O’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 2,18 Mb.
bet9/15
Sana14.07.2022
Hajmi2,18 Mb.
#796911
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
BMI Mohigul

Qisman shishasimon don – shishasimon va unli qismlari almashinib turadigan don. Bu turga aniq ko’zga tashlanadigan unli dog'lari ("sariq bochkalar") bo'lgan donni kiritish mumkin. Ularning endospermasi qisman yaltiraydi.

  • Unli don (c) endospermning shaffof bo'lmagan konsistensiyasiga ega va bo’linganda bo'rga o'xshaydi. Agar kesishdan keyin shishasimon qism don tekisligining 1/4 qismidan kamroq qismini egallashi kuzatilsa, unda uni unli deb hisoblash mumkin. Unli donning endospermi bo'sh. Ezilganida kraxmal donalari va oraliq oqsil o'rtasidagi chegara bo'ylab bo'linadi, zarrachalar osongina yopishadi[7].

    1 -shishasimon
    2-qisman shishasimon
    3-unli don

    2-rasm Donning shishasimonlik bo’yicha tiplari


    Bahorgi bug'doy doni yuqori shishasimonligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot yillarida ushbu ko'rsatkichning ekstremal qiymatlari 97,499,9% oralig'ida edi. O'g'itlar, qoidaga ko’ra, shishasimonlikning biroz ko'payishiga yordam berdi. Bu yerda aniq bir qonuniyat ko’zga tashlanmasad, lekin aksariyat hollarda azot-kaliyli o'g'it ishlatilgan joyda eng yuqori shishasimonlik (99,0-99,2%) qayd etilgan[8].


    Donning shishasimonligi – kuchli va qimmatli (noyob) bug’doylarning eng muhim sifat ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkich endospermning konsistensiyasini ko’rsatiladi. Nav doirasida don shishasimonligi va undagi oqsil hamda kleykovina o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Shuning uchun shishasimon don odatda eng yuqori non yopish xususiyatlariga ega. Don to’lish davrida namlikni yetishmasligi hamda azotli oziqlanish don shishasimonligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
    N.P.Kozmina (1969); I.M.Kodanev (1981); Ye.D.Kazakov (1980), N.Mamirov (1986), N.Xalilov (1994) don shishasimonligi qancha yuqori bo’lsa, oqsil miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi deb hisoblashadi.

    Adabiyotlarda shishasimonlik qancha yuqori bo’lsa un chiqishi yuqori bo’lishi hakida ma’lumotlar bor (Kretovich, 1981; Samsanov 1968; Mamirov 1986 va


    boshqa).
    Xozirgi paytda ayrim tadqiqotchilar don shishasimonligi donda oqsil konsentrasiyasini oshishi tufayli emas, balki don pishishidagi sharoitlariga bog’liq deyishmokda. (Malyuga, Tarasenka, 1982).
    Donning shishasimonligi nav va tur belgisi. Qattiq bug’doylar yumshoq bug’doyga nisbatan odatda yuqori shishasimonlikka ega. Navlar bir xil oqsil miqdoriga ega bo’lsada shishasimonligi buyicha farq qilishi mumkin.
    Shishasimonlikni aniqlash uchun donlar ko’ndalangiga kesilib uch guruhga bo’linadi: shishasimon, yarim shishasimon va unsimon. Shishasimon don ko’ndalang kesimi to’la shishasimon bo’lib yengilroq xira bo’lishi mumkin. Unsimon donlar endospermi oq bo’ladi. Yarim shishasimon donlar ikki guruhga ham kirmaydi va ularda unsimon donlar bo’ladi, ularni kesmasa ham bo’ladi. Umumiy shishasimonlik hisoblanganda shishasimon donlar soniga, yarim shishasimon donlarning yarmi qushiladi. Yalpi donning umumiy shishasimonligini foiz hisobida ko’rsatiladi.
    Hozirda don shishasimonligi diafonoskop DS3 – 2 yordamida ham aniqlanmokda.
    Dondagi oqsil ikki shaklda – biriktirilgan (xaft – protiyen) va oralik (svikel – protiyen) bo’ladi. Don shishasimonligini oraliq oqsil hosil qiladi va u zahira energetik material vazifasini bajaradi. Oqsil miqdori biologik optimal darajaga yetgandan keyingina oraliq oqsil ya’ni shishasimonlik hosil bo’ladi. Oqsil miqdori kam donlarda oraliq oqsil kam, shuning uchun ularning shishasimonligi ham past bo’ladi.
    Donda oqsil miqdorining oshishi bilan, kraxmal donachalarini orasi svikel-protein bilan to’lib boradi, shishasimonlik ham ortadi. Kraxmal donachalarini orasi oqsil bilan to’lganda don shishasimon bo’ladi, oqsilni yana oshishi shishasimonlikka ta’sir ko’rsatmaydi. Bu holat donda oqsil konsentrasiyasi donda oqsil miqdori biologik optimal darajadan oshgandan keyingina kuzatiladi. Dasht ekotipidagi navlar donida oqsil 10 – 11 yetganda bu holat boshlanadi (Nikolayev, 1991).
    Donning pishish jarayonida shishasimonlik mum pishish fazasida shakllanadi. Bu ko’rsatkich barqaror emas va to’la pishish fazasiga kelib kamaya boshlaydi. Shishasimonlikni kamayish tezligi ob – havoga va dondagi oqsil miqdoriga bog’liq. Bu davrda quruq issiq ob – havo bo’lsa, pishish fazasi davomli bo’lmaganligi uchun don shishasimonligi hosilni yig’ishtirishgacha saqlanadi.
    Salqin, yomg’irli ob – havo sharoitida bug’doyni pishishi sekin o’tadi. Bunday noqulay omillar don shishasimonligini pasaytiradi. Yomg’ir va shudring ham mum pishish fazasida don shishasimonligini kamaytiradi. Shishasimonlikni pasayishi dondagi oqsil miqdoriga ham bog’liq. Donda oqsil miqdori ko’p bo’lsa oqsil miqdori kam bo’lgan donga nisbatan shishasimonlik kamroq pasayadi.
    Shishasimonlikni kamayishi donning tovar ko’rinishini pasaytiradi. Don rangi to’q – qizildan qizilga, sariq – qizilga, hatto sariq ranggacha o’zgaradi, ammo bunda tegirmonboplik va non yopish sifatlari pasaymaydi.
    So’nggi yillarda ko’pchilik tadqiqotchilar donning tegirmonboplik sifatini don qattiqli bilan ko’rsatishni taklif etishmokda. Bu ko’rsatkich navning genotipiga sezilarli, o’sish sharoitiga kam bog’liq. (Shibayev, 1974; Sozinov, Jemela, 1983; Bloxin, 1998).
    Donning qattiqligi aniqlash ancha qiyinligi, aniqlash uchun priborlar yo’qligi tufayli don shishasimonligi aniqlanadi. Kuchli bug’doylarda don shishasimonligi 60 % dan, noyob bug’doylarda 40 foizdan kam bo’lmasligi talab qilinadi.
    Biz pestitsid va fungitsidlardan foydalanish yo’li bilan bug’doyning shishasimonlik xususiyatini aksariyat hollarda oshira olmaymiz. Amaliyotdan shular ma’lumki, Vitavax, Dividend Star, Raxil va Biosil dezinfektsiyalash vositalaridan foydalanish hamda bug'doy ekinlarini River C, Alto Super va Falcon fungitsidlari bilan davolash don tarkibidagi kleykovina miqdorini va uning naturasini oshirsada, ammo kleykovina sifatiga va shishasimonlik ko’rsatkichiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
    G'alla hosildorligiga va undagi oqsil va kleykovina miqdoriga ekish muddati va ekish me’yori ta’sir etsada, olimlar orasida bunday me’yorlarning don sifatiga ta’siri to’g’risida aniq xulosa mavjud emas (Lentochkin, 2011). Ekishning o'n yoki undan ko'p kunga kechikishi g'alla hosildorligining kamida 10% ga kamayishiga olib keladi va namlik uchun noqulay yillarda hosilning yo'qolishi 15-30% ga yetishi mumkin. Bu don va urug'larning sifatini pasaytiradi: nish urish va unib chiqish energiyasi, shishasimonlik ko’rsatkichi, naturasi, oqsil va kleykovina tarkibi va uning sifati kabilar[11].



    Download 2,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish