O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Kirish so‘zlarning uslubiy xususiyatlari



Download 231,24 Kb.
bet78/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Kirish so‘zlarning uslubiy xususiyatlari


1-topshiriq. Reyter agentligining xabar qilishicha, shaksiz, fikri ojizimcha, shubhasiz, albatta kabi kirish so‘zlarni uslubiy xoslangan va ulsubiy betaraf turlarga ajrating. Uslubiy xoslanganlarining qaysi uslubga mansubligini ayting.
2-topshiriq. Тo‘g‘ri, ehtimol so‘zlarini gap bo‘lagi va kirish so‘z vazifasida ishlating. Ularning bir-biridan farqini ayting.

Kirishlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha — badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha — pub­litsis­tik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zini o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.


O‘ylang: Uslubiy xoslanish deganda nimalarni tushunasiz?
Тayanch tushunchalar: modal so‘zlar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar.
Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, fikr bayon qilayotganingizda kirish so‘zlardan ham foydalaning.


Тil bor, bol keltirar,
Тil bor — balo.


146-mashq. O‘qing. Kirish so‘zlarni ajrating. Kerakli o‘ringa vergul qo‘yib ko‘chiring.

1. Тo‘g‘ri-da, harna ko‘ngli yozilgani! Qolaversa kasal onasiga madad bo‘ladi. 2. Rais ham Ra’noxonning ahvolini sezdi shekilli haytovur yo‘q demadi. 3. Тo‘g‘ri qora kunga asrab qo‘ygan bug‘doyimiz ham, jo‘xori ham ko‘p edi. 4. Kun botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham terib oldik xayriyat. 5. Oyim chamamda bu gapni dadamga aytmadi. 6. Qiziq zakunchi kelib ketishi bilan oraga g‘ashlik tushdi. (O‘.Hoshimov) 7. Binobarin yoshlarimizni hayot so‘qmoqlaridan eson-omon olib o‘tish har bir inson­ning muqaddas burchidir. 8. Afsuski bugungi kunda mafkura, targ‘ibot va tashviqot kerak emas, degan noto‘g‘ri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 9. Ma’lumki oqko‘ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o‘z baxti, o‘z yutug‘i kabi qarab quvonadi. 10. Albatta, baxillik qon yo jon bilan o‘tadigan fiziologik hodisa emas. 11. Darhaqiqat, mundog‘ o‘ylab qaral­ganda, bola hadeb o‘ksinaversa kuygunchakka, kuygunchaklik hasadga, hasad esa baxillikka, nihoyat baxillik ziqnalikka aylanganini ko‘rish mumkin.


(M. Ismoiliy)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish