O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Matnni o‘qing, so‘zlarning yasalish o‘rinlariga e’tibor be-ring, ularni izohlang



Download 0,71 Mb.
bet119/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

202-mashq. Matnni o‘qing, so‘zlarning yasalish o‘rinlariga e’tibor be-ring, ularni izohlang.

«QOZON» TOPONIMI HAQIDA


Yer yuzida hamma joyning o‘z atamasi mavjud. Geografik joyning nomi kishilik jamiyati uchun katta ahamiyat kasb etadigan faktordir.


Toponim — yer atamasi. Shuning uchun ham ko‘p adabiyotlarda joy nom­lari grekcha toponim (topos — joy, yer; onoma — so‘z) so‘zi bilan al­ma­shinib ishlatiladi. Geografik nomlarning kelib chiqishini, ishlatilishini, ho­sil bo‘lish qonuniyatlarini, grammatik qurilishini toponimikada o‘rga­namiz.
Toponimlar turli so‘z turkumlaridan, har xil mazmundagi so‘zlar va ular­ning qo‘shilmasidan hosil bo‘lishi mumkin. Toponimlar ichida xo‘jalik terminlari ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Qozon turkcha so‘z bo‘lib, rus, ukrain, belorus va bolgarlar toponimi­kasida keng uchraydi. Bu toponim garchi bir ma’noda uchramasa-da, lekin geografik nom sifatida mavjuddir.
Qozon Tataristonning poytaxti, Turkmanistonda Qozonjik shahri, Ozarbayjonda Qozonbuloq va Qozonko‘l gidronimlari, Kavkazda va Qrimda Qazantip qo‘ltig‘i va burni, Olatovda Qozon daryosi mavjud.
Qozon so‘zining toponim holida ishlatilishi chet el joy nomlarida ham uchraydi: Bolgariyadagi Bolqon tog‘larida Qozonliq shahri va vodiysi bor. Jahonga mashhur Qozonlik gullar plantatsiyasi ham Dunaydagi Qozon oralig‘ida joylashgan.
Yana shunga o‘xshash bir qancha geografik nomlarni Turkiya va Eronda uchratish mumkin.
(A. Ishayev)


203-mashq. Matnni o‘qing. Yasama so‘zlarni aniqlang, ularning yasa­lish holatlarini izohlang.

Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan qishloq­larida o‘tgan. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bo‘lar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobur bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: «Yopiray, bunaqa battol o‘g‘rini birinchi marta ko‘ryapman, men unga o‘q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!» — degan edi.


Zehnimda shunga o‘xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqi­mas­­dan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.
Bundan o‘ttiz yil burun men u kishining 22 tomlik to‘plamini qo‘lim­dan qo‘ymay o‘qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u: «Ma, buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!»— dedilar.
(Abdulla Qahhor)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish