O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik



Download 0,6 Mb.
bet8/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK







8


Oilaviy hayotdagi iqtisodiy qiyinchilik


8


33


-


45


9


Yosh va jinsiy jihatdan nomu-tanosiblik


7,5


3,5


17,5


15


10


Bepushtlik


27


35


-


2,5


11


Bevafolik


7,5


7,5


10


10


12


Turmush o'rtog'ining bolalar tarbiyasiga e'tiborsizligi, yoki tarbiya uslublarining mos kelmasligi


7


12


-


7,5


13


Ruhiy va somatik kasalliklar


5,0


2


12


17


14


Rashk


7,5


12


-


15


15


Turmush o'rtog'ining uzoq vaqt davomida oila bilan yashamasligi


-


5


7,5


10


16


O'zga oilasining mavjudligi


-


10


-


7,5





Jadval ma'lumotlariga ko'ra ajralishning asosiy sabablarininig ko'p foizi turmush o'rtog'ining qo'polligidan, ota-ona va o'zga qarindoshlarning yoshlar hayotiga aralashuvi va turmush o'rtog'ining oilaviy hayotga tayyor emasligidan kelib chiqadi. Yoshlar orasida sevgi muhabbat hislarining yo'qligi va o'ylamasdan oila qurish talaygina foizni tashkil qiladi.

Ko'rsatilganlarni psixologik tahlil qilsak, aksariyat ajralishlar yoshlarni muomala madaniyatiga e'tibor bermasliklaridan yoki ularda muomala madaniyati yo'qligidan, kattalarni, yoshlarni oilaviy hayotiga aralashuvidan, oila qurayotgan yoshlarning his-tuyg'ulari bilan hisoblashmaslik, ota-onalarning yoshlar taqdirini o'zlaricha hal qilishi, yoshlarni hayotga tayyor emasliklaridan kelib chiqadi. Yuqondagilarga ota-onalar, tarbiyachilar, o'qituvchilar alohida e'tibor berishlari lozim.

2. Psixolog olimlar fikrlari. Psixolog olimlar E.N.Sattorov, N.A. Sog'inov, E.Usmonovlarning o'zbek oilalari bo'yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasiga qaraganda oilaning shakllanishi, uning mustahkamligi, oilaviy nizolar, jinoyat, fojealar, shu jumladan o'z joniga qasd qilishning eng xavfli davri 18-30 yoshlarga to'g'ri kelar ekan. O'zbek oilalarida ajralishlarning aksariyat qismi shu yoshlarda kuzatiladi. Ajablanarlisi shuki, inson hayotidagi eng baxtli daqiqalar ham shu davrga to'g'ri keladi. Hisob-kitoblarga qaraganda ruhiy kasalliklar ichida keng tarqalgan shizofreniya kasalligining yuzaga chiqishi shu yoshda ko'zga tashlanadi. Psixiatorlar taxmini bo'yicha nasliy xastalikning shu yillarda ko'p yuzaga chiqishi asosida ham yosh davrining murakkabligi yotadi.

Yangi yuzaga kelgan har sakkiz oiladan bittasi bir yilga yetmay ajralib ketadi, har to'rt oiladan bittasi besh yilga yetmaydi. Ajralish ko'rsatkichlari bo'yicha Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya Evropa mamlakatlari ichida yetakchi o'rinni egallayapti. Ayrim tadqiqotchilar ma'lumotiga ko'ra sobiq SSSRda ajralishning 64 foiz sababchisi ayollardir. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ajralishning eng katta qismi 30-34 yoshlarga ya’ni, oilaviy hayotning 7-10 yillariga to'g'ri keladi. Ammo bu ma'lumotni chuqurroq tahlil qilganda, bunday oilalarda dastlabki 5 yil ichida psixologik ajrim yuzaga kelib, 7-10 yillarda qonun bilan rasmiylashtirilishini ko'ramiz. Demak, oila uchun eng xavfli payt nikohning dastlabki 5 yilidir. Bu fikrni "Yangi uylanganga yetti yil yaqin borma" degan o'zbek xalq maqoli ham tasdiqlaydi.

Er-xotinlar qanchalik yosh bo'lsalar, olimlarning ta'kidlashicha bu davrda nizolar shunchalik ko'p bo'ladi. Ular yoshligi, tajribasizligi tufayli "Muhabbatimiz o'ldi" deb o'ylashadi, yoki bundan ham battarni "Umr yo'ldoshi tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoimni to'g'rilab olaman" degan xulosaga kelishadi. Kuyov o'ziga "Ko'cha to'la xotin" desa, kelin "Er qurib qolibdimi, qancha xushtorlarim bor, rozilik bersam, ertagayoq haqiqiy erkakka turmushga chiqaman" deydi.

Ko'p hollarda esa asosiy sabab chetda qolib, kelin-kuyovning ota-onasidagi kamchiliklar o'rtaga tashlanadi, do'sti yoki qarindoshining to'ydan oldin ogohlantirgani bormi, to'ydan oldin sevishganlar orasida bo'lib o'tgan nizolar bormi eslashadi. Kuyov va kelin ma'lumotidagi tafovutlar ham chetda qolmaydi. "Savodsiz bo'lmasa shu ishni qilarmidi?", "Oliy ma'lumotli xotin olgandan ko'ra uylanmasdan o'tgan yaxshi". Ba'zan esa yosh orasidagi farq asosiy sabab qilib ko'rsatiladi. "Ering katta bo'lsa aql o'rgatadi", "Ering o'zingdan katta bo'lsa ezma bo'ladi". Kasblar ham nizoga bahona ya’ni, "Ering san'atkor bo'lsa oilaviy hayoting sahnaga aylanadi". Ayniqsa ota-onaga aloqador kamchiliklar axtariladi. "Ichkilikboz otaning o'g'li kim bo'lardi", "It egasiga tortadi" kabi aytishuvlar nikohning poydevori yemirilishiga, oila harbod bo'lishiga olib keladi. Sudda ko'pincha er-xotinlar emas, o'sha mayda-chuyda narsalar to'qnashadilar.


Nazorat uchun savollar:

1.Nima uchun ajralishlar haqida fikr yuritish qiyin?

Shaxsiy fikringiz.

2."Ayollar mas'uliyati" deganda nimani tushunasiz?

Hayotiy misollar keltiring.

3. Psixolog olimlar fikrlari haqida.

4. O'zbek oilalarining o'ziga xosligi nimalarda ifodalanadi?

5. Statistik ma'lumotlarga munosabatingiz.


MULOHAZA UCHUN MAVZU
(Mustaqil o'qish uchun)
Olima Rahima Shomansurovaning "Er eplamoq oson,

lekin..." kitobidan ibratli hikoya e'tiborlaringizga

havola etilayapti.
Oilamizning mehriga mehr bilan javob bermasangiz, bu mehrning uvoli tutadi, qizim!

- Kech...Kech...Kech... — ichimdan chiqqan o'krash tomog'imni bug'adi. Ko'zim hech narsani ko'rmaydi. Vaqtida es hushimni yig'ganimda, menga nima kerak o'zi deb o'zimni o'zim vaqtida imtihon qila bilganimda, shunday baxtsiz bo'lmasdim! Odamlardab mehrni ochofatlik bilan yulib olavermay, o'zim ham mehr ulasha bilganimda hozirgi so'zlar qaynona oyim tillaridan menga, faqat mengagina atalgan bo'lardi:

"...Onalik muborak bo'lsin, kelin bolam! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyod bilan ulashlik ulug'ligi, o’zidan yana bir o’zini yaratish qodirligini tuyish va bundanda necha karra ko'tarilish muborak bo'lsin!"

"... Bir ona bolasini dunyoga keltirar, tirikligining quvvati bo’lgan suti birla uni to'ydirar, quchog'ida o'stirar, suyukli yurak mevasining rohati uchun shirin uyqulardan, butun tinchligidan kechar. Uning tarbiyasi-yu, baxtli bo'luvi uchun chekmagan jafosi, qilmagan fidokorligi qolmas.

Tirikligining so’ngi nafasiga qadar uni sevar..."

Bularning hech biriga qodir emasman! Na mehr ulashishga, na fidoiy bo'lishga meni o'rgatishmagan. O'rgatishmagan, o'rgatmoqchi bo’lgan kishilarni esa onamning gapiga kirib mensimadim.

Katta bo’lgan muhitimda eshikdan kelgan kishining egniga qarab, so'zidagi mol-dunyoning mavqeiga qarab baho berilardi. Kelin bo'lib tushgan xonadonim esa buning teskarisi edi. "Teng tengi bilan..." sen qanday qilib o'z olamingdan teskari olamga tushib qolding, dersiz?

Men o'qiyotgan institutda qaynonamning yaqin dugonalari ishlardi. Shu ayoldan o'g'illari Qodir akamga munosib qiz tavsiya qilishni so'rabdilar. Taqdir cheklariga meni ro'haro' qilibdi.

Xullas, ko'p o'tmay to'y bo'ldi. Uning qanday chiroyli o'tgani, kaminaning naqadar fayzli kelin bo’lganlari, qaynonam yozgan poyondozdan u kishining yonidan malikalardek gerdayib o'tganlarim videokassetada tasvirlangan.

— Birinchi ta'zimingizni oyimlarga bersangiz xursand bo'lardim, degandilar o'shanda Qodir akam.

Men o'zimni eshitmaganga oldim. Onamning: — Jilovingni darrov eringga, qaynonangga berib qo'yma! — degan gaplari esa qulog'imga qo'rg'oshindek quyilib qoldi. Shu egilmaganimcha egilmay, mana besh yildan beri o'z uyimdaman.

Onam dastlabki oylarda:

— Hozir avji o'ynab-kuladigan, yayrab oladigan vaqtlarinig. Ota-ona bo'lish qochmas, ulgurasizlar! — derdilar.

Farzandlik bo'lmaslikning ming xil choralarini menda sinab ko'rdilar chog'i.

Qaynonam esa aksincha — nevara ko'rishni juda orzu qilardilar.

Onam: Katta yeb, katta ichib, yaxshi kiyinib o'rgangansan. Intelligent oila ekan, oylikka qarab yashab bo'lmaydi hozir. Ering ishini tashlab tijorat bilan shug'ullansa bo'lardi. Men bilan bir ikki Dubayga borib kelsin. Pul topishni o'rgataman! - derdilar.

Qaynotam bilan qaynonam esa buning aksini so'zlashardi:

— Ko'p yoshlar qo'l qo'yib oladigan oylikka qanoat qilmay, o’zini bozor-o'charga urib ketayapti. Yana shu kayfiyatga berilib ketmanglar. Endigina ish boshladinglar. Nima qilib bo'lsa ham kasbingizni, malakangizni oshirishga harakat qilinglar. Ro'zg'or tashvishini qilishga sizlarga hali erta. Kiyimlaringiz ham yetarli. Zamonasiga yarasha til o'rganinglar, o'z sohangizni puxta egallab olinglar.

Xullas, shunga o'xshash gaplar. Men bu gaplarni arang eshitardim.

Qayisinglim Nargizaxon uyga juda kam kelardi. Qaynonamning unga aytadigan nasihatlari ham doim ensamni qotirardi. Uyidagilarning hol-ahvolini obdon surishtirib bo'lgach, qaynonam ko'pincha shunday derdilar:

— Oying juda bam'ani ayollar. Buving-ku farishtadeklar. Ishqilib, ularning ko'ngliga qara, duosini ol. Dadang ishdan kelganlarida darrov qo'llaridagini olib, bir piyola choy ber. Kuyovimning ko'nglini ol. Huda-behudaga uyga boraman deb ularni xit qilma, bolam! O'z uyingda tin.

Xudoga shukur, yaxshi o'tiribmiz. Kelinoyilaning qarashib turishibdi.

Ko'pincha Nargizani kuyov ertalab ishga ketayotganida o'g'li bilan qo'yib ketardi. Ishdan chiqqach kelib, mehmon bo'lib, keyin olib ketardi. Kuyov kutiladigan kun qaynonam tinim bilmasdi. Nargizaning o'zi ham onasini ayab, qarab turmas, peshinga qolmay tansiq ovqatlar, somsalar, turli salatlar tayyor bo'lardi. Qaynonam biron marta bo'lsin:

— Ertaga qayinsinglingiz bilan kuyovimiz kelisharkan, tayyorgarligingizni ko'ring, demasdilar. Ular kelsa menga qaytaga mazza — uylarimizni yaraqlatib, yaxshi taomlar pishirib berib ketadilar. Go'yo bu uyda men emas, u kelindek. Ammo biron marta yuzimga solgan emas. Bir kuni Nargizaxon shu tomonlarga ishi tushib birrov xahar olgani kirganda men ham uyda edim. Uning bu yerga kelganidan uydagilar xaharsizligini bilgan qaynonam shunday deganini o'zim eshitdim:

-Chakki qilibsan, qizim! So'ramay, xahardor qilmay biron yerga bormang! Uyingdagilar

xavotir bo'lishadi. Qolaversa muomalaga yolg'on aralashmasin. Qudalar o'rtasidagi parda ko'tarilmasin, bolam! Uyga boraman desang, biron marta yo'q deyishmaydi. O'zlari mashinada olib kelib, olib ketishadi. Izzatingni qadriga yet. Bugungiga o'xshash hollar bo’lganda "Yo'lim tushsa, birrovgina uydan xahar olib chiqsam maylimi?" deb so'rasang, qaytanga xursand bo'lishadi.

Qizlarning turmushiga ko'pincha mana shunday yashirincha yurishlar sovuqchilik tushiradi.

Oqibatda kelin sutni oq desa, qaynona ham, er ham ishonmaydigan bo'lib qoladi.

O'sha kuni Nargizani iziga qaytarib yubordilar. Bechora xomush bo'ldi-yu, onasiga indamay ketdi.

Shunday gaplarni eshitganda ba'zida yuragim orqamga tortib ketardi. Nahotki mening haftasiga uch-to'rt kunlab darsni tashlab uyimga borib oyim bilan valaqlashib o'tirishimdan xahardor bo'lsalar? Nahotki men boradigan kunlar kelinoyimni ishdan olib qolib, menga xizmat qilishga majbur etishlaridan, akam bechora ishini tashlab bozor qilib kelishidan xahardor bo'lsalar?! Menga tekkizib gapiryaptilarmikin?

Xullas, ko'rib turibsizki, bu ikki xonadondagi muhit xuddi ikki qutb muhitiga o'xshardi.

Homilador bo’lganimda o'z tuqqan onam qancha jerkib, urishgan bo'lsa, qaynonam shuncha

ko'p sevindilar. Qodir akamning ham og'zi qulog'ida.

Kechqururilari Qodir akam ishdan kelgach, qaynonamning maslahati bilan go'zal joylarga sayrga chiqamiz.

— Ruhingizni tinch, yaxshi muvozanatda ushlang. Yaxshi narsalar haqida ko'proq o'ylang, derdilar qaynonam.

Bu sayrlar menga mazza edi. Qodir akamga istagan narsamni oldiraman. Go'yo men homilador bo'lib u kishini o'zimga tobe qilib qo'ygandek. Puli bor-yo'qligi bilan ishim bo'lmasdi. Bir xodim oyligi bilan teng stipendiyamni bermasdim. Kunda bu sayrlar, qolaversa institutda xushimga kelganini olib yeyish uchun, yo'lkira uchun pul talab qilardim. O'rtoqlariming erini, homilador xotiniga olib berayotgan narsalarini biriga o'nni qo'shib menga ham olib berishini talab qilar edim.

Ba'zida Qodir akam chaqimchilik qilyaptimi deb poyloqchilik qilardim. Balkonda so'zlashib o'tirishsa, parda orqasidan to'rt oyoqlab emaklab borib quloq solardim. Yo'q, gap men haqimda bo'lmasdi. Umumiy gaplar. Nega, nega men haqimda, mening husnim, "kattakonlarning bolasi o'qiydigan joyda" o'qishim, onam qilgan import sarpolar haqida gapirishmaydi?! Nega qoyil qolganliklarini bildirishmaydi?

Men shunga hayron edim. O'z uyimizda suhbat mavzusi faqat shular haqida bo'lardi. Falonchining qiziga qilgan garnituri, zeb-ziynati, taqinchoqlari bir-bir muhokama etilardi. Oyim biron yerga to'yga borib kelsalar, keyin ikki soat o'sha to'yga kimning nima kiyib borgani-yu, kimning oldiga nima qo'yilgani haqida gap bo'lardi. Qaynona oyim meni ko'p to'ylarga olib yurmasdilar. Bir-ikki gal to'ydan qaytganlarida:

— To'y yaxshi o'tdimi? Artistlardan kim keldi? Kelinga qanday sarpolar qo'yildi? — deb so'raganimda, meni shu narsalar qiziqtirishi mumkinligiga hayratlanganlarini yashirmay:

— Kelinning challarga nima kiyib borganiga e'tibor bermabman-a. Yoshlarga hamma narsa yarashadi! Bir chiroyli kelin bo'libdi, ishqilib baxtli bo'lishsin! Onasining necha sidra qo'yganini so'ramadim. Kimga kerak bu, kelin bolam?! Наг kim qilsa bolasi uchun qiladi. Halolidan, beminnatidan qilsin-u, bolasiga buyursin, yayrab-yayrab kiyib yurishsin! — derdilar.

Shu bilan to'y taassurotlari tugardi. Qaynonamning bu tomonlarini o'z onam juda tez "chaqib" olgan edilar.

— Oying o'lgur matolarning farqiga ham bormaydi. Bir tiktirgan ko'ylagini qudanikiga ikki-uch marta kiyib boraveradi. Oldiga nima qo'ygani bilan ham ishi yo'q. Shundan foydalanib, boshqalardan qaynonamni past ko'rishdan or qilmasdilar. Loaqal qizim o'sha yerdaku demasdilar.

Challarimda menga deb qo'yilgan qirq sidra sarpoga qaynonamning qayrilib boqmagani, taqinchoqlarimga e'ti­bor bermagani oyimga qattiq ta'sir qilgan edi. Qaynonamning ko'zi chaqnashi, hayajonlanishi, uyimga shuncha narsa olib kelayapman deb sevinishi, ta'zim qilishini kutgan bo'lsalar kerak-da! Shunday bo'lmadi! Oyimning alam alangasi hech o'chmasdi. Shuning uchun oradan bir yil o'tmayoq taqinchoqlarimning yarmmi uyimdagilarga aytmay ham olib qo'ydilar. Sarpodagilar ham necha bor oborot bo'lib keldi. Qaynonam sezsalar ham, sezmaganga olib yuraverdilar.

— Ota-onaning bolasiga qilgani — xamirturish xolos! Xudo beraridan qo'ymasin. Hamisha rizqingizni to'q, nasibangizni but qilsin. Peshonangizga halolidan, beminnatidan, g'oyibidan bersin! — derdilar.

Bu gaplarning hammasi uyimizga oqmay-tommay yetib borardi. Chunki hali aytganimdek, bosh qorong'ilik bahona institutga ketyapman deb kurida uyga borar edim yoki onamning ishxonasiga borib divanda yotib-yotib kelardim. Ishxonadagilar, mahalladagilar uchun men o'zimni uyda tinchlik bilmaydigan, ro'shnolik ko'rmaydigan, zug'umli qaynona qo'lida qorni ovqatga to'ymaydigan, kechasi-yu kunduzi qo'li xizmatdan bo'shamaydigan kelin qilib ko'rsatar edim. Dugonalarimga ham shunday. Ularning birortasi biznikiga biron marta kelmagani uchun gaplarimga shundoqqina ishtishardi. Homiladorligimning dastlabki payti biroz ozganim menga qo'l kelib, hamma achinish bilan qarar, onam yotgan joyimga ovqat keltirib og'zimga tiqardilar.

— Qizim joyiga tushmadi! Qudam o'zimga loyiq, kuyovim qizimga loyiq bo'lmadi, - deb javraganlari javragan edi. Qaynonam esa aksincha:

— Vaqti-vaqtida ovqatlanib, bilib-bilib ishingizni qilib yuring. Bola katta bo'lib ketmasin, o'zingiz qiynalasiz tug'ishda. Ishqilib ikki jonni salomat qilsin, - derdilar.

Oyim buni eshitganda biznikiga kelib janjal qilishdan erinmasdilar:

— Og'iroyoq qizni qiynayverasizmi? Keliningizga yegulik hech vaqo yo'q, uyingizda xizmat qilsa bo'ldi ekanda.

Ba'zan oyim shang'illaganini qo'ni-qo'shnilar eshitardi.

Ko'pincha bu janjallar bir xil tamom bo'lardi: — Tug'adigan xotinga parvarish kerak. Uyda tura qolsin. Yur, ketdik!

Shu olib ketishlarida o'n besh kunlab qolib ketardim.

Shu tariqa muhit ajralishga yetilib borardi. Bunga faqat Qodir akam-u qaynonam og'irlik bilan yo'l berishmasdi. Qaynonam rost aytgan ekanlar, yotoqchilashim evaziga oxirgi oyda boladan ayrildim. Hatto operatsiya bilan ham bolani saqlab qolisha olishmadi. Shifokordan eshitganimni eshitdim.

Mening tantiqligim-u, oyimning "sharmandaga shahar keng" qabilidagi qudalarga xos bo'lmagan muomalasiga bola tufayli chidab turishgan shekilli, ko'p o'tmay odatdagidek uyimga arazlab ketganim bahona ajralishdik. Sudda oyim va men aytgan gaplariga (ularning ko'pi bo'hton edi) odam tugul chinor ham yiqilar edi. Ammo na Qodir akam, na boshqalar g'ing etishmadi.

Keyin eshitdim, Qodir akam uylanibdilar. Onam to'y kunini ham bilgan ekanlar, borib rosa janjal qilibdilar, bilishimcha hech mahal qudalarga hech narsa demagan qaynonam o'sha kuni oyimga: - Mavjudaxon, qizingizning baxtiga faqat siz zomin bo'ldingiz! Bu gunohni ko'tarib yurishning o'zi bo'lmas! — debdilar.

Uyga kelgach, oyim qadahni to'ldirib-to'ldirib konyak ichdilar-u og'zilariga kelganini qaytarmay "ming'aymas", "uchyonniy" qaynonamni qarg'ashga tushdilar.

Ertasiga ishdan "bolnichniy"ga chiqib Dubayga jo'nab ketdilar. Keyin badavlat kuyov

kelishini ko'p kutdilar. Ammo o'sha kuyovdan darak yo'q edi. Aftidan hamma ham bizning kimligimizni bilib olgan edi.

Sal bo'lmasa singlimni baxtiga zomin bo'lay dedim. Men qaytib kelgach,, unga kelib turgan uncha-muncha sovchilarning oyog'i uzildi.

Nihoyat uni uzatganimizga to'rt-besh oy bo'ldi. O'rtamiyona, xizmatchilar oilasiga tushdi. Shu bahona oyimning eski qo'shiqlari yana yangilandi.

Faqat bir parda pastroq jaranglaydi. Ammo bu holatlar menga avvalgidek zavq bermasdi. Baxti qaroligimga boshqalar qatori men ham tobora faqat oyimni ayblardim. Bir-ikki marta buni ochiq aytdim ham. Bir-birimizni tobora ayamaydigan bo'lib boryapmiz.

-Ersiz men o'layotganim yo'q, sen ham o'lmaysan! Tagingda mashina,

birovga qaramlik

joying yo'q. Yangi qanday gazlama chiqsa, Toshkentda birinchi sen kiyasan, noshukur banda!

— deydilar har gal. Dadam bizni nega tashlab ketganlariga endi tushunib yetdim.

Onam o'z qismatini menda qaytarganini ham endi angladim. Balki o'ziga tasalli bo'lish uchundir? Balki bugungi men o'krab yig'laganim kabi yig'lashlardan, yuragining nimta-nimta bo'lishlaridan qo'rqib shunday qilgandir.

Lekin onam ersiz qolganida qo'lida akam, men singlim bor edik. Kuygan yuragiga malham bo’lgandirmiz. Biz bilan ovungandir. Avval biz ham adamni unga qo'shilishib qoralardik. Onamning har gapiga ishondik.

Akam uylangach, mening esa uyim buzilgachgina otasiz o'sganimizga, oilada to'liq tarbiya olmaganimizga asosan onam aybdorligini anglab yetdik. Ammo hamon onamga qattiq gapirmaganmiz. Unga biron kishi ro'para kelishdan ham, bas kelishdan ham qo'rqishini bilardik:

— O'zi Xudo urib qo'ygan bo'lsa, men ham teng kelaymi? — degan edi yon qo'shnimiz onamning odatdagi janjalidan o’zini chetga olarkan.

Oyimni "xudo urgani" hammadan ustun bo'lay deganining oqibati ekaniga endi aqlim yetayapti.

Ha, hozir ko'p narsaga aqlim yetadi, lekin ilojsizman.

Men ham xudo urganlardanman-da...

Shu xayollar bilan eshittirishingizni oxirigacha tingladim. Eshittirish tugadi, lekin ko'zim

yoshlari tinmadi.

Bedilning:
Qatar kipriklarim yoshim уо 'lin to 'solmaydi,

Baliqlarning qanoti berkitolmas katta daryodir...
degan satrlari mag'ziga endi tushunyapman: ko'zimdan oqayotgan yosh bir katta daryodirki, baliqlarning qanoti bilan bu daryoni to'sib bo'lmagandek, kipriklarim ham yoshimni tindirolmaydi. Avvalo majruh qalbimni davolash kerak. Kim davolaydi?!.

Shu payt eshik qo'ng'irog'i chalindi. Ko'z yoshimni apil-tapil artib eshikni ochdim. Singlim ekan... nega Gavhar ertalabdan keldi deb yuragim shig' etdi. Ammo avzoyi yomon emas.

— Kel, — dedim qizargan qovoqlarimni yashirib. — Tinchlikmi?

— Tinchlik! Bir dam olib ketay deb keldim-da!

Uydagilarga kutubxonaga boraman dedim. Hech kim yo'qmi?

Kennoyim bo'lsa, bir qozon kabob qildiray devdim...

Uning og'zidagi og'zida, bo'g'zidagi bo'g'zida qoldi.

Chamasi necha vaqtdan beri yig'ilgan vulqon otildi! Men o'zimni tanimaydigan darajada portladim:

— Bu yer senga sanatoriy emas — dam oladigan! Bu yer senga restoran emas, kennoying ham ofisiant emas — ovqat tayyorlab, yotgan divaninga keltirib beradigan! Qo­zon kabobni uyingda — qaynona-qaynotang, ering bilan yeysan! O'zing pishirib bersang, mazaliroq tuyuladi! Qani, jo'na uyingga!!!

Gavharning holatini sizga tasvirlab bera olmayman, uning ko'zlari katta-katta ochilib, chakagi pastga osilib qoldi. Agar shu payt kuyovimiz Kamoljon kirib kelganda, bilasizmi, singlimni oldiga solib, mushtlab eshikka haydashdan ham toymas edim!

Qandaydir ichki bir sezgi menga kuyov singlimning "Kutubxonaga boraman!" deganiga ishonmay orqama orqa poylab kelganini aytib turardi. Voy, xudo, men tantiqligim tufayli erdan erta ajrab, onamning qismatini qaytarganimdek, singlim ham mening izmimdan ketibdi-da! Lekin

Qodir akam mening har bir so'zimga ishonardilar.

Qaynonam ham. Bular oldinroq ogoh bo'lishibdi-da!

— Keling, Kamoljon! — dedim o'zimni bosib olib. — Keling! Kelib yaxshi qilibsiz! qandaydir asabiy ichki titroq bilan dasturxon yozdim. Mayda-chuyda olib keldim. Singlimning rangi o'chib, kuyov esa boshini egganicha jim o'tirishardi.

— Orqamdan poylab yurishga nima haqqingiz bor?! O'z uyimga ham kelishga haqqim yo'qmi?! — Gavhar "qo'rqqan oldin musht ko'tarar" qabilida bidirlay boshladi.

— O'chir ovozingni! — dedim singlimga, e'tirozga o'rin qoldirmay.

— Kamoljon ! — dedim kuyovga choy uzatar ekanman, — buni mahkam ushlaysiz, uka! O'n gapidan to'qqizi yolg'on bo'lsa ham, mahkam ushlang! Mening toyishim ham xuddi hozir Gavharnikiga o'xshab qozon kabob yeyishni xohlagan kennoyimga xizmat qildirib, darsga borish o'rniga onamnikida divanda cho'zilib yotishdan boshlangan. Lekin menga ishoning, singlimning bu kelishi, aldashi birinchisi. Ikkinchi — uchinchilaridan keyin oila buzilishga borib yetadi...

Bilasizmi ovozim juda bo'g'iq. Tomog'imga nimadir tiqilgan edi, Nazarimda boya aytgan vulqonning hammasi hali chiqib ulgurmagandek edi...

— Menga qara, Gavhar! — dedim keyin singlimga har so'zimni qulog'ida qo'rg'oshindek qotsin degan umidda dona-dona qilib. — Menga qara! Agar xuddi senga o'xshab uyimdagilarni birinchi bor aldab, bu yerga kelganimda onam taltaytirmay, oldiga solib quvganida edi, men hozir ikki bolalik bo'lib, o'g'ilchalarimni erkalatib yurgan bo'lardim.

Anu kuni Qodir akamni o'g'ilchalari, xotini bilan ko'rdim. Bu kunimdan o'lganim yaxshi edi, Gavhar! O'sha ayolning o'rni meniki edi! Oyim tufayli, mening baxtimni ko'zlaydigan u uyimdagilardan bo'lak odam topilmagani tufayli, mana besh yildan beri shu yerda o'tiribman. Bu koshona vaqti kelsa o'lik chiqqan yerga o'xshaydi. Boy-vuchcha onamning menga ovutish uchun olib bergan mashinasini minish tugul, ishga piyoda borib kelsam ham, qozon kabob o'rniga qotgan non esam ham o'sha ayolning o'rnida bo'lishni juda-juda istardim. Shu alfozga tushib qolma, Gavhar!

Lozim bo'lsa onam va mening qismatimizdan hazar qil, ammo baxtingni mahkam ushla!

O'zim zo'rg'a turganim uchun, ularni uzoq ushlamadim. Zarurat bo’lgan paytlardagina faqat Kamoljon bilan birga kelib turishni tayinlab, xayrlashdik. Ketayotganida Kamoljon ga sekingina bo’lgan voqeani xolamlarga aytmasliklarini iltimos qildim. U ham "tushuridim" degandek qo'limni samimiy siqib xayrlashdi.

Singlimni haydab to'g'ri ish qildim deb o'ylayman. Hozir bo'lmasa ham vaqt kelib uning o'zi ham tushunib oladi.
7-MAVZU

ZARARLI ODATLAR, ULARNI BARTARAF

ETISH YO'LLARI
1. Zararli odatlar haqida. Turli giyohvand moddalarni qabul qilish, spirtli ichimliklar ichish mamlakat taraqqiyotiga, iqtisodiyotiga, insonning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Keyingi yillarda yoshlar o'rtasida giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi XXI asr vabosi tarqalishiga ota-onalarning o'z yumushlari bilan o'ta bandligi tufayli bolalarning nazoratsiz qoldirilishi, ularning guruhlarga qo'shilib, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga e'tibor berilmayotgani, oilaviy nizolar, er-xotinning ajralish hollari, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo'yish, bolaning keragidan ortiq ta'minlanganligi va boshqalar sabab bo'lmoqda.

Giyohvandlik inson salomatligining kushandasidir, u asosan uchga bo'linadi:

1. Ko'knor giyohi.

2. Nasha giyohi.

3. Tamaki giyohi.

Ko'knor giyohi tarkibida juda o'tkir ta'sir etuvchi narkotik modda bo'lib, uning tanasidan maxsus asboblar yordamida shilimshiq, yelimsimon modda sizdirib olinadi. Bu modda "Qora dori " deb atalib, uni iste'mol qilgan kishi jismoniy va aqliy tomondan zaif, jinoyat sodir qilishdan qaytmaydigan, bir umr farzand ko'rmaydigan ham bo'lib qoladi.

Surunkali "Qora dori" iste'mol qiluvchilarni xalqimiz "Ko'knorilar" deb ataydi, ular jamiyat uchun ham, oila uchun ham xavfli hisoblanadilar.

Nasha giyohini iste'mol qiluvchilar "Bangilar" deb ataladi. Nasha giyohini dumaloq hamda sigaretlarga qo'shib chekiladi va ovqatlarga aralashtirib iste'mol qilinadi. bangilik insonni odamiylik xususiyatlaridan mahrum etadi. Ular odam o'ldirish, o'g'rilik, qaroqchilik kabi turli vahshiyliklar qilishdan ham toymaydilar. Nasha giyohi O'rta Osiyo hududidagi ba'zi joylarda yashirin holda ekib o'stiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizda uni ekuvchi va ko'paytiruvchilarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, ular jinoiy javobgarlikka tortiladilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida 1 chaqinq 1999 yil 19 avgustda "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi ham giyohvandlikni oldini olishda muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Tamaki giyohi jahon miqyosida maxsus ravishda ekiladi va ko'paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretlar, maxorkalar, shuningdek undan nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlarigari moddalarrii chekish inson salomatligi uchun o'ta zararlidir. Kasharidalar va noskashlarning aksariyati o'pka raki, asab, bo'g'ma kasalliklarga duchor bo'ladilar. Tamaki tutuni oshqozon gastriti, o'n ikki barmoq ichak yarasi kabi kasalliklarni, qonning buzilishini keltirib chiqaradi, ovoz pardalarini dag'allashtiradi. Narkotik moddalarning qaysi turini iste'mol qilishdan qat'iy nazar, hammasi ham naslga yomon ta'sir etadi, narkoman ayol yoki erkakning farzandlari tug'ma nogiron, mayib-majrux, aqli zaif, jismoniy rivojlanmaydigan bo'lib tug'iladilar.

Narkotik moddalarga o'rganib qolgan kishi organizmi uni vaqtida qabul qilmasa, bunday moddalarga (nasha, ko'knor, qora dori, morfin, kokain, geroin, kiradi), kuchli ehtiyoj sezadi. Bunda kishida bosh og'rishi, yurak bezovtaligi, oyoq-qo'lning qaltirashi, ter bosishi, lohaslik kabi holatlar paydo bo'ladi.

Surunkali narkotik moddalarni iste'mol qiluvchi, usiz yashay olmaydigan kishilar narkomanlar deb ataladi.

Inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo'lib tug'ilmaydi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar bor. Tug'ilgan kunlarni nishonlash, bitiruv kechalarni nishonlash, xatna to'ylari, nikoh to'ylari kabilarda spirtli ichimliklarni me'yoridan ortiq tortilishi oqibatida ichkilikbozlikning vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Ba'zida to'qlikka-sho'xlik qilib ichishadi, ba'zan tashqi salbiy ta'sir tufayli ichishadi. Ichkilik — kishidagi maqsadsiz mag'rurlikni kuchaytiradi, alkash odamning hamma harakatlari be'mani bo'lib, atrofdagilarga masxara bo'ladi. Vujudiga titroq kiradi, aqli xiralashadi, o'zi qaltiraydi, og'zi ham bemaza bo'ladi.



2. Ichkilikbozlik va giyohvandlikning naslga ta'siri. Oilada bolaning tug'ilishi ba'zan quvonch emas tashvish, g'am keltiradi. Ichuvchi ota-onadan ishyoqmas, aqli zaif, beqaror, xunuk, badfe'l, jinni sifat farzandlar tug'iladi. Bunday bolalar ota-ona uchun ham, jamiyat uchun ham falokatdir. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 1000 ga yaqin bolalarnirig 500 tasining onasi, 70 tasining otasi ham, spirtlik ichimlik iste'mol qilar ekan. Fransuz shifokori Demma 28 yil davomida eri ham, xotini ham ichkilikbozlikka o'rgangan o'nta oilani kuzatgan. Bu oilalarda tug'ilgan 57 ta bolaning 25 tasi yoshiga yetmay o'lgan, 5 tasi tutqanoq, 5 tasining bosh miyasida suv yig'ilgan, 12 tasi jinni bo’lgan, faqat 10 tasi sog'lom tug'ilgan.

Tutqanoq kasali bilan og'rigan har 100 boladan 60 tasining ota-onasi ashaddiy alkash ekan. Ichkilik turli jinoyatlar kelib chiqishining asosidir: 70 % ga yaqin qotillik, 80-90 % bezorilik asosan mastlikda ro'y berar ekan. 100 gr aroq kishidagi 7500 to'qimani yo'q qiladi, muskul ishini 20-40% ga kamaytiradi. 25% ga aroqxo'rlar mastlik paytida o’zini-o'zi o'ldirishni o'ylaydi. Erkak kishi alkogolizmga 7-10 yilda, ayol uchun 1-3 yil kifoya.

Birgina Toshkentdagi aqli zaif bolalar internatida yuzlab nogiron, yuzlab qiyshiq, oyoq-qo'li g'o'janak, ko'zlarida qo'rquv alomati bor, mayib, majruh bolalar tarbiyalanadi. Bunday bolalar hayot lazzatlandan quvonchlaridan bir umr mahrumdirlar.

Bunday bolalarda nima gunoh? Gunohkorlar ota-onalar va atrofdagilardur. Ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi illatlarni bartaraf etishda nimalarga e'tibor berish lozim. Bola tarbiyasida uning kamolotida oila hal qiluvchi rol o'ynaydi. Demak, oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish oila a'zolarining chekishlikka, kashandalikka giyohvandlikka nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish, bolaning har bir xatti-harakati, yurush-turishini nazorat qilib borish, munosabat madaiyati, atrofdagi do'stlari-o'rtoqlari kimlar ekanligidan doimo xabardor bo'lish, bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etishga erishish, ko'cha-kuyda turli guruhlarga qo'shilib qolishdan asrash, kabilar muhim omil bo'lib hisoblanadi.

Oilaning pok turmush tarzi, dunyoqarashi, ota-onaning halolligi, pokligi, mehnatsevarligi e'tiqodi farzandlarini ichkilikbozlikdan, giyohvandlikdan kashandalikdan asrovchi mezon hisoblanadi.

Bunday illatlarning oldini olishda maktab, oila, jamoatchilik hamkorligi alohida o'rin tutadi.

3. OITS kasalligi haqida. O'tgan asr davomida millionlab odamlarning yostig'ini quritgan, begunoh bolalar, kasallar o'limiga sabab bo’lgan OITS (SPID) kasalligi nima?

80-yillarning boshlarida paydo bo’lgan bu kasallik qisqa vaqt ichida odamlar ichida tez tarqalib, XX asr vabosi nomini oldi va rivojlangan kapitalistik davlatlarda millionlab kishilarning m o'limiga sabab bo'lmoqda, ayniqsa ularning ichida begunoh bolalar va ayollarning ko'pligi achinarlidir.

SPID turli yo'llar bilan kirib keldi, uni birinchi marta Tanzaniyalik tarjimon, gomoseksualist, keyinchalik Leningradlik fohisha ayol tarqatgan, shundan so’ng Elista, Vol­gograd, Rostov-Dori shaharlaridagi shifoxonalarda ishlayotgan tibbiy xodimlarning befarqligi, yaxshi sterillanmagan shpris, ignalar bilan ukol qilish natijasida kasallik virusi odamlar orasida keng tarqalgan, Elistada bolalar bo'limida tibbiy hamshira befarqligi tufayli bolalar ichida kasallik tarqalib ketgan.

SPID virusi, oq qon tanachalarini o'ldiradi va odam turli tuman kasalliklarga chalinadi.

SPIDning yashirin davri bir necha oydan 2-5 yilgacha hatto 10-15 yilgacha cho'zilishi mumkin. Bemor esa o'zi sezmagan holda atrofdagilarga xavfli bo'lib qoladi. Xavfli guruhlar — besoqolbozlar, fohishalar hisoblanadi, kasallikning yuqish yo'llari: jinsiy aloqa paytida, shpris ignalari orqali, bemor qonini quyganda, homilador ayoldan bolaga, bolani emizganda sut orqali yuqishi mumkin, bundan tashqari sartaroshxonalarda kesuvchi asbob orqali, tish oldirganda va shu kabi teri shilinishi bilan kechuvchi muolajalarda yuqishi mumkin. Lekin yo'talganda, aksa urganda, suv va oziq-ovqatlar orqali, qo'l berib surashgarida yuqmaydi, u organizmda yashay olmaydi.

U shahar transportida yoki telefon apparatida so'zlashganda yuqmaydi. Kasallikning belgilari juda xilma-xil, lekin ko'pchilik hollarda yuqqaridan 2-4 hafta o'tgach sog'lig'i yomonlashuvi tufayli tibbiy xodimlarga murojaat qilishadi. Bunday kishilarda t°37-38 °C gacha ko'tariladi, bosh og'riydi, darmoni qurib, tomog'i, bo'g'imlari va mushaklari og'riydi, hamda limfa tugunlari kattalashadi.

Bu holat bir-ikki hafta davom etib keyin yo'qolib ketadi bu davrda SPIDga xos hech qanday alomatlar sezilmaydi va nihoyat 4-5 yildan so’ng bu belgilar yana yuzaga kelishni boshlaydi. Kasallik belgilari turli-tuman bo'lib o'ziga xos belgilardan biri bo'yin, qo'ltik osti, chov limfa tugunlari kattalashib ketishidir, hazm organlari ishi buzilishi natijasida uzoq vaqt ich ketishi mumkin, taxminan 50-60 % bemorlarda zotiljam kuzatiladi. Ba'zilarining terisiga toshmalar toshadi, uchuq chiqadi, ovoz shilliq pardalari yallig'lanadi,

SPID kasalligi belgilari qo'zg'alib goh yo'qolib turishi uzoq davom etadi. Kasallik davosi hozircha topilmaganligi uchun o'lim bilan tugaydi.



4.Tanosil kasalliklari haqida. Tanosil kasalliklaridan zaxm va so'zak haqida qisqa to'xtalib o'tamiz. Bu kasalliklar palapartish noqonuniy jinsiy hayot kechirish oqibatida yuzaga keladi. Natijada bu inson kasallikni nafaqat o'ziga balki oila a'zolariga turmush o'rtog'iga ham yuqtirib qo'yishi mumkin.

Zaxm tibbiyotda sifilis deb atalib bu sil, so'zak, kabi surunkali kechib, davolash juda uzoq davom etadi, yana shuni aytish kerakki zaxm qo'zg'atuvchisi bemor organizmida uning limfa tugunlarida bir umr saqlanib qoladi. Bu kasallik ko'proq fohishalik bilan hayot kechiruvchi ayollarda uchraydi, dastlab kasallik yuqqandan so’ng jinsiy a'zolarda furunkulga o'xshash yara paydo bo'ladi, tibbiyotda uni shankr deb ataladi, va u kattalashib boradi, bundan tashqari t° ko'tariladi lablarga uchuq toshadi va limfa tugunlari qo'ltiq osti, bo'yin va ayniqsa chov sohasida kattalashadi, keyinchalik butun badanga toshma toshadi, bemorning darmoni quriydi, bo'g'imlar og'riydi, kasallik vaqtida davolanmasa butun organizmni zaharlaydi, agar ayol homilador bo'lsa bolasi tushib qoladi. Lekin ba'zi hollarda homila oy kuni etib tug'ilishi mumkin, u holda bu bola tug'ma zaxmdan davolanadi. Kasallik juda uzoq, o'rtacha 6-7 oygacha davolanadi. Ko'p hollarda bu kasallik bilan og'rigan bemor butun umr befarzand bo'lib qoladi.

So'zak kasalligi tibbiyotda gonoreya deb atalib bu ham surunkali, yuqumli kasallik. So'zak ham jinsiy aloqa oqibatida yuqadi. Natijada jinsiy a'zolarda yallig'lanish boshlanadi, qizarib shishadi va yiringli ajralmalar ajralib chiqa boshlaydi, bemor atrofdagilar uchun yuqumli va havfli bo'lib qoladi. So'zak davolangandan keyin ham ko'p hollarda inson farzandsizlik dardiga mubtalo bo'ladi. Dinimiz, e'tiqodimiz, o'zbek millatimizga yot bo’lgan maishiy buzuqlik oqibatlari bo'lmish yuqondagi holatlar, kasalliklardar yoshlar o'rtasida tarqalishini oldini olish lozim.

Zararli odat bo'lmish giyohvandlik va asrimiz vabosi deb nom olgan OITS kasalliklari 1999 yildan buyon barcha o'quv yurtlarida maxsus fan sifatida o'qitilmoqda, ayniqsa ularning xavfi har tomonlama yoritilib berilmoqda.


Nazorat uchun savollar:

1. Giyohvandlik nima, turlari, oqibatlari.

2. Ichkilikbozlik va uning ayollarda, bolalarda kechish xususiyatlari.

3. Giyohvandlik va ichkilikbozlikning naslga ta'siri.

4. OITS nima? yuqish yo'llari, davosi, oqibati.

5. Tanosil kasalliklari nima?

6. Zaxm kasalligi, yuqish yo'llari, asorati.

7. So’zak kasalligi, davosi, asoratlari.

8. Zararli odatlarning oldini olish yo'llari.
VI BOB. ONA BO'LISH ARAFASIDA
1-MAVZU

HOMILADOR BO'LISH VA UNING RIVOJLANISHI
1. Sog'lom onadan sog'lom farzand tug'iladi. Bola paydo bo'lishi, o'sishi, tug'ilishi haqida so'z yuritishdan avval onalik ma'suliyati haqida ham to'xtalib o'taylik. Sir emaski qizlarimizning ba'zi birlarida turli kasalliklar, bo'ladiki, ularning tug'ilajak bolaga va onaga ta'siri bo'lmaydi deb aytolmaymiz.

Dardmand ayoldan tug'iladigan bolalar ham dardmand bo'lishi, oilaga ham jamiyatga ham ko'p tashvish orttirishi sir emas. Dardmand tug'ilgan bolalarga qancha urinmang onasini qornida olishi kerak bo’lgan narsani bera olmaysiz. Unday bolalar bir umr onasining, oilasining, jamiyatning muttasil nazoratida, tashvishida bo'ladi.

Tug'maxonalardan reanimatsiya bo'limlarida amallab tug'dirib olingan bolalarni tabobatning so’nggi yangiliklaridan foydalanib jonlantirishga, sog'aytirishga harakat qilishadi. Lekin bola sog'lom "inga" deya dunyoga kelsa, qanday yaxshi. Qiz bolalik chog'ida bo'lib o'tgan kasalliklar u turmushga chiqib homilador bo’lgandan keyin ayrim noxush omillar tufayli yuzaga chiqa boshlaydi. Bu albatta homila rivojlanishida nuqsonlar keltirib chiqarishi yoki uning nobud bo'lishiga sabab bo'ladi.

Homilador ayol yuqon nafas yo'llaridagi tez—tez shamollashga beparvo bo'lib, e'tiborsiz bo'ladi va yaxshilab davolanmaydi. Ammo shu infeksiyalar vaqtidan oldin tug'ib qo'yishga, yangi tug'ilgan davrida chaqaloqning kasal bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Chunki onasidagi mikroblar yo'ldosh, qon va limfa orqali yo'ldoshning yallig'lanishiga va ona qornidagi homilaning nobud bo'lishiga olib keladi.



2. Ekstragenital kasalliklar. Homilador ayollarda ekstragenital kasalliklarni ertaroq anglab, oldini olish, ko'p hollarda ona va bolaga katta foyda beradi. Homilador ayollarda tez-tez uchrab turadigan ekstragenital kasalliklar haqida to'xtalib o'tamiz:

1. Revmatizm - umumiy yuqumli allergik kasallik; bunda asosan yurak-qon tizimi va bo'g'inlar yallig'lanadi. Avval bu kasallik bilan og'rigan ayollarda homiladorlik kasallikni zo'raytirishi mumkin. Revmatizm xuruji kislorod yetishmasligi va yo'ldoshdagi o'zgarishlar gipotrofiyaga va homilaning ona qornida nobud bo'lishiga olib keladi. Ba'zi hollarda tug'ish mahalida ona organizmida kuchli o'zga­rishlar boshlanishiga (yurak tomir yetishmovchiligiga) olib keladi. Kasalliklarni oldini olish uchun o'z vaqtida shifoxonaga yotqizib davolanadi, bundan tashqari infeksiya manbai bo’lgan a'zolarni (og'riq tishlar, gaymorit, tonzillit) davolash lozim.

2. Yurak poroklari — yurak va qon tomirlarining patologik o'zgarishidir. Yurak poroklariga ilgari revmatizm, surunkali tonzillit bilan kasallarnganlik ham sabab bo'ladi. Yuragida nuqsoni bor ayollarda homiladorlik ko'ngildagidek kechmasligi mumkin, chunki kasal yurakka yangi sharoit va talablar og'irlik qiladi. Shuning uchun kasallikning holati, turi va holatlarini hisobga olib maxsus davolar tayinlanadi.

3. Gipertoniya kasalligi — artenal qon bosimining doimiy oshishi bilan kechadi. Bu kasallik homiladorlik kechishiga jiddiy xavf soladi, ayniqsa kech rivojlangan taksikoz va gipertoniya birga kelsa, noxush oqibatlarga olib keladi. Ana shunday noxushliklarning oldini olish uchun ruhiy, hayajonli hislarga berilmaslik, mehnat va dam olish tartibini to'g'ri tuzish, parhez (ovqat sifatli va xilma-xil bo'lishi, tuz, suyuqlik, hayvon yog'larini cheklash) bo'lishi kerak.

Gipertoriiya kasalligida homiladorlar vaqti-vaqti bilan shifoxonada davolanadi, tug'ishiga 2 hafta qolganda tug'ruqxonaga yotqiziladi.



4. Anemiya yoki kamqonlik — qonda eritrotsit va gemoglobin miqdori kamayib ketishi bilan kechadi. Homiladorlikda temir moddasi yetishmasligi bois kamqonlik ko'p uchraydi, bunga homilaning ona organizmidagi temir moddasini ko'proq o'zlashtirib olishi sabab bo'ladi. Bundan tashqari ayolning me'da — ichak, jigar kasalliklari ham sabab bo'lishi mumkin. Bunda ayol dar-monsizlanib, boshi aylanadi, ba'zan hushidan ketadi, ko'proq harakat qilganda havo etishmay, hansiraydi, yuragi tez-tez uradi. Kamqonlik ko'payganda teri qoplamlari va shilliq qavatlar oqarib, rangpar bo'lib qoladi. Homilada qon aylanishi buziladi, natijada homilaga kislorod va oziq moddalari etishmaydi.

Homiladorlar sifatli ovqatlanishi, tarkibida temir moddasi ko'p bo’lgan ovqatlar (mol go'shti, jigar, tuxum, sabzi, yong'oq, anor) iste'mol qilishi muhim ahamiyatga ega. Kasallik og'ir kechganda bemor shifoxonaga yotqiziladi.



5. Gipotoniya - arterial qon bosimining pasayishi. Bu holat ayollardagi gormonlar etishmasligining belgisi hisoblanadi. Bunday ayollarda ilk va kech rivojlanadigan taksikoz ko'p uchraydi. Masalan ko'ngil aynishi, qayd qilish, holsizlik, shish, siydikda oqsil bo'lishi kabilar. Gipotoniyada ham homila o'z-o’zidan tushib qolish hollari kuzatiladi.

Shuning uchun ular dispanser nazoratida turadilar va davolanadilar. Ular o'ta tashvishdan o'zlarini asrashlari, ko'proq toza havoda bo'lishlari lozim. Ovqatlari kaloriyali, oqsilga, vitaminga boy bo'lishi lozim. Gipotoniyaning og'ir turlarida va asoratlari paydo bo'la boshlaganda shifoxonada davolanishi, tug'ishiga 2 hafta qolganda esa tug'ruqxonaga yotqizish lozim.



6. Venalarning varikoz kengayishi — venalarning kengayish shakli o'zgarishi va egiluvcharnligining kamayishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha oyoq venalarining varikoz kengayishi kuzatiladi, bunda homilador ayol oyoqlarida og'riq va og'irlik, oyoq muskullarining tortishishi, oyoqlarining uvishishi, jonsizlanishi va tez toliqishidan shikoyat qiladi.

Kasallikning boshlanishida uzoq vaqt tik turish yoki o'tirishni cheklash, tor va siqadigan kiyimlar kiymaslik, suyuqlikni cheklash, past poshnalik poyabzal kiyish kabilar yaxshi natija beradi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq shifokorga murojaat qilish lozim.



7. Jig'ildon qaynashi — qizilo'ngach qizib achishishi bilan ifodalanadigan noxush sezgi. Neyrogumoral o'zgarish oqibatida yuzaga keladi. Keyinchalik o'z-o’zidan o'tib ketadi. Faqat ayollar achchiq, qovurilgan, uglevodli ovqatlarni ko'p yeyishdan o'zlarini tiyishlari lozim.

8. Qabziyat — ichaklarning vaqtida yurib turmasligi homilador ayollarda tez-tez uchrab turadi. Oldini olish uchun ovqat xilma-xil bo'lishi, kechqurun yotish oldidan qatiq ichish, nahorda bir piyola sovuq suv ichish, xom sabzavot mevalar (olxo'ri, olma, sabzi va qora non) yeyish lozim. O'z bilganicha surgi qilmaslik lozim.

Shu o'rinda qisqacha jinsiy a’zolarning anatomik tuzilishi va xususiyatlariga to'xtalib o'tsak. Jinsiy a'zolar zurriyod qoldirish a'zolar hisoblanadi. Ular ichki va tashqi a'zolarga bo'linadi.

Qizlarning ichki jinsiy a'zolari: qin, bachadon, tuxum yo'llari (naylar) va tuxumdondan iborat.

Homila kun sayin, hafta, oy sayin o'sadi. 18 — kundayoq mo'jizaviy tomchining shakli o'zgara boshlaydi, u torayib, cho'ziladi. Unda asab, yurak-tomir, hazm qilish, chiqarish va boshqa a’zolarning kurtaklari hosil bo'la boshlaydi va yurakka o'xshash narsa vujudga keladi. Bu mittigina "tanada tomir" ura boshlab 7-haftada quloq, ichak umurtqalar paydo bo'ladi. Homilaning 2 oylikkacha davri embrional davr deyiladi. 2 oylikda homilaning bo'yi 3 sm, og'irligi 11 gramm, ko'zlari yirik, bosh suyagi katta ko'rinishi baliqni eslatadi. Homila asta slekin odam qiyofasini ola boshlaydi. 11 haftadan so’ng uvoqqina odam organizmi shakllanadi, platsenta yetiladi. 4 oyning boshida yo'ldosh bachadon devoriga yopishgan bo'lib kindik orqali bola bilan boqlanadi. Kindikdagi qon tomirlari orqali homila oqsil, yog', uglevod, suv, vitaminlarni oladi. Yo'ldosh bolaga keluvchi qonni tozalab filtrlaydi, lekin u kimyoviy va dorivor moddalarni, virus va mikroblarni o'tkazib yuboradi. Tug'ishga yaqin 99,5% bola boshi pastga qaragan holda tik bo'ylama holatni oladi.

Homiladorlikning eng nozik davri dastlabki 3 oy hisoblanadi, chunki bu davrda tana a'zolari vujudga kela boshlayotgan bo'ladi.

Homiladorlikning keyin qanday o'tishi shu davrga bog'liq.

Aynan shu davr bola tug'ilgandan keyin va butun umri davomida sog'lig'iga ta'sir etadi. Irsiy kasalliklar va tashqi ta'sirlar tufayli turli yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Buning oqibatida homila yaxshi rivojlanmay, majruh ba'zan o'lik yoki vaqtidan oldin tug'ilishi mumkin.

Tayanch iboralar:

1. Varikoz — tomirlarning yo'g'onlashuvi.

2. Gipertoniya — qon bosimining ko'tarilishi.

Nazorat uchun savollar:

1. Sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi deganda nimani tushunasiz?

2. Qiz bola o’zini juda ehtiyot qilishi kerak, nima uchun?

3. Ekstragenital kasalliklar haqida tushunchangiz?

4. Varikoz qanday paydo bo'ladi?

5. Homila qanday vujudga keladi?

6. Homilaning normal o'sishiga xalaqit beruvchi omillar qaysilar?

7. Irsiy kasalliklar va ularning oldini olish


2-MAVZU

HOMILADORLIK DAVRIDA KUN TARTIBI,

OVQATLANISH REJIMI, KAMQONLIK VA UNING

TUG'ILAJAK BOLAGA TA'SIRI
1. Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyati. Homilador ayol uchun badanini toza tutish juda muhim. Teri kirlariganda uning himoyalash vazifasi pasayadi; ter va yog'lar chiqadigan teshiklar tiqilib yoqimsiz hid keladi" va terda mayda yiringli toshmalar toshishi mumkin. Erta bilan yuz, qo'l, bo'yinni yuvishdan tashqari badanni ho'l sochiq bilan ishqalab artish kerak. Uyqu oldidan ham yuz-qo'l, bo'yin va oyoqlarni yuvish lozim.

Haftada bir marta yaxshilab, sovunlab cho'milish, ichki kiyimlarni va choyshablarni tez-tez almashtirish lozim.

Tez-tez dushda cho'milib turish tavsiya etiladi. Homilador ayollarga issiq vannada cho'milish tavsiya etilmaydi, chunki u bo'shashtiradi va tez cbarchatadi, har-xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Oyoqlarni issiq suvga solib parlamaslik kerak, chunki bu vaqtdari ilgari tug'ib qo'yishga sabab bo'lishi mumkin. Наг bir ayol ayniqsa homilador ayol tashqi jinsi a'zolarini toza tutishi zarur, aks holda bu a'zolar salga ishib, yiring paydo bo'lishiga, yallig'lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Sut bezlarini tayyorlash. Sut bezlarini tayyorlash, bola tug'ilmasdan ancha erta boshlanadi. Bu bilan ayollar bola emizish jarayonida bo'ladigan ko'krak uchi kelishi va mastit kasalligini oldini oladilar ko'krak yassi yoki botiq bo'lsa uni kuniga 2-3 marta 3-4 minut mashqlar qilishi lozim, buning uchun ko'krak uchiga vazelin yoki boshqa biron moy surtib bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan sirtga qarab ehtiyot bilan cho'zib turiladi. Kiyim kechak siqmasligi lozim, qalin chitdan tikilgan siynaband taqilishi kerak. Homiladorlik normal o'tayotgan bo'lsa, odatdagi turmush tarzini o'zgartirish kerak emas ayol o'z yumushlarini dam olib dam olib, bajaraverishi mumkin. Faqat og'ir narsa ko'tarmaslik, qaltis, keskin harakatlar qilmasligi kerak. Tiniqib kamida sakkiz soat uxlash homilador ayollar uchun muhim ahamiyatga ega.

Tishlarning holati va og'iz. Tishlarni holati va og'iz bo'shlig'iga alohida e'tibor qilish lozim, chunki chirigan tishlar infeksiya manbai bo'lib u tug'riqdan keyin turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ko'pincha homilador ayollar tishlari og'riydi, milklari yumshab qon oqadigan bo'lib qoladi, shuning uchun tez-tez tish doktoriga uchrab turishi kerak. Og'iz bo'shlig'ini toza tutish va kechqurun yotish oldidan tishlarni tozalab yuvish har safar ovqatdan keyin og'izni chayqash kerak.



Turar joy gigienasi. Turar-joy gigienasi xona +0 18-20 S° atrofida bo'lishi va kunda bir necha marta shamollatib turilishi kerak uy ichidagi chariglarni ho'l latta bilan artish kerak. Kunlar iliq paytida doim oynakni ochib qo'yish kerak.

Kiyim va poyabzal. Kiyim va poyabzal: homilador ayollar kiyimi qulay, keng bo'lishi, harakatga halal bermasligi, ko'krak qafasi va qornini qisib qo'ymasligi, yil fasliga mos bo'lishi lozim. Qorinni kattaligini sezdirmaydigan qulay kiyimlar kiyish va bu kiyimlar yaxshi yuviladigan matodan tikilishi lozim. Oyoqqa paypoqni ushlab turadigan aylana rezina paypoq taqish yaramaydi, bu qon aylanishini qiyinlashtirib oyoqning kerikishiga oyoq vena qon tomirlarining varikoz kengayishiga sabab bo'lishi mumkin.

Oyoq venalarining varikoz kengayishida maxsus jasting paypoq kiyish kerak. Qechqurun esa oyoqni ko'tarib yotish kerak.



Homilador ayolning poyabzali qulay, qismaydigan, past poshnali bo'lishi lozim. Agar baland poshnali poyabzal kiysa umurtqaning bel qismi qayishib orqa muskullari zo'riqadi va chanoqda homilani boshi noto'g'ri joylashishiga sabab bo'ladi, qadam tashlayotganda ham behosdan qoqinib ketishiga va vaqtidan avval tug'ib qo'yishga olib keladi.

Bandaj. Homila kattalashgan sari bachadon og'irligi qorin old devorlariga zo'r kelib muskullarning nihoyatda cho'zilib ketishiga, terida taram-taram dog'lar vujudga kelishiga, qorinni osilib, homilani bachadonda noto'g'ri o'rnashib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu kabi asoratlarni oldini olish uchun homiladorlikni ikkinchi yarmida qorin devori uchun maxsus babdaj taqiladi, u qorinni qismay, uni ko'tarib turadigan bo'lishi kerak. Uni homiladorlikning 28-30 haftasidan taqilgani ma'qul.

Mehnat va dam olish tartibi. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishda va muassasalarda, homilador ayollar mehnati qonun bilan himoya qilinadi, ularga ish joyida bir qancha imkoniyatlar, huquq va imtiyozlar berib qo'yilgan. Uy sharoitida o’zini ortiqcha toliqtirmasligi, uy yumushlarini osoyishta bajarishi lozim. Shu bilan birga ko'p o'tirish va yotish zararlidir bunda ayol, semirib ketishi, ich qotishi va ayniqsa muskullari bo'shashib, tug'ishga qiynalishi mumkin. Keskin harakat qilish va og'ir narsa ko'tarish, oyoq mashinkada tikish, velosiped va otda yurish kabi sport turlari bilan shug'ullanish mumkin emas.

Tungi uyqu. Kech soat-10 dan ertalabki soat 6 gacha bo’lgani ma'qul. Sayr 8-9 soatdan kam bo'lmasligi kerak -yozda ertalabki 8-10 gacha, qishda esa 10-13 gacha bo’lgani ma'qul, chunki bu paytda sochma ul'trabinafsha nurlari ko'p bo'ladi. Homiladorlik davrida transportda uzoq yurish mumkin emas, dard tutib qolishi mumkin, bundan tashqari bemor kishilardan uzoqroq yurish kerak, biror kasallik yuqsa homiladorlik kechishi murakkablashadi.

Ovqatlanish. Uni to'g'ri tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Bu vaqtda organizmdagi barcha jarayonlar tezlashadi: Bachadon rivojlanadi, homila o'sadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Yangi yaxshi tayyorlangan taom organizmni doimo kerakli bo’lgan kuch-quvvat bilan ta'minlab turadi. Homiladorlikda vaznining 8-12 kilogramm ortishi me'yor hisoblanadi. Me'yordan ko'p ovqatlanish natijasida vazni og'ir, muskullari "bo'sh", yaxshi rivojlanmagan "xom semiz" chaqaloq tug'iladi. Yetarli ovqatlanmaslik esa bola tashlashga, chaqaloqning yashash qobiliyati kamayib ketishiga, uning o'lik tug'ilishiga, onalar va bolalar o'limiga olib kelishi aniqlangan. homilador ayol spirtli ichimliklar ichmasligi, tamaki chekmasligi kerak va ayniqsa homiladorlikning birinchi oylarida shifokorning ruxsatisiz dori ichmasligi kerak, shuningdek achchiq va sirka quyilgan ovqatlardan o’zini tiyishi lozim. Ko'proq qaynatilgan, parda pishgan ovqatlar, sut, tvorog, pishloq, salatlar yeyish kerak.

Homiladorlar badantarbiyasi: homiladorlar badantarbiyasi - muhim o'rin egallaydi, u shifokor ruxsati bilan amalga oshiriladi. Davolovchi badantarbiya bilan muntazam shug'ullanish homilador organizmining umumiy holatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir, asab sistemalari, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ona va bola yetarli miqdorda kislorod bilan ta'minlanadi. Mana shu davrda homilador to'g'ri nafas olishga o'rganadi, ko'krak-qorin, tos suyagi osti va oyoqlardagi harakatsizlik yo'qoladi, badantarbiya bilan shug'ullangan ayollarda tug'ruq tez va engil o'tadi.

Agar yuqondagi tavsiyalarga og'ishmay amal qilinsa homiladorlik yaxshi kechib, sog'lom bola tug'iladi. Ammo shunday hollar ham bo'ladiki, bu davrda turli asoratlar vujudga kelishi mumkin.



2. Homilador taksikozlari: homilador taksikozlari — ayol organizmidagi fiziologik o'zgarishlar izdan chiqib, moslashishi buzilishidan kelib chiqadi. Agar ayol ilgan yurak-qon tomir, jigar, oshqozon kasalliklari bilan surunkali og'rigan bo'lsa hamda ruhiy va nerv kasalliklariga chalinganida, tuzuk ovqatlanmaganida, bu holat tezroq rivojlanadi.

Jismoniy zaif organizmga boshqorong'ilik zo'r keladi. Ko'pincha ko'ngil aynib qayd qilish bilan boshlanadi.



Tibbiyotda boshqorong'ilik uch turga bo'linadi:

1. Yengil ko'rinishi — bunda ayol bir kecha-kunduzda besh martacha qayd qiladi. Taomlarni, ayniqsa yog' hidiga toqat qila olmaydi. 2-3 kilogramm oziydi.

2. O'rtacha ko'rinishi — kecha-kunduzda 6-10 mar­tacha qayd qiladi, siydikda atseton paydo bo'ladi.

3. Og'ir ko'rinishi — terisi quriydi, harorati ko'tariladi organizm suvsizlanadi, ayol kecha-kunduzda 20-25 martagacha qayd qiladi. 8-10 kilogramm oziydi. Birinchi darajasi uyda davolanish mumkin, lekin ikkinchi-uchinchi darajasi shifoxonada davolanadi. Momolarimiz qadimda kelinchaklar uchun alohida qozon osgan, ellik ovqatlardan asraganlar. Yengil hazm bo'ladigan, servitamin, ayniqsa kalsiy moddasiga boy tvorog, baliq, olma kabi eguliklardan ovqatlanish ona va bola uchun birday foydali.



3. Irsiy kasalliklar va ularni oldini olish. Irsiy kasalliklar kelib chiqish sabablari ko'p, lekin yaqin qarindoshlar nikohidan tug'ilgan bolalarda bu ko'rsatkich yuqon bo'ladi. Sababi yaqin qarindoshlardagi nuqsonlar chatishish natijasida tezda namoyon bo'lishiga sharoit tug'iladi, agar bolalar sog'lom tug'ilsa ham ulardan keyingi avlodda bu nuqsonlar yuzaga chiqishi mumkin.

Masalan: Dominantlikka xos irsiyatni tekshirishda bolaga kasallik ota-onaning bittasida bo'lsa ham o'tishi mumkin.

Retsessiv o'tishda esa kasal bola sog'lom ota-onadan tug'iladi bunda bu kasalliklarni qarindoshlar ichidan topish mumkin (Amaki, akalari, opalari, tog'alari, xolasi). Har bir ota-onaning yarim jinsiy hujayrasi mutant gen tashiydi. Bu kasalliklar ko'pincha ona tomonidagi qarindoshlarda namoyon bo'ladi. Kasal bo'lib ko'proq o'g'il bolalar tug'iladi, Qizlar esa gen tashuvchilar bo'ladi.
Nazorat uchun savollar:

1. Shaxsiy gigiena deganda nimani tushunasiz?

2. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishning homilaga aloqasi.

3. Tishlar holati, karies nima?

4. Homilador ayollar qanday kiyinishlari kerak va o'zingizning shaxsiy fikringiz.

5. Mehnat va dam olish rejimi deganda nimani tu­shunasiz?

6. Homiladorlik toksikozi nima? Kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari.
3-MAVZU

CHAQALOQ PARVARISHI, BOLA YASHAYDIGAN

XONA, YO'RGAKLASH QOIDALARI

1. Momolar o' giti. Onalik muborak bo'lsin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyot bilan ulashlik ulug'ligi, o’zidan yana bir o’zini yaratish qodirligini tuyush va bunday yuksalish muborak bo’lsin.

Olloh ikki jonni hamisha salomat qilsin!

Momolarimiz o'giti hech qachon esdan chiqmasin:

• Har gal chaqaloqni qo'lingizga olib emiza boshlaganingizda yaratuvchiga shukur qilib, uning ulug'ligini tan oling.

"Bismillahir rohmanir rohim" bilan ko'krak tuting.

Keksalarimiz shundan bolaning yuzi farishtali qalbi nurli bo'ladi deyishadi.

• Hadislarda ayollarga homilador bo'lish, bola tarbiyasidan tashqari erlari bilan yaxshi muomilada bo'lib, namoz ham o'qisalar jannatga kirishlari shubhasiz deyilgan.

• Chillali chaqaloq xonasida ham tunlari chiroq yonib tursin.

• Momolarimiz asraydi deb chaqaloqning yostig'i ostiga kulcha non qo'yishgan, keling yaxshi irimni biz ham tark etmaylik.

• Chaqaloqqa ism qo'yganda xosiyatli kunlarni tanlash lozim.

Qarindoshlar ismini qo'ymaslikka odatlangan ma'qul.

• Bolani emizishdan oldin poklanib olish kerak.

• Emizikli ayol oldida ovoz ko'tarilmaydi, aks holda sut qochadi deyishadi.

• Bolani emizib bo'lgach qolgan sutni sog'ib oling va uni duch kelgan yerga to'kmay, gulning ostiga ohista to'king.

• Keksalar bolaning sochini gulning tagiga tirnoqlarini toza joyga ko'mish darkor deydilar.

• Chaqaloqning kiyimlari alohida sovunda, alohida tog'orada yuviladi. Uning kiyimlari qorong'ida qolmasin, yo'qsa uchinadi deydi momolarimiz.

• Bolaning idish-tovog'ini alohida tutib, ustiga toza sochiq yopib qo'yiladi.

Pichoq, qaychi, bolta kabi keskir narsalarni va issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan uzoqroq tuting.

Bolani emizayotganda, yo'rgaklayotganda sochlarni turmaklab, ro'mol o'raladi.

Kechasi emizayotganda uxlab qolmang.

Bola tug'ilgandan keyin 3 haftagacha davr kichik davri, 6 ti haftagacha davr katta chilla davri deyiladi. Bola 1 yoshga to'lguncha go'daklik davri deb yuritiladi. Yoshigacha kasalga chalinmagan bola sog'lom o'sadi deydi momolarimiz.

Homiladorlikni 39 haftasidan keyin tug'ilgan bola yetilib tug'ilgan hisoblanadi. Uning vazni o'rta hisobda 3, 300 bo'ladi. Lekin vazni 2, 500dan 4-5 kg gacha bo'lishi mumkin.

Chaqaloq dastlabki kunlari boshini tutib tura olmaydi. Boshi yumshoq, suyaklar birikkari joylarda liqildoqlar bor. Katta liqildoq 18 oyda kichigi esa 8 oyda bitadi, terisi yupqa, pushti rangda. Ko'pincha bolalar tug'ilgan zahotiyoq siyadi. Dastlabki 2 kunda ichagidan yashilroq, deyarli qop-qora, qora moyga o'xshash modda mekoniy keladi.

Chaqaloq ko'radi, lekin uning sezgisi kattalarga nisbatan 20 marta pastroq bo'ladi. U yaltiroq, qizil narsalarni ko'radi. 10 kunlik bo’lganida hididan, 5 haftada ovozidan, 3-5 oylikda ko'zi bilan taniydi.

Eshitish: olimlarning aytishicha chaqaloq ona qornidayoq eshita boshlaydi.

2. Chaqaloq parvarishi. Bola yashaydigan xona iloji bo'lsa alohida, ozoda, quruq va yorug', t° 20-25°S atrofida bo'lishi zarur.

Derazalardagi katta pardalar, gilam, turli yumshoq mebel, tuvakdagi gullar va shu kabi narsalar boshqa xonaga chiqarilishi lozim, chunki bular o'ziga chang yig'ib bolaga allergik reaksiya berishi mumkin. Xonada faqat bolaning beshigi yoki krovatchasi va shkafcha bo'lishi kerak. Krovat yohud beshik xonaning yorug', issiq joyida turishi kerak.



Chaqaloq uchun zarur parvarish buyumlari: Vannacha, ko'zacha yoki krujka, 3 ta termometr (suv, tana va uy havosi uchun), mochalka, bolalar sovuni, sochiq, №1 klizma ballonchasi, grelka, steril paxta, bint, vazelin, 6-dona so'rg'ich, 2 ta tomizg'ich, qaynatilgan o'simlik moyi, yod, brilliant yashili kabilar bo'lishi lozim.

Amaliy mashg'ulot: Chaqaloqqa kiygiziladigan kiyim-kechak va yo'rgak 20-25 dona 70x100 smli surp yo'rgak, 10 dona paxmon yo'rgak, 2ta 60x60 kleyonka, 20ta surp taglik, 6-10 ta chit ko'ylakcha, 5 ta paxmoq ko'ylakcha 2-3 ta chit va issiq qalpoqcha. Ko'ylakchalarni engi tikib qo'yilsa bola yuzini tirnab olmaydi.

3. Chaqaloqni cho'miltirish. U tug'ruqxonadan kelgan kuniyoq cho'miltirish kerak. O'zbeklarda ko'proq buvilar, onalar bu muolajani boshlab berganlar va yosh onalarga o'rgatganlar. Cho'miltirishdan avval yuqondagi kerakli parvarish buyumlari tayyorlab qo'yiladi. Vannacha tozalab yuvilib, bola tanasini biroz kuymaydigan qilib suv quyiladi.

T°36.537°S, bo'lishi kerak..Xona t° 25°S. Bola asta-sekin yo'rgagi bilan suvga tushiriladi. Olti oygacha har kuni, keyin kun ora cho'miltiriladi. Cho'miltirishda bolani boshi va orqasini chap qo'l bilagiga qo'yiladi, o'ng qo'l bilan dumba va oyog'idan ushlab turib suvga tushiriladi. Keyin o'ng qo'l bilan badani suvlanadi, sovunlab chaqaloq boshini peshonasidan orqaga, ensa tarafga qaratib yuviladi, shunda bola ko'ziga sovun tushmaydi. Boshiga qaynatilgan o'simlik moyini surtib qo'ygan bo'lsangiz sovunli latta bilan artib olinadi. Boshidagi ko'pikni yuvib tashlagach, qo'lni yana sovunlab quloq orqasi, bo’yni, ko'krak, biqinlari va osti yuviladi. Suv quyishda bolani old tarafi bilan pastga qaratib, chap bilakka osilib turgandek holatda tutiladi. Cho'milgan bolani tezda choyshab yoki sochiqqa yotqizib avval boshi o'rab quritilgach, tanasi va oyoqlari bot-bot bosib quritiladi. Iloji boricha kechki payt 8-9 larda cho'miltirish kerak.



Cho'miltirish muddati 5-7 minutdan oshmasligi kerak. Cho'miltirib bo'lgach ovqatlantiriladi. Kundalik cho'miltirishdan tashqari har kuni erta bilan yuvib taraladi. Emizib bo'lgach terisi, bo’yni, qo'ltiqlari, choti, taqim, tirsak, qu­loq orqasida qizargan bichilgan joylar bor-yo'qligini tekshiriladi va o'sha joylarga steril vazelin yoki o'simlik moyi surtiladi. Chaqaloq yuzi va qo'llari qaynagan suvga paxta xo'llab artiladi, shunday paxta bilan, burun, tomoq artiladi. Burunda qatqaloq bo'lsa bir tomchi o'simlik moyi tomizilib, paxta pilik bilan tozalanadi.

Og'zi choy sodasi ko’shilgan eritma bilan artiladi. Chaqaloq sutkada 1-5 marta siyadi, 3-5 marta ichi keladi. Har safar osti tozalanib yuviladi. Qiz bola ostini oldidan orqa tomoniga qaratib yuviladi.



4. Chaqaloqdagi patologik holatlar, ich dam bo'lishi, qabziyat. Agar terisi toza turmasa infeksiya tushishi mumkin, agar terida mayda yiringli toshmalar paydo bo'lsa uyga shifokor chaqirtiriladi. Chunki bola bir oylik bo'lguncha poliklinikaga olib chiqilmaydi.

Uyga kelganingizda hali kindik yarasi suvchirab turgan bo'lsa 3-4 kun 3% pereks vodorod bilan yuviladi va zelyonka surtiladi.



Yo'rgaklash: avval adyol yozilib, ustiga paxmoq yo'rgak, bolalar kleyonkasi, chit yo'rgak va uch burchak qilib taxlangan taglik qo'yib tayyorlanadi.

Yo'rgaklashda bola kindigidan yuqon ko'tariladi, taglikning ikki uchi bola qorniga o'ralib, uchunchisi oyoqlari orasiga qo'yiladi, keyin belidan chit yo'rgak o'raladi, so’ngra paxmoq adyolga o'raladi.



Sayr: chaqaloqni yilning har qanday faslida ham 2-3 mahal sayr qildirsa bo'ladi.

Chaqaloq yig'isi asosan atrofdagilar bilan muloqot qilishidir: U tagi xo'l bo’lganda, ichi dam bo’lganda, ichi qotganda yoki qulog'i shamollaganda yig'laydi. Yoki "qornim och", "chanqadim", "isib ketdim", "sovqotdim", "qisib yo'rgakladingiz", zaylida yig'laydi.



Ich dam bo'lishi: bola bezovtalanib, oyoqlarini tipirchilatib qorniga tortadi qorni qattiq bo'ladi. Shunda bolani chalqancha yotqizib, qorni soat strelkasi bo'yicha silanadi, yel chiqib ketadi.

Ich kotishi: bola noto'g'ri emizilsa, suv ichirib turilmasa sutkasiga 1 marta ham ichi kelmasa, uni qorni bilan yotqizish, keyin soat strelkasi bo'yicha silash, agar naf bermasa tozalovchi klizma qilinadi.

5. Beshikriirig afzalligi. Beshik hozir yana taomilga kirib, qo'llana boshladi. Bunda bolaning osti quruq bo'ladi, suyagi tekis, chiroyli o'sadi, qishda sovqotmaydi, yozda elvizakdan himoya qiladi.

Shu o'rinda chaqaloq va emizilik davr ya’ni 1 yoshgacha davr to'g'risida qisqacha to'xtalib o'tamiz.



Ona suti:

1. Bola uchun eng to'yimli ovqatdir.

2. Bolaga oson singib, to'la hazm bo'ladi.

3. Bolani infeksiyalardan saqlaydi.

4. Bola ona mehridan bahramand bo'ladi.

5. Yaxshi o'sishini ta'minlaydi.

6. Onani bemavrud bo'yida bo'lishdan saqlaydi.

7. Onaning salomatligini saqlaydi.

Ona sutida 100 dan ortiq zarur moddalar bor, unda oqsil, yog', uglevodlar 1:2:3: nisbatda bo'ladi va bola ehtiyojini to'la qondiradi. Ona sutidagi oqsil oson singiydi, almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar ko'p bo'ladi. Sigir sutidagi yog'lar mayda yog' zarralari bo'ladi va ona sutidagiga nisbatan 50-60 marta qiyin hazm bo'ladi.

Ona suti tarkibida lipaza fermenti bor, u yog'larni parchalaydi, sigir suti yoki sun'iy aralashmalarda bu ferment sutni qaynatish va qayta ishlashda parchalanib ketadi.

Bundan tashqari ona sutida laktoza degan uglevod bo'lib u bolaning ichak yo'lida ovqat hazmini yaxshilaydi.

Bolalarda ayrim hollarda laktoza fermentining etishmasligi bilan ifodalangan kasallik bo'ladi. Ona sutiga to'ymagan, sigir suti va sun'iy boqilganda ko'p uchraydi. Bu kasalliklarda bola ko'p bezovtalanadi, ichi buzilib tez-tez ketadi, axlati suyuq va bijg'igan bo'ladi. Kasallik boshlanishida bolani qayta ona sutiga o'tkazishning iloji bo'lsa — bu yaxshi. Ona sutida temir, kal'siy, fosfor, magniy, ruh, kaliy, ftor zapasi ko'p, ayniqsa ona sutida temir moddasining ahamiyati katta.

Temirning o'zlashtirilishi ona sutida 70%, sigir sutida 30%; sun'iy aralashmalarda 10% ni tashkil etadi. Ona sutidagi vitamin miqdori bola ehtiyojini dastlabki oylarda to'liq qoplaydi. Ona suti tarkibida to'yinmagan yog' kislotalar bo'lib ular sigir suti yoki sun'iy aralashmalarda kam bo'ladi. Ular bolaning yaxshi o'sishiga bosh miyasining rivojlanishida, ko'rish organining rivojlanishida faol qatnashadi.

Ona suti tarkibidagi yog' miqdori bolaning emishiga qarab har-xil, oldingi sutda yog' kamroq, oqsil, uglevodlar ko'proq, oxirgi sutda esa yog' ko'proq, sut quyuqroq bo'ladi. Shuning uchun iloji boricha ko'krakka yig'ilgan hamma sutni emdirishga harakat qilish lozim.

Bola kun davomida necha marotaba emishini bola o'zi belgilaydi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 1992 yilgi tavsiyasiga ko'ra, bola ko'krakni xohlagan vaqtida emishi yaxshi natija beradi.

Bolani besh oylikdan qo'shimcha ovqatlantiriladi, uni emizishdan oldin 2 choy qoshiqdan bera boshlanadi.

Dastlab sabzavot pyuresi berila boshlaydi. Besh oylik bola to'rt mahal emadi, bir mahal sabzavot pyuresi, va pishirilgan tuxum sarig'ini eydi. Olti oyda bo'tqa (guruch -manniy ) berila boshlaydi. Ettinchi oydan yog'siz sho'rva berila boshlaydi. Sakkiz oylikdan uch mahal, 11-12 oy­likdan bir mahal emiziladi. Shu davrdan boshlab bolani butunlay ko'krakdan ajratish mumkin.

Tayanch ibora:

Liqildoq- boshning suyagi yo'q joylari.



Nazorat uchun savollar:

1. Chillali chaqaloq bor xonadonda qanday tadbirlar ko'riladi, momolar o'gitlarini eslang.

2. Bola vazni haqida tushuntirib bering.

3. Chaqaloqning ko'rishi, hid bilishi, sezgilari haqida so'zlab bering.

4. Chaqaloq turadigan xona.

5. Chaqaloqqa ishlatiluvchi parvarish buyumlar.

6. Chaqaloq qanday yuvintiriladi?

7. Chaqaloqni yo'rgaklash sirlari.

8. Teri kasalliklarining oldini olish.

9. Boladagi patologik holatlar va ularning sabablari.

10. Beshik haqida sizning fikringiz.

4-MAVZU

OILA VA BOLALAR TARBIYASI,

ULARNI TO'G'RI TARBIYALASH SHARTLARI
1. Donishmandlarning bola tarbiyasi haqidagi mulohazalari. Bolalarning murg'ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta'sir etmaydi va barcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat yo'q. (N.I.Novikov).

Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga kirganini so'rabdi. Besh yoshga to'lganini bilib onaga xitob qilibdi:

— Tezda uyga qayt!

Bola tarbiyasida eng kerak bo’lgan besh yilni sen boy berib qo'yibsan! Shunday, bola dastlabki yillarda tez va ko'p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom etaveradi. "Lekin siz mevani keyin ko'ra boshlaysiz, — deydi bir donishmand — bu o'zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan tarbiyangiz gulining mevasidir" bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali borligiga singib boraveradi.

Donishmandlar kishi keyin umr bo'yi o'zi yashaydigan yaxshilik va yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bala bilan keksalik o'rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.

Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo'lishi ko'p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrning qanday o'tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bog'liqdir. Bolaga munosabatda avvalo uning yosh darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko'ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:



2. Tarbiyaning yoshga bog'liq jihatlari:

1. Uch yoshgacha.

2. uchdan yetti yoshgacha.

3. yettidan o'n yoshgacha.

4. o'ndan - o'n to'rt yoshgacha.

5. o'n to'rtdan-o'n sakkiz yoshgacha.

Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana vazni uch hissa oshadi, bo'yi 25 sm o'sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o'rganadi, emishdan to'xtaydi, bola oyog'ida turishni, kattalar qo'lini ushlab yoki o'zi mustaqil yurishni biladi. 3 yoshgacha bu ko'rsatkich oshib boradi,

qo'llar harakati takomillashadi, mustaqil kiyinadi, echinadi, yuvinadi, qo'li bilan nozik harakatlarni qiladi, u endi qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o'rganadi, shuning uchun ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo'lishlari kerak. Tana a'zolarining to'g'ri rivojlanishi aniq-ravon so'zlashga o'rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik bilan ish tutishlariga bog'liqdir. Bolaning 3-7 yosh oralig'i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon tushunchasi haqida to'g'ri tushunchalarni shakllantirish uchun unga yolg'on gapirmaslik, savollariga to'g'ri, jiddiy javob berish kerak. Bundan tashqari bolalarda gigienik ko'nikmalarni go'dakligidanoq shakllantirish kerak 2-2, 5 yoshidan yuz-qo'l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko'maklashish zarur. Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog'lig'ini saqlash uchungina emas balki uni kelajakda ham pokiza bo'lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga o'rgatish kerak. Buning uchun kichkintoyga bolalar tish cho'tkasi, pastasi berish lozim.

To'g'ri uyushtirilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Bolani aniq belgilangan vaqtda ovqatlantirish kerak, pala-partish ovqatlantirish bolalar salomatligiga yomon ta'sir qiladi. Yosh bolalarning nerv sistemasi juda ta'sirchan bo'ladi. Bolalar darrov cbarchab qoladilar va dam olishga ehtiyoj sezadilar. Dam olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va kunduzgi, uyqu muddati bolaning yoshiga bog'liq nimjon bolalar ko'proq uxlashi lozim, uyqudan oldin ochiq havoda sayr qilish foydali, kechki ovqat yotishdan 1-1,5 soat oldin berilishi kerak.

Bola sog'lig'ini saqlash, mustahkamlash va uni har tomonlama rivojlantirishda chiniqtirish muhim rol o'ynaydi. 2-3 yashar bolalarning toza havo bilan chiniqishi muhimdir. Bundan tashqari quyosh vannalari suv bilan chiniqtirish ham juda foydali. Yosh bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida tarbiya qilish, ularni oilada tarbiyalashga qaraganda bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola uchun yasli-bog'cha tanlashda "moda orqasidan quvmaslik, sportni yoki diet tilini o'rgatadigan bog'chani qidirmaslik kerak. Uyingizga yaqin bo’lgan yasli-bog'cha eng qulay va hammasidan yaxshi bo'ladi. Uy sharoitida ba'zi bir ko'nikmalarni o'zlashtirgan bola bog'chaga borganda qiynalmaydi. Qoshiqdan mustaqil foydalanishni bilgan, o'zlari kiyinadigan va echinadigan bolalar bog'chada o'zlarini dadil his qiladilar va tez ko'nikadilar. Bundan tashqari bola hayotini o'yin va o'yinchoqlarsiz, ertaklar va musiqasiz — fantaziyasiz va ijodiyotsiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'yin va o'yinchoqlar olamida yayrab yashagan bolaning hayotini ma'naviy to'laqon deyish mumkin. Bolaga o'yinchoq tanlayotganda uning yoshi, qiziqishi va sharoiti ko'zda tutiladi.

Yoshi katta bo'lishi bilan o'g'il bolalar texnikaga oid ayniqsa transport va shu kabi o'yinchoqlarga qiziqishi ortadi, bu o'yinchoqlar bolalarda turli kasb va mutaxassisliklarga qiziqish tug'diradi, ota-ona bu qiziqishni vaqtida payqab, rag'batlantirishi kerak. Qo'g'irchoqlar qizlarning sevimli o'yinchoqlaridir, 1-2 yoshli qizchalar ko'zi ochilib yumiladigan, "Ingalaydigan qo'g'irchoqlarni yaxshi ko'radilar. 1-4 yoshli qiz bolalarga plastmassadan qilingan kiyimsiz qo'g'irchoqlar ma'qul, qizlar ularni o'zlari cho'miltiradilar, kiyintiradilar, yo'rgaklaydilar. Sport o'yinchoqlari (koptok, arg'imchoq, kabilar) bolalarni jismoniy baquvvat qilishga xizmat qiladi.

Musiqa o'yinlari bolalarni badiiy qobiliyatlarini o'stiradi. Umuman olganda bolalar o'yinchoqlari shartli ravishda 3 ta guruhga ajiratiladi:

1. Syujetli o'yinchoqlar.

2. Quruvchilik o'yinchoqlari.

3. Turli materiallar agar bolani yoshlikdan o'yinchoqlarini toza tutish, ehtiyot qilishga o'rgatib borilsa ular uy anjomlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni o'rganadilar.

Oilada bolaga tarbiya berishning qator o'ziga xos prinsiplari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi. Ular quyidagicha: tarbiyada ota-onaning ma'suliyati, tarbiyadagi birlik, ota-ona obro'si, mehnat tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasini bog'cha, maktab va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borishi, ota-onaning barcha bolalarni teng ko'rishi, ularga adolatli munosabatda bo'lishi, tarbiyada bolaning o'sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, bola shaxsini hurmat qilish, unga talabchan bo'lish kabilardir. Buning uchun ba'zi tarbiya usullarini bilib qo'yish foydadan xoli emas.



3. Bola tarbiyasi prinsiplari. Masalan: ibrat - namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, odatlantirish, o'rni kelganda nasihat qilish, tarbiya berish, unga munosabatni o'zgartirish, ishontirish, rag'batlantirish, qoralash kabi usullar.

Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o'rin tutadi maqsadimiz — barkamol avlodni tarbiyalash uni Vatanga muhabbat ruhida xalqning eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy an'analari ruhida, jamiyat uchun bilimdon va madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashdir. "Agar siz fuqaroni tug'ib qo'yib, uni o'z mehringizdan benasib qilsangiz, marhamat qilib jamiyatni bu razil niyatingizdan ogoh etib qo'ying - deydi A.C.Makapenko "ota-ona mehridan benasib bolalar ko'pincha mayib kishilar bo'lib yetishadilar.



4.Hamma bolaga bir ko'zda qarash. Oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalashning shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. Hamma narsada bolaga muomalada, jazolashda, ta'sir o'tkazishda, birlik bo'lishi zarur. Ko'pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani dadasi ta'qiqlab qo'yadi. Bolalar talabchan otasi bilan kam talabchan onasi va umuman talabchan bo'lmagan buvisi o'rtasida o'zlaricha yo'l topadilar. Kattalar o'rtasidagi kelishmovchilikni ko'rib bolalar mug'ombirlik, aldamchilik, xushomadgo'ylikka o'rganadi. Ayrim ota-onalar bolaga haddan tashqari mehribonlik qilib, girgitton bo'ladilar, uning hamma vazifalarini o'zlari bajarishadi, barcha injiqlik va o'jarliklarini ko'tarishadi, natijada bola noshud, bemehr bo'lib o'sadi. Ota-onaning hamma bolalariga bir xil bo'lishi, tarbiyaning muhim shartlaridan bo'lib, opa ukalarning ahil, bir-biriga mehribon, oqibatli bo'lishiga olib keladi, bola nazarida ota-onaning obro'si oshadi, odamlar bilan hisoblashishga, ularning ko'nglinii ranjitmaslikka, odamlarni qadrlashga o'rgatadi. Bir ota, bir onaning farzandlari fe'1-atvori jihatdan bir-biriga o'xshamaydi, ota-ona bolalarning sho'xini ham, qobilini ham bir xil mehr bilan sevishi, kattasini katta, kichigini kichik o'rnida bilib har birini o'ziga qarab muomala qilishi lozim. Birini ikkinchisidan ortiq ko'rish yaramaydi. Tarbiya avvalo oilada, bog'chada, so’ng maktabda, jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda olib boriladi, tarbiyalashning muhim xususiyatlaridan biri, uni uzluksiz olib borishdir. Ba'zan onalar ikkinchi farzandni ko'rishgach kattasi g'ashlik qilayotganini aytib qolishadi, buning oldini olish uchun to'ng'ichga endi aka, opa bo'lganini aytish, ukasini boqishda yordamlashishi kerakligini tushuntirish lozim. Tarbiyada har bir bolaga alohida muomala, munosabat, e'tibor kerak. "U bolaku, bolaga bo'laveradi", "yumalab, sumalab katta bo'lsa rizqini topib yer", "hammasiga keyin o'zi o'rganib ketadi", kabi fikrlarni qo'yib, bolani tug'ilganidan voyaga yetkuncha tarbiyalab borish kerak. Bolaning tabiiy ehtiyoji bo’lgan narsalarni taqiqlash yaramaydi, bolani tez o'sayotgan organizmni harakat qilib turishni talab qiladi. Bola o'jarlik bilan gapga quloq solmaydi, yig'laydi va asabiylashadi. Keyinchalik esa vazmin, uyatchan bolaga qo'pol muomila qilinsa u juda qo'rqoq bo'lib qoladi, hayotda mustaqil yashashga qiynaladi.

Tayanch ibora:

Syujet - ma'nosi.


Nazorat uchun savollar:

1. Bola tarbiyasini qachon boshlash kerak?

2. Bola tarbiyasida yosh darajasi nima?

3. Bolaning dam olishi deganda nimani tushunasiz?

4. Bola qanday bog'chaga qatnashi lozim?

5. O'yinchoqlar, ularning turi va bala rivojiga ta'siri.

6. Tarbiyaning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

7. Tarbiyaning asosi nima?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov. "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida", Toshkent. "O'zbekiston", 1997 y.

2. I.A.Karimov. "Ma'naviy yuksalish yo'lida". Tosh­kent. "O'zbekiston", 1998 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. "O'zbekiston", 2003 y.

4. "O'zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar". Toshkent "Adolat", 1998 y.

5. I.A. Karimov. "Barkamol avlod orzusi". Toshkent. "Sharq", 1999 y.

6. O.Musurmonova. "Oila ma'naviyati milliy g'urur" Toshkent. "O'qituvchi", 2001 y.

7. R.Usmonov. "Saodatnoma". "O'qituvchi", 1995 y.

8. G'.B.Shoumarov. "1001 savolga psixologning 1001 javobi" Toshkent. "Mehnat", 2001 y.

9. M.Xolmatova. "Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog'lom avlod tarbiyasi"

10. X.Sodiqov, H.Boboev, X.Odilqonev. "Xotin-qizlarning huquqlariga oid qonun kafolatlari". Toshkent. "O'zbekiston", 2000 y.

11. T.Qurbonov. "Odobnoma". Toshkent. "O'zbekis­ton", 1991 y.

12. M.Sattor. "O'zbek udumlari". Toshkent. "Ado­lat", 2004 y.

13. V.P.Bisyarina. "Bolalar kasaliklari". Toshkent. "Medisina", 1988 y.

14. B.Qoraxo'jaev. "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" I.T.Salomov. "Ibn Sino", 1997 y.

15. Xotin-qizlar ensiklopediyasi. Toshkent. 2002 yil.

16. A.A.Qodirova va boshq. "Bolalar ginekologiyasi". Toshkent. "Ibn Sino", 1998 y.

17. A.A.Qodirova, Z.Abdullaeva. "Ayollarga o'gitlar". Toshkent. "Ibn Sino" 1999 y.

18. D.Sidiqov. "Lazzatli taomlar". Toshkent. "O'zbe­kiston", 1981 y.

19. K.Mahmudov. "Mehmonnoma". Toshkent. "Yosh gvardiya",

1989 y.


20. A.Fitrat. "Oila". Toshkent. "Ma'naviyat", 2000 y.

21. K.Munavvarov. "Oila pedagogikasi". Toshkent. "O'qituvchi", 1994 y.

22. U.Mahkamov. "Axloq odob saboqlari". Toshkent. "Fan", 1994 y.

23. S.Mahkamov. "Islom dini va oila tarbiyasi". Toshkent. "G'.G'ulom", 2000 y.

24. "Odob-axloqqa oid hadislar". Toshkent "Fan". 1990 yil.

25. R.Shomansurova. "Er eplamoq oson, lekin. ......".

"O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi", Toshkent. 1998 y.

26. Kaykovus. "Qobusnoma". Toshkent. "Istiqlol", 1994 y.

27. "Sog'lom avlod uchun " oynomasi 1997-98 yillar. (7-11-sonlar).


MUNDARIJA

Qobusnoma.…………………………………………………..………....… 2



I BOB. OIIA VA JAMIYAT

1-Mavzu: Oilashunoslik fani maqsadi va

vazifalari……………………….…………………….……….……….…....4

2-Mavzu: Jamiyat taraqqiyoti va oila ………….……………….….….…. .8

3-Mavzu: Demokratik jamiyatda oilaviy munosabatlarning huquqiy

asoslari.………………...………………………..….…………….….……12

4-Mavzu:Oilaning axloqiy asoslari …………………….…….………..… 20

5-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining demografik siyosati va sog'lom turmush tarzining aholi

salomatligiga ta'siri…………………………………………………..…....24
II BOB. OILAVIY HAYOTGA TAYYORGARLIK
1-Mavzu: O'qimishli, pokiza, pazanda, hammaga yoqqan kelin bo'lish

sirlari ……………………………………………………………….……. 29

2-Mavzu: Go'zal bo'lish sirlari — teri parvarishi,

soch va tish parvarishi…………….……………………………..….….….35

3-Mavzu: Mehmonga borish, mehmon

kutish odobi……...………….…………………………………………..…49

4-Mavzu: Bo'sh vaqtni samarali o'tkazish ...………….…….………..…... 53

5-Mavzu: Milliy urf-odatlar, an'analar, udumlar….…..……………....….. 55



III BOB. OILADA JINSIY TARBIYA MASALALARI

1-Mavzu: Ayollar jinsiy a'zolari anatomiyasi, fiziologiyasi va ulardagi nuqsonlar ………………………………………..………….………...…. 60

2-Mavzu: Hayz sikli va uning o'zgarishi……………...………..….…..… 66

3-Mavzu: Befarzandk va uning sabablari……………………...….…..…..71

4-Mavzu: Irsiy kasalliklar muammolari ………………..……….…..…... 76
IV BOB. NIKOH OLDI OMILLARI
1-Mavzu: Nikoh oldi omillari va uning bo'lajakoilaga ta'siri…….…..… 80

2-Mavzu: Nikohda muhabbat va mijozning o'rni……………..……..….. 83

Shahvoniy nafs……………….…………………………………..…....….85

V BOB. OILA - MUQADDAS DARGOH
1-Mavzu: Oila tarixi.………………………….……..…………..….…….87

2-Mavzu: Nikoh, nikoh haqida Qur'on va hadislarda.…………………… 90

3-Mavzu: Yangi turmush qurgan kelin va kuyovlarning

o'zaro munosabatlari……………………….………………….…..……... 94

4-Mavzu: Kelin-kuyovlarning ota-onaga munosabati va ota-onaning kelin-kuyovlarga munosabati ……….….……………….…………..….…….... 98

5-Mavzu: Oilada nizolar kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish

yo'llari …………………………..…………………..…………..…...….. 103

6-Mavzu: Ajralish sabablari va uning salbiy

oqibatlari…………………………….…………..………….…………… 107

Mulohaza uchun mavzu…….…….………………………….………..... 110

7-Mavzu: Zararli odatlar, ularni bartarafetish

yo'llari.…………………………………….………………….…………. 117


VI BOB. ONA BO'LISH VA UNING RIVOJLANISHI
1-Mavzu: Homilador bo'lish va uning rivojlanishi…..………..…..……..121

.

2-Mavzu: Homiladorlik davrida kun tartibi, ovqatlanish rejimi, kamqonlik va uning tug'ilajak bolaga ta'siri…….…….………………....………….. 124



3-Mavzu: Chaqaloq parvarishi, bola yashaydigan

xona, yo'rgaklash qoidalari …..………………………..…….…..……….128

4-Mavzu: Oila va bolalar tarbiyasi, ularni

to'g'ri tarbiyalash shartlari ………………...……………………………..132

Foydalanilganadabiyotlar……………..…………………..…………..… 136

Aziza RUSTAMOVA, Bashorat FOZILOVA




OILASHUNOSLIK

Muharrir B.Ergashev

Badiiy muharrir T.Sa'dullaev

Kompyuterda

sahifalovchi D.Isamuxamedova

Bosishga 23.08.2004 yilda ruxsat etildi. Qog’oz bichimi 84x108 1/32-

Bosma tabog’i 12,0. Nashriyot hisob tabog’i 10,1.

Adadi 2000 nusxa. 359 sonli buyurtma.



Narxi shartnoma asosida.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" nashriyoti. Toshkent shahri, 700170. A.Muhiddinov ko’chasi,

26-uy.
O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining Toshkent kitob-jurnal

fabrikasida chop etildi. 700194, Toshkent, Yunusobod dahasi,


Murodov ko’chasi, 1-uy.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish