-xarakatlari asosida o’qitish; teskari aloqa; bilim, ko’rikma va malakalarning to’la o’zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni kafolatlashi; o’qitishning samaradorligiga erishilishi.
Texnologiya – bu ma’lum bir muayyan maqsadga yoki maqsadlar tizimiga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligidan iborat bo’lgan yaratuvchilik (paydo etish jarayoni) faoliyatiga aytiladi yoki boshqacha aytganda texnologiya deganda manbalardagi (ob’ektlardagi) sifat o’zgarishlarga olib keluvchi jarayonga aytiladi.
Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik operasiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmun-mohiyati bilan bog’langan.
Texnologiya zamirida jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqida bilimlar yig’indisi, shuningdek, ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari anglanadi. Texnologiya so’zi fanga 1872 yillardan boshlab kirib kela boshladi.
Texnologiyalar jarayonlarga qarab quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumukin:
sanoat texnologiyasi (oziq-ovqat texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi va h.k.);
kitob chop etish texnologiyasi;
ta’lim texnologiyasi (o’quv jarayoni texnologiyasi, YAPT, innovasion ta’lim texnologiyasi va h.k.);
axborot texnologiyasi (YAAT va h.k.) va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |