Reja: Buloqboshi tumanining tashkil etilishi va toponimi



Download 31,13 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi31,13 Kb.
#792337
  1   2   3
Bog'liq
buloqboshi




Reja:

  1. Buloqboshi tumanining tashkil etilishi va toponimi.

  2. Buloqboshi tumanining ichki va tashqi turizmdagi o’rni.

  3. Mustaqillikdan so’ng Buloqboshi tumanidagi o’zgarishlar.

  4. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Hozirda o‘rta asrlar (IX-XIX asrlar), ayniqsa, Andijonning XIV-XVI asrlari tarixi bo‘yicha ancha material to‘plangan. Xususan, uning arki va shahristoni joylashgan o‘rni ishonchli dalillar bilan isbotini topgan. S. Jalilov fikricha, ark maydoni 215-220X450-460 m. yoki 10 gektarga yaqin (Jalilov S., 1993. S. 76), B. Abdulgozieva ma’lumotiga ko‘ra, shahriston arkning shimolida joylashgan va maydoni 100 gektarni tashkil qilgan (Abdulgazieva B., 1993. S.5-6). Biroq bu xududdan hozirgacha qadimgi madaniy qatlamlar topilgani yo‘q. Aytish mumkinki, Andijon shahri tarixini, ayniqsa, qadimgi davrini o‘rganishda hali ko‘p muammolar mavjud. Shulardan biri, Andijonda shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va uning rivojlanish masalasi bo‘lib, uning echimi ko‘p jihatdan arxeologik tadqiqotlarga bog‘liq. Chunki shahar madaniyatining ilk bosqichlarini o‘rganish uchun yozma manbalar yo‘q. Ta’kid etish joizki, shaharda arxeologik qazishmalar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. Ulardagi arxeologik tadqiqotlar natijasiga kelsak, 2000 yilgacha shahardagi eng qadimgi qatlam so‘nggi antik va ilk o‘rta asrlarga tegishli edi. Asosiy e’tibor o‘rta asrlardagi Andijonning ark va shahristonlar atrofidagi xududlarni o‘rganishga qaratilgan. 2000 yildan buyon YA. G‘ulomov nomli Arxeologiya institutining Bobur xalqaro fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va Texnologiyalar Markazi bilan xamkorlikda amalga oshirgan ishlari yaxshi natijalar bermoqda.


2000-2005 yillardagi Andijonni arxeologik o‘rganishda asosiy e’tibor hozirda mavjud yoki buzilib ketgan yodgorliklar o‘rnini aniqlashga qaratildi. Buning uchun 1893, 1913 yillari olingan Andijonning tarixiy-topografik xaritasini va ayrim yozma manbalardagi xabarlar shahardagi saqlangan arxeologik yodgorliklar bilan solishtirib o‘rganildi. Buning natijasida hozirgi shahar o‘ramida 8 ta arxeologik ob’ekt, 11 ta shahar qabristoni, 39 ta masjid qayd etildi.
Shaharning eng qadimgi davriga Tutzor va Sujoat ko‘chalari kesishgan erda joylashgan Sarvontepa hududida aniqlangan Eylaton madaniyatiga xos yangi arxeologik kompleks kiradi. Bu noyob topilma Tutzor ko‘chasining hozirgi sathidan 4 metr quyida bir metrdan ortiq qalinlikda va katta maydonda qayd etildi. Sarvontepa deb atalgan bu kompleks ikki: Eylaton I, II bosqichlarga ajratildi. Ilk bosqichda (Eylaton I) qo‘lda yopma usulda yasalgan sopol buyumlar, ba’zilari ustiga bo‘yoq bilan gul solingan, ayrim hollarda kulolchilik charxida yasalgan idishlar uchraydi, biroq usti qizil angobli charxda yasalgan sopol namunalari yo‘q. Bu kompleks mil. avv. VI-V asrlar bilan belgilanishi mumkin. Keyingi Eylaton II bosqichida kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar paydo bo‘ladi, charxsiz yasalgan idishlar xam keng muomalada qolaveradi va ular sirtiga bo‘yoq bilan naqsh solish uchramaydi. Bu topilmalar mil. avv. IV-III asrlarga taalluqli (Matbabaev B.X., 2005. S. 111-122). Arxeologik tekshirish natijalariga ko‘ra, Sarvontepa kompleksi Tutzor va Sujoat ko‘chalari va ular yaqinidagi shaxsiy uylar, hovlilar ostida bir necha gektar maydonni egallaydi. Bunday madaniy qatlamlar hozircha, Farg‘ona vodiysidagi birorta tarixiy shahar ostidan topilganicha yo‘q. Andijon shahridan mil. avv. VI-III asrlarga oid arxeologik majmuaning topilishining uch muhim jihati bor. Birinchidan, shaharning Sarvontepa xududida shahar o‘zagi (yadrosi) tarkib topganidan va bundan 2300-2600 yil oldin shaharning Eski shahar qismida qadimgi dexqonlar va hunarmandlarning dastlabki aholi punktlari mavjud bo‘lganini isbotlaydi. Ikkinchidan, bu yodgorlikning topilishi shaharni suv bilan ta’minlanish masalasiga oydinlik kiritadi. YA’ni, bu fakt Andijonsoy kechi bilan mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida sun’iy kanal sifatida mavjud edi, deyishga arxeologik asos bo‘ladi. Uchinchidan, shaharning qadimgi qismi uning Sharqidan izlash kerak, degan avvalgi fikrga tuzatish kiritib, qadimgi shahar qoldiqlari hozirgi Andijonning g‘arbiy (janubiy) tarafida yoki hozirdagi markazida edi, degan xulosaga olib keladi. Bularning barchasi Andijon shahrining «eng qadimgi o‘zagi (yadrosi)» Sarvontepa edi deyishga asos bo‘ladi. Ta’kid etish kerakki, bu nuqtada avval Sarvontepada va uning asosida vodiyning eng katta shaharlaridan birining paydo bo‘lishi bejiz emas edi. Bizningcha, Sirdaryoning eng katta ikki irmog‘idan biri Qoradaryoning yuqori va o‘rta oqimlaridagi qulay geografik shart-sharoitlar Farg‘ona vodiysidagi eng qadimgi dexqonchilik madaniyati va uning zaminida ilk shaharlarning paydo bo‘lishida turtki bo‘lgan. Chunki Qoradaryo va uning irmoqlari bo‘ylaridagi hududlarda bronza va ilk temir davrining eng qadimgi yirik dehqonchilik vohalarida ilk shaharlar, mil. avv. VIII-VII asrlarda esa voha davlatchiligi belgilari arxeologik jihatdan qayd etilgan (Matboboev B.X., 2002a. S. 3-11). Bularga Dalvarzin, Ashqoltepa, Axshar (mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragi - mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi), Eylaton shahar xarobasi, Sarvontepa (mil. avv. VI-III asrlar) kabilar kiradi.
Sarvontepa va Eylaton yodgorliklari davriy jihatdan bir tarixiy vaqtga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqib Andijon ham hududiy jihatdan “Farg‘ona ilk shaharlari” joylashgan zanjirga bir xalqa bo‘lib qo‘shiladi.
Andijonning keyingi davri miloddan avvalgi asrlar oxiri va eramiz boshlariga to‘g‘ri keladi. Arxeologik materiallar Sarvontepa, CHordona, Ganchtepa, Qo‘shtepalarda aniqlangan. Xitoy manbalari bo‘yicha vodiyda 70 dan ortiq katta- kichik shaharlar bo‘lgan. So‘zsiz o‘sha shaharlardan biri Andijon bo‘lgan.
Andijonni o‘rta asrlar, ayniqsa, IX-XIX asrlar tarixi yozma manbalarda yoritilgan va arxeologik materiallarda ham aks etgan. Bu davr madaniy qatlamlari Eski shahar qismida olib borilgan qazishmalarda va xo‘jalik ishlari bajarilayotganda aniqlangan. Hozirgacha arkda, shaxristonda va umuman Andijonning tarixiy qismida arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan.
Shunday qilib, Andijon tarixiy rivojlanishning oddiy aholi yashash makonidan yirik shahar markazigacha bo‘lgan uzoq davrlarni bosib o‘tgan. Albatta, shaharning rivojlanish bosqichlari bir tekisda kechmagan. Ta’kidlash kerakki, bu jarayon Sharq mamlakatlaridagi boshqa shaharlar uchun ham taalluqlidir. Xususan, o‘rta asrlar shaharlari tarkibiy qismlari, maydoni, savdo-iqtisodiy munosabatdagi ahamiyatiga ko‘ra uch xil guruhga bo‘linadi: yirik shahar, o‘rtacha shahar va kichik shahar. Ko‘plab belgilariga ko‘ra, Andijon o‘rta asrlarda so‘zsiz katta shaharlar tizimiga kirgan bo‘lishi kerak. Bu shaharning yana bir xususiyati uzoq vaqt bir joyda muhim o‘rnashib, yon-atrof hududlarga deyarli kengaymaganidir. Buning oqibatida shahar hududi chegaralangan va aholi o‘ta zich joylashgan, XVII-XIX asrlardayoq mavjud yodgorliklar buzilib ketgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu shaharda mamlakatimizdagi Eski Termiz, Samarqand (Afrosiyob), Xiva, Buxorodagi kabi qalin madaniy qatlamlar yaxshi saqlanmagan. Ammo Andijon o‘z ahamiyati jihatidan ulardan kam bo‘lmagan maqomga ega edi.




  1. Download 31,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish