O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. So‘zlarni qo‘shish orqali yasalgan leksik birliklarni aniq­lang, ularga tavsif bering



Download 0,71 Mb.
bet120/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

204-mashq. So‘zlarni qo‘shish orqali yasalgan leksik birliklarni aniq­lang, ularga tavsif bering.

Ammamning eri mo‘ynado‘z-kosib. Bola-chaqalari bo‘lmaganidan, uylari biznikiga o‘xshash to‘s-to‘polon emas — yig‘inchoqli, innaykeyin, bularning uyi salkam ajoyibxona. Unda dunyodagi hamma narsa bor.


Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig‘ay, miqqiy, qirg‘iy; urishadigan qushlardan: dakan xo‘roz, oddiy xo‘roz, amirxon xo‘roz, kaklik, bedana (bu so‘nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib, cho‘pqafasda, to‘rqafasda saqlanadi); sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar.
Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog‘i yo‘q...
Gulbahor, gulra’no, gulsafsar, gulhamishabahor, qalampirgul, nomoz­shomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul — ishqilib sanab tugatib bo‘lmaydi. Pochcham bilan ammam bu gul, bu hayvonot­larning har bittasini nuridiydalaridek parvarish qiladilar.
(G‘. G‘ulom)


205-mashq. Maqollarni o‘qing. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yorda­mida yasalgan so‘zlarni aniqlab, ularni izohlang.

Daraxt ildizi bilan kuchli, inson — do‘stlari bilan. Qalbaki do‘st ochiq dushmandan yomon. Yo‘ldoshini tashlagan yo‘lda qolur. Yiqilganda bo‘lmasa tirak, vafosiz do‘st nimaga kerak? Rejasiz ish — qolipsiz g‘isht. Hushyorlik — mustahkam qo‘rg‘on. Ezgulikning cheki yo‘q. Bahorgi harakat — kuzgi barakat. Go‘zallik ilm-u ma’rifatda. Mard maydonda bilinadi, nomard — ishda. Do‘stlik barcha boylikdan afzal. Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. O‘qigan o‘qdan oshar, nodon turtkidan shoshar. Qo‘yni qassob so‘ysin, oshni oshpaz pishirsin. Nomard non ustida ham nolishini qo‘ymas. Itni qopag‘on qilgan egasi. Novvoyga non aziz, tegirmonchiga — un. Yer — don, dehqon — xazinabon.




206-mashq. Kompozitsion usul bilan yasalgan so‘zlarni namuna­dagidek ko‘chirib yozing.

Qo‘shma otlar: oqqush...


Qo‘shma ravishlar: har yerda...
Qo‘shma sifatlar: sheryurak...
Qo‘shma fe’llar: borib kelmoq...

bilaguzuk, olachipor, tamom bo‘lmoq, shirinso‘z, achchiqtosh, sakkizoyoq, bodomqovoq, oltingugurt, tillaqo‘ng‘iz, e’lon qilmoq, kamunum, obod aylamoq, olib kelmoq, sarson etmoq, tumanlararo, biryo‘la, umum­xalq, bir zumda, kinonigoh, sadarayhon, o‘zibo‘larchilik, tekintomoq, ikkiyoqlama, ta’zim aylamoq, kinoyulduz, olibsotar, g‘ayrat qilmoq, kirib chiqmoq, havorang, oshpichoq, kamsuv, biokimyo, umumshahar.





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish