O’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTLARI VA USLUBLARI



Download 2,18 Mb.
bet11/15
Sana14.07.2022
Hajmi2,18 Mb.
#796911
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI Mohigul

2. TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTLARI VA USLUBLARI


2.1 Tadqiqot ob’ektlari
Ushbu BMI tadqiqotlari Samarqand shahar Don Mahsulotlari Aksiadorlik Jamiyatining markaziy laboratoriyasida hamda kafedrada amalga oshirildi. Dala tajribalari esa Narpay tumaniga qarashli “Narpay bog’lari” fermer xo’jaligi 1m2 yer maydonida 2 qaytariqda olib borildi.
Tadqiqot ob’ekti sifatida SETE SERROS-66, SURXAK-5688,PAXLAVON, OQ BUG’DOY, SANZAR-6 yumshoq bug’doy navlari tanlab olindi.


2.2 Tadqiqot uslublari

Tahlilni olib borish. Bug'doyning shishasimonligini aniqlash GOST 10987-76 bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnika doirasida shishasimonlik kesmani vizual tekshirish yoki diafanoskop yordamida aniqlanadi.


1. Kesmani vizual tekshirib tahlil o'tkazish. Tahlil qilish uchun bizga laboratoriya tarozisi (xatosi 1 grammdan oshmaydigan), yig'iladigan doska, shpatel va lezviye kerak bo'ladi. Sinovdan oldin namuna tayyorlab olinadi. Don iflosliklardan tozalanaib va quritilib (namlik miqdori 17% dan ortiq bo'lsa) olinishi kerak. Keyin namuna tayyorlanadi, undan 100 ta don ajratib olinadi va ko’ndalangiga kesiladi. Shundan so'ng ko’rik o’tkaziladi va donlar nav xususiyatlariga ko'ra guruhlarga bo'linadi. Keyin umumiy shishasimonlik quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Ush = Tsh+Qsh/2,

Bu yerda: Tsh - to'liq shishasimon donlar soni, Qs - qisman shishasimon donlar soni.


Olingan natija butun songa yaxlitlanadi.



I II III
3-rasm Turli shishasimonlik darajasiga ega donlarni kesmada ko’rish
Izoh: I-yuqori shishasimon don, II-qisman shishasimon don, III-shishasimonlikka ega bo’lmagan don

2. Diafanoskop yordamida tahlil qilish. Namuna tayyorlashdan so'ng diafanoskop kassetasining 100 ta yacheykasi don bilan to'ldirish kerak (har bir yacheykada bittadan). Kasseta qurilmaga joylashtiriladi va hisoblagich sozlanadi. Keyin donlar ko’rib chiqiladi va natijalar hisoblagich yordamida hisoblanadi. Shishasimon donlar butunlay shaffof, unli donlar to'liq shaffof emas. Tahlilda qisman shishasimon donlar hisobga olinmaydi. Tahlil natijasida pastki panelda umumiy shishasimonlik foizi ko'rsatiladi va yuqori panelda to'liq shishasimon donlarning foizi ko'rsatiladi.



4-rasm Diafanoskopning ko’rinishi

Donning shaffofligi aniqlashni davlatlararo standartga binoan quyida batafsil ko’rib chiqamiz (standartdan faqat bug’doyga tegishli bandlar olindi).


Mazur standard bug'doy va sholi donlariga talluqli bo'lib, shaffoflikni aniqlash usullarini o'rnatadi:
-diafanoskopdan foydalanib yorug'lik oqimini yo'naltirish orqali tahlil qilinayotgan donni yoritib ko'rish;
-kesilgan donni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha.

1.Namunani tanlab olish usullari


1.1 Namunani tanlab olish va o'lchanmalarni ajratish GOST 13586.3-83 bo'yicha.

2.Apparatura


2.1 Sinov o'tkazish uchun quyidagilardan foydalaniladi:
diafonoskopdan foydalanib shaffoflikni aniqlashda:
-DSZ-2 kassetali diafonoskop va DSZ-2s markali hisoblagichli diafonoskop;
-tortishxatoligi 1gr dan ko'p bo'lmagan laboratories tarozisi.
kesilgan donni ko'rish orqali shaffoflikni aniqlashda:
-ajratish doskasi;
-shpatel;
-lezviye;
-tortish xatosi 1gr dan ko'p bo'lmagam laboratoriya tarozisi

3.Sinovga tayyorlash


3.1 Bug'doy donining o'rtacha namunasidan 50±1 gr massali o'lchanma ajratiladi va ifloslantiruvchi va donli aralashmalardan tozalanadi.
Agar donning namligi 17% dan yuqori bo'lsa, u havoda yoki ichidagi havo harorati 500C dan ko'p bo’lmagan quritish shkafida, termostat yoki LSA laboratoriya quritish moslamasida quritiladi.
3.2 O’rtacha namunaning to’liq tahlilini o’tkazishda bug’doy donining shaffofligi ifloslanish tahlili o’tkazilgandan keyin GOST 13586.3-83 da o’rnatilgan tartibga muvofiq aniqlanadi.
O’rtacha namunaning to’liq tahlilini o’tkazishda bug’doyning ifloslanishini aniqlash uchun VI-EAZ analizatori qo’llanilganda, bug’doyning shaffofligi don analizatorida tozalangan 1 fraksiyasidan tanlab olingan 50 gr o’lchanmada aniqlanadi.

4.Sinovni o’tkazish


Sinov olib borishda umumiy shaffoflik aniqlanadi.
Umumiy shaffoflik ko’rsatkichi deganda, to’liq shaffof donlar bilan qisman shaffof donlar soni yarmisining yig’indisi tushuniladi.
4.1 Diafonoskopdan foydalanib shaffoflikni aniqlash.
4.1.1 Diafonoskop kassetasiga bug’doy doni o’lchanmasi yoki po’stlog’idan ajratilgan sholi to’kiladi va gorizontal yuzasida kassetani aylanma harakatlantirib, panjaraning hamma 100 ta bo’limini butun donlar bilan to’ldirib chiqiladi, har bir bo’limga bittadan don solinadi. Kassetani asta-sekin egib, ortiqcha donlar ehtiyotkorlik bilan to’kiladi. Shundan so’ng uni asbob korpusining kesilgan joyiga qo’yiladi va yorug’lik manbai yoqiladi. Boshqarish dastasi yordamida korpusga kasseta shunday o’rnatiladiki, bunda ko’rish maydonida don solingan bo’limlarning birinchi qatori ko’rinib turishi kerak.
4.1.2 Hisoblagichning hisoblash dastasi shunday sozlanadiki, bunda yuqori tabloda 00 sonlari, pastkisida esa – 50 bo’lishi kerak.
4.1.3 Hisoblagich o’rnatilgandan keyin, diafonoskopning okulyari orqali donning birinchi qatori ko’rib chiqiladi, to’liq shaffof va unsimon donlar soni sanab chiqiladi. Bunda to’liq shaffof donlarga yorug’likni to’liq o’tkazayotgan donlar, unsimonlarga esa – yorug’likni to’liq o’tkazmayotgan donlar kiritiladi. Endospermi yorug’likni qisman o’tkazadigan yoki qisman o’tkazmaydigan donlar qisman shaffof donlarga kiritiladi va ular sanalmaydi.
4.1.4 Hisoblagich dastasini soat strelkasi bo’yicha burab to’liq shaffof donlar soni, soat strelkasiga qarama-qarshi tomonga burab esa – unsimon donlarning soni hisoblagichga kiritiladi. Birinchi qatordagi hamma donlar ko’rib chiqilgandan keyin, kassetaning joyi shunday o’zgartiriladiki, bunda ko’rish maydonida ikkinchi qatordagi donlar ko’rinishi kerak. Ular ko’rib chiqiladi va to’liq shaffof va unsimon donlarni sanash natijalari ham hisoblagichga kiritladi va hokazo. Donlarning oxirgi o’ninchi qatori ko’rib chiqilgandan keyin, bu haqda kassetadagi qizil chiziq ogohlantiradi, hisoblagichni pastki tablosida umumiy shaffoflikning foizi, yuqori tablosida esa – to’liq shaffof donlarning miqdori foizda ko’rsatilgan bo’ladi.



5-rasm Zamonaviy diafanoskop YANTAR-BLIK

4.2 Kesilgan donni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha shaffoflikni aniqlash.


4.2.1 Tahlil uchun tayyorlangan bug’doy doni o’lchanmasidan tanlanmasdan 100 ta butun don ajratiladi va ular o’rtasidan ko’ndalangiga kesiladi.
Har bir donning kesilgan joyi ko’rib chiqiladi va kesilgan joyining ta’rifiga muvofiq uchta guruhdan biriga kiritiladi: shaffof, unsimon, qisman shaffof va ular o’z navbatida quyidagicha tavsiflanadi:
-shaffof don – endospermi to’liq shaffof;
-unsimon don – endospermi to’liq unsimon;
-qisman shaffof don – endospermi qisman unsimon yoki qisman shaffof.
Yaqqol ifodalangan unsimon dog’li – “sariq yonboshli” bug’doy donlarini kesmasdan, tashqi ko’rinishi bo’yicha qisman shaffof donlarga kiritiladi.
4.2.1 Donning umumiy shaffofligi (Ush) foizda quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Ush = Tsh+Qsh/2,

Bu yerda: Tsh - to'liq shishasimon donlar soni, Qs - qisman shishasimon donlar soni.


4.2.3 Donning umumiy shaffofligi birinchi o’nlik songacha chiqarib tashlanadigan son beshga teng va undan katta bo’lsa, u holda saqlanib qolinadigan son bittaga oshiriladi, agar beshdan kichik bo’lsa – o’zgarishsiz qoldiriladi.
4.3 Dastlabki va takroriy yoki nazorat aniqlashlar natijalari orasidagi tafovut 5% dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Takroriy yoki nazorat aniqlashlarni dastlabki aniqlash o’tkazilgan usulda o’tkaziladi (diafonoskopda yoki donni kesish bilan).
3-jadval

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish