O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik


-MAVZU OILANING AXLOQIY ASOSLARI



Download 0,6 Mb.
bet3/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


4-MAVZU

OILANING AXLOQIY ASOSLARI
1. Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi. Pok va sofdil shaxsni tarbiyalashda hech kim va hech narsa oila bilan tenglasha olmaydi.

Oila turmush tarzining muhim belgilaridir va ularga qarab oilaning hayot tarziga axloqiy jihatdan baho berish mumkin. Bu belgilar umumiy bo'lgani uchun ularni miqdor ko'rsatkichida ifodalash qiyin. Oila­ning axloqiy saviyasi darajasini aniqlashda ayollarning oilada tutgan mavqei, boshqacha aytganda, er-xotinning tenglik darajasini bilish muhim. Er-xotinning tengligi farzandlar tarbiyasi, oilaning jamiyat bilan aloqalarini to'laroq namoyon etadi.

Er-xotinning oiladagi tengligi axloqiy mezonlari o'zida mujassamlashtiruvchi axloqiy me'yordir. Bunda ayolning o'rni beqiyos. Shuning uchun qizlarimizga ustoz Rahimjon Usmonovning o'gitlarini keltirib o'tmoqchimiz.

"Aziz shogirdim! Наг xil vaziyatga yaraydigan hammabop axloqiy nafosat qoidalari retsepti yo'q. Eng ulug' ustoz — hayot. Hayotni, odamlar xatti-harakatlarini kuzatishni odat qil. Xulqi zebo, madaniyatli, farosatli odamlarning go'zal xulqini, xatti-harakatini, o'zini qanday tutishi va ozoda saqlashini, umuman kishilar bilan muloqotda foydalanayotgan xilma-xil go'zal, muomala vositalarini o'rganish, ulardan ijodiy foydalanish, nafis axloqiy xatti-harakat talablariga rioya qilmayotgan, o'zlarining o'rinsiz qiliqlari va xunuk xatti-harakatlari bilan odamlarning nafratlariga uchraydigan kishilardan ham o'zingiz uchun xulosa chiqaring.

Yosh do'stim, eng muhimi, har kungi xatti-harakatingiz ustida o'z-o'zingizga hisob berishni va tegishli xulosa chiqarishni unutmang. Axloqli inson bo'lishning muhim omili o'z-o'zini tarbiyalashdir.

Bunday oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo'ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota-ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda-anda, qaynota-qaynona kabi o'nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl o'zagi namoyon bo'ladi.

Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda qarindosh-urug'lar bilan oqibatli bo'lib yashash, farzandlarni milliy udum, qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tug'iladi hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va ma'naviy tayanch-suyanch bo'lib yashashga odatlanadilar.

Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo'lib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi.

Xo'sh, Ovrupa davlatlarida bunday munosabatlar qay yo'sinda rivojlangan?

Hozirgi davrda Ovrupa oilalariga xos xususiyat nikohsiz erkin yashashning ko'payishi, tug'ilishning kamayishi bi­lan izohlanadi.

Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlashmoqdalar:

1. Jamiyatning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi.

2. Ayollarning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi.

3. O'ziga juft tanlashning o'ta erkinligi.

4. Birgalikda yashashning boshqa shakllaridan foydalanishning ochiqligida.

Aynan mana shunday oilaviy parokandalik tufayli oilada er-xotin, ota-ona va farzandlarning o'zaro munosabatlari beqaror ahvoldadir. Qariyalar qadrlanmaydi, ular qarib aynan farzandlarining yordamiga muhtoj bo'lganda qariyalar uyiga jo'natilmoqda.

Ayrim G'arb olimlari nikohni butunlay yo'qotishni taklif qilmoqdalar. "Nikoh kishi erkinligini cheklab qo'yadi, u inson tabiatiga zid narsadir" — deb yozadi Etrin Beruts, "Nikoh do'zaxdir" kitobida.

Italiyalik mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, hozirgi kunda har besh nafar ovrupalikning bir uyqusizlikdan, yolg'izlikdan azob chekar ekan. Sharqda esa bunday turmush tarzi farq qilib, oilani muqaddas bilib, nikohsiz er-xotin bo'lib yashash man etiladi. Millat ko'payishining birdan-bir yo'li erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo'lishidir.



2. O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni. "O'zbekistonda nikohdan o'tish darajasi yuqon va eng muhimi, oilalarning buzilishi eng past darajada" I.A.Karimov "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida" kitobida ta'kidlaydi yurtboshimiz.

Sharqda oilaviy munosabatlar odob-axloq milliy, umuminsoniy qadriyatlar, diniy mezonlarga asoslanadi.

Bunday oilalarda yangilikni qabul qilishda katta, o'rta va yosh avlodlar bir-biridan farq qiladilar. Yoshlarning mustaqilligi cheklanadi. Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat uning nuklearligidir — er-xotin va bolalardan iborat bo'lib, qaynona-kelin nizolari kamroq bo'ladi.

Turli oilalarda munosabatlarning farqlanishi:

1. "Demokratik" toifa. Oila a'zolarining barchasiga katta huquq va erk beradi, nisbatan tenglik hukm suradi. Наг bir shaxs izzat-hurmat qilinadi. Zamon ruhiga mos fazilatlar shakllantiriladi. Oila boshlig'i bo'lgan ota-onaning diqqat e'tibori farzandlariga yuksak axloq me'yorlari va qoidalarini singdirish qaratiladi.

2. "Avtoritar" obro'talab toifa. Ota-onaning obro'si yetakchi rol o'ynaydi, oila a'zolarining mustaqilligi, erkinligi, tashabbuskorligi o'z ahamiyatini yo'qotadi, ularning yurish-turishi kattalar tomonidan cheklab qo'yiladi, natijada o'zaro mehr-oqibat pasayadi.

3. "Liberal" toifa. Oila doirasida murosasozlik, ko'ngilchanlik xislatlari hukm surib, bu xislatlar yosh avlodda munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik illatlarini tarkib toptiradi.

4. "Anormal" tip. Oila a'zolaridan biri ichuvchi, alkogol, giyohvand, bangi bo'ladi. Bu holda oila a'zolarining o'zaro munosabatlari oila muhitini larzaga keltiradi va yosh avlod tarbiyasida salbiy iz qoldiradi. Bolalar juda qo'rqoq, asabiy yoki hech narsadan tab tortmas, axloqsiz bo'lib o'sadilar.

Ularda ruhiy kasalliklar ko'p uchraydi. Nazoratsiz qolgan bolalar ko'cha muhitining salbiy ta'siriga tushib qoladi, fe'1-atvorida salbiy illatlar shakllanadi. Oqibatda bunday yoshlarda yengil, mehnatsiz yashashga moyillik, ichish va chekish kabi yaramas odatlar shakllanadi.

Ayrim yosh kelin-kuyovlar xayol erkinligini o'zlaricha tushunib, nuklear oila sharoitining qulayligidan foydalanib, biri ikkinchisiga xiyonat qiladi, oqibatda bu oila buzilishiga olib keladi.Ayrim yoshlar ota-onasidan xahar olishni unutib, o'z farzandlik burchini bajarmaydilar. Mezalyans oilalarning ko'payishi ham ijobiy holdir. Masalan, shaharliklar bilan qishloqliklar, ishchi-dehqon hamda ziyolilar, turli millat kishilari orasidagi nikohni tushunish mumkin.

3. Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi. Oilada to'g'ri olib borilgan axloqiy tarbiya yoshlarning keyingi hayotiga ko'rsatuvchi ta'sirlarni bilish juda muhimdir.

Chunonchi, ег-xotinning axloq-odobli bo'lishi, jinsiy tarbiya borasida nikohida bo'lgan odam bilangina jinsiy yaqinlik qilishni, jinsiy buzuqlik tanosil kasalliklari tarqalishini olib kelishi, ijtimoiy gigienik nuqtai nazardan abort qildirishni o'z ichiga oladi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin fuqarolarning tijorat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga erkin chiqib kelishi natijasida ayrim ayollarning yengiltakligi, yengil hayot kechirishga moyilligi tufayli fohishabozlik, tanosil kasalliklar, nikohdan tashqari bola tug'ilishi kabi hodisalarning ro'y berish holatlari uchramoqda.

Buning sababi Ovrupadagi ko'plab mamlakatda, jumladan Rossiyada, ayrim yoshlar erkak va ayol o'rtasidagi jin­siy aloqalarning mohiyati va maqsadi, oila qurishning mas'uliyati haqida diniy va milliy qadriyatlarni mensimay, e'tiborga olmay qoldilar. Agar yoshlar shu yo'ldan boraversalar, vaqti kelib ularning jinsiy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan hayvoniy hirslar va ehtiroslarning hech qanday qonunlar va axloqiy mezonlar bilan cheklab bo'lmay qoladi.

Quyidagi raqamlar fikrimizning dalilidir. 1993 yilda Moskva va Sankt-Peterburg maktablarida o'qiydigan yoshi hali 16 ga yetmagan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jinsiy aloqaga munosabat masalasida so'rovnoma o'tkazilgan.

So'rov varaqasini to'ldirgan o'g'il bolalarning 38%, qizlarning 25% 16 yoshga yetmay jinsiy aloqada bo'lganligini tan olgan.

1995 yil o'tkazilgan so'rovda esa 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning 50%, qizlarning 33% jinsiy aloqada bo'lganligi aniqlangan. 1997 yilda o'tkazilgan so'rovda 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning jinsiy aloqada bo'lganlari otalariga nisbatan uch marta, qizlarda esa onalariga nisbatan 5-6 marta ko'p jinsiy aloqada bo'lganlar.

Bu ko'rsatkichni hozirgi kunda qanday ekanligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Demak, balog'atga yetmagan yoshlar o'z ota-onalariga nisbatan jinsiy aloqani juda erta boshlaganlar. Ulardan jinsiy aloqa oila qurish, farzand ko'rish singari maqsadlari bilan bog'lanmagan. So'rov varaqasini to'ldirgan qizlarning 50% dan ko'prog'i bir yoki ikki hafta oldin topishgan, yoxud umrida birinchi marta ko'rgan kishisi bilan jinsiy aloqada bo'lganligini e'tirof etishgan. Natijada Rossiyada 1992-1997 yillar orasida 16 yoshgacha bo'lgan yoshlarning venerik kasalliklarga chalinishi 51 marta oshgan.

Oila harqarorligiga salbiy ta'sir etadigan bunday holatlar dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ko'paymoqda.

Farzandlarni or-nomusli, xayoli, iffatli qilib tarbiyalash kerak, toki ular turmush qurganlarida ota-onalarining yuzlarini yerga qaratmasin. Ota-onalar, o'z farzandlariga nikoh muqaddas narsa ekanini, faqat nikohdan o'tib, o'z izzat-hurmati bilan iffatini, nomusini saqlagan holda tuzilgan oilagina baxtli bo'lishini tushuntirishimiz lozim.

Kishilar oiladan tashqarida ham jinsiy hayot kechirishlari mumkin. Biroq bunday hayot muntazam va to'laqonli bo'lmaydi. U hamisha tasodifiy va tahlikali bo'ladi. Oiladan tashqarida jinsiy hayot kechirish axloqsizlik sifatida qoralanadi, shuning uchun ham zino qilganlar doimiy ra-vishda keng jamoatchilikning muhokamasi va tazyiqi ostida bo'lib, tahlikada yashaydilar, o'zlarini noqulay, his etadilar.

Bunday hayot erkak va ayol ruhiyatida parokandalikni keltirib chiqaradi, ularning hayoti izdan chiqadi.

Zino bilan shug'ullanib yuruvchilar ko'p hollarda yuqumli tanosil kasalliklarni tashuvchi manbaga aylanib qoladilar.

Tashvishlanarlisi shundaki, zaxm (sifilis), suzak (go-norech) kabi tanosil kasalliklari o'zidan og'ir asoratlar qoldiradi: zaxm ona orqali homilaga o'tishi va majrux qilishi, suzak esa erkaklarni butunlay bepusht qilishini yoshlar bilishi lozim.

Agar oila qurguncha tasodifiy jinsiy aloqada bo'lgan yigit va qiz bu kasallikni o'ziga yuqtirib olgan bo'lsa, unda birinchi aloqadayoq pok va begunoh bo'lgan turmush o'rtog'iga ham bu kasallikni yuqtiradi, bu bilan ularni cheksiz uqubatlarga mahkum etadi. .



Nazorat uchun savollar:

1. Axloq nima?

2. Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi?

3. O'zbek pilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni?

4. Chet elda axloqiy tarbiyaning saviyasi?
5-MAVZU

O'ZBEKISTON RESPUBUKASINING DEMOGRAFIK

SIYOSATI VA SOG'LOM TURMUSH TARZINING

AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIRI
1. Dunyo aholisi baqida qisqacha ma'lumot. Demografiya (grekcha demos — xalq, grapho — yozaman) aholini ko'payishi qonuniyatlari haqidagi fan bo'lib, aholi sonining tabiiy ko'payishi, yoshlar bo'yicha jinsiy, tarkibiy qismlarini o'rganadi.

Hozirgi kunda dunyo aholisi tez ko'payib bormoqda. 2000 yilda dunyo aholisi 6 milliard kishiga yetdi. Dunyoda yiliga aholi 90-100 million kishiga ko'paymoqda. Tarixga nazar tashlasak aholining 2 haravar ko'payishi uchun 1-marta 630 yil, 2 marta 250, 3-marta 40 yil, 4-marta esa 2 harohar ko'payishi uchun 14 yil kerak bo'lgan.

Respublikamizda tabiiy o'sish Ukraina va Boltiqbo'yi respublikalariga qaraganda o'n haravar, Rossiyaga qaraganda olti haravar yuqon. Respublikamizda tug'ilish ko'pligi sababli ko'p bolalik oilalaming mutlaq soni ko'payib bormoqda.

Mintaqada demografiya va ekologik rivojlanish sur'atlari o'rtasida juda katta nomuvofiqlik saqlanib qolyapti.

Oqibatda aholi salomatligi nochorlashmoqda, onalar va bolalar o'limi ko'paymoqda. Aholi salomatligini yaxshilashda, onalar va bolalar o'limini kamaytirishga erishishda demografik holatni muvofiqlashtirish muhimdir.

Demografik holatni muvofiqlashtirish ikki maqsadni — bolalar sog'lig'ini mustahkamlash va ular o'limini kamaytirishni nazarda tutadi.

Наг bir davlat tug'ilish muammosiga befarq munosabatda bo'la olmaydi, bu muammo muayyan davlatning kelajakdagi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Har bir davlat o'z mintaqasi xususiyatlaridan kelib chiqib, o'zining demografik siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ular o'z xusuiyatlariga ko'ra oilada bolalar tug'ilishi sonini cheklaydilar yoki tug'ilishning ko'payishini qo'llab-quvvatlaydilar.

2. Demografik holatni muvofiqlashtirish. Jamiyatning mintaqaviy vaziyatidan kelib chiqib, oilada tug'iladigan bo­lalar sonini, bola tug'ish orasidagi muddatni tartibga solishni, oilada sog'lom farzandlarni tarbiyalash uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarning mavjudligini hisobga olishni ifodalaydi. Moddiy jihatdan qiyin sharoitda yashayotgan oilalarda bolalar sonini ko'paytirish ota-onalar uchun ham, farzandlar uchun ham mushkul holatni keltirib chiqaradi. Tug'ilish nihoyatda kam, aholining aksariyat qismi asta-sekin qariyotgan boshqa mamlakatlarda esa mehnat qobili-yatiga ega bo'lganlar kamayib, millat va xalqning yo'qolib ketish xavfi paydo bo'lmoqda.

Demografik holatni muvofiqlashtirishning afzalligi shundaki, u er-xotingji oilaning moddiy imkoniyatidan kelib chiqib bola tug'iladigan vaqtni aniqlashga, ayol homilador bo'lguncha zarur tanaffusni saqlashga ko'maklashadi.

Tadqiqotlar natijalariga ko'ra bolalar o'limi juda yuqon bo'lgan mamlakatlarda ayollar turmushga chiqmasdan oldin hech qanday tibbiy nazoratdan o'tmaganlar, yoshligida qanday ekstrogenital kasalliklar bilan og'rigani haqida ma'lumot ham yo'q. Rivojlangan 40 mamlakatda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 20-29 yoshida tuqqan ayollarga nisbatan 20 yoshgacha tuqqan ayollarda bolalar o'limi 30% ni 40 yoshdan so'ng tuqqan ayollarda bolalar o'limi 47% ni tashkil etgan.

Masalan, Koreyada 20 yoshgacha tuqqan ayollar 10%ni tashkil etsa,

Bangladeshda 85% ni tashkil qiladi. Shunga muvofiq ravishda Bangladeshda bolalar o'limi darajasi ham yuqondir.

Tug'ilishlar orasidagi uzoq oraliqni saqlash bolaning yashashiga, ona salomatligini asrashga imkoniyat yaratadi. Oiladagi ikkinchi farzand birinchisiga nisbatan, agar u 1,5-2 yil oraliq bilan dunyoga kelgan bo'lsa ancha zaif, kasalga chalinuvchan bo'lib, o'lim xavfi ham yuqon bo'ladi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan respublikamizda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, agar ona birinchi farzandidan keyin tezda homilador bo'lib qolsa, to'ng'ich farzandi o'limi koeffitsienti yuqon bo'ladi.

Chunki u ona diqqatidan chetda qoladi va vaqtliroq ko'krakdan ajraladi. Odatda chaqaloq ona qornida, ona organizmida o'zining rivojlanishi uchun oqsil, yog', uglevod, minerallar, vitamin-lar kabi moddalarni oladi. Ana shu moddalar onada yetarli bo'lsa, ma'lum bir miqdorda bolaga ham o'tadi. Bola nor­mal yoki kam vaznli, sog'lom yoki kasal tug'iladi. Bunda temir tanqisligi bilan bog'liq kamqonlikning ta'siri katta. Ayol kishi organizmida bor-yo'g'i 4-5 gramm temir bioelementi bo'lgani holda homiladorlik, yo'ldosh va tug'ilish chog'ida ketgan va bolani ko'krak suti bilan boqish hisobiga 1 grammdan ko'proq Fe yo'qolishi ma'lum. Uni tiklash uchun esa yaxshi turmush sharoitida ona uchun 2,5-3 yil muddat kerak.

Yosh oilalar farzandlarning soni nechta bo'lishi kerakligi masalasiga turlicha yondoshadilar. Bunday yondashuv er-xotinning ma'lumot darajasiga va ijtimoiy mavqeiga bog'liq. Agar er-xotin oliy va tugallanmagan oliy ma'lumotli bo'lsalar, 2-3 farzand bo'lishini, ularning ma'lumoti o'rta yoki to'liqsiz o'rta bo'lsa, oilada 4-5 farzand bo'lishini maqbul deb bilganlar.

Oilani rejalashtirishni targ'ib etganda, sharq mamlakatlari tajribasidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Din oilaning iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti yaxshi bo'lsagina farzandlarni ko'paytirishni tavsiya qiladi, sharoit bo'lmasa, farzand tug'ilishining oldi olinsa, gunoh hisoblan-maydi. Ammo, homilani sun'iy ravishda yo'q qilish gunoh hisoblanadi.



3. O'zbekiston Respublikasining demografik siyosati. Tug'ilishni cheklash emas, balki tug'ishdagi oraliq muddatni uzaytirish, sog'lom avlodni voyaga yetkazish, onalar sog'lig'ini yaxshilash, onalar va bolalar o'rtasidagi o'limni kamaytirishdan iboratdir. Asosiy maqsad farzandlar miqdoriga emas, sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Oilani mustahkamlash masalasini yechishda quyidagilarga e'tibor berish kerak.

- Yosh kelin-kuyovlarga kelajak avlodni voyaga yet­kazish mas'uliyatini anglatmoq, ularga iqtisodiy mustaqilikka erishgandan keyingina oila qurishni targ'ib etish lozim.

— Oilalarga tug'ish oralig'idagi muddat 3-4 yil bo'lishi ayol va farzand salomatligini saqlash ahamiyatini tushuntirish lozim.

— Oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldida emas, kelajak avlod oldida ham javobgar ekanligini anglashi va balog'atga yetmasdan oila qurish zararini anglashlari lozim.

4. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.

1. Oila byudjetini lo'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.

Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir.



2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 harohar yuqondir.

Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshi sharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.



3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan.

Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.

Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan.

Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni muntazam iste'mol qilishdir.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.


  1. Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash.

Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.

5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar.

6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ay­niqsa yosh avlodni sog'lom, harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.

7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak.

8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga erishishi lozim bo'ladi.

9. Kishining o'z salomatligini. Atrofdagi yaqinlarining salomatligini muhofaza qilib borishi xususidagi vazifalarni, radio-televidenieda, matbuotda targ'ib qilishni yo'lga qo'yish.

Nazorat uchun savollar:

1. Demografiya fani nimani o'rganadi?

2. Dunyo aholisi haqida ma'lumot.

3. Demografik holatni muvofiqlashtirish deganda ni­mani tushunasiz?

4. Respublikamizda oilani rejalashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar.

5. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati.

II BOB. OILAVIY HAYOTGA TAYYORGARLIK

(Uy-ro'zg'or madaniyati)
1-MAVZU

O'QIMISHLI, POKIZA, PAZANDA, HAMMAGA

YOQQAN KELIN BO'LISH SIRLARI
1. Oiladagi saranjom-sarishtalik yoki uy tutish qoidalari. Dunyoda hech bir xalqda,oilada kelin mavqeiga Sharq xalqlari, xususan o'zbeklarchalik katta o'rin berilmaydi. O'zbeklarda turmushga chiqqan qiz borki, u kelinlikning nozik davrini albatta boshidan kechiradi. Necha-necha asrlardan beri oila bor. Lekin kelinlikning muayyan bir nomasi yo'q. Наг bir kelin o'z peshonasiga bitilgan baxtni ushlab qolishi kerak.

Saranjom-sarishtalik va oila iqtisodiyotini to'g'ri yuritmasdan oila farovonligini tasavvur etib bo'lmaydi. Xoh qishloq sharoitida, xoh shaharda bo'lsin, o'zbek xonadonlarida ertalabdan hayot qaynaydi. Tong saharda uyqudan turadilar. Yotgan o'rin-to'shak yig'iladi, yuvinib hovliga suv sepib, supurib-sidiriladi. Qishloq joylarida sigir sog'ilib, sigir-buzoq, qo'y-echkilar dalaga haydaladi. Molxonalar tezda tozalanadi. Ertalabki ro'zg'or ishlari tugagach, nonushtaga o'tiriladi. Xonadon sohiblarining qandayligini ostonadan bilish mumkin, shuning uchun doimo darvoza oldi supuriladi.

Hovlidagi tartibsizlik, ekinlarning rejasiz ekilishi, qarovsiz, parvarishsiz, daraxtlar shu hovliga kirgan kishining dilini xira qiladi.

Musulmon xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida mehmonxona, bolalar, ota-onalar uchun alohida yotoqxonalar, dam olib suhbatlashadigan umumiy xona, oshxona va qo'shimcha xonalar bo'ladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish