Pedagogik diagnostikadan xulosalar♦ yillik va istiqbol rejalari tuzishda qaysi masalalarga ko`proq e`tibor berishni ongli ravishda belgilab beradi;♦ hammaga nisbatan adolatli bo`lish - shaxsiy munosabatlar bilan sinov natijalarini chalkashtirib yuborilmaganda eng ishonchli xulosalar beradi;♦ o`quvchi tomonidan butun o`quv kursining qay darajada o`zlashtirib olganligini to`g`ri baholab beradi;♦ o`quvchi va o`qituvchi faoliyatidagi tipik xato va nuqsonlarni ishonchli tarzda ochib beradi.Demakki, kelgusida faoliyatni qanday belgilash kerakligi ayon bo`ladi. Pedagogik diagnostika faoliyat oynasidir.
12. Diagnostiktadqiqotnatijalarinitaqdimetishmetodikasi. Pedagogik diagnostikani ta`lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta`limi vazirligi xalq ta`limining hududiy boshqarma va bo`limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo`nalish bo`yicha aniq tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir.Maqsad esa bitta - kamchilik va nuqsonlardan to`g`ri amaliy xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy va to`g`ri yo`nalishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda sabot bilan ishlashdan iborat.
Pedagogik diagnostikadan xulosalar
♦ yillik va istiqbol rejalari tuzishda qaysi masalalarga ko`proq e`tibor berishni ongli ravishda belgilab beradi;
♦ hammaga nisbatan adolatli bo`lish - shaxsiy munosabatlar bilan sinov natijalarini chalkashtirib yuborilmaganda eng ishonchli xulosalar beradi;
♦ o`quvchi tomonidan butun o`quv kursining qay darajada o`zlashtirib olganligini to`g`ri baholab beradi;
♦ o`quvchi va o`qituvchi faoliyatidagi tipik xato va nuqsonlarni ishonchli tarzda ochib beradi.
Demakki, kelgusida faoliyatni qanday belgilash kerakligi ayon bo`ladi. Pedagogik diagnostika faoliyat oynasidir.
13.Diagnostik tadqiqotlarning tuzilishi: diagnostik tadqiqotlarning semiotik, texnik va mantiqiy aspektlari 14. Diagnostika nazariyasi va ilmiy asoslanganligiDiagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo’llaniladigan metodikalar, ko’rsatkichlarning ilmiy aniqligini, validligini puxta ishlab chiqilgan metodologik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tamoyili qo’llanilayotgan metodikalarning etnik ijtimoiy muhitga, shu jumladan diagnostika o’tkazilayotgan o’quv yurti va o’quv guruhiga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish pedagog-diagnostlarni turli xil yengil, ko’ziga yaxshi ko’ringan yoki qo’liga tushib qolgan metodikalarni bilib-bilmay qo’llashdan saqlaydi.2.Diagnostikaning izchilligi va aniq yo’nalganligi. Psixologik-pedagogik diagnostika boshqa psixodiagnostik, pedagogik diagnostikadan farqli ravishda aniq yo’nalishga, aniq ob’ekt va maqsadga qaratilgan. Shu sababli diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq shaxsga, aniq guruhga tegishli bo’lishi, diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, yordam berishning aniq yo’llarini ko’rsatib berish lozim.
30. Korreksionfaoliyatnitashkiletishbosqichlari Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi. Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab intematlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati — 4—5 yil).Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korrektsion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo’yicha ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko’ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o’quvchidan iborat bo’ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaraf etilishiga ko’ra ommaviy umumiy o’rta ta’lim muassasalariga o’tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim 5-9 sinflar) ayrim o’zgartirishlar (muayyan o’quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda, ta’limning 1- bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o’quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
31. Korreksionfaoliyatnitashkiletishningpedagogikshart-sharoitlari Pedagogik lug‘atda “korreksiva” tushunchasi (yunoncha “correctiio” — tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomalb olalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksionprofilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:1) rivojlanishida turli kamchiliklar bogan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choratadbirlar tizimini ishlab chiqish;7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |