Bitiruv malakaviy ishining hajmi: Quyidagi bitiruv malakaviy ishi 5 sahifadan iborat bo’lgan kirish, 25 sahifali adabiyotlar sharhi, tadqiqot natijalari qismi, 4 banddan iborat bo’lgan xulosalar, tavsiyalar va _ ta adabiyotlar ro’yxtidan iborat bo’lib, uning umumiy hajmi 52 sahifani tashkil etadi. Bundan tashqari ishda 6 ta rasm, 5 ta diogramma va 6 ta jadvaldan foydalanildi.
1. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1 Bahorgi yumshoq bug’doy donining fizikaviy ko’rsatkichlari
Bug’doy qo’ng’irboshlar oilasiga (Poaceae), (Triticum L.) mansub. Bug’doy oilasiga 27 ta tur kirishi aniqlangan bo’lib, bu turlar bilogik xususiyatiga ko’ra 4 genetik guruhga bo’linadi va guruhlarda xromosomalar soni turlicha bo’ladi. Hozirgi kunga kelib bug’doy turlari xo’jalik ahamiyati bo’yicha 2 guruhga ajratiladi – haqiqiy bug’doylar va yovvoyi bug’doylar.
Haqiqiy bug’doylar bug’doyning madaniy turlari bo’lib, deyarli butun yer yuzida o’stiriladi, lekin hamma turlar yer yuzida bir xilda tarqalmagan. Ular orasida eng ko’p yumshoq bug’doy – Triticum aestivum L. hamda qattiq bug’doy – Triticum durum L. turlari tarqalgan. Yurtimizda asosan yumshoq bug’doyning turli navlari ekib kelinadi[1].
Milloddan 5 ming yil avval yumshoq bug’doy (Triticum aestivum L.) ning qadimgi formalari hozirgi Eron hududida aniqlangan bo’lib, hozirgi kunga kelib yumshoq bug’doy madaniy bug’doyning eng keng tarqalgan turlaridan hisoblanadi: 250 xildan ortiq turlarni va bir necha ming atrofida navlarni o’z ichiga oladi. Urug’ tarkibida 75-80% uglevod (asosan kraxmal), 10-15% oqsil, 1,5-2,5% yog’, 1,7-2,1% mineral tuzlar hamda 2-2,6% kletchatka uchraydi.
Eng ko’p yumshoq bug’doy yetishtiradigan mamlakatlar 10 taligi quyidagicha: Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Pokiston, Ukraina , Avstraliya va Germaniya. Ushbu davlatlarda yumshoq bug’doyning turli navlari ekilib, ular o’zaro fizikaviy ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.
Bug’doy jumladan bahorgi yumshoq bug’doy uchun tuproq reaksiyasi pH=6-7,5 bo’lishi lozim. Yumshoq bug’doy sho’r, botqoqlangan hamda nordon tuproqlardan tashqari barcha tuproqlarda yaxshi o’sadi.
Bug’doyning ozuqa elementlariga talabchanligi boshqa donli ekinlarga nisbatan ancha yuqori. Bug’doyda hosildorlik oshib borgan sari, oziq moddalarga bo’lgan talab ham ortib boradi. Bug’doy ekib o’stiriladigan dala maydonlarida 1 st don va mos miqdorda somon olish uchun sarf qilinadi: azot – 2,5-3,5 kg, fosfor – 0,9-1,2 kg, kaliy – 2-3 kg.
Bahorgi yumshoq bug’doy unib chiqishi uchun 50C harorat talab etiladi, shunda urug’ 20-kuni unib chiqa boshlaydi. Unib chiqishida davrida harorat 12-140C, don to’lishish davrida esa 22-250C ga yetishi lozim.
Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatadiki, butun amal davrida kuzgi bug’doy umumiy 1800-21000C haroratni qabul qilsa, bahorgi bug’doy esa 1100-13000C harorat bilan kifoyalanadi. Bahorda barcha bug’doy navlari yaxshi o’sadi hamda 12-150C, naychalanish davrida 15-160C, boshoq qilish va gullashda 18-200C harorat talab qiladi. Bug’doy boshoqqa kirgach, yetilgan donlarning haroratga chidamlilik chegarasi 40-420C ni tashkil etadi. Don pishishi uchun optimal harorat 22-300C hisoblanadi[1].
Bahorgi bug’doy kuzgi bug’doyga o’zshash oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega. Bahorgi bug’doy qishda umuman sovuq qattiq bo’ladigan mintaqalarda ekilishi kerak. Bunday sharoitda kuzda ekilgan bug’doy qattiq sovuqdan nobud bo’ladi. Bahorgi bug’doy esa qishki sovuqdan nobud bo’ladi. Shuning uchun Hamdo’stlik Mamlakatlarida bahorgi bug’doy ko’p ekiladi. Uning asosiy maydonlari Sibir, Ural, Volga bo’yi va Qozog’istonda joylashgan bo’lib, bu mintaqalarda kuzgi bug’doyga nisbatan bahorgi bug’doy ko’p hosil beradi.
O’zbekiston sharoitida bug’doy asosan kuzda ekilishi kerak, kuzgi bug’doy bunday sharoitda bahorgi bug’doyga nisbatan ko’p hosil beradi. Lekin noqulay kelgan yillar, uning o’rniga bug’doyni bahorda ekishga to’g’ri keladi. Bunday yillarda bahorgi bug’doyni ekish maydoni ancha ko’payadi.
Bundan tashqari, qishda sovuq qattiq, ayniqsa, quruq sovuq bo’ladigan shimoliy mintaqalarda, ya’ni Qoraqalpog’iston, Xorazm viloyatida, lalmikor yerlarning tog’ oldi va tog’li mintaqalarida ko’pincha bug’doyni bahorda ekishga to’g’ri keladi.
Bahorgi bug’doy uni juda yuqori sifatli bo’lib, donning sjhaffof qismi va oqsilning ko’pligi (16-18%) bilan farq qiladi. Shuning uchun bahorgi bug’doy ham kuzgi bug’doyga o’xshab katta ahamiyatga ega.
Hosildorligi. Bahorgi bug’doy lalmikor va sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doyga nisbatan kamroq hosil beradi. Lekin, to’g’ri agrotexnika qo’llanilganda bahorgi bug’doy ham yuqori hosil beradi. Lalmi yerlarda bahorgi bug’doyning hosildorligi yog’ingarchilik van am bilan ta’minlanishiga bog’liq. Namgarchilik ko’p yillari lalmi yerlarda bahorgi bug’doyning hosildorligi yog’ingarchilik va nam bilan ta’minlanishiga bog’liq. Namgarchilik ko’p bo’lgan yillari lalmi yerlarda bahorgi bug’doy 10-12 s/ga, sug’oriladigan yerlarda esa 30-40 s/ga gacha hosil beradi.
Biologik xususiyatlari. Bahorgi bug’doyning ildiz tizimi kuzgi bug’doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo’ladi. Shuning uchun u unumdor yerlarni xohlaydi. Bahorgi bug’doy harorati butun o’sish davrida kamroq talab qiladi. Chunki uning o’sish davri qisqa, o’rtacha 100-110 kunni tashkil qiladi va ba’zi bir ertapishar navlar 85-95 kunda ham pishib yetiladi. Bahorgi bug’doy tezpishar bo’lganligi uchun erta ekilganda lalmi yerlarda kuzda, qishda va erta bahorda to’plangan namlikdan yaxshi foydalanadi.
Bug’doy bahorda ekilganda, biologik, Bahorgi yoki yarim kuzgi navlari ekilishi kerak. Biologik kuzgi navlar bahorda ekilganda hosil bermaydi. Chunki, u talab qilgan harorat bo’lmaydi. Bahorgi bug’doy boshlang’ich rivojlanish dvrini 5-100C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya’ni tez muddat ichida o’tadi (bug’doy, biologik xususiyatlari va navlar bo’limiga qarang).
Navlari: “Sads 1”, “Surxak 5688”, “Bahor 1” bahorgi yumshoq bug’doy navlari Respublikamiz sug’oriladigan va lalmi maydonlarida ekish uchun tavsiya etiladi.
Bahorgi bug’doy yetishtirish texnologiyasi. Almashlab ekishdagi o’rni. Bahorgi bug’doyning ildiz tizimi kuchsizroq rivojlangani uchun tuproqdan nam va ozuqa moddalarni singdirish xususiyati pastroq bo’ladi. Tuproqda nam kam bo’lsa, uning o’sish va rivojlanish sekinlashadi, kam to’planadi, yer betini to’la qoplamaydi va shu sababli bahorgi bug’doy ekilgan maydonda begona o’tlar ko’p rivojlanadi.
Shu xususiyatlarga ko’ra bahorgi bug’doyni almashlab ekishda kuzgi bug’doydan keyin joylashtirish kerak. Bundan tashqari, bahorgi bug’doyni chopiq talab (qator oralari ishlanadigan) ekinlardan keyin ham ekish mumkin. Bu holatda bahorhi bug’doyni ko’pchilik ekinlardan – g’o’za, makkajo’xori va boshqa ekinlardan keyin ekish mumkin.
Yerni ishlash. Bahorgi bug’doy yaxshi ishlangan tuproqlarni xohlaydi. Shuning uchun u kuzda shudgor qilingan yerlarga ekilishi kerak. Bu holda bahorgi bug’doyni erta, optimal muddatlarda ekib olish imkoniyati tug’iladi. Yerni ishlash – kuzgi bug’doyga o’xshash sug’oriladigan yerlar kuzda 30-32 sm chuqurlikda shudgor qilishdan iborat.
Erta bahorda yer yetilishi bilan yerda namni saqlash maqsadida shudgor borona qilinadi, ekishdan oldin boron ava mola bostiriladi.
Lalmi yerlarda ularni haydoy chuqurligining qalinligiga qarab yer yuzaroq haydaladi va ekishdan oldin boron ava mola bostiladi.
O’g’itlash. Bahorgi bug’doy ham kuzgi bug’doyga o’xshash mahalliy va ma’danli o’g’itlar bilan o’g’itlanadi. Lekin bahorgi bug’doyning o’sish muddati qisqa bo’lganligi uchun o’g’itlash me’yori kuzgi bug’doyga nisbatan kamroq bo’ladi. Sug’oriladigan yerlarda 1 gektar bahorgi bug’doyga 10 tonnagacha go’ng, 120 kg azot, 70 kg fosfor va 40 kg kaliy beriladi. Lalmi yerlarda bu ko’rsatilgan o’g’it miqdoridan kamroq, ya’ni uni 20-31% ga kamaytirish mumkin, chunki lalmi yerlarda nam kam bo’lganligi uchun o’g’it samarasi ancha pasayadi. Bu o’g’itlarni asosiy miqdori kuzgi bug’doyga o’xshash kuzda, ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda hamda o’simliklarning o’suv davrida beriladi. Kuzgi shudgorda mahalliy o’g’it-go’ng, fosfor 40 kg/g ava 20 kg kaliy beriladi, qolgan azot, fosfor va kaliy ekish bilan bir vaqtda va oziqlantirish davrida beriladi. Bahorgi bug’doy bir marta – tuplanish boshlanish davrida oziqlantiriladi, so’ngra ekin kondalangiga qarab yengil borona qilinib, sug’oriladi.
Boronalash natijasida tuproq qatqalog’i yo’qotiladi, yer beti yumshatiladi va berilgan o’g’it ko’miladi. Buning natijasida o’simlik yaxshi tuplanadi va o’sish tezlashadi.
Ekish. Ekish uchun yuqori sifatli, yirik, og’ir va bir xil kattalikda bo’lgan urug’lar tanlanadi. Bunday urug’larni unibchiqish darajasi yuqori, begona o’t urug’laridan tozalangan bo’lishi kerak.
Bahorgi bug’doy ekish uchun urug’lik kuzgi bug’doy urug’ini ekishga tayyorlangandek tayyorlanadi. Bahorgi bug’doy biologik xususiyati bo’yicha ertaki bahorgi ekinlar turiga kiradi. Uning urug’I tuproq harorati 5-60C issiqlikda unib chiqadi. Shu sababli bahorgi bug’doy erta barorda yoki fevral oyining ikkinchi yarmida, mart oyi boshlarida ekilishi kerak. Kechikib ekilgan bahorgi bug’doy namlik yetmasligi sababli urug’larning unib chiqishi kechikadi, sekin o’sadi va kam hosil beradi.
Lalmi yerlarda bahorgi bug’doyni ekish muddati zonalarga qarab har xil bo’ladi. Bahorgi bug’doyni tekislik zonada taxminan 20-fevralda, do’nglik-tekislik zonada 10-martda, tog’ oldi zonasida 15-mart va tog’lik zonada 1-aprelda ekib tamomlash zarur. Bahorgi bug’doyni kuzgi bug’doyga o’xshash usullarda ekiladi, faqat ekish me’yori kamroq olinadi. Sug’oriladigan yerlarda urug’ni miqdori 1 gektarga 3,5-4,0 mln dona urug’ (120-150 kg) ekiladi.
Lalmi yerlarda esa uning mintaqasiga qarab ekish miqdori har xil bo’ladi. Bir gektar yerga tekislik zonada 1,7-2,0 mln urug’ (70-80 kg/ga), do’nglik-tekislik zonada 2,0-2,2 mln urug’ (80-90 kg/ga), tog’ oldi zonasida 2,2-2,7 mln urug’ (90-100 kg/ga) va tog’li zonada 2,7-3,0 mln urug’ (110-120 kg/ga) ekilishi kerak. Bu ko’rsatib o’tilgan urug’ni ekish me’yorlari xo’jalik uchun 100% yaroqli urug’ hisoblanadi. Urug’lar sifati past bo’lgan vaqtda va muayyan sharoitga qarab urug’ ekish me’yori ma’lum miqdorda oshiriladi. Urug’lar ekish vaqtida 5-6 sm chuqurlikka ko’miladi.
Bahorgi bug’doyni parvarish qilish. Bahorgi bug’doyni parvarish qilish, boronalash, oziqlantirish, begona o’tlarga qarshi kurashish va sug’oriladigan yerlarda sug’orishdan iborat.
Bahorgi bug’doy maysa hosil qilgandan so’ng yoki o’simliklarni tuplasishidan oldin borona qilinadi. Borona qilishdan oldin bahori bug’doy ekini oziqlantirish kerak. Boronalash natijasida asosan tuproq yuzasidagi qatqaloq va begona o’tlar yo’qotiladi. Undan so’ng o’simlik yaxshi tuplanadi. Boronalash yengil “zig-zag” boronalar yordamida ekinlarni ko’ndalangiga qarab o’tkaziladi. Begona o’tlar paydo bo’lishi bilan o’toq qilish lozim. Ikkinchi o’toq o’simliklar nay o’rash davrigacha tugallanishi kerak. Begona o’tlarga qarshi kurash gerbitsidlar yordamida olib boriladi.
Sug’oriladigan yerlarda asosiy tadbirlardan biri ekinlarni sug’orish hisoblanadi. Bahorgi bug’doy tuproq sharoitiga qrab 2-3 marta sug’oriladi. Birinchi sug’orish – ekinlar borona qilingandan so’ng o’simliklar tuplanish davrida, keyin o’simlik talabiga qarab boshoqlanish va donning sut pishish davrlarida sug’orilishi kerak.
Hosil yig’ish. Hosilni kechiktirmay qisqa muddatlarda yig’ib olish kerak. Aks holda bug’doy urug’lari to’kilib ketishi mumkin.
Shu sababli, donning mum pishish davrining boshlarida bug’doy o’rishga kirishiladi. Pishib yetilgan g’alla hosilini o’rib-yig’ib olishda kuzgi bug’doyni o’rishda qo’llaniladigan yuqori ish unumdorligiga ega kombaynlardan foydalaniladi[12].
Kuchli bug’doy talabiga javob beruvchi donlar jahon bozorida sifati o’rtacha bug’doynikiga nisbatan narxi 1,5 – 2 barobar qimmat.
Donning tegirmonboplik xususiyatlari buyicha birinchi ko’rsatkichi dondan unning chiqishidir. Un sifati o’z navbatida un kuchi, suv yutish xususiyati singari ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ammo un don va non o’rtasidagi oraliq mahsulot. Shuning uchun non yopish sifatlarini uning asosiy ko’rsatkichlari hamirning mexanik ta’sirlarga chidamligi, non shakli, non pustini qomati (rangi, yorilganligi), g’ovakligi, non mag’izi tarkibi, mazasi, xushbuyligi belgilaydi.
Standart uslubda non yopilib u besh ballik tizimda baholanadi. Nonni umumiy baholashda juda ko’p hatto qarama – qarshi ko’rsatkichlar umumlashtiriladi.
Bug’doy donining tegirmonboplik va non yopish sifatlarini bevosita aniqlash sermehnat, murakkab, ko’p vaqt va qimmatbaho, topilishi qiyin uskunalar, priborlarni talab qiladi. Shuning uchun O’zbekiston respublikasida «O’zDonmahsulot» aksiyadorlar jamiyatining don qabul qilish manzilgohlarida, donning bilvosita tegirmonboplik, non yopish sifatlari aniqlanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatini baholash uchun ularning turli tabiiy belgilari inobatga olinadi. Xususan, don sifatini baholashda uning tashqi ko’rinishi, yirik-maydaligi, texnik va fizikaviy ko’rsatkichlari va iste’mol qiymati e’tiborga olinadi[5].
Don sifat ko’rsatkichlarini ikkita katta guruxga – fizikaviy va biokimyoviy guruhlarga bo’lish mumkin. Fizikaviy sifat ko’rsatkichlariga – 1000 ta don massasi, don rangi, namligi, g’ovakligi don naturasi, donning shishasimonligi kiritiladi. Biokimyoviy ko’rsatkichlarga – kleykovina, oqsil miqdori, ularning tarkibi, sifati kiritiladi.
Donning namlik darajasi. Don tarkibidagi namuna og’irligiga nisbatan erkin yoki bog’langan gigroskopik suv miqdoriga (foizda) don namligi deyiladi.
Donning suv miqdori asosiy sifat ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Don tarkibida ortiqcha suvning to’planishi, avvalo, undagi nafas olish jarayonini tezlashtiradi hamda don uyumida turli mikroorganizmlar hamda zararkunandalarning to’planishiga sharoit yaratadi. Agar bug’doy doni quyi haroratda saqlansa, undagi namlik miqdorining keskin o’zgarishiga va natijada urug’ unishini yo’qotishiga, ekish uchun yaroqsiz bo’lib qolishiga olib keladi.
Qayta ishlash jarayonida agar don tarkibida namlik miqdori ortircha bo’lsa (1,5-1,6% dan yuqori) darhol seziladi. Chunki bunda don yanchilishi yomonlashadi, tegirmon unumdorligi ham pasayadi.
Bug’doy doni namlik darajasi bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar bilan ta’riflanadi: quruq namlik - 14% gacha, o’rtacha quruq - 14-15,5% gacha, nam - 15,5-17% gacha va ho’l- 17% dan ortiq[5].
Lekin bug’doy donida asosiy fizikaviy ko’rsatkichlar deb quyidagilar qabul qilingan: 1000 ta don massasi, shishasimonlik xususiyati hamda don naturasi [2].
Donning naturasi- bu donning 1 litr hajmda grammlarda ifodalangan o'g'irligi. Donning naturasi, boshqacha qilib aytganda, hajmiy massasi katta bo'lgan sari undagi foydali moddalarning ulushi ham ortib boraveradi. Donning yuqori naturaligi uning to'la-to'kis rivojlanishini ta'minlaydi. Yuqori naturaga ega donda endospermning miqdor ko'proq, don qobig'ining miqdori esa kamroq bo'ladi. Hamma sharoitlarda har doim yuqori naturali dondan nisbatan ko'proq chidamli un olinadi.
Un mahsulotlari ishlab chiqarishda turli aralashmalarning ishtiroki natura ko'rsatkichini hamda uning donning unboplik sifati ko'rsatkichlari bilan bog'liqligini buzib ko'rsatadi. Namlikning oshishi ham don zichligini kamaytirib, naturaning kamayishiga olib keladi. Har qanday bug'doy doni namunasida don naturasini ikki marta aniqlash va ikki parallel namunalar orasidagi farq normada 5 g dan oshmasligi kerak[5].
Donning naturasi – ma’lum hajmdagi tozalangan, bazis kondisiyasiga yetkazilgan don massasidir. O’zbekistonda don naturasi hajmiy birligi 1 l purkalarda, xalkaro savdo operasiyalarida – 20 letrlik purkalda aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon g’alla savdosida qo’llanilib kelinayotgan ko’rsatkichdir. Rossiyada bu ko’rsatkich Petr 1 farmonidan keyin sifat ko’rsatkichlariga kiritilgan. Hozirda bu ko’rsatkich kuchli bug’doy standartlariga ham kiritilgan.
Natura massasi – donning puchligi, tekisligi, to’laligini ko’rsatadi. Shuning uchun don tegirmonda tortilganda unning chiqishi naturaga bog’liq bo’ladi. Ammo so’nggi yillarda juda ko’p ma’lumotlar bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi bog’liqni shubha ostiga oladi.
Don naturasi 740 g/l dan kamayganda un chiqishni kamayishi kuzatiladi. O’stirish sharoiti, nav xususiyatlari don natura massasiga ta’sir ko’rsatadi. Donning to’lish davrida yetarli namlik, o’rtacha sutkalik harorat qulay bo’lganda to’la, salmoqli, tekis donlar hosil bo’ladi. Noqulay sharoitda aksincha mayda, puch naturasi past, un chiqarishi kam donlar hosil bo’ladi.
Don naturasi 755 g/l dan kam bo’lsa kuchli bug’doy talabiga javob bermaydi. O’zbekistonda lalmikorlikda suvlikka nisbatan don naturasi kam bo’ladi. Ayniqsa lalmikorlikda bahorda ekilgan bug’doy ko’pincha mayda, puch, natura massasi kam bo’ladi. Kuzda ekilgan bug’doylarda natura massasi 766,1 dan 806 g/l, bahorda ekilganda 725,2 dan 774, 8 g/l o’zgargan. N.Xalilov tajribalarda don naturasi Bezostaya – 1 navida turli agrotexnik omillarga bog’liq holda 750 dan 810 g/l gacha o’zgargan. Don naturasiga uning namligi, ifloslanganligi ham ta’sir ko’rsatadi. Bug’doy donining 1000 tasini massasi bilan natura o’rtasidagi bog’liqlik qattiq bug’doyda 1000 ta don massasi 15 dan 40 g gacha o’zgarganda, don naturasi ham o’zgargan. 1000 ta don massasi 40 g dan 60 g oshganda don naturasi o’zgarmagan
Doninng 1000 tasini massasi – donning yirikligini va undagi moddalar miqdorini ko’rsatkichidir. Bug’doyda 1000 ta donning massasi 20 – 60 g o’zgaradi. Bu ko’rsatkich o’suv davrida bug’doyning nam bilan ta’minlanganligi, ayniqsa donning to’lish davrida hamda nav xususiyatlariga bog’liq. O’zoq vaqtlar don qancha yirik bo’lsa, uning chiqishi shuncha ko’p bo’ladi, deb hisoblashgan. Yirik donda don umumiy massasini asosiy qismini endosperm tashkil etadi. So’nggi yillarda o’tkazilgan ko’plab tajribalar 1000 ta don massasi unning chiqish foiziga ta’sir qilmasligini ko’rsatdi. Bu qonuniyat ayniqsa don yirikligi 35 – 45 g bo’lgan intensiv navlarda ko’p kuzatilgan.
O’zbekistonlik olim N.Mamirov Respublikaning lalmikor mintaqalarida o’tkazgan ko’p yillik tajribalariga asoslanib 1000 ta don massasi unning chiqish foiziga sezilarli ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi. Boshoqda eng yirik donlar boshoqning o’rtasida hosil bo’ladi. Ayrim ma’lumotlar 1000 ta donning massasi bilan dondagi oqsil miqdori o’rtasida teskari uyg’unlik borligini ko’rsatsa, boshqalari bunday uyg’unlikning yuqligini va hatto ijobiy uyg’unlik borligini ko’rsatadi.
V.G.Minev, A.N.Pavlov (1988) quyidagi xulosalarga kelgan.
- 1000 ta don massasi noqulay ob – havo sharoiti (qurg’oqchilik) tufayli kamaysa, hosil bo’lgan mayda donlarda oqsil miqdori ko’p bo’ladi.
- 1000 ta don massasi boshoqning o’rtasidagi donlarda yuqori bo’ladi va bu ko’rsatkich 35-54 g kleykovina miqdori 22-30 % o’zgaradi. Bu holda 1000 ta don massasi yuqori bo’lsada, mayda donlarga nisbatan oqsil miqdori ham ko’p bo’lishi kuzatiladi.
- nam bilan ta’minlanganlik va azotli oziqlanish muqobil sharoitda 1000 ta don massasi hamda don tarkibidagi oqsil miqdori oshadi. Azotli o’g’it miqdori yanada
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |