O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Undalmalar ishtirok etgan gaplarga misollar keltiring. Ularning nima maqsadda ishlatilganligini ayting



Download 231,24 Kb.
bet77/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

144-mashq. Undalmalar ishtirok etgan gaplarga misollar keltiring. Ularning nima maqsadda ishlatilganligini ayting.
145-mashq. O‘qing. Undalmali gaplarni ajratib ko‘rsating. Undalma bilan boshqa bo‘laklar o‘rtasida qanday tinish belgisi qo‘yganingizni va buning sababini tushuntiring.

Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim.


Sen o‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi bo‘lgan tobelik va mutelik zanjiridan xalos bo‘lding. Ozodlik kuning asr desa asr, ming yillik desa ming yillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan kun. Milodiy va hijriy yil hisobi yonida qalbimning o‘z yil hisobi bor. Yangi yilning — milodiy ikki ming birinchi, hijriy bir ming to‘rt yuz-u yigirma birinchi, ozodiy — o‘ninchi yil bo‘ladi.
Ey, mening suyukli O‘zbekistonim. Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida, sen ham chinakam ozod mamlakat bo‘larsan. Zamonlar kelarki, insoniyat mojarolarini, qon to‘kishlarni unutar, olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik g‘olib bo‘lar.
Bizning bu g‘urbat to‘la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg‘oq ruhi ul zamon aytar: «O‘lmagan qul shunday kunga ham yetib keldi-ya!»
Shu umidbaxsh tuyg‘u bilan bugun: «Assalom, kelajak», deya hayqirgim keldi.
(E. Vohidov)


24-dars. KIRISH SO‘ZLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI


Darsning maqsadi: O‘quvchilar ongida kirish so‘zlardan o‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish.


R E J A:

1. Kirishlar haqida.


2. Kirishlar hamda modal so‘zlar munosabati.
3. Kirishlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.


1-topshiriq. Ehtimol, albatta, shubhasiz so‘zlari ishti­rokida gap tuzing. Bu so‘zlarning qanday ma’no ifodalayot­ganini ayting.
2-topshiriq. Biror voqea-hodisaning bajarili­shi­ga gumon bilan qarayapsiz. Ana shu gumon ma’­no­si­ni qanday yo‘l bilan ifodalaysiz?

Gap orqali ma’lum axborot ifodalanishi bilan birga, so‘zlov­chining shu axborotga munosabati ham ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati gapning kesim shakli (mayl shakli, bog‘lamalar va nol shakli) orqali hamda maxsus modal so‘zlar yordamida ifodalanadi. Masalan, albatta, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, to‘g‘ri, ehtimol, balki, chamasi, taxminan va boshqalar.


So‘zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda ekanligiga qarab, yuqoridagi modal so‘zlardan muvofig‘ini qo‘llaydi: tasdiq munosabatini ifodalamoqchi bo‘lsa, darhaqiqat, haqiqatan ham, to‘g‘ri so‘zlaridan; ishonch munosa­batini bildirmoqchi bo‘lsa, albatta, shubhasiz, shaksiz kabi so‘z­lardan; gumon ma’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, ehtimol, balki so‘zlaridan; chama-taxmin ma’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, chamasi, chamamda, taxminan so‘zlaridan foydalanadi.


Eslab qoling. So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosabatlarini ifodalovchi sintaksis birliklarga kirishlar deyiladi. Kirishlar so‘z va birikma holatida bo‘ladi.

Kirishlar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirish­maydi. Shuning uchun u boshqa gap bo‘laklaridan farq qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi.


So‘zlovchining o‘zi ifodalagan fikrga munosabat turlari va har qaysi ma’no munosabatini ifodalaydigan kirish so‘zlarni 2-jadvalda ko‘ring.


2-jadval

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish