O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 6,66 Mb.
bet35/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

Tayanch so`z va iboralar: Xalq xunarmandchiligi, xaykaltaroshlik, kulolchilik, duradgorlik, temirchilik,
misgarlik, binokorlik.

Xalq xunarmandchiligi moddiy madaniyatimiizning eng qadimiy muxim turlaridan xisoblanadi va tasviriy xamda amaliy san’atining ko„pdan-ko„p soxalari bilan uyg„unlashib ketadi. Ammo, tasviriy va amaliy san’at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayonining xamda xalq xunarmandchiligining o„ziga xosligi, yodlarini, xusumatlarini bir biridan farqlanadi. Ajratish muximdir. Shuning uchun biz moddiy ma’naviyatning, madaniyatningushbu soxalarining mavjud ta’riflarini keltirib, taqqoslab o„tmoqchimiz.


Tasviriy san’at - san’at turi bo„lib, rassomlik, grafika, xaykaltaroshlik va foto san’ati sohalarini o„z ichiga oladi. Tasviriy san’nat real borliqni ko„rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tabiiy shakli, o„rni bodishini o„ziga o„xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
Amaliy bezakchilik san’ati - tasviriy san’atning eng qadimgi turlaridan biri, va materialga bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san’ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarining amaliy funksiyasi bilan bogdiq.
Xunarmandchilik - xunarmand, xar xil oddiy mexnat qurollari yordamida xomashyodan turli maxsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday maxsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.
Kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, xaykaltaroshlik, o„ymakorlik, toshtaroshlik, ko„nchilik, pichoqchilik, do„ppichilik va boshqalar ajrala borgan.
Demak yuqoridagi ta’riflardan ko„rinib turibdiki, xalq xunarmandchiligining moxiyati, mazmuni , tuzilishi xususiyati, o„ziga xosdir. 0„zbek xalqining shakillanishi tarixi bilan uyg„unlashib ketgan xalq xunarmandchiligining o„nlab turlari bo„lishiga qaramasdan, xozirgi zamon ta’lim tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan kelishi mavjud, mexnat va kasbga yo‘naltirish ta’lim tizimining milliy, maxalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishga sabab bo„lmoqda.
Respublikamizdagi xalq xunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termez, Urganch, Namangan, Andijon, Farg„ona, Chust, Shaxrisabzva boshqa markazlarning ta’limiy - tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo„lib, o„ziga xosligi jixatdan bir - biridan ajralib turadi.
Xalq amaliy bezak san’ati tarixiy jismga badiy ishlov berish faoliyatidan boshlangan. Inson badiy -ijodiy tafakkuri mahsuli bo„lgan bu faoliyat tosh asrida paydo bo„lgan va uning yashashi uchun guzal muxit yaratishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, bu faoliyat inson qalbida komillikka va erkinlikka intilishni kuchaytirgan hamda unga cheksiz imkoniyatlar sohibi ekanligini anglatgan. 0„z navbatida inson ongi va tafakkuri rivojlanib, ma’naviy ehtiyojlarini ortib borishi bilan mazkur san’atning mazmuni, turlari hamda badiiy fioda vositalari boyib, rivoj topib borgan.
Xalq amaliy bezak san’ati naqshlar asosida buyumlarga badiiy ishlov berishdan iboratdir. Naqshlar jismga turli yo„llar va vositalar yordamida tushirilgan: chizib, o„yib, zarb bilan, qadab, qo„l choklari yordamida, to„qib, gul bosib. Naqshlarni buyumga tushirish usullarining boyib borishi xalq amaliy bezak san’ati hamda xalq xunarmandchiligi turlarining paydo bo„lshiga olib kelgan: naqqoshlik, yog„och o„ymakorligi, zargarlik, ganchkorlik, kashtachilik, zarduzlik, gilamchilik va hokazo.
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan o„zbek xalq amaliy bezak san’ati bugungi kunda umuminsoniyat madaniyatida muxim o„rin egallaydi. 0`zbek xalq amaliy san’ati namunalari jahonga mashhur bo„lib, dunyoning turli shaxarlaridagi san’at va etnografiya muzeylaridan o„rin olgan. Ayniqsa, mustaqillikdan so„ng mazkur san’at asarlari xalqimiz nomini butun dunyoga tantishda katta rol o„ynamokda. Shubxasiz, bu jabhada yoshlarimizning o„rni beqiyosdir. Yoshlarimizning badiy san’at va hunarmandchilik turlarini ilmiy asosda va amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirdagina bu muxim vazifani muvofaqiyatli uddalay oladilar.
Endilikda hunarmandchilik turlarining kasb -hunar kollejlari dars jadvalidan texnologik fan sifatida urin olayotganligi huddi shu maqsadni ko„zlaydi.
Umumiy o`rta ta’lim maktablari oquvchilarini mehnat va kasbga tayyorlashni takomillashtirishda xalq hunarmandchiligidan foydalanishning pedagogik sharoitini tadqiq qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
1.Mehnat ta’limi darslarida o„quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida mutafakkir, donishmandlar, olimlar asarlarining tarixiy manbalarida yoritilgan mazmunini o„rganish, tahlil qilish orqali mazkur sohaning hozirgi davrdagi ilmiy, nazariy poydevorini yaratish lozim.
2.Umumiy o„rta ta’lim maktablari o„quvchilarini mehnat ta’limi darslarida xalq xunarmandchiligi asosida tarbiyalash maksadida halq hunarmandchiligi sohalarining milliy, mahalliy, hududiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o„g„il bolalar va qiz bolalar faol ishtirok etadigan, ya’ni ko„nchilik, mahsido„zlik, kosibchilik, pichoqchilik zarduzlik, kashtachilik, quroqchilik sohalarini tanlab olib, ularning o„qitilish jihatlari rivojlantirilishi lozim.
3.Umumiy o„rta ta’lim maktablarida amalda qo„llanilayotgan o„quv dasturlari mazmunini tanlashda o„quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini o„rganishini tarkib toptirish hamda ularga xalq xunarmandchiligini ushbu soha misolida o„rgatish lozim.
4.O`quv jarayonida o„quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashni ta’limning maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning o„ziga xos pedagogik usullari va vositalarining qo„llanilishi lozim bo„ladi.
Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida, mehnat va kasb-hunar pedagogikasida xalqimizning milliy, ma’naviy, madaniy meroslaridan, qadriyatlaridan, tarixiy yutuqlaridan foydalanishning yo„llarini, pedagogik shart- sharoitlarini belgilash ishi barcha izlanishlarning asosiy yonalishlaridan hisoblanadi. Masalan, zardo„zlik sa’nati, uning vatani qadimgi Yunoniston bo„lib, bu yerga zadogonlar zar, ipak va jun qo„shib to„qilgan kashtali naqshlar tushirilgan kiyimlar kiyishgan. Keyinchalik Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan qadimgi Misr hamda Bobilda ham zardo„zlik rivojlana boshlagan. Qadimgi Bobil (Vavilion) o‘zining kashtali qimmatbaho matolari bilan dunyoga mashhur bo„lgan.
Keyinroq zardo„zlik qadimgi Bobil bilan yaqin aloqada bo„lgan Eron podsholigi saroyida xam rivojlana boshlagan. Eron shoxlari hamda asilzodalarining kiyimlari ham oltin iplar bilan tikilgan bezaklar va qimmatbaxo toshlar bilan naqshlana boshlagan. Asilzodalar xayotida muhim o„rin egallay boshlagan zardo„zlik Eron orqali asta sekin Afg„oniston, Xindiston, Xitoy va ularga qo„shni bo„lgan 0„rta osiyo mamlakatlariga tarqala boshlaydi. Har bir mamlakatda u o„ziga xos tarzda shakllangan va taraqqiy etgan.
XIX va XX asrlarda kashtachilik sa’natinmg bir turi bo„lgan zardo„zlik Buxoroning o„ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan qimmatbaxo matodan tayyorlangan zardo„zlik kiyimlari katta ahamiyatni kasb etgan. Bu kiyim kechaklar asosan amir saroyidagilarning extiyoji uchun tikilgan.
Buxoro zardo„z ashyolarining deyarli xammasi amir saroyining extiyoji uchun ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilgan. U paytda zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon-qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar. Hech kim xatto eng katta amaldordan birortasi ushbu qimmatbaxo kiyimlarni o„ziga buyurtirishga haqqi yo„q edi. Ular bu kiyimlarni faqat amir sovg„a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo„z kiyimlari esa faqatgina badavlat xonadon a’zolari kiyishga haqli edi. XIX va XX asr boshlarida, ya’ni 1785 yildan to 1920 yilgacha Buxoroda xukmronlik qilgan mang„itlarning oxirgi sulolasiga taaluqli bo„lgan zardo„z kiyimlari xozirgi kunda yodgorlik bo„lib qolgan.
1930 yillarda zardozlik markazi bo`lgan Buxoroda barcha mashhur zardo„zlarning yig„ib, tikuvchilik atellari qoshiga zardo„zlik sexlari tashkil etishdi. Zardo„zlar orasida usta Xalim, N.Majidov, N.Sultonov, U.Xayotov, S.Sayfullayev va boshqalar bor edi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning o’arb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish