Buloqboshi tumanining tashkil etilishi va toponimi.
Buloqboshi tumani — Andijon viloyatida joylashgan tuman. Viloyatning janubida. 1992-yil 3-aprda tashkil etilgan. Buloqboshi tumani shimol va sharqda Andijon va Xoʻjaobod tumanlari, gʻarbda Asaka va Marhamat tumanlari, janub va janubiy gʻarbda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Aravon tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,18 ming km2. Aholisi 96,5 ming kishi (2000).
Buloqboshi tumanida 1 shaharcha (Andijon), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Buloqboshi, Nayman, Shirmonbuloq, Moyariq, Kulla) bor. Markazi — Buloqboshi qishlogʻi.
Tabiati. Tuman hududi togʻ va togʻ oldi tekisliklaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 3,5°, iyulniki 26°. Yiliga 180—190 mm yogʻii tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Tuman hududidan Jan. Fargʻona kanali, Aravonsoy oqib oʻtadi. Tekisliklar boʻz, qoʻngʻir tuproqlar, adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chaqirtoshlar bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq. yalpiz, qamish, bangidevona, yantoq, otquloq, yulgʻun, ajriq, qirqboʻgʻin, gʻumay, quypichan, qoʻytikan usadi. Echkemar, qashqaldoq, toshbaqa, jayran, tulki, ilon, kaltakesak, tipratikan; qushlardan kaklik, bedana, laylak, yovvoyi oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, sassiqpopishak, qargʻa, zagʻizgʻon, mayna, boyoʻgʻli, burgut va boshqalar yashaydi.
Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i hududidan 14,1 km masofada oqib o‘tuvchi Aravansoyda qorlar erishi va jala yomg‘irlar hisobiga yuzaga keladigan suvli irmoqlar yig‘ilib Shahrixonsoyga quyiladi. Soyning maksimal suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 200 kub metr bo‘lib, so‘nggi marotaba 2010-yil 3-iyun kuni sekundiga 200 kub metr suv oqib kelib, o‘ng qirg‘oqdagi dambaga jiddiy zarar уetkazgan. Sel va suv toshqini bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yuz berishi mumkin bo‘lgan xatarlardan aholini muhofaza qilish maqsadida mazkur qirg‘oqning mustahkam bo‘lishi choralari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi.Xususan, Andijon loyiha qidiruv ekspeditsiyasi mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Aravansoy o‘ng qirg‘og‘ida jami 6120 metr masofada qirg‘oq mustahkamlash ishlarini bajarish, shu jumladan 2000 metr eski dambani tiklash va 4120 metr yangi damba qurish rejalashtirilgan bo‘lib, jami 158 628 kub metr tuproq, 237 942 kub metr shag‘al, 45 572 kub metr xarsang tosh yotqizish belgilangan.Qirg‘oqni mustahkamlash ishlariga jalb etilgan texnikalarga sarflangan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bir kunda 1188 tonna, mavsum boshidan jami 103 814 tonnani tashkil etdi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish quyi tizimlari bilan hamkorlikda hashar yo‘li bilan boshlangan qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom etmoqda.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek qirgʻiz, qozoq, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km! ga 529 kishi toʻgʻri keladi (2000). Shaharliklar 4,1 ming kishi, qishloq aholisi 92,4 ming kishi.
Xoʻjaligi. Buloqboshi tumani asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 2 GES, «Buloqboshi ipagi» korxonasi, badiiy buyumlar, trikotaj fkasi, poyabzal fkasi, tosh koni, xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, avtokorxona, elektr tarmoqlari boʻlimi, MTP bor. Tumanda 65 kichik korxona va firmalar, 17 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Xoʻjaliklari chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan shugʻullanadi.
Qishloq xo’jaligida sugʻoriladigan yerlar 9363 ga, ekinzorlar 7076 ga, shu jumladan 3440 ga yerga paxta, 681 ga yerga yemxashak ekinlari, qisman grechixa ekiladi. Buloqboshi tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 56 dehqon va chorvachilik fermer xoʻjaliklari bor. Tuman xoʻjaliklari va xususiy fermalarda 3142 qoramol, 4140 qoʻy, 225 ot boqiladi. Yaqin temir yo’l stansiyasi — Andijon (tuman markazidan 22 km).
1999-2000 oʻquv yilida 31 umumiy taʼlim maktabida 22908 oʻquvchi, 1 gimnaziyada 136 oʻquvchi, 1 litseyda 130 oʻquvchi taʼlim oldi. Biznes maktabi, 26 ommaviy kutubxona, 5 klub, 8 qishloq madaniyat uyi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi xizmat koʻrsatmoqda. Tumanda 670 oʻrinli 32 kasalxona, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 poliklinika, 17 feldsher akusherlik punkti, 3 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 218 vrach, 980 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (1999). 1992-y. dan «Buloqboshi» tuman gazetasi chiqadi (adadi 4000).
Do'stlaringiz bilan baham: |