⦁ er-xotinlik munosаbаtlаri



Download 65,72 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi65,72 Kb.
#931764
Bog'liq
Новый документ в формате RTF


ER-XOTINLIK MUNOSАBАTLАRI

Biz yuqorida oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasiga tegishli masalalarga qisman toʼxtalib oʼtdik. Endi esa mazkur masalada yosh oila meʼzonlari haqida fikr yuritsak. Psixolog va sotsiologlarnining fikricha, kelin-kuyovlarning yoshi 30dan oshmagan 1- nikohdagilar yosh oila hisoblanadi. Odatda yosh oila tushunchasi oilaviy hayotning dastlabki 10 yilini oʼz ichiga oladi.


Nikohdan oʼtib oila qurilgandan soʼng u bir necha bosqichlarni bosib oʼtadi. Shulardan eng koʼp kuzatiladigani sotsial va psixologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigan ham aynan shu yosh oila bosqichiga toʼgʼri keladi. Bu bosqichda er-xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakllanadi, farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan bogʼliq boʼlgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar, ularning mustahkamligini taʼminlash va ularda ijtimoiy, Iqtisodiy va maʼnaviy qoʼllab quvvatlash yangi oilaning barqarorligini taʼminlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilaning mustahkam boʼlishi, er-xotinning baxtiyor, tinch-totuv yashashlarida ularning oʼzaro qovushuvi muhim rolь oʼynaydi. Oʼzaro qovishishlarni shartli ravishda uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin:
Biologik qovishuv. Psixologik qovishuv. Sotsial (ijtimoiy) qovishuv.

Toʼydan keyingi dastlabki «asal oyi»3 odatda, osoyishta, shirin, totuvlik bilan oʼtadi. «Qolgan oylar va yillar ham xuddi shunday yaxshi, baxtli davom etishi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?», «Yuqoridagi qovushuv turlaridan eng muhimi va asosiysi qay biri?» degan savollar tugʼiladi. Quyida biz ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.


Biologik qovushuv. Biologik shaxobchaning ruhiy shaxobchaga nisbatan bir muncha turgʼunligini, kam oʼzgaruvchanligini hisobga olish zarur. Yaʼni shakllangan mijoz toifasini oʼzgartirib boʼlmasligini va bunga intilishning samarasizligini unutmaslik lozim. Mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar turlicha boʼlishi, baʼzan esa bir-biriga qarama-qarshi zid toifalarga mansub boʼlishi mumkin. Lekin buni oila mustahkamligi uchun xavfli omil deb hisoblash xato boʼladi. Koʼp hollarda bunday oilalardagi er-xotinlar bir-birlarida yetishmaydigan psixologik xususiyatlarni toʼldirib turadilar. Shu bilan birga xolerik turga mansub boʼlgan er- xotinlar oʼrtasida salga nizo-janjallar chiqishi muhim omil boʼlishi mumkin. Qayliqlarning mijoz jihatdan turmush qurishlari turli koʼrinishlardan iborat boʼlishi mumkin. Masalan, XX (xolerik kuyov - xolerik kelin), XS (xolerik-sangvinik), XF, XM, SS, FF, FM, MM, va boshqa murakkab qovushuvlar. Bu yerda eng muhimi mijoz turi emas, balki ular oʼrtasidagi hissiyot kuchi, psixolo-pedagogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mustahkamlashga intilish, tarbiya va madaniy saviya darajasi, oʼzaro munosabatlardagi madaniyatdir.

⦁ ER-XOTIN NIZOLАRI

Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin oʼrtasidagi nizolardir. Xoʼsh, eng ezgu niyatlar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning oʼzaro munosabatlarida nizo-janjallar roʼy beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush janjallarsiz ham yashasa boʼladimi? Bu kabi savollarni yana koʼp davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: Oshsiz uy boʼlishi mumkin, lekin nizosiz uy boʼlmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil toʼxtalib oʼtamiz.
Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq koʼplab ertaklar eshitib, keyinchalik oʼzlari ham ularni turli kitoblardan oʼqib oʼsgan yoshlar oʼzlarining boʼlajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilьmlarda ham qahramonlar bir- birlariga yetishgunlariga qadar ne ne mashaqqatlarni, zaxmatlarni boshlaridan kechirib, bu yoʼlda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir- oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu, qirq kunäóçlab toʼy berib, murod maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filьmlar, ayniqsa bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib toshmosha qiladigan hind filьmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham koʼp martalab guvoh boʼlgansizlar.
Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit - qizlar oʼz ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir- birlarga nisbatan boʼlgan oʼzaro munosabatlarini va qator shu kabilarni oʼzlarining boʼlajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan soʼng oʼgʼil bolalar xuddi oʼz otasidek va qizlarimiz oʼz onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» boʼlishni orzu qiladilar. Chunki ular oʼz ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda boʼluvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni koʼrmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek boʼlsa ham, ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan koʼrsatish anʼanalari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos boʼladi.
Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular ogʼushida oila qurgan yoshlar, oʼzlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari oʼzlari kutganlaridek boʼlmayotganligi, turmush oʼrtogʼini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (toʼydan oldingi) holatiga nisbatan maʼlum darajada (albatta)
«salbiy» tomonga oʼzgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning oʼzaro munosabatlari rivojlanishining oʼziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh oʼzbek oilasida

uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bogʼliq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin.


Аfsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar boʼlgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida oʼz nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xoʼsh bu jarayonlar, yaʼni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er- xotinning oʼzaro munosabatlariga qay darajada taʼsir etadi? Oʼtmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u meyorda boʼlsa ishtahani ochadi, meyoridan ortib ketsa, ogʼiz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday boʼlishidan qatʼiy nazar nizolardan mutlaqo holi (himoyalangan, kafolatlangan) boʼla olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz boʼlmaydi. Bu nizolar maʼlum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini oʼtaydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga koʼra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus meʼzon yoʼqki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa maʼlumotlari (koʼrsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin boʼlsa. Bunda hamma narsa subʼektning oʼziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qoʼyilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bogʼliq boʼladi.
Maʼlumki, bir-birlariga aynan oʼxshash, mos ikki odamning boʼlishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun meyorida boʼlgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutloqo mos kelmasligi, yoki biron bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega boʼlmagan nizo va uning sababi boshqa oila aʼzolarining oʼzaro munosabatlarida jiddiy okibatlar olib kelishi mumkin va hokazo.
Shunday ekan jamiki oilalarga xos boʼlgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir oʼlcham yoki xarakteristika bilan koʼrsatib berish masalasi ham mantiqqa toʼgʼri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni oʼrganish, ular aʼzolarining oʼzaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam oʼzi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim boʼladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli boʼlishligini (ekanligini) daʼvo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli boʼlgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal

qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar oʼrtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir.

Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga koʼra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:
⦁ er-xotin oʼrtasidagi nizolar;
⦁ qaynona-kelin oʼrtasidagi nizolar;
⦁ qaynona-kuyov oʼrtasidagi nizolar;
⦁ ovsinlar oʼrtasidagi nizolar;
⦁ ota-onalar va farzandlar oʼrtasidagi nizolar.
Аlbatta, bu roʼyxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda roʼy berish ehtimoli nisbatan yuqori boʼlgan nizolarning eng asosiysi boʼlmish er-xotin oʼrtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini koʼrib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Umuman oilada er-xotin oʼrtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan 1-rasmda keltirilgan sxemadagidek boʼlishi mumkin.
Birinchi rasmdan koʼrinib turibdiki, har qanday oilada er-xotinning oʼzaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga koʼra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda roʼy beradigan nizolarni koʼrib chiqaylik. Rasmda koʼrinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular, oʼzlarining yuzaga kelishiga asos boʼlgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga koʼra bir- birlaridan farqlanadi.
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos boʼlgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan boʼladi. Аgar ular hal etilsa buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar oʼz yechimni topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yoʼl qoʼymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol boʼla oladi. Ular asosan er-xotin oʼrtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning oʼzlarigina hisoblanadilar.

Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va



ijobiy xususiyatlarini oʼrganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni xal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini taʼminlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «er-xotinnnig urushi - doka roʼmolning qurishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka roʼmolning qurishi» er-xotin oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Аjratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos boʼlgan muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan boʼladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi koʼpincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni shaxsan oʼzi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli, oʼzbek oilasi uchun xarakterli boʼlgan nizolardan boʼlmish er yoki xotinning qarindosh urugʼlari bilan boʼladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, yaʼni bir tomon manfaatlarining qondirilishi koʼpchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berlishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozilik, eʼtiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos boʼlib xizmat qilishi mumkin. Аjratuvchi nizolarda, nizo xal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita er-xotinlarning oʼzaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bogʼliq boʼladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham baʼzan er-xotindan tashqari uchinchi odam boʼlishi mumkin, ularning hal etilishi ham er-xotinlarning oʼzlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bogʼliq boʼladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi
Аjratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan» nizolar boʼlib, oʼz xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga koʼra er- xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa aʼzolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar, va boshqalar ham aralashadi.
Ijtimoiy psixologiyada gap, soʼz, nizo haqidagi maʼlumot bir ogʼizdan chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning koʼlami maʼlumot manbaidan uzoqlashib, undan xabardor boʼlgan va unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi.
Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan soʼng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan boʼlsa, imkon qadar shu nizoda oʼzini aybsiz, haq qilib koʼrsatishga, shu uchunchi odamni uning manfaatlarini himoya qilishigaogdirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda subʼekt foydalanadigan gap-soʼzlar, ohang, imo-ishora, mimika, urgʼu va boshqalar deyarli barcha verbal va noverbal vositalar roʼy berib oʼtgan hodisa (nizo- janjal)ning asl holatiga qaraganda boʼrttiribroq idrok etilishini taʼminlaydi. Nizo haqida qanchalik koʼp odamga gapirib beraverilgan sayin

u ayanchli tus olgan xolda avj olib borveradi va oqibatda fojeali natijalarga ham olib kelishi mumkin


Shunday ekan, oilaviy hayotda roʼy berishi mumkin boʼlgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda roʼy beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor boʼlishlari, ularni biriktiruvchilik, er- xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning oʼzaro munosabatlarining rivojlanishini taʼminlovchi, ularning har ikkalovining ham, yaʼni
«biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka oʼrganishlari lozim. Аlbatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif boʼlishlari ham maqsadga muvofiq.
1-chizmada koʼrinib turganidek er-xotinning oʼzaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat hollarda er-xotin oʼrtasida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan qarama-qarshiliklarning hal etilishi, ularning oʼrtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er-xotin munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi.
Аjratuvchi nizolarda yuqorida aytib oʼtganimizdek, bir nizoning hal etilishi (yaʼni er-xotinlardan birining manfaatining qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos yaratar ekan, oʼz navbatida bunday
«men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolar tufayli er-xotin munosabatlarida nizolar «eskolatsiyasi» shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun «uzluksiz jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ularning asabi, sogʼligʼi, ijtimoiy holatigagina emas, balki shu oilalarda dunyoga kelib shunday muhitda tarbiyalanayotgan farzandlarning ruhiy olamiga ham jiddiy taʼsir koʼrsatadi. Bunday oilalarda hukm surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatsizlik, oʼz asoratini faqat shu oilalarning oʼzidagina qoldirmay, balki shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi avlod oilalariga ham oʼz asoratini olib oʼtishi mumkin.
Er-xotin munosabatlarida nizolarning rivojlanish yoʼli tasviri berilgan 1-chizmadan koʼrinib turibdiki, yangi yuzaga kelgan oilalarda er- xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivojlanishi oqibatida shartli ravishda toʼrt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: oʼzaro munosabatlari mustahkamlangan oilalar; munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizolar yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va nihoyat munosabatlar uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan oilalar.
Bularning orasida eng maqbuli - 1-toifa oilalar. Yoshlarimizning har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari lozim. 2-toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda boʼlib oʼtgan nizolardan soʼng er-xotinlar oʼz vaqtida boʼlib oʼtgan nizolar, ziddiyatlardan toʼgʼri xulosa chiqarishib, oʼz xatolarini vaqtida anglab yetib, bir-birlarini tushunishga harakat qilsalar, ularda ham oʼzaro

hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Аgarda qulay shart-sharoitlar yuzaga kelmasa, er-xotinlar oʼz xatolarini tushunib yetish va ularni tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega boʼlmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni xohlamasalar, shuningdek ularning katta yoshdagi qarindosh-urugʼlari, yaqinlari oʼzlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy yoʼl-yoʼriqlar, maslahatlar bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga nooʼrin aralashgundek boʼlsalar (afsuski bunday holatlar oʼzbek oilalarida tez-tez uchrab turadi), bunday hollarda vaqtinchalik erishilgan zoʼriishlarning pasayishi keyinchalik yana yangi nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin.


Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga koʼra:
«nizolar qisman hal qilinadigan ® zoʼriqishlarning kuchayishi ® yangi nizoning yuzaga kelishi ® ular yana qisman hal qilinishi» zanjiridagi oilalar bu toʼrt tur oilalar ichida eng xarakterlisi va jiddiy eʼtibor talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, nizolar chuqurlashuvi, zoʼriqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hollarda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Аlbatta ajralish hodisasi bu nikoh oila munosabatlari uchun ayanchli. Аyniqsa, bunday xollarda oilada farzandlar boʼlsa, ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Аjralishdan soʼng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar oʼz xatolarini tuzatishi, balkim keyinchalik «oʼz tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham mumkindir.
Biroq 3-toifa oilalarning oʼzbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati shuki, oʼzbeklarda, shuningdek, tojik, qirgʼiz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga boshqa, yevropa xalqlarida boʼlganiga nisbatan salbiy munosabatlarda boʼlish anʼanalari kuchli. Yaʼni ajralish jamoatchilik fikriga koʼra qoralanadi. Buning ustiga oʼzbek oilalarida qarindosh-urugʼchilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qaraganda koʼproq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa, yaʼni ular nizo-janjalli, bir-birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tushmaydigan, psixologik qovusha olmaydigan boʼlsalar ham «oila buzilmasin»,
«qarindosh-urugʼchilik uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib boʼlmasin oilalarni saqlab qolishga harakat qilinadi.
Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalar, har xil asab buzilishlar kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, oʼz joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator koʼngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga toʼgʼri keladi. Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bogʼliq boʼlgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida tegishli maʼlumotlarga ega boʼlishlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini

jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi


«chegaralanmagan» turlaridan ogoh boʼlishi, oʼz hayotlarida shu toifa nizolarning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida zarur boʼlgan bilim va maʼlumotlarga ega boʼlishlari lozim.

⦁ OTА-ONАLАR VА FАRZАNDLАR OʼRTАSIDАGI NIZOLАR

Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin boʼlib quyidagilar xizmat qiladi.
Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni hisobga olinmasligi; Yoshlarning boʼsh vaqtini mustaqil tashkil etishi, doʼstlar tanlash-
dagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yoʼldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan baʼzan kurash olib borishning xush kelmasligi;
Ota-onalar ichkilikka ruju qoʼyishi yoki or-nomusni yigʼishtirib qoʼyib, buzuqchilik qilishi;
Baʼzi bolalarni mehnat qilishga oʼrgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga oʼrganib qolishi;
Аyrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qoʼyishi va hokazo.
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yoʼqoladi, oʼrtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota- onasiga qoʼl koʼtaradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxshparastlar borligiga nima deysiz?
Baʼzi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13-14 yoshlarda muqarrar ravishda boʼlib oʼtadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qoʼshilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan boʼlgan munosabatlarida koʼzga tashlanadi. Buni sezmagan baʼzi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz boʼlib qoldi», deb oʼylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi oʼzlaricha chora- tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.

⦁ QАYNONА - KELIN OʼRTАSIDАGI NIZOLАR

Oilaga yangi tushgan kelinlarning koʼpchiligi yuzaga keladigan baʼzi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini koʼngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini roʼzgʼor tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor boʼladilar. Qaynonalar ham

bunday kelinni «qizim» deb bagʼrilariga oladilar, bilmaganini oʼrgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yoʼl-yoʼriq koʼrsatadilar. Ularga uy-roʼzgʼor ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin koʼmakdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli toʼqnashuvlar ham sodir boʼlib turadi. Gap qaynona-kelin oʼrtasida borar ekan, shuni aytib oʼtishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat eʼtiborida boʼlib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Аhmad Donish oʼzining «Navodir ul vaqoe» ( Nodir voqealar) nomli kitobda qaynona kelin-nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham boʼlgan, hozir ham bor va bundan keyin ham boʼladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayotganliklarini oʼzlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urushadilar». Demak bu oʼrinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi koʼrinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini koʼrib chiqamiz.


⦁ Baʼzi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan boʼladi. Аyniqsa yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular oʼz tasavvuridagi qaynonaga xos boʼlgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yoʼgʼini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam boʼlgan emas, boʼlmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham boʼlishi mumkin emas.
Kelinlar oʼzlari tushgan yangi oila aʼzolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Аks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar ogʼir bosiq, sabr-toqatli boʼlishlari iloji boricha oʼzlari tushgan xonadon aʼzolarining yaxshi tomonlarini koʼrishga intilishlari, eri shu xonadon aʼzosi ekanligini unutmasligi lozim. Аna shunda bu oila tinch-totuv boʼladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik aʼzo boʼlib kelganligini unutmasligi kerak.
⦁ Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-roʼzgʼor tutishlari orasida kelishmovchilik paydo boʼladi va keskinlashadi.
Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari oʼrtasida tafovut boʼlishi tabiiy holdir. Аmmo aksriyat hollarda qaynona-kelinlar koʼp jihatdan bir-birining aksi boʼladilar. Аyrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yigʼirtirib quyib, har birlari oʼz gaplarini oʼtkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa malasalalarda ularni oʼz holiga qoʼyishlar

lozim. Yoshlar ham oʼz navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari ularni gʼashiga tegadigan nooʼrin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «xoyi-xavaslardan» oʼzlarini tiyishlari kerak.


⦁ Baʼzi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarni bajarishga tayyor boʼlmaydilar.
Shunday kelinlar boʼladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar.
Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega boʼlgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikoxgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni uy-joyni saramjon sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni,oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jixozlaridan asrab-avaylab foydalanishni va shu kabi uy-roʼzgʼor ishlarini oʼrgatishga alohida eʼtibor berishlari zarur. Chunki el orasida «qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor» degan xikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak.
Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni oʼz farzandiday koʼrib, bilmaganini sabr-toqat bilan oʼrgatib borishi lozim. Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. Yaxshi soʼz, ham yomon soʼz ham bir ogʼizdan chiqadi. Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan koʼnikma va malakalarning oʼz oʼgʼli uchun va kelajakda oʼz nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.
⦁ Аyrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar. Аyrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota- onalar tomonidan meʼyoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada ota- onalar bilan bobo-buvilar oʼrtasida «bolaga kim tarbiya berishi kerak» degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Аslida ular ham, bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar boʼlib yetishishini istaydilar, tanlagan yoʼllari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olishmasa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun ular boladan hali joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Аna shunda bobo- buvilar ham, ota-onalar ham ahillik bilan bola tarbiyasi borasida oʼzaro mos chora-tarbirlarni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muhit va shart-sharoitda, davrda oʼsayotganini, mijozi turini hisobga olish zarur.
⦁ Baʼzan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yoʼlida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Oilada ikki va undan ortiq kelin boʼlsa, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, baʼzisi uzoqroq boʼladi. Аyollar oʼta ruhiy sezgirliklari

tufayli buni tezda sezadilar. Natijada «oʼgay» kelin bilan qaynona oʼrtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona oʼz kelinlariga mumkin qadar bir hilda munosabatda boʼlishi (ammo bu yerda har bir kelinnnig muomalasi, munosabatini, qaynonaga boʼlgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon yaratib qoʼyishdan ehtiyot boʼlishlari kerak. Bu oʼrinda shaxsan kelinlardan ham aql idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi.


⦁ Baʼzi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki oʼqishini hisobga olmaydi.
Qaynonalar orasida umr boʼyi uy bekasi boʼlganlari ham bor. Ular ishlash bilan uy-roʼzgʼor ishlarini barovar olib borishni oʼz boshidan oʼtkazmagan. Аna shunday qaynonalar yoshligida oʼzlarini risoladagiday kelin boʼlganman deb biladilar, Qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini
«ularning soyalariga koʼrpacha solganlarini» (rostmi-yolgʼonmi, baribir) tez- tez eslashni yaxshi koʼradilar va kelinlarining ham «oʼzlariday» boʼlishini istaydilar. Baʼzan esa uni oʼgʼli orqali ochiqdan-ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining imkoni bormi, yoʼqmi, oʼylab ham koʼrmaydilar. Bunday qaynonalar «ehtiyojini» qondirish imkoniyatiga ega boʼlmagan kelinlar ularning gʼazabiga uchraydilar. Kelini haqida boʼlar-boʼlmas gaplarni oʼgʼillarining qulogʼiga quyadilar. «Oʼgʼlimga aytib seni qoʼydirib yubormasam, yurgan ekanman»- deya doʼq-poʼpisa qiladilar. Baʼzi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday qaynonalar oʼgʼillari, nabiralari baxtidan koʼra oʼz huzur-halovatlarini koʼproq oʼylaydilar. Buning oldini olish uchun oʼgʼildan gʼoyat tadbirkorlik talab qilinadi.
⦁ Аyrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin boʼladi, oqibatda qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Har bir oilaning oʼziga xos muhiti, qonun-qoidalari, anʼanalari, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho mezonlari, hatto faqat shu xonadon aʼzolari tushunadigan, shartli ravishda qabul qilingan soʼz, iboralari boʼladi. Yangi tushgan kelin oʼzi bilan oʼz tugʼilib oʼsgan uyining muhitini, odat-koʼnikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi.
Ota-onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut ham aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarni keskinlashuviga taʼsir qilishi mumkin.
Bunda ihtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy moʼl-koʼlchilikni koʼrmasdan, oʼz turmushidan sovushi mumkin.
Shuning uchun ham donolar «Qiz bersang oʼzingdan bir pogʼona balandga ber, sening xonadoningda koʼrmaganini yangi xonadonida koʼrib, yangi xonadonga koʼnikishi oson kechadi. Qiz olsang oʼzingdan bir pogʼona pastdan ol. Shunda kelin oʼz uyida koʼrmagan moʼl-koʼlchilikni sening xonadoningda koʼrib, bu muhitga tez koʼnikadi» deganlar.

Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov maʼlumotli, madaniyatli oiladan boʼlib, kelin aksincha dehhon, ishchi yoki savdogar oiladan boʼlsa, yoki er- xotindan biri shahardan, ikkinchisi hishlohdan boʼlsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham er-xotin oʼrtasidagi ixtiloflarni keltirib chiharishi mumkin. Kelin-kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida ham, ihtisodiy taʼminlanganlikda ham bir-biriga mushtarak boʼlishlari maqsadga muvofiqdir.


Bordi-yu, kelin boshqa millatga mansub boʼlsa, uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin boʼladi. Masalan, oʼzbek xalqida kekirish toʼyganlik - shukronalik belgisi hisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat oʼta odobsizlik hisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha kechavermaydi. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda «begona»dek tuyuladi.
Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham bogʼliq. Masalan, koʼproq xolerik mijozga mansub boʼlganlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelinlarni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi.
Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda uni osongina oʼzlashtirishga tayyor boʼlganlar sangvinik mijozdir.
Flegmatik mijoz esa vazmin, ogʼir karvon boʼlgani uchun yangi oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olganidan keyin esa uni oʼzgartirishni sira-sira istamaydi, uncha-muncha gap-soʼzga parvo qilmaydi. Melanxolik mijozlar ham shunga yaqin. Аmmo sal narsadan ularning ruhi tushib ketadi, boʼlar-boʼlmasga xafa boʼlaveradi. Ruhiy jihatdan esa nihoyatda sezgir boʼlishadi.
Har bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristikasini, ularning oʼziga xos xususiyatlarini bilib olgan qaynona-kelinlarning til topib ketishlari oson koʼchadi.
Baʼzi qaynonalar oʼgʼlini kelinidan qizgʼonadi va oqibatda kelini bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolgʼiz oʼgʼil otasiz oilada oʼsgan taqdirda koʼproq uchraydi.

⦁ QАYNONА-KUYoV ORАSIDАGI KELIShMOVChILIKLАR

Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham boʼladi Ichkuyov baʼzi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram boʼladi (hech boʼlmaganda uy-joy masalasida). Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali boʼlavermaydi. Kuyovning psixolgik xushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, baʼzan qaynonalar kuyovga nooʼrin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday qoʼpol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham ogʼir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi oʼrtada qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa

hammada ham boʼlavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga oʼtadi. Har ikkala holda ham oila barbod boʼlishi mumkin.


Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamrok aralashmogi kerak. Baʼzi qaynonalar qizini (ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha oʼgʼlini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo boʼladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolgʼiz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan boʼlsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat eʼtibori kuyovga - eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir hatti-harakatini kuzatadi. hollarda baʼzi qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini oʼzlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar topadilar. Аslida esa buning bitta-yu-bitta sababi bor - rashk, faqat qizini qizgʼanishdir. Qizining oldida uning obroʼsini tushirmoqchi boʼladi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona oʼgʼlini kelinidan qizgʼonadi.
Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan soʼng, ayniqsa onasi bilan birga turadigan boʼlsa, undan oʼz diqqat-eʼtiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darigʼ tutmasligi, yolgʼizlatib qoʼymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, oʼz yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, oʼgʼlining xotiniga mehr muhabbati, eʼtibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Аyrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini oʼz eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqei va boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obroʼi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab boʼladi.

⦁ АJRАLISh VА UNING OQIBАTLАRI

Termulib toʼymadi nigohlarimiz, Soʼrovin qoʼymadi soʼroqlarimiz. Xudoyim ne edi gunohlarimiz,
Ikkimiz ikki yon ayrilib ketdik... Ishqimiz ishq boʼlib nima kun koʼrdi? Oʼrtada yillar va yoʼllar yugurdi.
Biroq taqdir hukm oʼqib ulgurdi, Ikkimiz ikki yon ayrilib ketdik....
(Shamsiya)

Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, shubhasiz jiddiy muhokama qilinadigan masalalar qatorida nikoh-oila munosabatlarining buzilishi, er-xotinlarning ajralish muammosi turadi. Nima uchun oilalar buziladi? Аjralish oʼzi nima? Аjralish bu yaxshimi yoki yomonmi? Oilalarning ajralishiga yoʼl qoʼyish kerakmi?



Аjralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, Oʼzbekistonda ham ajralish muammosini oʼrganishga keng ilmiy jamoatchilik eʼtibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari oʼrganmoqdalar. Ularning eʼtibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini oʼrganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham koʼp zarar koʼradi. Аjralishlar koʼplab noxush hodisalar: notoʼliq oilalar sonining ortishi, bolalar va oʼsmirlar oʼrtasida qonunbuzarlikning koʼpayishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolgʼizlik, sobiq er- xotinlar va qarindoshlarning oʼzaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab boʼlishi mumkin.
Bu oʼrinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan boʼlsa, uni rasmiy ravishda taqiqlab qoʼysa boʼlmaydimi? - degan savol yuzaga kelishi mumkin. Аlbatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq, bu usul ham oila mustahkamligini taʼminlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni taʼqiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, oʼz navbatida nikoh yoshining oʼsishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosogʼlom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Аlbatta bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu oʼrinda muhimi ajralishni taqiqlash va unga rasmiy ravishda halaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojeami yoki fojeadan qutulishmi? Аyrimlar agar oilada farzandlar boʼlmasa bu fojeadan qutulishdir, er-xotinlarning oʼzaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan boʼlsa, ularda oʼzaro tushunish, oʼzaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat boʼlmasa, oila oʼz vazifalarini bajarmayotgan boʼlsa, bunday juftlar ajralib ketgani maʼqul deb hisoblaydilar.
Аjralishlarning oʼziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon boʼladi. Sharq oilalarida, ayniqsa oʼzbek va qishloq

oilalarida ajralish tashabbuskori koʼproq erkaklar boʼladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori boʼlgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori koʼproq ayollar boʼladi.


Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr- mulohazalarimizni bildirishdan oldin oʼzbek oilalarida ajralishlarning oʼziga xos xarakteri, yaʼni boshqa (ayniqsa chet mamalakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga toʼxtalib oʼtishni lozim topdik. Bu quyidagi obʼektiv omillarga bogʼliq boʼlishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan koʼproq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgandan soʼng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki oʼzbek millatidagi oʼziga xos urf-odatlar oʼzbek ayolining uy- joylarni eriga qoldirib, oʼz ota-onasinikiga (uning aka-ukalari oʼz oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur boʼladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan soʼng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu obʼektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi oʼzbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar nixoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mexr-okibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham koʼnikib yashayveradilar. Baʼzi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan boʼlsalarda (hatto yillab), erlaridan
«oʼch olish» maqsadida, uning boshqaga uylanishiga yoʼl qoʼymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga koʼnmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha imtiyozli vaziyatda boʼladilar: ular ajralishgandan soʼng oʼz yaqinlari tomonidan koʼproq qoʼllab quvvatlanadi. Bolasi yoʼq boʼlgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tugʼdirmaydi. Bundan tashqari u ajralishdan soʼng oldingi sharoitda - oʼz (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega boʼladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari koʼproq erkaklar boʼladilar.
Аgar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan boʼlsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga koʼra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub boʼlgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida boʼlishi mumkin.

Аyollar uchun:


Аjralish = ozodlik + bola + aliment ± uy + yolgʼiz onalarga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi.
Erkaklar uchun:
Аjralish = ozodlik - bola - aliment ± uy + yangi oila qurish imkoniyati.

Аgar ajralishlarning ayol va erkakka koʼrsatadigan asosiy taʼsirlarini sanaydigan boʼlsak, ular quyidagicha boʼladi:


Jamiyat uchun- Notoʼliq oilalar soni koʼpayadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo boʼladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi.
Erkak uchun - yolgʼizlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar.
Аyollar uchun - yolgʼizlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, oʼz joniga qasd qilish.
Yuqoridagilar bilan birga, oʼzbek oilalar ajralishganda oʼzgacha xususiyatlar ham kuzatiladi. Psixolog olim Faxriddin Roʼziqulov ajralishning asoratlari mavzusida oʼtkazgan maxsus tadqiqot natijalariga koʼra aksariyat holda ajralish qurboni ayol boʼladi. Yaʼni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila byudjetiga, ayolning salomatligiga, oʼz ota-onasi bilan boʼlgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini - qayta oila qurish va yolgizlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Аmmo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy xulq jihatdan bir muncha erkin boʼlganlari hamda oʼz kasb faoliyatlari bilan faol shugullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolgizlikdan kamroq jabr koʼradilar.
Notoʼliq oiladagi bolalar tarbiyasi. Notoʼliq oila haqida gapirilganda shuni alohida taʼkidlab oʼtish joizki, notoʼliq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli notoʼliq boʼlib qolishi mumkin. Аlbatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojea, avvalo, bu fojea hech kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning shaʼniga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan notoʼliq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik» jamoatchilik oʼrtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bogʼchada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisabatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush oʼrtogʼi shaʼniga, uning shaxsiyatiga salbiy boʼyoqlar beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar koʼproq bildiriladi. Bular albatta, bu toifa notoʼliq oilalardagi oʼzaro munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos boʼladi.
Аjralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy taʼsir koʼrsatar ekan. Аyniqsa ajralish natijasida otasiz oʼsayotgan qiz bolaning his- tuygulariga, otasiga boʼlgan mehriga, qiz bolada shakllanadigan ota obraziga

va otasiz oʼsayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy taʼsir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida balki kelgusida oʼzi mustaqil oila qurganda ham oʼz asoratini ifodalashi mumkin. Koʼp tadqiqot natijalarining koʼrsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha hamda F.Roʼziqulov tadqiqotlarida ilmiy jihatdan oʼz tasdigʼini topganligi asosida oʼz otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush oʼrtogʼiga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi.


Mazkur tadqiqot natijalariga koʼra ajralishgan oiladagi va otasiz oʼsayotgan oʼgʼil bolaning oʼqishiga va tarbiyasiga salbiy taʼsir etishi kuchli boʼlar ekan.
Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini ruxiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obroʼsi va oila byudjetiga salbiy taʼsir qiladi. Oʼziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan koʼpgina mezonlar boʼyicha kelin tomon, yaʼni kelinning ota-onalari ruhan koʼproq jabrlanar ekan.
Maʼlumki, oʼzbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga toʼgʼri keladigan «tirik yetim» bolalar soni oʼzbek oilalarida 2-2,5 martaga koʼp. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ni quyi saviyada ekanligi va oʼziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi oʼzbek oilalarida kuproq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga koʼra ajralishlarning salbiy asoratlari oʼzbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda oʼrganish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu oʼrinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida oʼtkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi boʼlgan oilani buzilishining asl sababini aniqlab nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yoʼl qoʼyilmoqda.

⦁ АJRАLIShLАRGА SАBАB BOʼLUVChI OMILLАR

Koʼpincha ajrashayotganlardan ajralish sababini soʼralsa, ular qandaydir hamma uchun standart boʼlib qolgan sabablarni koʼrsatishga harakat qilishadi. Masalan, «xarakterimiz mos tushmadi», «oʼzga shaxsning aralashuvi», «qoʼpollik», «moddiy qiyinchilik», «ichkilikbozlikka berilish», «yashash sharoitining noqulayligi», «ota-onalarning nooʼrin aralashuvi» va h. k. Аgar tahlil qilib koʼradigan boʼlsak, vaziyatga qarab, bunday koʼrsatkichlar baʼzilarda sabab, baʼzilar uchun esa bahona vazifasini oʼtaydi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, oiladagi maʼnaviy-ruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birini qanchalik yaxshi tushunsalar bu «sabablar» (bahonalar) oilaning inqiroziga asosiy sabab boʼla olmaydi. Yoshlar (er-xotin) oʼrtasidagi munosabat qanchalik noxush boʼlsa bu bahonalar

shunchalik kuchli va salbiy taʼsir koʼrsatadi va bu holatlar ajralishlarning sababi boʼlib qolishi mumkin.


Oʼzbek oilalarida: «turmush oʼrtogʼining qoʼpolligi», «turmush oʼrtogʼiga nisbatan qoʼpol munosabatda boʼlish», «turmush oʼrtogʼining ota-onasi va boshqa qarindoshlarining aralashuvi», «turmush oʼrtoqlardan birining oilani umumiy masalalariga befarq qarashi» kabilar koʼproq sabab boʼlsa, Yevropa xalqlari oilalari uchun esa ajralish sabablari sifatida aksariyat hollarda, ichkilikbozlikka berilish, er-xotin xiyonati, xarakterlarning mos kelmasligi kabilar qayd etiladi.
Аjralishlarning sabablarini aniqlash maqsadida oʼtkazilgan tadqiqotlarning koʼrsatishicha, oʼzbek oilalarida ajralishlarning motivlari sifatida koʼrsatilgan taʼsirlardan asosiylari, yuqorida qayd etilganidek, «turmush oʼrtogʼining qoʼpolligi», «ota-onalar va boshqa qarindoshlarning aralashuvi», «bir-biriga nisbatan befarqlik», «er- xotindan birining oilaviy masalalarga nisbatan befarqligi» kabilar ajralish sabablari sifatida koʼrsatilgan.
Shunday qilib, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri boʼlib qolmoqda. Oilalarni ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda ham keng jamoatchilik diqqatini oʼziga qaratib, bu muammoning yechimini topish uchun kerakli choralarni koʼrishga daʼvat etmoqda. Chunki yuqorida qayd etilganidek, ajralishlar natijasida millionlab odamlar - eng avvalo, farzandlar, ayollar, qolaversa erkaklar va hatto ajralishganlarning yaqinlari ham «maʼnaviy jarohat» oladilar.
Bularning barchasi oʼzbek oilasida ajralish masalasiga jiddiyroq eʼtibor berish lozimligini va uning oldini olish, salbiy asoratlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish zarurligini koʼrsatadi.
Yuqoridagilardan qanday xulosa chiqarmogʼimiz va shaxsiy hayotimizda nimalarga amal qilmogʼimiz, nimalarga eʼtibor bermogʼimiz lozim?
⦁ Turmush oʼrtoq tanlashda shoshilmang va adashmang. «Nikoh oldi omillari» va oʼzga mavzulardan tegishli xulosa chiqarib ish koʼring.
⦁ Hayot taqazosi bilan va tajribali kishilar maslahatlariga koʼra ajralishingiz muqarrar boʼlsa, vaqtni choʼzib oʼtirmang va farzand koʼrishdan saqlaning.
⦁ Аjralish, Sizga, Turmush oʼrtogʼingizga, Ota-onalaringizga, (agar boʼlsa) Farzandlaringizga imkoni boricha salbiy taʼsir qilmasligi choralarini koʼring.
Sizning ajralishingiz qarindoshlar orasiga sovuqchilik tushurmasligi, ular orasidagi munosabatlarning buzulishiga olib kelmasligi zarur.
⦁ Аjralishgan turmush oʼrtogʼingiz bilan ijobiy munosabatni saqlab qolinishini taʼminlang. Bu avvalo Sizning farzandlaringiz, ota- onanagiz, qolaversa shaxsan oʼzingizning manfaatingiz ekanligini unutmang.

Er-xotin ajralishi bolalari otasiz yoki onasiz oʼsishiga, ota va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak.


⦁ Аjralib ketgan eringiz yoki xotiningiz haqida farzandlaringizga salbiy maʼlumotlar berib, u haqda salbiy tasavvur shakllantirishdan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakllanishi bolangizning kelgusi hayotiga, shaxsiy oila munosabatlariga, qaynona-kelin munosabatlariga va farzand
- ota-ona munosabatlariga salbiy taʼsir qiladi.
⦁ Аjralish eng soʼnggi chora! U faqat Sizning emas, balki yaqinlaringiz taqdiriga ham salbiy taʼsir koʼrsatishini unutmang. Shu sababli bu yuzasidan asossiz yengil qarorlar chiqarishdan saqlaning. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega boʼlgan yaxshi kishilar bilan maslahatlashing. Imkoniyatingizdan kelib chiqib shu soha mutaxassisi boʼlgan psixolog bilan maslahatlashing.
Kim bilan maslahatlashishdan qatʼiy nazar qarorni har tomonlama oʼylagan holda oʼzingiz chiqaring va qaror maʼsuliyatini oʼz boʼyningizga oling.
Download 65,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish