1 .2 Bahorgi yumshoq bug’doyning shishasimonlik ko’rsatkichi
1-rasm Yuqori shaffoflikka ega bug’doy doni
Shishasimonlik don sifatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, uning tahlili keyingi qayta ishlash jarayoniga qanday don mos kelishini aniqlash uchun zarurdir. Shuningdek, shishasimonlik – endospermning mustahkamligini tavsiflovchi parametrdir. Shaffof bug’doy doni kraxmal-oqsil bog'ining yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi, bunday don mexanik ta’sirlarga nisbatan ancha chidamli bo’ladi. Shishasimonlikdan farqli o'laroq, unlilik kabi parametr ham mavjud. Unli donlar kraxmal va oqsil o'rtasidagi zaifroq bog'lanish bilan tavsiflanadi.
Barcha bug’doy navlari uchun shishasimonlik parametri muhimdir. Shishasimon donlar yorma mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari uchun mos keladi hamda bunday donlardan tayyorlangan un ko'p miqdorda ozuqaviy moddalarga ega bo’ladi[7].
Don to’qimalariga ma’lum tuzilishni beruvchi turli strukturalarda bo’ladi. Ko’pyillik ma’lumotlarga binoan yer yuzi bo’ylab bahorgi yumshoq bug’doyning barcha navlarida shishasimonlik o’rtacha 52% ni tashkil qilgan bo’lsa, Ester va Engelina singari yangi istiqbolli navlarda eng yuqori ko’rsatkich aniqlangan – o’rta hisobda o’zaro 62% va 55%, qimmatli bug‘doy uchun talab qilinadigan bazaviy normadan oshadi[10].
Nega shishasimonlikni o’lchash muhim?
Shishasimonlikni o’lchash muhimdir, chunki buning yordamida ushbu dondan qanday mahsulotlar qayta ishlash mumkinligi aniqlanadi. Yuqori shishasimonlik indeksiga ega bo'lgan bug'doy non pishirishda o’ziga xos xususiyatlariga egaligi bilan ajralib turadi. Birinchi navli un aynan shishasimonligi yuqori bo’lgan bug'doydan tayyorlanadi, chunki uni maydalash osonroq hamda maydalash jarayonida juda yupqa va mayda kepak ajralib, ko'proq un beradi.
Ushbu ko'rsatkich guruch uchun ham muhimdir, chunki shishasimon guruchni qayta ishlash jarayonida butun don shaklida saqlanadi. Bunday donlarni pishirganda, donlar parchalanmaydi, balki butunligicha qoladi.
Makkajo'xori doni makkajo’xori qalamchalari tayyorlash uchun foydalaniladigan bo'lsa, shishasimonlik ko’rsatkichi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori sifatli mahsulot faqat shishasimon makkajo'xori donidan ishlab chiqarilishi mumkin.
Shishasimon va unli donlar
Donlar 3 tipga bo'linadi: shishasimon, qisman shishasimon va unli. Bu endospermning tabiatiga bog’liq hisoblanadi.
Shishasimon don endospermi butunlay shaffof (bir oz loyqa bo'lishi mumkin) yoki kesilgan tekislikning 1/4 qismidan oshmaydigan unli qismga ega bo'ladi. Agar don maydalansa yoki kesilsa, shishasimon endospermning parchalanishi unli endospermga qaraganda qiyinroq kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |