O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. She’rni ifodali o‘qing. Undalma vazifasidagi otga aniqlovchi yoki izohlovchilar qo‘shi­li­shiga e’tibor bering



Download 231,24 Kb.
bet75/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

140-mashq. She’rni ifodali o‘qing. Undalma vazifasidagi otga aniqlovchi yoki izohlovchilar qo‘shi­li­shiga e’tibor bering.

Chin uyingda sen qolursan,


Qo‘sh qanotim, yaxshi qol!
Bu dargohga yarashibsan,
Asl zotim, yaxshi qol!
Bibi Fotmam baxtlaridek,
Baxting bo‘lsin, yaxshi qol!
Bu bo‘stonga yarashgudek,
Тaxting bo‘lsin, yaxshi qol!
Bu gulzorga husn bergin,
Zeb-u ziynat, yaxshi qol!
Senda bordur chin muhabbat,
Ham matonat, yaxshi qol!
Ham adolat, ham muruvvat,
Hamda toqat, yaxshi qol!
«Assalom»dan boshla so‘zing,
Yuzim yerga tiqmagin.
Behudaga qattiq so‘zlab
Onang qaddin bukmagin.
O‘zing bilmay g‘animlarning,
Izmiga sen yurmagin.
Kelin baxti tilidadir,
Shirin so‘zim, yaxshi qol!
Sevgilingga chin so‘zlagin,
Orttirmagin tashvishin.
Hurmatini ortiq qo‘ygin,
Erinmasdan yoz-qishin.
Ish buyursa ikkilanmay,
Xizmatda bo‘l, og‘rinma.
Shunda senga ul vafodor,
Bag‘ishlaydi jon-u tan!
Chin uyingda sen qolursan,
Mehribonim, yaxshi qol!
Bu dargohga yarashibsan,
O‘chmas nishonim, yaxshi qol.

(Farida Abdumalik qizi)




23-dars. UNDALMALARNING UNDOV SO‘Z VA EGALIK
QO‘SHIMCHALARI BILAN QO‘LLANILISHI
HAMDA ULARNING USLUBIYAТI


Darsning maqsadi: Тalabalarga undalmalar undov so‘z hamda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanganda qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berish.
R E J A:

1. Undalmaning oldidan va undan so‘ng kelgan undovlarning xususiyatlari haqida.


2. Egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan undalmalar.


1-topshiriq. Undalma ishtirok etgan gap tuzib, undalma oldidan undov so‘zni qo‘shing. Undov bilan qo‘llangan undalmaning undovsiz undalmadan farqini ayting.
2-topshiriq. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, Onajon! (A. Oripov) gapidagi undalmaga qo‘shilgan -jon va egalik qo‘shimchasi -im ning qanday vazifa bajarayotganini ayting.

Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallik­ni ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko‘pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko‘pincha undalma oldidan qo‘llaniladi. Masalan, Hoy o‘rtoqjon, quloq soling so‘zimga.


Ba’zan undalmadan so‘ng ey, ho, ov, -u (-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi: Karimjon -u, (ov, ey, ho), bu yoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so‘zlov­chidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi.


Eslab qoling. Undalmalar oldidan undov so‘zlar ishlatilganda, yozuvda undalma bilan undov so‘zlar orasiga hech qanday tinish belgi qo‘yilmaydi.
Undov so‘zlar undalmadan so‘ng kelganda esa undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Undalmalar ko‘pincha I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so‘zlovchiga yaqin ekanligini, erkalash, suyish ma’nolarini ifodalaydi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (Uyg‘un)


Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib, uning o‘rnida undovlar qo‘llaniladi. Masalan, Hoylar, bu yoqqa kelinglar. Hoy, chilim keltir. Undalma o‘rnida hoy kelganda tinglovchiga hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi ifodalanadi.
Ba’zan, er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi. Masalan, Oyisi, keling. Dadajonisi, choy iching kabi.

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish