O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik


Ayollarga ijtimoiy ta'til berish tartibi



Download 0,6 Mb.
bet2/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


Ayollarga ijtimoiy ta'til berish tartibi:

• Mehnat kodeksining 223-moddasiga ko'ra, ayollar tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun, tug'ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug'ilgan hollarda yetmish kalendar kun muddat bilan homiladorlik va tug'ish ta'tili berilib, davlat ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqa to'lanadi. Tug'ishga qadar amalda bunday ta'tilning necha kunidan foydalanilganidan qat'iy nazar, ayolga to'liq beriladi. Homiladorlik va tug'ish ta'tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko'ra, unga bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta'til beriladi. Bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to'lanadi.

• Ayolga uning xohishiga ko'ra bolasi 3 yoshga to'l­gunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo'shimcha ta'til beriladi. Bu ta'tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani parvarishlayotgan boshqa qarindoshlar ham to'liq yoki qisman foydalanishlari mumkin. Bu imtiyozlar tug'riqxonadan farzand asrab olgan shaxslarga ham tegishli.

• Homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bola­si bor ayollarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo'shatishga yo'l qo'yilmaydi. Korxonaning butunlay tugatilishi hollari bundan mustasno. Bunday hollarda ular albatta, ishga joylashtiriladilar, bu holat korxona huquqiy vorisi tomonidan bajariladi.

Respublika onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha barcha tadbirlar: tug'ish yoshidagi ayollarni, homiladorlik va tuqqan ayollar salomatligini saqlash hamda mustahkamlash, yoshlarni turmush va oilaviy hayotga tayyorlash, tug'ruq jarayonlarida ona va chaqaloqqa ko'rsatiladigan tib-biy yordam sifatini yaxshilash va takomillashtirish, oilani oqilona rejalashtirish yo'llarida vazirliklar, idoralar, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Bundan tashqari, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va oilani oqilona rejalashtirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Natijada ayollar sog'lig'iga ta'sir ko'rsatadigan abortlar soni hozirda 1991 yilga nisbatan 3-4 haravar kamaydi.

Tug'ruqlar o'rtasidagi muddatlar ham uzayib bormoqda. Hozirgi kunda bir yil oralatib tug'ayotgan ayollar 0,7%, 2 yilgacha oraliqda tug'ayotganlar 11%, 2 yildan oshiq muddat oralatib tug'ayotganlar 53,8 %ni tashkil qiladi. Bu ijobiy natijadir.

Chaqaloqlarni ona suti bilan boqishga alohida e'tibor berilmoqda. Ona sutini himoya qilish, rag'batlantirish, respublika markazi tashkil qilindi. Natijada onalar va bir yoshgacha go'daklar- ko'rsatkichlari kamaydi.


Tayanch iboralar:

1. Majmua — birlashma.

2. Muhofaza — asrash.

Nazorat uchun savollar:

1. Jamiyatda shaxsning vazifalari nimalardan iborat?



  1. Oila va jamiyatning harkamol avlodni tarbiyalashdagi roll qanday

amalga oshirilmoqda?

3. Ayollarga davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilmoqda?



  1. So'nggi yillarda o'zbek oilasida yuz bergan o'zgarishlar haqida

so'zlab bering.

3-MAVZU

DEMOKRATIK JAMIYATDA OILAVIY

MUNOSABATLARNING

HUQUQIY ASOSLARI
1. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda ota-onaning roli. Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan bin hisoblangan inson huquqlari shu jumladan, oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini muhofaza qilish bo'yicha maxsus tizim yaratildi.

Huquqiy madaniyat, siyosiy savodxonlikning tamal toshlari oilada qo'yiladi. Oilada olib boriladigan huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan ishlarga ota-ona va katta yoshdagilar mas'ul hisoblanadi.

Darhaqiqat, huquqiy madaniyat shakllanishida ota-onaning farzand, farzandning ota-ona, millat, xalqi, Vatani oldidagi burch va huquqlarini bilish, unga amal qilishidan boshlanadi. Lekin fuqarolarning huquqiy madaniyati talab darajasida emas.

2. Fuqarolarning huquqiy madaniyatlilik darajasi va mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar. Ba'zi yoshlarimizning nikohdan o'tmasdan oila qurishlari, meros taqsimotida aka-uka, opa-singillar o'rtasida paydo bo'ladigan noxushliklar, ег-xotin o'rtasidagi nikohni bekor qilishdagi noroziliklar, ovsinlar, qaynona-kelin o'rtasidagi, uy-joy taqsimotidagi janjallar, huquqiy.savodsizlik dalolatidir.

Oilada bo'ladigan bunday noxush holatlarning oldini olishning asosiy yo'llari, avvalo ota-onalarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, buning uchun korxona va tashkilotlarda, mahalla va turar joylarda muntazam faoliyat ko'rsatadigan "huquqiy bilimlar" o'quv kurslari, jamoatchi hu-quqshunos maslahatxonalari tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Chunki, huquqiy madaniyati yuksak ota-onagina hu­quqiy savodxon farzand tarbiyalashi mumkin.

O'zbekistonda oilani mustahkamlashga, yosh avlodni jismoniy va ruhiy sog'lom qilib tarbiyalashga g'oyat katta ahamiyat berilmoqda. So'nggi yillarda qonun, farmon va qarorlar qabul qilish yo'li bilan amalga oshirilgan tadbirlar oilalarga, ko'p bolali va yolg'iz onalarga, maktab bolalari va talabalarga davlat tomonidan berilgan moddiy va ma'naviy yordamlar shular jumlasidandir.

1978 yil 19 aprelda qabul qilingan Konstitutsiyada oila masalasiga faqat bitta 51- modda ajratilgan edi.

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa 4 ta modda bor.

Shu o'rinda O'zbekistbn Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30 aprelda birinchi chaqinq Xl-sessiyasida qabul qilingan amaldagi Oila Kodeksida ег-xotinning mulki, huquq va majburiyatlari, bolalarga aliment to'lash, vasiylik, homiylik masalalari qanday hal qilinadi degan savol tug'iladi.

Oila kodeksining 23-moddasiga binoan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklarga, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki ni­koh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi. Ег-xotindan biri uy-ro'zg'or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo'lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo'lmagan taqdirda ham, er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo'ladi.

Oila kodeksining 99-moddasiga binoan "Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan, ota-onaning har oydagi ish haqidan, bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi,

uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi".

Oila Kodeksidagi muhim yangiliklardan biri ota-ona favqulodda holatlar (bolaning shikastlanishi, kasal bo'lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta'minoti uchun zarar bo'lgan qo'shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Uch oydan ortiq muddat mobaynida aliment to'lamaslik eng kam oylik ish haqining 50 haravarigacha miqdo­rida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtidan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquqiy va majburiyatlari kelib chiqadi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bi­lan ham tartibga solinadi.

Bunda xotin-qizlar siyosiy malakalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar hamda babharavar majburiyatlarga egadirlar.

Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan.

3. Er-xotinlarning oiladagi huquq va burchlari:

a) davlat tomonidan

b) shanat tomonidan

Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiv va mulkiy bo'ladi.



Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, ular iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqaroning shaxsiyati bilan bevosita bog'liq. Shaxsiy huquqlarning ko'pi er-xotinning nikohi tufayli vujudga keladigan huquqi kabi nikohga o'tganga qadar ham ularga tegishli bo'ladi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar va er-xotindan har birining sub'ektiv oila huquqini tashkil etadi va faqat oilaviy huquqiy munosabatlarda namoyon bo'ladi.

Demak, u faqat shu ma'noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Fuqarolarning ismi va sha'ni O'zbekiston Respublikasi fuqarolik Kodeksining



20-moddasiga muvofiq himoyalanadi.

Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlarga nisbatan ustivor ahamiyatga ega bo'lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatlarini belgilab beradi.

Bizning jamiyatimizda ular ayol bilan erkakning oila­viy munosabatlarida teng huquqliligiga asoslanadi. Bu tamoyil amalga oshiriladi va amaldagi qonunda turmushga chiqqan ayolni, muomala layoqatida hech qanday cheklamaydi, uni enga bo'ysundirilib, qaram qilib ham qo'yilmaydi. O'zbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki amalda ham teng huquqqa egadir. Oila huquqiga asosan er-xotin umumiy xo'jalik ishlarini birgalikda, o'zaro hamjihatlik asosida olib boradilar.

Familiya tanlash huquqi er-xotinning muhim shaxsiy huquqlaridan hisoblanadi. Nikohga kiruvchilarga ulardan birining familiyasini tanlab olish huquqi beriladi, familiya tanlash nikohga o'tuvchi fuqaroning shaxsiy ishidir.

Farzandlar tarbiyasi va oilaviy turmush bilan bog'liq boshqa masalalar er-xotin tomonidan birgalikda hal qilinadi. Er-xotin o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir. Oilaviy turmushning hamma masalalari, umuman, oila manfaatlari va ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini nazarga olgan holda, er-xotin tomonidan o'zaro rozilik asosida birgalikda hal etiladi.

Amaldagi qonun hujjatlarida homilador ayol hamda kasal er-xotinning manfaatlarini qo'riqlash va ta'minlashga alohida e'tibor beriladi. Bolalar tarbiyasi va oilaviy tur­mushning ayrim masalalarini hal qilishda rozilik bo’lmasa, er-xotindan har biri yoki ularning ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal qilish uchun tegishli davlat organiga murojaat etish huquqiga egadirlar. Vujudga kelgan nizoni qaysi organ tomonidan hal qilinishi Qonunda belgilangan. Nizoning xaraktenga qarab, Sunday organlar tarkibiga sud, Vasiylik va Homiylik organi kiradi.

Respublika sudlari ota-onalar o'rtasidagi bolalarga doir nizolarni to'g'ri hal qilishga, amaldagi oila kodeksi bilan bir qatorda O'zbekiston

Respublikasi Oliy sudi plenumining 1993 yil 16 aprel "Bolalar tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo'llash amaliyoti to'g'risida"gi Dasturi ko'rsatmasiga asoslanishi lozim.

Ег-xotinning har biri mashg'ulot, kasb, yashash joyi va turar joy tanlashda erkindir. O'zbekiston Respublikasi

"Oila" kodeksining 24-moddasida belgilab qo'yilgan mazkur qoida er-xotinning birgalikda oilaviy masalalarni hal qilishdagi huquqlarini ta'minlashga qaratilgan.

Er yoki xotin tanlagan kasb uni qanoatlantirib, oila ta'minoti uchun mablag' topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining tekinxo'rlik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta'minotida o'z mehnati bilan ishtirok etmasligi ham nikohdan ajralish uchun asos bo'lishi mumkin. Er-xotinning birga yashashi bolalarni tarbiyalash, mustahkam oila qurish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Qonun har bir er-xotinga qayerda yashashini erkin hal qilish huquqini berib, bir yo'la ularni rag'batlantiradi.

Qonunchilik bunday maqsadlarda ko'maklashib, birortasi asosiy ish joyidan ko'chadigan bo'lsa, yo'l puli to'lash, o'quv yurtini tamomlagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda, ularni yashab turgan joyida qoldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi. Er-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzandlari turar joylari belgilanadi.

Hadisi sharifda aytiladi: "Xotinning erga nisbatan haqlari: o'zi ovqatlanganda xotinini ham ovqatlantirish, o'zi yangi kiyim kiysa, unga ham olib kiyintirish, yuziga urmasligi, haqorat qilib so'kmasligi, arazlaganda uzoqqa ketmasdan faqat bo'lak yotishligidir".

Bundan tashqari to'rt oydan ortiq muddatga yolg'iz tashlab ketmaslik, agar shu vaqtdan ortiq muddatga safarga ketmoqchi bo'lsa, o'zi bilan olib ketish, uning qo'lidan kelmaydigan ishlarni buyurmaslik kabilar xotinlarning erlaridagi haqlari jumlasiga kiradi.

Hadisi sharifda: "Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog'i uning eridir. Erkak kishiga nisbatan haqlirog'i bu uning onasidir" deyilgan.

"Bundan tashqari, ayol erining buyrug'isiz biror narsa sarf qilmasligi, chunki, o'sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidir" — deyilgan.



4. Nikoh tuzish tartibi va shartlari. Oila kodeksining 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rasumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ariza qabul qilganida ularni nikohni qayd etish tartibi va shartlari bilan tanishtirishi, er-xotin va ota-onaning huquq va majburiyatlarini ularga tushuntirishi, bir-birlarining sog'lomlik holatlaridan va oila qoidalaridan xahardor ekanliklariga ishonch hosil qilishlari kerak.

Nikohga kiruvchilar nikohga to'sqinlik qiladigan holatlarni yashirganliklari uchun javobgar bo'lishlari haqida ogohlantiriladilar.

Nikohni tuzish nikohlanuvchilarning fu­qarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida, ari­za berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Bir oylik muddatni qisqartirishga asos bo'luvchi uzrli sabablar:

• agar nikohni qayd ettirish uchun ariza berganlar uzoq vaqt birga turgan bo'lsalar;

• nikohni qayd ettirish uchun ariza berganlarning er-xotinlik munosabatlaridan tug'ilgan bolalar bo'lsa yoki xotin homilador bo'lsa;

• kuyov yoki kelinning yaqin qarindoshlaridan biri og'ir kasal bo'lsa;

• ariza berganlardan biri uzoq muddatga chet elga ketayotgan bo'lsa;

• nikohni qayd ettirish uchun ariza bergan kuyov armiya safiga chaqinlgan yoki shu kabi uzrli sabablar bo'lsa.

Yuqondagi holatlarning har birida tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Ayrim hollarda esa bu muddat 3 oygacha uzaytirilishi mumkin. Nikoh tuzish shartlari:



1. Nikoh tuzish ixtiyoriydir.

Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikohga kiruvchilarning ko'p hollarida qizlarning roziligini olmay, oldindan fotiha qilish, qalin olish hollari, yoshlarni sevmagan kishilariga turmushga chiqishga majbur qilib, ularning baxtiga zomin bo'lish kabilar;



2. Nikoh yoshining belgilanishi. Erkaklar uchun o'n sakkiz yosh, ayollar uchun o'n etti yosh belgilangan. Qonunda nikoh yoshining belgilanishi bu hali faqat nikoh tu­zish uchun huquq necha yoshdan nikohga o'tishni ularning o'zi hal qiladi.

3. Nikob tuzishga monelik qiladigan holatlar:

a) loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi.

b) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'­yilmaydi.

4. Nikoh yoshi bo'yicha mulohazalar:

• birinchidan, 17-18 yoshdagi yigit-qizlarning ko'pchiligi jismoniy va fiziologik jihatdan to'liq rivojlanib yetishmagan bo'ladilar;

• ikkinchidan, respublikamizning "Ta'lim to'g'risida-gi Qonun"ida ko'rsatilganidek, bu yoshlar umumiy ta'limdan so'ng 3 yillik akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o'qiyotgan vaqtiga to'g'ri keladi. Qiziq, 17-18 yoshda tur­mushga chiqqan qizlar homilador holda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji partalarida o'tirib, bilim oladilarmi? Yoki farzand ko'rish bilan shug'ullanadilarmi? Yana bir asos, 18 yoshga kirgan yigitlarning oilani boqish uchun qo'lida bir hunari bo'lmasa, u qanday qilib oilasini boqadi?

Birinchi bola ona 19-20 yoshga to'lganda tug'ilsa, maqsadga muvofiqdir.



5. Nikohdan ajratish. Oila kodeksining nikohdan ajrashish uchun aniq asoslar ko'rsatilmagan va buni ko'rsatish mumkin ham emas. Chunki, er yoki xotin keltirgan bir asos yetarli bo'lishi, boshqa holatlarda esa ajratish uchun asos bo'lmasligi ham mumkin.

Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishiga imkoniyat yo'q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. (Oila kodeksining 41-moddasi) Sud amaliyotida nikohdan ajratish uchun er-xotinlar quyidagi asoslarni keltirganliklari aniqlandi:

• er-xotindan bittasining doimiy ravishda spirtli ichimliklarni ichib, oilada janjal chiqarishi;

• er-xotinlik munosabatiga xiyonat qilish;

• oilada bola tug'ilmasligi;

• oilaviy ishlarga qarindoshlarning aralashib, janjal chiqarishi (ayniqsa qaynona-kelin mojarolari)

Oila kodeksi nikohdan ajrashishning asosiga qarab undan ajrashish tartibini belgiladi. Nikohdan sud orqali yoki (FHDYO) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi.

Agar er yoki xotin tomonidan keltirilgan asoslar yetarli bo'lmasa, u holda sudlar nikohdan ajralish da'vosini rad etish to'g'risida hal qiluv qarorini chiqaradi. Amaliyotda qonuniy rasmiylashtirilgan nikohning oltitadan bittasi ajralish bilan tugallanmoqda. Respublika bo'yicha o'rta hisobda har yili sudlar tomonidan 25 mingdan ortiq nikoh­dan ajratish ishlari ko'rilmoqda.



Nikohdan ajratish sud tartibida ko'riladigan hollar:

• er-xotindan biri nikohdan ajralishga rozi bo'lmasa;

• ular o'rtasida voyaga yetmagan umumiy bolalari bo'lib, ularni kimda qoldirish va ta'minot uchun aliment undirish to'g'risida nizo bo'lsa;

• er-xotin o'rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga aliment undirish, birgalikdagi umumiy mulkni bo'lish bo'yicha nizo chiqsa;

Oila kodeksi 39-moddasiga muvofiq ег-xotinni homiladorligi vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida uning roziligisiz nikohdan ajratish haqida ish qo'zg'atishga haqli emas. Xotin farzand ko'rgandan keyin va bola bir yoshga to'lgandan keyin yana nikohdan ajrashish to'g'risida da'vo bilan murojaat etishga haqli.

FHDYO orqali ajralish:

• voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan er-xotin ni­kohdan ajralishga o'zaro rozi bo'lsalar (Oila kodeksi 42-modda);

• sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilsa;

• sud tomonidan ruhiyati buzilishi (rahiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilsa;

• sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo'lsa (Oila kodeksi 43-modda);

Nikohdan ajralish to'g'risidagi ariza qabul qilingandan 3 oy o'tgandan keyin ajralish rasmiylashtiriladi.



6. Er-xotin mol-mulkining shartnormaviy tartibi. Amaldagi Oila kodeksiga er-xotinlarning qonuniy mulkidan tashqari II-bo'lim 6-bobda belgilangan er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi ham kirib keldi.

Bu qoidaning qonunchilikka kirib kelishining sababi bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulkchilik mavjudligi bilan bog'liq.

Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er-xotinning nikohda bo'lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvga aytiladi. Er-xotinning qonuniy mulk tartibining mavjudligi er-xotin nikoh shartnomasini tuzishlari shart emasligini anglatadi.

Nikoh shartnomasi imkoniyatlari:

• o'z nikohidan o'z xohishi bo'yicha erkin tasarruf etish huquqi;

• er-xotinning har birining mulkiy huquqlari buzilishini bartaraf etish;

• mehnatga layoqatsiz, muhtoj xotin yoki erning mulkiy huquqiy buzilishini bartaraf etish;

• er-xotinning mulkiy huquqini ta'minlab, harqarorlikni saqlab qolish;

• nafaqat jismoniy shaxs balki davlatning ham mulkiy manfaati kafolatlanishiga rioya qilish;

Nikoh shartnomasini tuzish yoki tuzmasligi er-xotin­ning o'zlariga tegishlidir. Uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, o'z kompleks harakatiga ega, o'zida nafaqat er-xotinning mol-mulkini vujudga keltirish yoki uning hu­quqiy tartibini o'zgartirish, shu bilan birga er-xotinning bir-biriga moddiy ta'minot berishini ham tartibga solishini belgilab beradi.

7. Qon-qarindoshlik. Qonun bo'yicha kimlarni qarindosh deb ataymiz? Yaqin qarindoshlik o'z ichiga to'g'ri chiziq, yon, tug'ishgan va o'gay qarindoshlar, aka-ukalar bilan opa-singillar tushunchalarini oladi.

• To'g'ri cliiziq — qarindosh bo'lib, biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar: bobo-ota-o'g'il-nevara-chevara-duvoralar;

• Yon chiziq — qarindosh bo'lib, aka-uka, opa-singil, umumiy ota-onaga ega bo'lganlar tug'ishgan qarindosh, ota bir ona boshqa yoki ona bir ota boshqalar o'gay qarindosh bo'ladi.

Aka-uka hamda opa-singillar farzandlarining o'zaro nikoh tuzishlari, shuningdek bolalarni emizish tufayli vujudga kelgan sut qarindoshlar nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohni qonun yo'li bilan ta'qiqlash axloqiy hamda biologik nuqtai nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi.

Boshqa qarindoshlar o'rtasida nikoh tuzish Qonun bilan man qilinmaydi. Shuning uchun amakivachcha, tog'avachcha, xolavachcha, ammavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o'r­tasida nikoh tuzish mumkin. Ammo bu maqsadga muvofiq emas. Chunki, qarindoshlik nikohi tufayli odatda jismoniy va aqlan nosog'lom, nimjon, kasalmand, aqli zaif, kar-soqov, ortiq, pakana yoki mayib nuqsonli bolalar tug'iladi. Bunday oilalarda ko'pincha yurak, buyrak xastaligi kasalligiga yo'liqqan go'daklar tug'ilishi kuzatilmoqda.

Musulmon huquqi bo'yicha, har xil oilada tug'ilgan bolalarni bir ona emizish tufayli sut qarindoshligi vujudga keladi. Tug'ruqxonalarda ona-bola yotadigan alohida xonalar bo'lishi lozim. Boshqa ayoldan tug'ilgan bolani emizgan ayol o'sha bolaga ikkinchi ona hisoblanadi. Demak, go'dak boshqa onaning sutini emsa, u o'sha sut bergan ayolning farzandi bilan turmush qurishi mumkin emas. Bu ham tug'­ishgan ukasi yoki singlisi bilan turmush qurishday gap.

Qadimda sut emishganlararo opa-uka, aka-uka, ya'ni ko'kaldoshlik bo'lib ular o'zaro turmush qurmaganlar. Shu­ning uchun bundan buyon ana shunday boshqa ayolning manzili, nasl-nasabi, o'sha suti kam onaga rasman yozib berilishi, unga tanishtirib qo'yilishi shart.

Er yoki xotin tanlagan kasb uni qanoatlantirib, oila ta'minoti uchun mablag' topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining tekinxo'rlik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta'minotida o'z mehnati bilan ishtirok etmasligi ham nikohdan ajralish uchun asos bo'lishi mumkin. Er-xotinning birga yashashi bolalarni tarbiyalash, mustahkam oila qurish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Qonun har bir er-xotinga qayerda yashashini erkin hal qilish huquqini berib, bir yo'la ularni rag'batlantiradi.

Qonunchilik bunday maqsadlarda ko'maklashib, ulardan birortasi asosiy ish joyidan ko'chadigan bo'lsa, yo'l puli to'lash, o'quv yurtini tamomlagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda, ularni yashab turgan joyida ishda qoldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi.

Ег-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzandlari turar joylari belgilanadi.

Tayanch iboralar:

1. Ko'kaldoshlar - bir onaning sutini emganlar.



Nazorat uchun savollar:

1. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?

2. Fuqarolarning huquqiy savodxonligi nimalardan iborat?

3. Ota-ona huquqiy madaniyati deganda nimani tu­shunasiz?

4. Oila kodeksi qachon qabul qilingan?

5. Nikohni tuzish shartlari.

6. Nikohdan ajratish.

7. Oila kodeksining 23-moddasida nimalar yoritilgan?

8. 99-moddasida-chi?

9. Oila kodeksidagi yangiliklar haqida so'zlang.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish