1. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da oila masalalari. " hayot va turmush odobi



Download 99,37 Kb.
bet1/14
Sana27.03.2022
Hajmi99,37 Kb.
#512533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tayyor KORREKSIYA(1)


1. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da oila masalalari. " hayot va turmush odobi " fanining o'ziga xos vazifalari mavjud.Bu vazifalar "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da o'z aksini topgan:1. Farzandlarda sog'lom moddiy-ma'naviy dunyoqarashlarni shakllantirish;2. Ta'lim-tarbiya berish;3. Oilaviy an'analar va ma'naviy-axloqiy merosni saqlab qolish, davom ettirish;4. Sog'lom nasl-nasabni davom ettirish;5. Oila jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bolaning madaniy-estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini, sog'­lom turmush tarzini ta'minlovchidir;6. Bolaninig fe'1-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;7. Hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo'1-yo'riq ko'rsatuvchisidir; 
2. “Diagnostika” tushunchasi va pedagogik diagnostikaning o’ziga xosliklariDiagnostika - (yunon tilida: «dia» - “shaffof”, «gnozis»-«bilim» degan ma'noni bildiradi) o'rganilayotgan obyekt yoki jarayon to'g'risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bolib xizmat qiladi. Agar diagnostika (tashxis) ning ahamiyatini tibbiyot sohasi nuqtayi nazaridan qarasak, kasallik, uning belgilari va uni kelib chiqish sabablari to'g'ri aniqlansa davolanish natijasida bemorning tuzalib ketishiga ishonish mumkin. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning harakatini yo’qqa chiqarib qolmav, kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana salomatligi to'g'risida aytilgan shu fikrlar ruhiy sogliqqa ham xuddi shundav aloqadordir. Shuning uchun diagnostika yuksak malaka va javobgarlikni talab qiladigan faoliyatdir. Pedagogik diagnostika yordamida ta'lim-tarbiya jarayoni tugri taxlil etiladi va uning samaradorligi tugri baxolanadi. Boshkacha kilib aytganda, pedagogik diagnostika orkali ta'lim ob'ekti, ta'limiy tushunchalar qaydarajada uzlashtirilganligi taxlil etiladi, butun ukuv kursini, ukuv dasturlarinrini uzlashtirish darajasi baxolanadi. Pedagogik diagnostka muxim axamiyatga ega. U uquv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat kiladi, ta'limiy faoliyat natijasida erishilansamaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yul kuyilgan kamchilik va nuxsonlarni bartaraf etishga yul ochadi, pirovard natijada ta'limning takomillashib borishiga ijobiy ta'sir kiladi.
3. “Shaxs” tushunchasi va uning pedagogikada qo’llanilishiInsonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.SHaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to‘liq aks ettirmaydi. SHaxs esa ong va o‘z-o‘zini anglash paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.Falsafiy-qomusiy lug‘atda individ tushunchasini, aniqrog‘i individualizmni (lotincha - bo‘linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil,245 deb ta’riflangan.Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. SHaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir. Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. SHaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi.
4. Axborot texnologiyalari vositasida o’quvchilarning kasbiy yo’nalganligini tashxis etish Xalq ta`limi vazirligi esa o`z navbatida tashhis markazlarining umumiy ta`lim maktablarida, hatto maktabgacha tarbiya muassasalarida ham «o`z kishisi» bo`lishini ta`minlashga harakat qilinmoqda. Aynan shu maqsadda har bir maktabda psixolog, oliy ma`lumotli vrach tib­biyot xizmatini yo`lga qo`yish izidan bormoqda.E`tirof etish joizki, tashhis markazlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo`lga qo`yish respublikamiz sharoitida yangilik hisoblanadi. SHu boisdan ham, hali bizda bu sohada tajriba, malaka etarlicha shakllanmagan. YAngilikni joriy qilishda ayrim muammolar, qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. SHularni hisobga olib, pedagogik matbuotda joylarda bu ish qanday yo`lga qo`yilganligi, ishlar qanday kegayotganlish haqida tez-tez ma­qola va xabarlar berib borilmoqda. Respublika Iste`dod markazi, tashhis markazi, pedagogika institutlarining olimlari bir qator metodik qo`llanmalarni nashrdan chiqardi. Tashhis markazlariga nazariy-amaliy, ilmiy-metodik yordam berishning shakl va uslublari bundan keyin ham rivojlantiriladi.Asosiy maqsad – o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari ish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir.“Ta`lim to`g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasbiy pedagogika faniga qo`yilgan talablar.Mustaqil O`zbekistonning “Ta`lim to`g’risida”gi ilk qonuni 1992 yil 2 iyuldan amalda joriy etilgan bo`lib, u VII bo`lim 44 moddadan iborat edi.Amaldagi “Ta`lim to`g’risida”gi qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo`lib, 34 ta moddadan iborat. Bu qonunga binoan respublikamizda shu paytgacha hech bir mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalda joriy etilmagan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g’risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni ham O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida 1997- yil 29-avgust kuni qabul qilindi. Kasb-hunar ta`limining metodologik asoslarisiz uning maqsadi, vazifalari, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari, ishtirokchilari, natijalari hamda bu jarayonga ta`sir etuvchi boshqa omillarni asosli o`rganish mumkin emas. Kasb ta`limining metodologik asoslari uning me`yoriy hujjatlarini aniqlashga imkon beradi.Ma`lumki, bo`lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning talab hamda ehtiyojlariga asoslanib, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimidagi tayyorlov yo`nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichida o`z ifodasini topadi. Amaldagi o`rta maxsus,
5. Bahoshkalasi. . Baholash har bir fanning xususiyatlariga qarab dars jarayonida og`zaki so`rash, test savollariga javob olish, nazorat ishlarini bajartirish, kollokvium, suhbat va boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Semestr davomida o`qitilgan fan bo`yicha maksimal balning kamida 56 foizini to`plagan magistrant qoniqarli o`qitilayotgan deb hisoblanadi, undan kam ball to`plagan magistrant qonikarsiz o`qiyotgan hisoblanadi.
Semestr (o`quv yili) davomida fan bo`yicha to`plangan ballar quyidagi o`zlashtirish ko`rsatkichlari bilan baholanadi: 86-100 foiz - a‘lo; 71-85 foiz – yaxshi; 56-70 foiz - qoniqarli; 55-foizdan kami - qoniqarsiz.
Magistrantning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim, ko`nikmalari, kurs ishi, bitiruv ishi, davlat attestatsiyasi natijalari o`zlashtirish ko`rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftarchasida qayd etiladi.
6. Bo`lajakkasbnitanlashdairsiyatvatabiiylayoqatningroli O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari Respublikamiz mustaqilligi yillarida ta`limda amalga oshirilayotgan islohotlarning hosilasi sifatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida»gi 203-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.Markaz o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqdaydi. U bolani 6 yoshidan boshlab, ta`limning maktab bosqichiga psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanganligini hisobga olgan holda tayyorligini belgilaydi. Iqtidorli bolalarni kashf qilish, o`quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o`tkazish, ota-onalarga bolalarni o`qitish, tarbiyalash, kasb-hunarga ilmiy jihatdan to`g`ri yo`nalishlar berishga yordamlashish kabi muhim vazifalar ham markaz faoliyatiga kiradi. SHu asosda o`quvchilarning ijtimoiy moslashuvlarini to`g`ri tashkil etish, 9-sinflarni bitirgan yoshlarni akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga oqilona yo`llash kabi masalalarni psixologik-pedagogik va tibbiyot nuqatai nazaridan to`g`ri hal qilib berish ishlari amalga oshiriladi.
7. Diagnostik pedagogik fikrlashPedagogika diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni taxlil kilishda katta axamiyatga ega bulib, ilgor ta'lim muassasalarida bu ish uslubi muvaffakiyatli tarzda amalga oshirilmokda, yutuklar mustaxkamlanib, yul kuyilgan kamchilik va nuksonlarni taxlil kilish asosida bosh strategik yunalishlar belgilab olinmokda va yukori darajadagi pirovard natijalar kulga kiritilmokda. Savol tugilmokda:

  • bola kobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan kunikmalarining ulchovi bormi?

  • bolaning bilish va kunikmalariga belgilashga ukituvchi aralashgani ma'kulmi yoki uziga uzi baxo bergani avzalrokmi?

Manashu savollarga eng makbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Manashu maksadni ruyobga chikarish yul-yuriklari, metodik mexanizmlarini ishlab chikish, joriy etish muxim vazifadir
8. Diagnostikpedagogikfikrlashto'g'risida Pedagog tomonidan o`qitish texnologiyasi ishlab chiqilayotgan vaqtda pedagogik diagnostika muhim o`rin egallaydi. Birinchidan, innovatsion texnologiyani ishlab chiqishda yoki qo`llashda pedagogik tizimning boshlangich holatini aniqlashdan boshlash zarur. Bu hol texnologiya maqsadlarining diagnostikligini ta`minlaydi, u esa o`z o`rnida pedagogik ti­zimning bitta rivojlanish bosqichidan yangisiga, yuqorirok bosqichiga o`tishini nazarda tutadi. Ikkinchidan, diagnostika pedagogik vazifani echish bo`yicha texnologik zanjirning yakuniy bosqichi bo`lib hisoblanadi (L.F.Spirin). Diagnostika pedagogik ta`sirning ma`lum bir tizimga va qo`llanilgan vositalarning samaradorligini baholashga ko`rsatgan ta`sirini aniqlashga yo`naltirilgan.
Pedagogik diagnostika pedagog kasbiy faoliyatining bosh­langich va yakuniy bosqichi bo`lib hisoblanadi. Chunki pedago­gik diagnostika davriy tavsifga ega bo`lib, u bitta pedagogik masalani echish bilan chegaralanmaydi. SHuni e`tiborga olish kerakki, ma`lum bir pedagogik masalani echishda asos qilib olingan pedagogik tizimning muvofiqligi pedagogik ti­zimga shu paytgacha ko`rsatilgan ta`sirning natijasi bo`lib hisoblanadi. Bu hol pedagogik diagnostikaning innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda pedagog faoliyati tizimini tashkil etuvchi komponenta bo`lib xizmat qilishini ta`kidlashga imkon beradi (L. N. Davidova).
Pedagogik diagnostika vazifalari:- shaxsiy yo`naltirilgan yondashuvning amalga oshirilishini ta`minlash;- pedagog kasbiy faoliyati natijalarining to`g`ri aniqlanishini ta`minlash;- bolalarni bitta guruhdan boshqasiga ko`chirishdagi xatolar sonini kamaytirish;- shaxsning ta`limga bo`lgan qiziqishini aniqlash;- bola shaxsining samarali rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni aniqlash;- pedagog faoliyatini baholash (kasbiy rivojlanish darajasini o`zicha baholash).Shu tariqa, pedagogik diagnostika bir qator vaziflarni, ya`ni ma`lumot, baholash, kommunikativ, tarbiyaviy-qiziqtiruvchi, tahliliy, diagnostik, istiqbolli va h. k. vazifalarni bajaradi.
9. Diagnostik tadbirlarni o’tkazishga qo’yiladigan tashkiliy-pedagogik talablar Pedagogik diagnostika turli bosqichlarda amalga oshiriladi. N.K. Golubev va B.P. Bitinas pedagogik diagnostika qilishning quyidagi darajalarini umumiy shaklda ta`riflaydilar.
Birinchi bosqich - komponentalik diagnostika.
Ma`lumki, har qanday pedagogik holat va pedagogik jarayon ko`p sonli xususiyatlar, belgilar, o`lchamlar bilan tavsiflanadi. Ob`ektning alohida komponentlarini ajratib, keyin ularning ba`zilarini tavsifini olganda, pedagog komponen­talik diagnostikani amalga oshiradi. Biroq komponentalik diagnostika beradigan istiqbollar har doim ham to`la amalga oshavermaydi va past amaliy ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Dia­gnostika amaliy ahamiyatga ega bo`lishi uchun uni davom ettirish lozim.
Ikkinchi bosqich - tuzilmaviy diagnostika.
Tuzilmali diagnostika bosqichiga o`tish pedagogning vazifasini murakkablashtiradi. U pedagogik jarayon alohida komponentlarining holatini aniqlashdan ular orasidagi aloqalarni aniqlashga o`tadi. Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda jarayonning to`zilmasi aniqlanadi, demak, pedagogik jarayon alohida komponentlari orasidagi bog`liqlikning turli darajalarini aniqlash uchun taxminlarni ilgari surish imkoniyati paydo bo`ladi. Guruhdash o`rniga tahlil usullari kelib chiqadi, ular ob`ektning alohida tomonlarini shakllantirish uchun tanlangan sharoitlarning to`g`riligi va natijaviyligi orasidagi bog`liqlikning mavjudligini tasdiqlash yoki inkor qilishga imkon beradi. Diagnostikaning bu bosqichida o`lchamlar soni qisqaradi (asos qilib olingan ba`zi o`lchamlar chiqarib tashlanadi, boshqalari umumlashtiriladi). Demak, natijalar amalda qo`llanilishiga yakin bo`ladi. SHunga qaramay, faqat keyingi bosqichda diagnostika tugallanganlik ko`rinishiga ega bo`ladi.
Uchinchi bosqich - tizimli diagnostika.
Bu diagnostika turi pedagogik jarayon alohida taraflarining vazifasini bugun tizimli holat hamda ushbu jarayonni rivojlantirish vazifasi sifatida aniqlashga imkon bera­di. Ushbu bosqichda nafaqat alohida komponentlar orasidagi aloqalarning to`la ko`rinishi namoyon bo`ladi, balki turli pe­dagogik tizimosti holatlarning o`zaro bog`liqligini aniqlash vazifasi ham qo`yiladi. Ko`p vaqtlar mobaynidagi kuzatish tanlanma tadqiqotlarining o`zini mujassamlashtiradigan pedagogik diagnostika qo`yilgan maqsaddan tortib yakuniy natijaga erishishgacha bo`lgan pedagogik vaziyatlar zanjiri qay darajada rivojlanishini kuzatishga imkon beradi. Tizimli darajasida diagnostika tugatiladi.
Shuni ta`kidlash kerakki, pedagogik diagnostika barcha bosqichlarda cheklangan maqsadlarga erishishga etarli bo`lgan ma`lum bir vazifani bajaradi. Bosqich turi pedagog qanday natijalarga erishmoqchi ekanligiga bog`liq. Turli vazifalar pedagogik faoliyatning turli bosqichlarini nazarda tutadi.
10. Diagnostiktadbirlarnio'tkazishgaqo'yiladigantashkiliy-pedagogiktalablarto'risida Pedagogik diagnostika turli bosqichlarda amalga oshiriladi. N.K. Golubev va B.P. Bitinas pedagogik diagnostika qilishning quyidagi darajalarini umumiy shaklda ta`riflaydilar.Birinchi bosqich - komponentalik diagnostika.Ma`lumki, har qanday pedagogik holat va pedagogik jarayon ko`p sonli xususiyatlar, belgilar, o`lchamlar bilan tavsiflanadi. Ob`ektning alohida komponentlarini ajratib, keyin ularning ba`zilarini tavsifini olganda, pedagog komponen­talik diagnostikani amalga oshiradi. Biroq komponentalik diagnostika beradigan istiqbollar har doim ham to`la amalga oshavermaydi va past amaliy ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Dia­gnostika amaliy ahamiyatga ega bo`lishi uchun uni davom ettirish lozim.Ikkinchi bosqich - tuzilmaviy diagnostika.
Tuzilmali diagnostika bosqichiga o`tish pedagogning vazifasini murakkablashtiradi. U pedagogik jarayon alohida komponentlarining holatini aniqlashdan ular orasidagi aloqalarni aniqlashga o`tadi. Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda jarayonning to`zilmasi aniqlanadi, demak, pedagogik jarayon alohida komponentlari orasidagi bog`liqlikning turli darajalarini aniqlash uchun taxminlarni ilgari surish imkoniyati paydo bo`ladi. Guruhdash o`rniga tahlil usullari kelib chiqadi, ular ob`ektning alohida tomonlarini shakllantirish uchun tanlangan sharoitlarning to`g`riligi va natijaviyligi orasidagi bog`liqlikning mavjudligini tasdiqlash yoki inkor qilishga imkon beradi. Diagnostikaning bu bosqichida o`lchamlar soni qisqaradi (asos qilib olingan ba`zi o`lchamlar chiqarib tashlanadi, boshqalari umumlashtiriladi). Demak, natijalar amalda qo`llanilishiga yakin bo`ladi. SHunga qaramay, faqat keyingi bosqichda diagnostika tugallanganlik ko`rinishiga ega bo`ladi.Uchinchi bosqich - tizimli diagnostika.Bu diagnostika turi pedagogik jarayon alohida taraflarining vazifasini bugun tizimli holat hamda ushbu jarayonni rivojlantirish vazifasi sifatida aniqlashga imkon bera­di. Ushbu bosqichda nafaqat alohida komponentlar orasidagi aloqalarning to`la ko`rinishi namoyon bo`ladi, balki turli pe­dagogik tizimosti holatlarning o`zaro bog`liqligini aniqlash vazifasi ham qo`yiladi. Ko`p vaqtlar mobaynidagi kuzatish tanlanma tadqiqotlarining o`zini mujassamlashtiradigan pedagogik diagnostika qo`yilgan maqsaddan tortib yakuniy natijaga erishishgacha bo`lgan pedagogik vaziyatlar zanjiri qay darajada rivojlanishini kuzatishga imkon beradi. Tizimli darajasida diagnostika tugatiladi.Shuni ta`kidlash kerakki, pedagogik diagnostika barcha bosqichlarda cheklangan maqsadlarga erishishga etarli bo`lgan ma`lum bir vazifani bajaradi. Bosqich turi pedagog qanday natijalarga erishmoqchi ekanligiga bog`liq. Turli vazifalar pedagogik faoliyatning turli bosqichlarini nazarda tutadi.
11. Diagnostiktadqiqotnatijalarinitaqdimetishmetodikasi Pedagogik diagnostikani ta`lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta`limi vazirligi xalq ta`limining hududiy boshqarma va bo`limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo`nalish bo`yicha aniq tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir.Maqsad esa bitta - kamchilik va nuqsonlardan to`g`ri amaliy xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy va to`g`ri yo`nalishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda sabot bilan ishlashdan iborat.

Download 99,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish