O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar tuzib, ularni izohlang



Download 231,24 Kb.
bet73/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

136-mashq. Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar tuzib, ularni izohlang.
22-dars. UNDALMALI MURAKKABLASHGAN
GAPLAR


Darsning maqsadi: Nutq jarayonida undalmalardan o‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish.


R E J A:

1. Undalma haqida ma’lumot.


2. Undalmalarning gapdagi o‘rni.
3. Ularda tinish belgilarining ishlatilishi.


1-topshiriq. O‘rtog‘ingizning ismini aytib chaqiring va uni gap ichida keltiring. O‘rtog‘ingiz ismini bildiruvchi so‘zning qanday sintaktik vazifada kelishini ayting.
2-topshiriq. Opa, urma qalbimga tikan (H. Olimjon) gapi tar­kibidagi opa so‘zining o‘rnini almashtiring. Almashtirganda qanday o‘zgarish ro‘y berayotganini ayting. Erkin o‘rin alma­shinish sababini tushuntiring.

So‘zlashish jarayonida tinglovchining diqqatini o‘z nutqingizga qaratish uchun ko‘pincha uning nomini aytib yoki opa, aka, singil, tog‘a, amma, xola kabi so‘zlar orqali murojaat qilasiz. Ba’zan tinglovchiga murojaat ifodalovchi so‘zni qo‘llash orqali unga shaxsiy munosabatingizni ifodalaysiz. Masalan, Arpangizni xom o‘ribmanmi, uka. Do‘ndig‘im, o‘ynoqlab yuratur. Onajonim, balki bir kun Aytganingday bo‘lar to‘y (A. Oripov).




Eslab qoling. So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab, gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik alo­qaga kirish­maydigan so‘z yoki so‘zlar birikmasiga undalma deyiladi.

Undalmalar so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirganligi uchun u ko‘pincha shaxs bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz predmetlar ham undalma vazifasida kelishi mumkin. Masalan, Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan, bag‘rimni, ohang (A. Oripov).


Undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli uning o‘rni erkin bo‘ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko‘ra, alohida-alohida vazifa bajaradi. So‘zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap boshida keladi.
So‘zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o‘rtasi va oxirida keladi. Masalan, Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim. Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! (A. Oripov)... Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo — Sen beshik emas­san, dorsan, tabiat (A. Oripov).
Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo‘lgani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan u egaga o‘xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.

Solishtiring: Ahmad keldi. — Ahmad ega. Kesim bilan gram­matik bog‘langan.


Ahmad, keldi. Ahmad — undalma. Kimningdir kel­gan­ligi Ahmad­ga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog‘lanmaydi. Undash ohangi bilan talaf­fuz qili­nadi.


Juda muhim. Undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan gram­matik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so‘ng undov belgisi qo‘yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish