O’ZBEKISTON RESPUBUKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMINI R1VOJLANTIRISH
INSTITUTI
Aziza RUSTAMOVA, Bashorat FOZILOVA
OILASHUNOSLIK
Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo'llanma.
BUXORO
“BPK”
2005
P 92. Rustamova A., Fozilova В.
Oilashunoslik: Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma /Aziza Rustamova, Bashorat Fozilova; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi; O'rta maxsus kasb-hunar ta'limini rivojlantirish instituti. — Т.: Adolat, 2004. - 192 bet.
Muallifdosh.
BBK 87.77 ya 722
Mas'ul muharrir: Ulfat Mahkamov, Pedagogika fanlari doktori,professor.
Taqrizchilar: H.Temirov, Farg'ona Davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri.
K.Ishanov, Marg'ilon Pedagogika kolleji direktori.
Ushbu qo'llanma “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi "O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonidan kelib chiqib, jamiyatda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni kasbiy, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan o'stirishga hamda sog'lom oilani shakllantirishga bag'ishlanadi.
Qo'llanmada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila, nikoh, jinsiy tarbiya, onalik va bolalik tushunchalari keng yoritiladi. Shuningdek, milliy urf-odatlarimizga tayangan holda yoshlarning kelajak hayotiga xizmat qiladigan ma'lumotlar ham o'rin olgan.
Mazkur qo'llanmadan "Oilashunoslik" masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
QOBUSNOMA
(Kaykovusning nasihatnomasi)
Ey farzand, aslingning qadru qimmatin bil va asli kam odamlardin bo'lmagin. Bu dunyo bir ziroatgohdir, har nima eksang shuni o'rasan va har na so'z desang, shuni javobini eshitursan.
Ey farzand, har vaqtkim o'zingni tanisang, Ollohni tanursan.
Ey farzand, bilgilki Ey farzand, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish m, Xudoyi taolo jahonni behuda va bekor yaratmadi.
vojibdir, nedinkim uning asli ota va onadir. Ota va ona farzand uchun o'limga ham tayyor turadirlar.
Ey farzand, aql bir moldurki, uni o'g'ri ololmas, u o'tda yonmas, suvga oqmas, bas, aqling bo'lsa, hunar o'rgangin.
Ey farzand, ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf yetkurmas.
Ey farzand, barcha hunardin so'z hunari yaxshiroqdir, nedinkim hamma maxluqotdin odam yaxshiroq yaraldi va o'zga jonivorlardin odam o'n daraja ziyodadir. Tilingni yaxshi hunar bilan o'rgatgil va muloyim so'zdan boshqa odat qilma.
Ey farzand, yaxshilik qil va qilg'on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo'lmagil.
Yaxshilik va yomonlik mukofoti albatta yetgusidir.
Ey farzand, sen hunarni donodan o'rganmasang, nodondin o'rgangil.
Ey farzand, badanni o'zingga mute' qil va uni qahr birla itoatga buyurgil.
Ey farzand, sen har nechaki dono bo'lsang, o'zingni xalqdin donoroq bilmagil, nedinkim o'zingni nodon bilding — dono bo'lding.
Ey farzand, yolg'on va behuda so’z aytmak devonalikning bir qismidur.
Ey farzand, agar sharob ichmasang, ikki jahon foydasini topgungdur: haq taoloning xushnudligin va xalqning malomatidin qutulgungdur.
Ey farzand, mehmondil bo'lgil va mehmonga ta'na qilmagil.
Ey farzand, bilgilkim, ko'p kishilar debdurlarkim, hazil-mazoh fasodning muqaddimasidur.
Ey farzand, bilgilkim, to kishi tirikdur, do'stsiz bo'lmagusidir. Yaxshi-yomon odamni bilgil va ikkoviga ham do'stlik qilgil. Yaxshilarga ko'ngil bila va yomonlarga til bila do'stlug' qilgin, toki ikki toifaning ham do'stligi senga nisbatan hosil bo'lsin, nedinkim, kishining hojati tanho do'stiga tushmagusidir. Bir vaqt bo'lurki, kishining hojati zararat yuzasidin yomonlarga ham tushgusidir.
Ey farzand, aqlsiz kishilar bilan hargiz do'st bo'lmagil. Aqlsiz do'st aqlli dushmandin yomonroqdir, chunki aqlsiz do'st shundoq ish qilurki, aqlli dushman uni qila olmas.
Ey farzand, odamlar bilan do'stliging, o'rtacha bo'lsin. Do'stim ko'p deb barchasiga umid birla ko'ngil qo'ymagil. Ilgari va keyinga qaragil. Do'stlaringning e'tiqodidin g'ofil bo'lmagil.
Agar qashshoq bo'lsang, moldor do'st talab qilmagil. O'zingga loyiq do'st axtargil. Agar sen moldor bo'lsang va qashshoq do'st tutsang, bu ravodur. Agar do'stingni ko'ngli hech gunohsiz sendin qolsa, qaytib kelurga mashg'ul bo'lmagil, nedirkim, ta'magir, kekchi do'stdin uzoq bo'lgil, uning do'stligi haqiqiy ermasdir, balki tama' uchundir.
Ey farzand, hargiz hech kishini o'zingga dushman tutmagil. Ammo bir kishi nogoh senga dushman bo'lsa, aslo qo'rqmagil, lekin uning oshkor va nihon yurishlaridan g'ofil bo'lmagil. O'zingni dushmanga ulug' ko'rguzgil. Agar ojiz bo'lsang ham g'ayrat qilgil, o'zingni ojiz ko'rguzmagil.
Dushman har qancha xor bo'lsa ham uni xor va haqir bilmagilkim, har kim dushmanni xor tutsa, o'zi tezroq xor bo'lur.
Ey farzand, g'iybatchi kishidin qo'rqqil, nedinkim, uning bir soatda buzg'on ishini bir yilda tuzatib bo'lmagaydir.
Ey farzand, bilgilki xaloyiq to'rt nav bo'lur. Bin ulkim, bilur va bilgonin bilur, ul olimdur, unga tobe bo'lmoq kerak.
Biri ulkim, bilmas va bilmag'onin bilur, ul qobildur, unga o'rgatmoq kerak.
Bin uldirkim, bilur va bilg'onin bilmas, ul uyqudadir va uni bedor qilmoq kerak.
Biri uldirkim, bilmas va bilmag'onin bilmas, u johildir, undin qochmoq kerak.
Ey farzand, shularni o'zimga ravo ko'rdim, senga ham ravo ko'rdim.
Kaykovus "Qobusnoma"
Fashyogurs (Pifagor) hakim debdurki: o'n xislatni o'zingga pesha qilgil, to balolardan qutulgaysan: bin shuki
— o'zingdan zo'r kishi bilan urishmagil;
- o'jar kishi oldida so'zda qattiq turmagil;
- hasadchi odam birla majlisda o'tirmagil;
- ikkiyuzlamachi odam birla do'st bo'lmagil;
- yolg'onchi odam birla muomala qilmagil;
- baxil kishi birla suhbat tutmagil;
- g'ayur kishi birla sharob ichmagil;
- xotinlar bilan bir yerda ko'p o'tirmagil;
- kishiga siringni aytmagil, toki obro'ying to'kilmasin.
I BOB. OILA VA JAMIYAT
1-MAVZU
OILASHUNOSLIK FANI MAQSADI VA VAZIFALARI
Oila —jamiyat negizi. Davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim... Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga ko'ra quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlaming talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
I.A.KARIMOV
1. Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, er va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam — bu oiladir.
Oila — tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir.
O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'xshash tomoni ko'p, shu bilan birga o'ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a'loda o'qiladi, keyin esa yerda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo'yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. "Xotinlaringiz ziroatgohingizdir" deyiladi Qur'oni karimning
Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir.
Hadisi shariflarda: "Kimgaki Alloh taolo Soliha xotin nasib etgan bo'lsa, dinining yarmiga taqvo qilibdi, qolgan yarmiga o'zi taqvo qilsin".
"Xotin kishi qovurg'adan yaratilgan, agar sen qovurg'ani to'g'rilayman desang sindirasan, murosa qil-u, u bilan yasha" deyilgan. Demak, ayolni ayol deb bilib, murosa qilish lozim.
Oila tarixan tarkib topgani sabab hozirgi vaqtda "Oilashunoslik" fani ham rivojlanmoqda. Chunki sog'lom avlodni tarbiya topishida oilaga e'tibor muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda "Oilashunoslik" fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir.
1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
2. Kelgusi jamiyatni boshqaruvchi, sog'lom, aqlan teran, mehnatkash,
o'z Vataniga sodiq avlodlar, urf-odatlariga hurmat bilan qarovchi, axloqan pok farzandlar yetishtirish;
Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir.
1998 yil mamlakatimizda "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari
"Sog'lom avlod yili" (2000 yil), "Onalar va bolalar yili" (2001 yil),
"Sog'lom avlod" ordenining ta'sis etilishi va shu kabilar oilani himoya qilish, farzandlar ravnaqi uchun muhim ahamiyatga egadir.
2002 yil 5 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ayollar va o'sib kelayotgan avlod sog'lig'ini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"gi qaroridan ko'zlangan asosiy maqsad - oila a'zolarining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollarning, ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi, ularni tarbiyalash choralarini kuchaytirish,
"Sog'lom oila — sog'lom bola" tamoyilini amalga oshirishdan iborat.
2. Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar turlari. Oila tarkibi:
1. To'liqligiga ko'ra: to'liq noto'liq, qayta tuzilgan oilalar;
2. Bo'g'inlar soniga ko'ra: patnarxal, nuklear (ota-ona va bolalar),
mezalyans;
3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, kam bolali, 3-5 bolali, serfarzand oila;
4. Oilaning yoshiga ko'ra: 1-10 yillik yosh oila, o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila;
5. Ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar, tadbirkorlar, aralash turdagi oilalar;
6. Mashg'ulot saviyasiga ko'ra: oliy, o'rta, o'rta maxsus va boshqalar;
7. Millatiga ko'ra: bir millatli va baynalminal;
8. Oilada er yoki xotin yetakchiligiga ko'ra: er yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, er-xotin yetakchi bo'lgan oila;
9. Oiladagi er-xotin o'rtasidagi munosabatlariga ko'ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar;
10. Yuridik rasmiylashtirilganiga ko'ra: sinovdagi oila, rasmiylashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila va nikohdan tashqaridagi oila;
11. Moddiy ta'minlanganiga ko'ra: badavlat, o'rtahol, qambag'al oilalar; jon boshiga to'g'ri keladigan daromad va oila ixtiyoridagi mol-mulk mezon qilib olinadi;
Oilaviy munosabatlar turlari:
Tabiiy munosabatlar — er-xotinlik va qon qarindoshlik
munosabatlari;
2. Axloqiy munosabatlar juda keng ma'noda bo'lib, unga ma'lumoti, madaniyatliligi, kiyinishi, ovqatlanishi, rejimi, dam olishi kabilar;
3. Psixologik munosabatlar — xulq-atvori hislatlari, er-xotin o'rtasidagi sevgi-muhabbat hislari, farzandlar mehri;
4. Iqtisodiy munosabatlar — mulkiy munosabatlar, uy-joy, hovli-joyni boshqarish;
5. Huquqiy munosabatlar — nikohni davlat tomonidan qayd ettirish, er-xotin shaxsiy va mulkiy munosabatlar kabilar;
3. Oila muhitini 3 toifaga ajratish mumkin:
1. Ijobiy;
2. O'zgaravchan;
3. Salbiy;
Ijobiy toifadagi oilalar ko'pchilikni tashkil etadi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq-odob qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Insonning har tomonlama kamol topishi birinchi o'rinda turadi. Bunday oilalarning voyaga yetkazgan a'zolari ish joylarida, yor-do'stlari davrasida, mahalla-ko'yda, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, qon-qarindoshlik rishtalarini asrab-avaylaydilar. Ilg'or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyon qiladilar.
Ular bu xislatlarga farzandlarida ham qiziqish uyg'otadilar va o'zlarining go'zal xulq-atvorlari bilan farzandlariga o'rnak ko'rsatadilar. Oilada paydo bo'ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Bunday oilalarda xo'jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho matenallar, hattoki boylik har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi deb qaraladi, bu narsalar farzandning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog'lanmaydi. (keksalar: ota-onaniki farzandga xamirturush xolos, Alloh beraridan qismasin, deyishadi).
O'zgaruvchan toifadagi oilada esa harqaror yo'nalish bo'lmaydi. Oilada so'z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda bo'ladi. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyatni bajarishgina oila a'zolarini birlashtirib turadi. Bunday oilalarda er ham, xotin ham bolalarga alohida holda o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilishadi, raqobatlashadi, murosa qilinmaydi, har kim o'zinikini singdirishga urinadi. Bunday oilalarda o'sgan farzandlar ikkiyuzlamachi, munofiq bo'ladilar.
Salbiy toifadagi oilalarda esa barcha narsa yagona narsaga bo'ysundirilgan, ya'ni mol-dunyo to'plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishga qaratilgan. Bunday oilalarda har qanday mehnat ish haqi miqdori bilan o'lchanadi. Oila boshlig'ining zo'ravonligi, zolimligi, unga ko'r-ko'rona va so'zsiz bo'ysunish, sajda qilish, zaif va nimjon oila a'zolari faolligini poymol qilishga intilish ustun bo'ladi.
Meshchanlik ideal yoki diniy e'tiqod doirasidan chiqish hollari (kitob o'qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi. Bu yo'nalishga mansub oilalarda xudbin, qo'rqoq, jamiyat uchun xavfli o'g'il-qizlar yetishib chiqishlari mumkin).
Oilaviy munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, qat'iylik, qadr-qimmat hissi kabi yuksak insoniy hislar shakllana boshlaydi. Asta-sekin tug'ishganlarga g'amxo'rlik aka-ukalik va opa-singillik mehri, ota-onalarga muhabbat va shafqat kabi tuyg'ular namoyon bo'la boradi.
Shu o'rinda o'zbek oilalarida bola ko'payishining sabablarini tahlil qilib ko'ramiz.
1. Ko'p bolalikdan oila ham, jamiyat ham manfaatdor bo'lgan. Sababi: oilada bolaning iqtisodiy mavqei (ayniqsa, o'g'il bolaning) mavqei juda yuqon turadi. Oila yumushlarida hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, bolalar mehnatidan foydalanilgan;
2. O'zbekistonda mehnatga yaroqli aholining 80% qishloq xo'jaligida band bo'lgan, qishloq hayoti qo'l mehnatiga asoslanganligi uchun ko'p bolalikni taqozo etgan;
3. Ayollarning jamiyatdagi o'rni — ayollar asosan uy ishlari va bola tarbiyasi bilan band bo'lganlar;
4. Islom dinining ta'siri — bu dinda oila qurish, bola ko'rish va tarbiyalash muqaddas hisoblanib, homilani turli yo'llar bilan yo'qotish gunoh hisoblangan;
5. Mavjud mahalliy urf-odatlar ta'siri — serfarzand oilalar e'zozlanib, farzandsiz oilalar kamsitilgan;
6. O'zbek oilalarida qizlarni erta turmushga berish odat bo'lgan, tabiiyki, qanchalik erta turmush qurilsa, shunchalik ko'p bolalik bo'linadi;
7. O'zbek xalqi qadimdan oiladan tashqaridagi hayotni tasavvur qilaolmaydi, u faqat oilada farzandlari bilan yashashni baxt mezoni deb biladi.
4. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da oila masalalari. "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjud.
Bu vazifalar "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da o'z aksini topgan:
1. Farzandlarda sog'lom moddiy-ma'naviy dunyoqarashlarni shakllantirish;
2. Ta'lim-tarbiya berish;
3. Oilaviy an'analar va ma'naviy-axloqiy merosni saqlab qolish, davom ettirish;
4. Sog'lom nasl-nasabni davom ettirish;
5. Oila jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bolaning madaniy-estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini, sog'lom turmush tarzini ta'minlovchidir;
6. Bolaninig fe'1-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;
7. Hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo'1-yo'riq ko'rsatuvchisidir;
Tayanch iboralar:
1. Soliha — odobli.
2. Ziroatgoh — ekin ekiluvchi yer.
Nazorat uchun savollar:
1. Siz oila deganda nimani tushunasiz?
2. Oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari.
3. Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar nima?
4. Oila muhiti va uning kelajak avlodga ta'siri?
5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash masalalari qanday aks ettirilgan?
2-MAVZU
JAMIYAT TARAQQIYOTI VA OILA
1. Jamiyat va shaxs taraqqiyotida oilaning o'rni. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui. Jamiyat a'zosi shaxsdir. Buning sabablari:
1. Shaxs axloqi jamiyat axloqiga bo'ysunadi;
Shaxs tanho yashay olmaydi, baxt-saodatni ham odamlar orasidan
topadi;
3. Shaxs jamiyat irodasidan dalda oladi;
4. Jamiyat shaxs kamoloti uchun mas'uldir.
Har bir shaxs o'zi yashab turgan jamiyatning a'zosi. Agar shaxs yaxshi xulqli, olijanob bo'lsa, adolatli jamiyatda odamlarga katta naf keltiradi. Axloqli kishi hatto o'z hayotidan kechib bo'lsa ham, xalqi, Vatani uchun, jamiyat uchun ko'p ish qiladi, uning nomi tarixda mangu qoladi va yangi-yangi avlodlarga namuna bo'laveradi.
Jamiyatni katta bir vujud deb qaralsa, shaxs uning bir hujayrasi. Jamiyatning umumiy ijtimoiy ongi, ma'naviyati, madaniy darajasi, siyosiy-huquqiy saviyasi har bir shaxs tarbiyasi va fe'1-atvoriga singib boradi. Shu bilan birga o'zigagina xos xususiyat va fazilatlarga ham ega bo'ladi. Har bir inson tanho va betakrordir. Shaxs va jamiyat o'zaro majburiyatlar orqali ham bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarni rivojlantiruvchi, harkamol avlodni tarbiyalovchi muqaddas makondir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan himoya qilishni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda.
Oila va jamiyatning harkamol avlodni tarbiyalashdagi roli bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, oilaga bo'lgan bugungi munosabatni baholamoq uchun yurtboshimiz aytganidek, "Bizga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini bir karra eslashimiz zarur". Eski mustabid tuzum kashfiyotlaridan biri asrlar davomida allomalarimiz tomonidan hayotda isbotlangan shaxsning har tomonlama shakllanishida irsiyatning roli inkor etiladi.
Jahon madaniyati xazinasiga Ahmad al-Farg'oniy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beroniy, Abu Ali ibn Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Hoja Ahmad Yassaviy kabi allomai zamonlar, To'maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik — Amir Temur singari qahramonlar, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi oqila momolarimiz, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon, Elbek kabi millat ozodligi kurashchilarini dunyoga keltirgan o'zbek oilasi hech qachon o'zligini yo'qotmaydi. Uni hech qanday yovuz kuch, "zaharli mafkura" yo'q qilish qudratiga ega emas.
Turg'unlik yillarida o'zbek oilalariga zid bo'lgan "keksalar uyi", "yetimxonalar", ba'zi zararli odatlar (ichish, chekish, giyohvand moddalar iste'mol qilish, ayollar va bolalar jinoyatchiligi va hokazo) avj ola boshladi. Oilalarning milliy va diniy tuyg'ulari kamsitildi, toptaldi. Xalqimiz oilaviy tantana qiladigan "Navro'z", "Ramazon", "lyd Qurbon hayiti" kabi tarixiy-milliy bayramlardan mahrum bo'ldi. Hattoki, ota yoki onani oxirgi yo'lga kuzatish marosimida ishtirok etish, o'tganlarni xotirlash, qadrlash maqsadida tilovat qilish, do'ppi, to'n kabi milliy liboslarni kiyish keskin taqiqlandi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ayollarai nihoyatda ulug'lash, e'zozlashga chaqinb bunday deydilar: "...Avvalo onalarimiz, opa-singillarimiz, umr yo'ldoshlarimiz, qizlarimizni jamiyatdagi o'rni, mavqeini yanada oshirish, izzat-ikromini joyiga qo'yish, ularning og'irini engil qilish, davlatimizning, hukumatimizning, joylardagi hokimliklarning, jamoatchilikning asosiy vazifasi bo'lmog'i lozim".
2. So'nggi yillarda o'zbek oilasida yuz bergan o'zgarishlar. Respublikamizda yangi asrning birinchi yili — "Onalar va bolalar" yilida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy ta'siri yurtimizda yashayotgan barcha insonlar taqdirida, har bir oila, har bir xonadon hayotida o'z aksini topdi. Bu esa mamlakatimizda Sog'lom avlod — Sog'lom oila — Sog'lom jamiyat g'oyasining izchillik bilan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
"Ona va bola" Davlat dasturiga ko'ra tug'ish yoshidagi ayollarning deyarli 99% to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va zarur hollarda davolashga yo'naltirilishi tashkil qilindi.
Uzoq tarixiy va mustahkam poydevorga ega bo'lgan o'zbek oilasi, uning o'ziga xos milliy xususiyatlarini butunlay yo'q qilish, insoniyat xotirasidan o'chirib tashlash uchun o'zgalar hech qanday kuch topa olmadi. Tarixan qisqa 14 yil ichida o'zbek oilasi hayotida mislsiz o'zgarishlar yuz berdi:
Birinchidan — mustaqillik sharofati bilan oila va uning manfaatlarini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Oila tarbiyasi kommunistik g'oyalardan tozalanib, milliy tarbiya mezonlari asosida amalga oshirila boshlandi.
Ikkinchidan — qonun ustivorligini ta'minlash oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Uchinchidan - oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash, nogironlar, yetim-yesirlar, yolg'iz keksalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash.
To'rtinchidan — Yurtboshimiz aytganidek, "Ayolsiz oila, oilasiz davlat, jamiyat bo'lmasligi o'z isbotini topdi".
Beshinchidan — Prezidentimiz tashabbuslari bilan 1998 yil "Oila yili", 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog'lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalami qadrlash yili" deb e'tirof etilishi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus davlat dasturlarining qabul qilinishi.
Oltinchidan — Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi farmonlariga binoan, Respublika xotin-qizlar qo'mitasi raisligiga Bosh vazir o'rinbosari, tuman, shahar, viloyat xotin-qizlar qo'mitalari, raislariga hokim o'rinbosarlari maqomlari berildi.
Ettinchidan — oila, xotin-qizlar, bolalar manfaatlarini himoya qiluvchi 10 dan ortiq jamoat tashkilotlari tashkil etildi. Darhaqiqat, XXI asr o'zbek oilasi mustahkamligi, harqarorligi, farovonligi bilan yer kurrasidagi barcha oilalar uchun namuna maktabi bo'lmog'i lozim.
3. Jamiyatning oilalarga (ayollarga) g'amxo'rligi. Endi jamiyatimiz tomonidan ijtimoiy ta'minot sohasida ayollarga berayotgan qo'shimcha kafolatlarni ko'rib chiqamiz:
• O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ayollarni homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
• Mehnat kodeksining 225-moddasiga binoan, mehnat sharoiti noqulay bo'lgan yerlarda, yer osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish ta'qiqlanadi;
• Ayollarning me'yoridan ortiq yukni ko'tarishlari va tashishlari man etiladi.
• Ikki yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo'lmasa, bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan holi bo'lgan ishga o'tkaziladilar. Bunday vaqtda avvalgi ishidagi o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
• Homilador ayollarni, 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. Shu bilan birga homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, bunday ish ona va bolaning sog'ligi uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yilishi mumkin.
• Homilador ayolning 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan, homiyligida bunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvarish qilish bilan band bo'lgan shaxsning iltimosiga ko'ra, ularga to'liqsiz ish haftasi belgilab qo'yiladi. Bu esa tibbiy xulosaga muvofiq amalga oshiriladi.
• Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16 yoshga to'lgunga qadar oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi va davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to'lanadi.
• Qonunga binoan, 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi. Bu ayollarga xohishiga ko'ra, har yili 14 kundan kam bo'lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmaydigan ta'til beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |