O’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Tanlangan istiqbolli genotiplarni shishasimonlik bo’yicha baholash



Download 2,18 Mb.
bet14/15
Sana14.07.2022
Hajmi2,18 Mb.
#796911
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI Mohigul

3.2 Tanlangan istiqbolli genotiplarni shishasimonlik bo’yicha baholash
Bug’doy boshog’ini gullash vaqtiga qarab uch qismga ajratish mumkin: uchki, o’rta va pastki zonalar.

6-rasm. Bug’doy boshog’i qismlari.

Odatda bug’doy boshog’ida avval o’rta qism, keyin uchki va eng so’nggida pastki qismning gullashi kuzatiladi. Shunga ko’ra biz ham tahlil uchun har bir qismdagi donlardan alohida olib, ularda shishasimonlik ko’rsatkichinining quyidagi natijalarini oldik:


Bahorgi bug'doy doni yuqori shishasimonligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot yillarida ushbu ko'rsatkichning ekstremal qiymatlari 97,499,9% oralig'ida edi. O'g'itlar, qoidaga ko’ra, shishasimonlikning biroz ko'payishiga yordam berdi. Bu yerda aniq bir qonuniyat ko’zga tashlanmasad, lekin aksariyat hollarda azot-kaliyli o'g'it ishlatilgan joyda eng yuqori shishasimonlik (99,0-99,2%) qayd etilgan.[8]
Donning shishasimonligi – kuchli va qimmatli (noyob) bug’doylarning eng muhim sifat ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkich endospermning konsistensiyasini ko’rsatiladi. Nav doirasida don shishasimonligi va undagi oqsil hamda kleykovina o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Shuning uchun shishasimon don odatda eng yuqori non yopish xususiyatlariga ega. Don to’lish davrida namlikni yetishmasligi hamda azotli oziqlanish don shishasimonligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
N.P.Kozmina (1969); I.M.Kodanev (1981); Ye.D.Kazakov (1980), N.Mamirov (1986), N.Xalilov (1994) don shishasimonligi qancha yuqori bo’lsa, oqsil miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi deb hisoblashadi.
Adabiyotlarda shishasimonlik qancha yuqori bo’lsa un chiqishi yuqori bo’lishi hakida ma’lumotlar bor (Kretovich, 1981; Samsanov 1968; Mamirov 1986 va boshqa).
Xozirgi paytda ayrim tadqiqotchilar don shishasimonligi donda oqsil konsentrasiyasini oshishi tufayli emas, balki don pishishidagi sharoitlariga bog’liq deyishmokda. (Malyuga, Tarasenka, 1982).
Donning shishasimonligi nav va tur belgisi. Qattiq bug’doylar yumshoq bug’doyga nisbatan odatda yuqori shishasimonlikka ega. Navlar bir xil oqsil miqdoriga ega bo’lsada shishasimonligi buyicha farq qilishi mumkin.
Shishasimonlikni aniqlash uchun donlar ko’ndalangiga kesilib uch guruhga bo’linadi: shishasimon, yarim shishasimon va unsimon. Shishasimon don ko’ndalang kesimi to’la shishasimon bo’lib yengilroq xira bo’lishi mumkin. Unsimon donlar endospermi oq bo’ladi. Yarim shishasimon donlar ikki guruhga ham kirmaydi va ularda unsimon donlar bo’ladi, ularni kesmasa ham bo’ladi. Umumiy shishasimonlik hisoblanganda shishasimon donlar soniga, yarim shishasimon donlarning yarmi qushiladi. Yalpi donning umumiy shishasimonligini foiz hisobida ko’rsatiladi.

Hozirda don shishasimonligi diafonoskop DS3 – 2 yordamida ham aniqlanmokda.


Dondagi oqsil ikki shaklda – biriktirilgan (xaft – protiyen) va oralik (svikel – protiyen) bo’ladi. Don shishasimonligini oraliq oqsil hosil qiladi va u zahira energetik material vazifasini bajaradi. Oqsil miqdori biologik optimal darajaga yetgandan keyingina oraliq oqsil ya’ni shishasimonlik hosil bo’ladi. Oqsil miqdori kam donlarda oraliq oqsil kam, shuning uchun ularning shishasimonligi ham past bo’ladi. Donda oqsil miqdorining oshishi bilan, kraxmal donachalarini orasi svikel-protein bilan to’lib boradi, shishasimonlik ham ortadi. Kraxmal donachalarini orasi oqsil bilan to’lganda don shishasimon bo’ladi, oqsilni yana oshishi shishasimonlikka ta’sir ko’rsatmaydi. Bu holat donda oqsil konsentrasiyasi donda oqsil miqdori biologik optimal darajadan oshgandan keyingina kuzatiladi. Dasht ekotipidagi navlar donida oqsil 10 – 11 yetganda bu holat boshlanadi (Nikolayev, 1991).
Donning pishish jarayonida shishasimonlik mum pishish fazasida shakllanadi. Bu ko’rsatkich barqaror emas va to’la pishish fazasiga kelib kamaya boshlaydi. Shishasimonlikni kamayish tezligi ob – havoga va dondagi oqsil miqdoriga bog’liq. Bu davrda quruq issiq ob – havo bo’lsa, pishish fazasi davomli bo’lmaganligi uchun don shishasimonligi hosilni yig’ishtirishgacha saqlanadi.
Salqin, yomg’irli ob – havo sharoitida bug’doyni pishishi sekin o’tadi. Bunday noqulay omillar don shishasimonligini pasaytiradi. Yomg’ir va shudring ham mum pishish fazasida don shishasimonligini kamaytiradi. Shishasimonlikni pasayishi dondagi oqsil miqdoriga ham bog’liq. Donda oqsil miqdori ko’p bo’lsa oqsil miqdori kam bo’lgan donga nisbatan shishasimonlik kamroq pasayadi.
xzse34
Shishasimonlikni kamayishi donning tovar ko’rinishini pasaytiradi. Don rangi to’q – qizildan qizilga, sariq – qizilga, hatto sariq ranggacha o’zgaradi, ammo bunda tegirmonboplik va non yopish sifatlari pasaymaydi.
So’nggi yillarda ko’pchilik tadqiqotchilar donning tegirmonboplik sifatini don qattiqli bilan ko’rsatishni taklif etishmokda. Bu ko’rsatkich navning genotipiga sezilarli, o’sish sharoitiga kam bog’liq. (Shibayev, 1974; Sozinov, Jemela, 1983; Bloxin, 1998).
Donning qattiqligi aniqlash ancha qiyinligi, aniqlash uchun priborlar yo’qligi tufayli don shishasimonligi aniqlanadi. Kuchli bug’doylarda don shishasimonligi 60 % dan, noyob bug’doylarda 40 foizdan kam bo’lmasligi talab qilinadi.
Biz pestitsid va fungitsidlardan foydalanish yo’li bilan bug’doyning shishasimonlik xususiyatini aksariyat hollarda oshira olmaymiz. Amaliyotdan shular ma’lumki, Vitavax, Dividend Star, Raxil va Biosil dezinfektsiyalash vositalaridan foydalanish hamda bug'doy ekinlarini River C, Alto Super va Falcon fungitsidlari bilan davolash don tarkibidagi kleykovina miqdorini va uning naturasini oshirsada, ammo kleykovina sifatiga va shishasimonlik ko’rsatkichiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
G'alla hosildorligiga va undagi oqsil va kleykovina miqdoriga ekish muddati va ekish me’yori ta’sir etsada, olimlar orasida bunday me’yorlarning don sifatiga ta’siri to’g’risida aniq xulosa mavjud emas (Lentochkin, 2011). Ekishning o'n yoki undan ko'p kunga kechikishi g'alla hosildorligining kamida 10% ga kamayishiga olib keladi va namlik uchun noqulay yillarda hosilning yo'qolishi 15-30% ga yetishi mumkin. Bu don va urug'larning sifatini pasaytiradi: nish urish va unib chiqish energiyasi, shishasimonlik ko’rsatkichi, naturasi, oqsil va kleykovina tarkibi va uning sifati kabilar.[11]
Ushbu xulosalarni tadqiqot natijalari bo’yicha quyidagi jadvallarda mustahkamlab olish mumkin:
6-jadval


Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish