O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik



Download 0,6 Mb.
bet6/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


3-MAVZU

MEHMONGA BORISH, MEHMON

KUTISH ODOBI


Xonamiz do'stlar oyog’idan topar nuru ziyo,

Uy-fonus, mehmon shamu, men esa parvonaman. Mehmon har qancha tursa, xizmatin aylay bajo, Ketsa mehmon, men misoli Majnuni devonaman

Domla Mir Hattot



1. Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti. Daraxt borki, unga qush qo'nadi, uy borki, unga albatta mehmon keladi. Mehmon mo’tahar bir zot, binoharin uni kutib oluvchi mezbon o'quvli, yaxshi fazilatli bo'lishi kerak. Mehmon mezbon aloqalarining ko'rigilni ravshan yoki xira qiladigan tomonlari bor. Isrofgarchilik, manmanlik, laganhardorlik va tilyog'lamalik, xasislik qilish, ta'magir bo'lish ko'rigilni xira qiladigan tomonlaridir.

Ko'rigilni ravshan qiladigan tomoni esa odamgarchilik qilish, insoriparvarlik, ahillikni mustahkamlash, saxiy, odobli, xushmuomila bo'lish. Biz ana shu salbiy tomonlani yo'qotish va ijobiy tomonlarni kuchaytirish orqaligina yoshlarimizni mehmonnavozlik ruhida tarbiyalay olamiz.

Наг qanday badjahl mezbon ham, mehmon oldida muloyim, xushtavoze bo'lishga harakat qiladi. Mehmonni kiygan kiyimiga qarab toifaga bo'luvchilar katta xato qiladilar. Mehmon kim va qanaqa kiyiriishidan qat'iy nazar, hari bir u mehmon, u inson. Eski davrlarda mehmonni boy va kambag'alga bo'lish odat bo'lgan.

Voqea: XIX asrning oxirida Toshkentlik Tojiboyvachcha to'y qiladi. Kelgan mehmonlarni boy va kambag'alga bo'lib o'tkazadi. Boylardan ortgan sarqit taomlarni kambag'allar dasturxoniga qo'ydiradi. To'yga o'sha davrning allomalaridan Mirza Ali Mahsum ham taklif etilib, u meh-monlarning boy va kambag'alga ajratib o'tkazilayotganini ko'radi. Alloma to'ydan chiqib, to'y qiluvchining darvozasiga bir parcha qog'oz yopishtirib ketadi.

To'yga keluvchilar yozuvni o'qib, to'yxonaga kirmay ketaveradilar.

Darvozaga ushbu she'r yopishtirilgan edi:



Boy kelsa bola xonaga deydilar,

Kambag'alni - otxonaga deydilar.

To'yingiz. "Muborak bo'lsin" Tojiboy,

Xudoyim bersin, sizga do'zaxdan joy!

Mehmonni o'zbek shuning uchun ham sevadiki, mehmondo'stlik katta bir odob-axloq maktabi. Bir tomondan u kishini xushfe'l, muruvvatli qilib tarbiyalasa, ikkinchi tomondan ro'zg'orshunos bo'lish, uy tutish, rasamadli va pokiza bo'lishga o'rgatadi.

O'zi pastkash, lekin mehmon huzurida boyligi bilan maqtanadigan shaxslar ham bo'ladi. Bularnikiga yaxshi mehmon bir keladi-yu, keyingi safar o'ylanib qoladi. Sa'diy Sheroziy quyidagi baytini ana shunday mezbonlarga qarata aytgan bo'lsa kerak:

Past kishini molu-dunyo ko'tarmas beshak,

Eshak atlas to'qimi bilan ham eshak.

Ko'rinib turibdiki, mezbonlik baxtiga sazavor bo'lishlik juda qiyin va katta burch ado etishni talab etadi. Shu sababli ham mehmonxona ko'rmagan va umrida o'zi biror marta ham mehmon kutishga ulgurmagan yoshlarimiz uchun mezbonlik vazifalarining ayrim tomonlari, qoidalari va yo'l qo'yilish ehtimol bo'lgan xatolar to'g'risida eslatib o'taman.

Aytaylik, uyingizga mehmon keldi. Siz uni loyiq ehtirom va hurmat bilan qarshi olasiz. Dasturxon yozib, bisotingizda nimaki yaxshi narsa bor o'rtaga qo'yasiz. Aslini olganda, mehmon sizning osh-noningizni deb emas, o'zingizni deb, sizning yaxshi qiliqlaringizni, xushfe'lligingizni qumsab, suhbatingiz orzusida sog'inib keladi.

Sizning ham shu kungi barcha xatti-harakatlaringiz, fikru-zikringiz faqat bir narsaga mehmonni iloji boricha yaxshi kutishga, uni xushnud qilishga qaratilgan.

"Qobusnoma" asarining "Mehmon chaqinsh va mehmon bo’lish haqida"gi bobida yosh mezbon uchun shunday nasihat yozilgan: "Ey, farzand, mehmonga minnat qilmagin, ochiq yuz bilan gapirgin. Наг bir kishi sening mehmoning bo'lsa, shodlik bilan taomingni yesin. Lekin o'zing sharobni kam ichgil, mehmondan ilgari mast bo'lmagil va hamma vaqt ochiq yuzli bo'lgil, kulib turgil. Am­mo behuda kulma, ko'p kulish bir nav devonalikdir".

Yosh oilalarda taom tayyorlashni bilmaslik, mehmonni ko'rigildagidek kutib olmaslik oqibati er va xotin o'rtasida kelishmovchilik, dilsiyohlik, katta janjallar chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Mana shunday kelishmovchiliklar yig'ilib-yig'ilib sitamga aylariib ketadi. Bir sudyaning aytishiga qaraganda, ajralish uchun ariza ko'tarib kelayotganlarning anchasi yangi turmush qurayotganlar ekan va ular turlicha arzimas sabablar ko'rsatishar ekan. Kuyov kelinni ovqat pishira olmaslikda ayblasa, kelin kuyovni o'tin yorib bermaslikda avblaydi.

Hurmatli o'quvchilarimiz masalaning shu tomonini chuqurroq tahlil qilishsa foydadan holi bo'lmasdi.

2. Chet ellik mehmonlarni kutishning o'ziga xos xususiyatlari. Endi bir oz chet ellik mehmonlar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqsak.

Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakati xalqlari dona-dona qilib pishirilgan gurunchlarni xush ko'radilar. Mongoliyaliklar go'shtli taomlarni ko'proq iste'mol qilishadi. Markaziy Afrika xalqlari ko'proq sabzavot iste'mol qilishadi. Shvedlar, turklar shirinlikka o'ch bo'lishadi. Koreya,

Vengriya, Hindistori, Vetnam va Meksikadan kelganlar achchiq taomlarni xush ko'rishadi. Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya, Yangi Zelandiyaliklar ko'proq baliq iste'mol qilishadi. Nemislarga ko'proq tortlar va buterbrodlar ma'qul tushadi, fransuzlar uchun xilma-xil sardaklar yaxshi. Italyanlar makaron mahsulotlarini xush ko'rishadi. Ularni lag'mon bilan siylash soz bo'ladi.

Janubiy Amenkaliklar ko'proq makkajo'xori taomlarini, Shimoliy Amenkadan kelganlar esa sosiska, muzqaymoq, sutni xush ko'radilar. Barcha musulmon mamlakatlandan kelgan mehmonlar dasturxonida cho'chqa go'shti solingan taom bo'lmalasligi lozim.

Hindistonliklar mol go'shti yeyishmaydi. Shimoliy Hindiston, Pokiston,

Afg'oniston, Erondan kelgan mehmonlarga barcha o'zbek taomlari manzur bo'laveradi. Inglizlar, livanliklar, tibetliklar quyuq damlangan choy ichadilar, barcha Evropa mamlakatlari, Afrika, Amenka, Turki-yada qora qahva ichish udumga aylangan. Vetnamdan tortib to Yaponiyagacha bo'lgan barcha mamlakatlarda ovqatni bir juft cho'p bilan yeyish odat. Gollandiya va

Belgiyada pishloqni xush ko'rishsa, Bolgariya va Yugoslaviyada kabob ko'proq iste'mol etiladi. Vengriyada qalampir do'lma birinchi o'rinda turadi.

Mana shu ayrim misollarning o'ziyoq sizga mehmonlarni xursand qilish uchun bir vosita bo'lish mumkin.

3. Mehmonga borish qoidalari. Mehmonga o'z vaqtida yetib boring, ba'zilar "Bu ochidan o'lgan ekan-da", deb o'ylamasligi uchun atayin kech kelishadi-da, yana dard ustiga chipqon deganlaridek, yana kinoyali kulgu bilan "O'h-hu, jamoat jam-ku! Biz kechikib qolganga o'xshaymiz" deb qo'yishadi. Bu hol ko'proq o'zi to'g'risida juda yuqon fikri bo'lgan kibrli shaxslarda uchraydi. U barchani bezovta qiladi.

Mehmondorchilikka yuvinib, taranib, ozoda kiyinib borish lozim. Ish kiyimida borish yaramaydi. Lekin zeb-ziynatga berilish, o'tkir didli atir sepish, ortiqcha pardoz-andoz bilan o'zini "ko'z-ko'z" qilib borish ham yaramaydi.

Ayniqsa, etagi kalta va tor ko'ylak kiyib borish o'zbekcha mehmondorchilikka sira ham to'g'ri kelmaydi. Keksa odamlar huzurida o'tirib turishni ham hisobga olish va nazardan qolmaslikka harakat qilish zarur.

Ziyofat choydan boshlanadi. Choy quyuvchi choyni qaytargach, dastlabki piyoladagi choyni o'zi ichadi, so'ng o'ng qo'lda choy beradi yoki dastlabki piyolani yoshi ulug' mehmonga uzatadi. Taom tanovuli yaxna taomlardan bosh­lanadi. Bunda salatlar qoshiq bilan olinib, har kim o'z oldiga qo'yilgan likopchaga soladi va sanchqi bilan yeydi. Yaxna go'sht sanchqi bilan olinib, pichoq bilan kesib yeyiladi. Pichoq o'ng qo'lda, sanchqi chap qo'lda kesiladi, pichoq ishlatilmasa sanchqi o'ng qo'lda bo'ladi.

XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosog'unli Yusufning "Saodatga yo'llovchi bilim" nomli asaridan bir parchani keltiramiz:

"Bir to'yimli ovqat va ichimlikni deb sen o'zingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bo'lma.

Nafsing uchun nafsinigning quli bo'lma. Men juda ko'p ko'rganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmagani uchun yuz tuban ketdilar. Elda ulug'lik topgan kishilarni ham nafsi qul qilib er tishlatdi. Ko'p boylarni ko'rdim, ularni ham nafsi tutqin bo'ldi, ular ham xonavayron bo'lib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi g'olib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bo'lmaydi.

Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfe'l kishi tartibli kishini ko'rsa boshi gangiydi.

Boshqa odam oldida turgan narsani cho'zilib oluvchi bo'lma, o'z qarshingga qo'yilganini ol va ye. Zinhor betoqat va yengiltak bo'lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og'zing bilan puflama. Kishining ko'ngli bamisoli yupqa shisha bo'ladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qo'zg'atma, sinadi.

Kishining ko'ngli qolsa, yaqinlik uziladi.

Ovqatni me'yori bilan ye, ko'p ovqat yema: Ko'p ovqat yeydiganlarning ovqati balo bo'ladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand bo'ladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, o'zing engillashtir, sovuqlik oshadigan bo'lsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - o'z mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat bo'ladi.


  1. Evropacha dasturxon tuzash va mehmon kutish.

Nonushta. Har bir stul to'g'risiga ikkitadan Likopcha qo'yiladi: biri o'rtadagi yahna ovqatlar uchun, ikkinchisi suyuq ovqat keltirilganida kosani qo'yishlan uchun. Birinchi likopchaning o'ng tomoniga qoshiq bilan pichoq chap tomoniga sanchqi qo'yiladi. Birinchi likopchaning ustiga salfetka qo'yilib, shu likopchaning oldi tomoniga bittadan piyola qo'yiladi.

Tushlik. Tushlik dasturxonini tuzaganda har bir mehmon uchun uchtadan likop qo'yiladi. Biri yahna ovqatlardan solib yeyish uchun, ikkinchisi quyuq issiq ovqat uchun, uchinchisi non, somsa solib qo'yib yeyish uchun. Bunda yahna ovqat likopchasi alohida, quyuq ovqat va non somsa uchun likopchalar ustma-ust qo'yilib, ustiga salfetka taxlanadi. Bir juft qo'yilgan likopchaning o'ng yoniga bukilgan tomonini tepaga qilib ikkita qoshiq (suyuq va quyuq) ovqatlar uchun ikkita pichoq (biri go'sht kesishga biri mevaga) qo'yiladi likopchaning chap yonida esa ikkita biri" kattaroq biri kichiqroq sanchqi bo'lsin. Beriladigan ichimliklarning turiga qarab ryumka va fujerlar likopchaning old tomoniga qator qilib teriladi.

Kechki ovqat. Dasturxon xuddi tushlikka tuzalganidek, alohida e'tibor berilishi quyuq-suyuq ovqatlar dongadon, xamirga-xamir bo'lib qolmasin. Masalan: mastava bilan palov, chuchvara bilan manti, qovurma bilan kabob berish xato hisoblanadi. Suyuq ovqat tanovvul qilganda kosani chap qo'lga olib, og'izga yaqinlashtirib yoki kosaning o'zidan xo'plab ichish uyat hisoblanadi. Kosa stoldan qo'zg'atilmagan holda ovqatlaniladi ovqatlanish tugagach salfetkani taxlamasdan stol ustida qoldiriladi.

Nazorat uchun savollar:

1. Mehmon kutish odobi deganda nimani tushunasiz?

2. Chet ellik mehmonlarni kutishning qanday xususiyatlari bor?

3. Mehmonga borish qoidalari qanday?

4. Evropacha dasturxon tuzash va mehmon kutish qoidalari.

Amaliy mashgulot: Nonushta, tushhk, kechki ovqat uchun Evropacha dasturxon bezash va mehmon kutish odobi.
4-MAVZU

BO'SH VAQTNI SAMARALI O'TKAZISH
1. Bo'sh vaqt o'qish va ishda. Vaqtdan to'g'ri, unumli va samarali foydalanish kelajakni o'ylaydigan insonga xos xususiyatdir. "Vaqting ketdi

— naqding ketdi" deb bekorga aytilmagan. Bo'sh vaqt—ijtimoiy mehnat va mashg'ulotdan ozod payt hisoblanadi, bo'sh vaqtda: dam olish, madabniy hordiq chiqarish, kitob o'qish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkamlash va qaytadan tiklash uchun zаrur. Bekorchilik esa turli jinoyatlar sodir etishning, ichkilikka, chekuvchilikka ruju qo'yishning, nopok ishlarning shart-sharoitidir. O'quvchi va talabalar uchun qo'yidagi chora—tadbirlarni nazarda tutish mumkin:

Kitobxonlik — mustaqil o'qish uchun badiiy, texnik, ixtisoslik bo'yicha- kitob o'qish, gazeta, jurnallar o'qish, radio va teleko'isatuvlarni ko'rish.

Estetik madaniyatni o'stirish — kino, teatr, konsertlarga, ko'rgazmalarga borish.

Ekologik madaniyatni shakllantirish—sayohatlar, poxodlar, sayrlar tashkil etish.

Jismoniy chiniqish — sport o'yinlari, ko'rik-tanlovlar, olimpiadalar.

Aqliy kamolotni tarbiyalash—to'garaklar, fan olimpiadalari, ijodiy ishlar tanlovlari.

Milliy qadriyatlarni shakllantirish — milliy an'analar, urf-odatlar, udumlar, bayramlar, kashtachilik, kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshqalar bilan band bo'lish kabilar. Bu tadbirlar ixtiyoriy amalga oshiriladi. Inson uchun hech ish qilmay, hech narsa bilan band bo'lmay, vaqtni o'tkazishdan qiyin azob yo'q. Talabalarni bo'sh vaqtida fan to'garaklar, olimpiadalar, ko'rik-konkurslar, kechalar, uchrashuvlar, anjumanlar tashkil etish, Navro'z, Ro'za hayit, Qurbon hayit, Hosil bayrami va boshqa shu kabi milliy tarbiyaviy tadbirlarga jalb etiladi. Turli sport o'yinlaridan: milliy kurash, milliy raqs, qilichbozlik kabilar, milliy san'at turlaridan kashtachilik, zardo'zlik, to'quvchilik, kulolchilik kabilarga qatnashish har bir bola uchun muhim o'rin tutadi.



2. Bo'sh vaqt uyda. Inson bo'sh vaqtining katta qismini oila davrasida o'tkazadi. Bo'sh vaqtni tashkil etishda ota-ona namunasi, ularning rahharligi asosiy o'rinda turadi. Bo'sh vaqtda farzandlarni mehnat bilan band etish, kasb-hunar o'rgatish, oilaviy yumushlarni o'rgatish ota-onaning farzand oldidagi burchidir. Ota-onani maxsus vaqt topib o'rgatishini kutib o'tirmasdan mashg'ulotdan bo'sh vaqtda ularning yonida bo'lish har bir ishiga yordam berish, mehnat insonni chiniqtirishini unutmaslik lozim. Bularning barchasi kelgusida qiz bola kelin bo'lib tushgan ro'zg'orda qaynona-qaynotaning "Qiz bola tarbiyalagan ota-onangga rahmat" degan so'zni eshitishi uchun zamindir.

Xalqimizda "Bir yigitga qirq hunar oz" degan maqol bor. Inson qanchalik ko'p hunar o'rgansa, u shunchalik muhtojlik ko'rmaydi, aksincha bo'lsa hayotda qoqiladi, xor-zor bo'ladi.

Ota-bobolarning kasbini, hunarini o'rganish, millatni, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarini, an'analarini saqlashning o'zi kelajak avlodlariga ajdodlar tarixini, madaniyatini yetkazishining garovidir .

Qizlar bo'sh vaqtida bichish, tikish, uy tutish, pishirish, mehmon kutish, ukalarini tarbiyalash, kir yuvish sirlarini o'rganishi lozim. Xalqimizning kashtachilik, zardo'zlik, do'ppi, jiyak, milliy kiyimlar tikish kabi hunarlarini momolardan, onalardan o'rganiladi.

Yigitlar vazifasi: bobolarimizning misgarlik, temirchilik, tandirchilik, kulolchilik, mahsido'zlik, me'morchilik, uy qurish ustasi, naqqoshlik, bog'bonlik, polizkorlik va boshqa noyob milliy kasblarini saqlab qolish, sulolalar sharafini himoya qilish, o'zbek xalqining san'atini mashhur va ko'z-ko'z qilishdir. Millat saqlansa, milliy udumlar, an'analar, urf— odatlar kasb—hunar saqlanadi, ular saqlansa millat davom etadi, yashaydi.

3. Bo'sh vaqtda kitob mutoala qilish. Asrlar davomida inson badiiy asardan ma'naviy oziq olib, o'zining turmushda qiziqtirgan savollariga javob topib keladi, "kitob-bebaho boylik". Kitobga yo'llanma o'qituvchi va ota-ona tomonidan beriladi. Yoshlar Sharq va G'arb klassiklari adabiyoti namunalarini o'qib borishlari lozim. Ayniqsa, bo'lg'usi pedagog va tarbiyachilar bolalar adabiyotini yaxshi bilishlari, o'qib o'rganishlari kerak.

Natijada ular ma'nan boyiydilar, bolalar bilan til topishlari oson bo'ladi. X.To'xtaboev, A.Dyuma, V.Gyugo, Jyul Verri, Djek London, Mark Tven, A. Navoiy, A. Qodiriy, A. Qahhor, Ch. Aytmatov kabi allomalar, yozuvchilar ijodi bilan tanish bo'-lishlari lozim. Bo'sh vaqtda faqat bir xil ish bilan shug'ullanish kishini zeriktirishi, sog'lig'iga ta'sir etishi mumkin .



4. Uxlash va dam olish. Uxlash bo'sh vaqtda dam olishning lazzatli onlaridir, uxlash kishi jismini kuchga to'ldiradi, aqlan tetik qiladi, mehnat qobiliyatini yuksaltiradi, salomatligini yaxshilaydi. Ko'p uxlash esa yomon odat bo'lib, insonni lanj qiladi, ruhiy holatini, yuz qiyofasini o'zgartiradi.

Donishmandlar debdilarki, "Kecha va kunduz 24 soat bo'ladi, 8 soatni ro'zg'or ishiga, 8 soatini xursandchilik va rahni toza qilmoqqa va 8 soatni mana shu 16 soat mehnat qilgan a'zolarga orom berishga bag'ishlagin. A'zo harakatdan tinchlanishi zarur."

Yana debdilarki:- "Uxlamakni qasd qilgach eshiklarni berkitish, idishlarni yuvish, to'shakni 3 marotaba silkitib, o'tu-chiroqni o'chirish- sunnatdur. Uxlash joyiga ko'p muloyim narsalarni to'shamaslik, yuzini qiblaga qilib, o'ng qo'lga suyanib yotgayki — bu sunnatdir. Yaxshi tush ko'rsa izhor qilgay va shukur qilgay, yomon, parishon tush ko'rsa, hech kimga izhor qilmagay".

Uxlash qoidalariga rioya etish muhimdir. "Erta turgan erkakning bir rizqi ortiq, ayolning esa — ikki rizqi ortiqdir."


Nazorat uchun savollar:

1. O'quvchi va talabalar bo'sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan band bo'lishlari mumkin?

2. Estetik va ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz?

3. Bo'sh vaqtni oila davrasida qanday o'tkazish mumkin?

4. "Hunarli xor bo'lmas" maqoli mazmunini tushuntirib bering.


  1. Badiiy asarlar haqida fikringiz?


5-MAVZU

MILLIY URF-ODATLAR, AN'ANALAR, UDUMLAR
1. Go'zal urf-odatlarimiz umrboqiydir. Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo'ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o'tib keladi.

Xalqimiz turmushida "To'y" nomi bilan yuritiladigan marosimlar juda ko'p. Bunday marosimlarning chiroyli o'tishida ayollarning hissasi katta bo'lgani bois xalqimizning eng qimmatli urf-odatlarini avloddan-avlodga yetkazishda ham ularning o'rni beqiyosdir,

Farzand voyaga yetib borar ekan, ona unga atab bisot sandig'ini ochadi. Nikoh to'yi kelajak oilaning poydevoriga asos soladi, shuning uchun ham barcha tadbirlarga yoshu-qari, erkagu-ayol birdek ishtiyoq bilan kirishadilar.

Garchi to'y tantanalari bir kunda, bir necha soatda o'tsa ham, ungacha tayyorgarlik ko'rish, to'ydan keyingi rasm-rusumlarini hisobga olganda bir necha kunga cho'ziladi. Nikoh to'yi marosimi o'zbeklarda qadimdari sovchilikdan boslangan va hozir ham bu rusumga rioya qilib kelinadi.



2. Sovchilik va sovchi odobi. Xorijlik mehmon bilan suhbat.

Mebmon: sizlarda uylanish yigit va qizning muhabbati asosida emas, qandaydir sovchilar vositasida amalga oshirilar ekan. Shu rostmi?

Javob: rostlikka rost, lekin sovchilik muhabbatni inkor qilmaydi, aksincha muhabbatni maqsadga erishtiradi yoki yo'q muhabbatni borga aylantiradi, muhabbat yaratadi. Biz unga sovchilikning mohiyatini tushuntirib berdik. Ikki yosh bir-biriga sevgi izhor qilib, turmush qurmoqchi bo'ldi deylik. Shu yoshda ularda hali hayot tajribalari kam, hissiyot aqldan ustunlik qiladi. Ota-ona, umuman kattalar bilan maslahatlashadilar, qiz tarafining tag-taxtini, ota-onasini, uy joyini, qizning xulq-atvorini sovchilar vositasida so'rab, surishtiradilar. Ayni vaqtda qiz taraf ham shunday ish tutadi va bir fikrga kelinadi yoki yigit o'ziga munosib qiz topa olmadi, lekin uylanishi kerak. Evropada bunday holda "Tanishuv klublari", reklamalar qo'l keladi, bizda esa sovchilik shaklida ish bitkaziladi. Sovchilar vositasida uchrashgan yigit-qiz ma'lum vaqt bir-birlarini sinaydilar, ular o'rtasida muhabbat rishtalari paydo bo'lsa, unashtirilib to'y bo'ladi.

Xorijlik mehmon o'ylab qoladi.

Evropaga nisbatan sizlarda oilada ajralishning kamligi ham balki shundandir, degan xulosaga keldim dedi u.

Shaharlarda yigitning onasi amma yoki xolasi bilan mo'ljaldagi qiz xonadoniga tashrif buyurib "mehmonga keldik" bahoniasi bilan qizni ko'radilar. Ayni paytda uy-joy, hovlining tozaligi, saranjomligi dasturxon qanday bezatilishi uy, egalarining mehmon do'stligiga razm soladilar.

Qizning onasi bilan suhbatlashib "Onasini ko'ru, qizini ol" maqoliga rioya qiladilar. Sharqona odobga ko'ra, yigitning onasi o'z o'g'li haqida gapirishi, maqtashi odobdan sanalmaydi. Yana bir nozik jihati, sovchilar ham, qiz tomon ham bir-birining sha'niga tegadigan so'z qilmaydi, deylik qiz tomonga kuyov tomon ma'qul bo'lmadi. Shunda ham ochiqdan ochiq yo'q deyilmaydi. "Qizimiz hali yosh", "o'qishi bitsin" kabi so'zlar aytiladi.

Sovchilar ikkirichi yoki uchinchi borishida ma'qul kelsa, rozilik beriladi, sovchilar keltirgan dasturxon ochilib noni sindiriladi, so'ng "oq kiydi" marosimi o'tkaziladi, bunda rozilik belgisi qilib oqlik beriladi. Shu marosimda ko'pincha fotiha to'yi kuni, taxminan to'y kuni belgilanadi. Fotiha to'yi bo'lajak kelin uyida o'tkaziladi. Kuyov tomon dasturxonlar olib borishadi, yaxshilab mehmon qilingach esa, qaytishlarida esa sаrpо beriladi. To'y oldi marosimlari: bo'lajak kelin sarpolarini tiktirish bilan band bo'lganda onasi "paxta solar" qiladi. Ya'ni opa-singillari qo'shni ayollar bilan ko'rpa-ko'rpachalar bichilib, paxta solib qaviladi.



"Uy ko'rar" kelinning yaqinlari kuyovnikiga borib deraza eshik va uy ko'rib kelib, pardalar tikishadi. Sovet davrida nikoh o'qitish man etilgani uchun bu marosim xufya ijro etilgan. Endilikda davlat idoralarida qayd etilgach, shu yaqin oradagi masjidda yoki qizning uyida o'qitiladigan bo'ldi. Imom ikki yoshga er-xotinlik burchi va huquqlarini oilaning muqaddasligini tushuntirgach, kuyov va kelinning roziligini olgach "xutbai nikoh" o'qiydi. To'y kuni: qadimgi o'zbekchilik udumiga ko'ra nikoh to'yi tantanalari kuyovnikida o'tkaziladi. To'y oqshomi kuyov jo'ralari bilan o'yin kulgu bilan kelinnikiga keladi va u yerda to'y tantanalari davom etadi, ziyofat oxirida kuyovga sarpolar chiqadi. So'ngra kelin uchun hayajonli damlar boshlanadi. Uning yaqinlari yig'ilishib uzatib borishga tayyorlanadilar. Kelinga oq libosini kiydirib otasi, onasi, buvasi, tog'a amaki kabi qarindoshlari bilan xayrlashgani olib chiqishadi. Bu ham 'ko'pchilik ayollarning qalbini hayajonga solib, ko'ziga yosh chiqaradigan marosim.

3. Yor — yor va kelin salom. Xotin qizlarning qiz uzatish bahona o'zlari to'qigan yor-yorlarida qiz bolaning qismati, uning baxtini tilash, epli - sepliligini ta'kidlash, qizlarning taqdirga tan berishi, ko'nikishi kerakligi haqidagi momolar o'giti ifodalangan quyidagi turli viloyat va tumanlardan yozib olingan "Yor-yor"lardan namunalar keltiramiz:
Hay-hay о’lап, jon о 'lan, baxting bo 'lsin yor-yor,

Payg'amharning qizidek taxting bo'lsin yor-yor,

Payg'amharning qizini kim ko'rgan bor yor-yor,

Ota-ona uyiga kim to 'ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo 'lmas yor-yor,

Xudo qilgan taqdirni buzib bo 'lmas yor-yor,

Hay-hay о 'lan, jon о 'lan, mis panjara yor-yor,

Har jafoga ko'nadi qiz bechora, yor-yor.
Yig'lama qiz, yig'lama, to'y saniki yor-yor,

Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,

Hay-hay o'lan, jon o'lan atoyi qiz, yor-yor,

Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.
Turli viloyatlarda "Yor-yor" turlicha aytiladi. Ular quyidagicha:
Taxta-taxta ko 'prik, taxting bo 'lsin yor-yor,

Onhazratim qizlaridek baxting bo'lsin yor-yor,

Onhazratim qizlarini Ali olgan yor-yor,

Yor-yor aytib qiz bermoqlik, andin qolgan yor-yor,

Yig'lama qiz, yig'lama to'y saniki yor-yor,

Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,

Qomatlari kelishgan yor saniki yor-yor.

Qat-qatgina qatlama qatlamadir yor-yor,

Qizni olib, yangalari otlanadir yor-yor,

Qizni olib yangalari tura tursin yor-yor,

Qiyomatli otalari rozi bo 'lsin yor-yor,

Oq sut bergan onalari rozi bo 'lsin yor-yor.
Shaldir-shuldir suv kechib, erinmanglar yor-yor,

Qalin puli berdik deb, kerilmanglar yor-yor,

Qalin puliri harini xatlab keldik yor-yor,

Oyimlarday singlimni boshlab keldik yor-yor,

Chimmatimga tikkanim chim kashtadir yor-yor

Kelin oyi so 'rasangiz о'n sakkizda yor-yor.
Hay-hay о 'lan, jonim о 'lan to'ydir bu kun yor-yor,

Do 'st kelib, dushman ketar kundir bu kun yor-yor,

Hay-hay о 'lan jonim о 'lan kelin olibo keldik yor-yor,

О 'ng qo 'llari ko 'ksida oyim olibo keldik yor-yor,

Uzoqqa qiz bermanglar, ranggi sariq yor-yor,

Onasining yoshlari misli ariq yor-yor.

Osmoтdagi yulduzni otgan otam yor-yor,

0 'z qizini birovga sotgan otam yor-yor,

О 'z qizining о 'rniga bodom eksin yor-yor,

Bodom shoxi egilsa bolam desin yor-yor.

Kelin salom. Kelin salom kelin tushgan kunning ertasiga ertalab, kelinni kuyovning ota-onasi va qarindoshlariga ko'rsatish, tanishtirish, salomlashish uchun o'tkaziladi.

Kelinning yuziga parda yopib, ro'molcha to'sib xonadon ostonasiga olib chiqadilar va kelin salom aytadilar:


Assalomu alaykum kelin salom

Avvalambor ikki olam sarvari

Yaratgan egamga salom!!!

To 'rga gilam to 'shagan,

To'raday o'g'il o'stirgan .

Katta momoga bir salom.
To'badan choh kavlatgan,

Soydan tulki ovlatgan

Katta buvaga bir salom.
Ka'batillo yo'lida

Joynamozi go 'lida

Qayriotasiga salom.
Oyboltaday salmoqli

Eshonoyimday dimog'li

Qaynonalariga salom.

Qora qo’ying harrasi

Yigitlarning sarasi

Kuyov navkarlarga salom.
Uyida ko 'pdir teragi

Hammadan ham keragi

Salom-salom уor-yor

Amma-xolalariga salom.
Qora qo 'chqorni so 'ydirgan

Mahallani to 'ydirgan

Salom-salom yor-yor

Amaki-tog'alariga salom.
Pista, bodomni ko'p chaqqan

Akasi kelsa gap chaqqan

Salom-salom уor-yor

Qaynsinglisiga salom.
Yigitlarning sardori

Kelinimizning xaridori

Salom-salom yor-yor

Kuyov pochchaga salom.

Bo 'ynimdagi marjonim

Uzilib ado bo'ldi

Shuning bilan azizlar

Salomim tamom bo'ldi.
4.To'y va to'y oldi marosimlari. "Beshik to'y". Unda asosan boshqa to'ylardan farqli erkaklar qatnashmaydi. Beshik to'yi kuni qizning onasi qarindoshlari, qo'ni-qo'shnilarini olib, yasatilgan beshikni qudanikiga olib boradi va kirilayotganda alla aytiladi. Ayrim taxminlarga ko'ra alla so'zi

"Alloh" so'zidan kelib chiqib yaratgandan chaqaloqni o'z panohida saqlashni iltijo qilishga nisbatdur. Alla shunday bir qo'shiqki uni hech zamonda, hech bir shoir yozolmagan, baxshilar to'qib chiqarolmagan. Uni har bir yurak o'zicha kuylaydi. Alla farzand tarbiyasi uchun bitilgan shoh asardir!



"Oltin to'y". Bunday muborak to'ylar kishining 70-75 yoshlik davriga to'g'ri keladi. Ularning aksariyati to'g'ri yashab o'tgani, qobil farzandlarni tarbiyalagani uchun piru-badavlat kishilar sifatini olgan. Oltin to'ylar bizning xalqimiz uchun yangilik bo'lib, er bilan xotinining turmush qurganlariga 50 yil to'lishi bilan o'tkaziladigan marosim. Bu marosim dastlab shaharlarda ziyolilar orasida urf bo'lib, keyin tarqalgan. Agar qiz-yigitning to'yini ota-ona o'tkazsa, "oltin to'y" ni farzandlar o'tkazadilar.

To'yda xalqimizning milliy xarakteri, o'zligi tor ma'noda aks etadi. Lekin to'ylar xalqimizninig ma'naviy yuksalishida qanchalik ijobiy rol o'ynamasin, uni o'tkazish bilan bog'liq ba'zi ortiqcha rasm-rusumlar, odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning rivojlanishiga, oila harqarorligini ta'minlashda salbiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Jumladan ba'zilarning mehnatsiz topgan boyliklari,ba'zilarning esa bola-chaqasini yaxshi yedirmaslik, kiyintirmaslik evaziga tejalgan mablag' hisobiga katta miqdorda qarz olishi, oila byudjetida mavjud mablag'ni to'liq sarf qilish hisobiga yoki ba'zi kimsalarning halol mehnatsiz qing'ir yo'llar bilan topilgan boyliklari evaziga yetti iqlimga nomi ketgan dabdabali to'y o'tkazishga intilishlari bozor munosabatlari sharoitida soxta boyvachchalikdan o'zga narsa emas. Soxta obro' orttirish uchun o'zini unutish hech kimga shon-shuhrat keltirmagan, keltirmaydi ham.


Nazorat uchun savollar:

1. Urf-odatlarimiz umrboqiyligi nimada deb o'ylaysiz?

2. Sovchilik va sovchining odobi haqida.

3. Yor-yor va kelin salomlar saqlanishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

4. To'ylar turlari va to'y oldi marosimlari.
Ill BOB. OILADA JINSIY TARBIYA MASALALARI
(Qizlarga aytiladigan gaplar)
1-MAVZU

AYOLLAR JINSIY A'ZOLARI ANATOMIYASI,

FIZIOLOGIYASI VA ULARDAGI NUQSONAR

1. Ayollar ichki jinsiy a'zolari anatomiyasi. Ichki jinsiy a'zolarga qin, bachadon, bachadon naychalari tuxumdonlar kiradi. Bu a’zolarning o'ziga xos anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bor.

Qin — muskul to'qimadan tashkil topgan naycha shaklidagi a'zo, uzunligi 8-9 sm, qinnining ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.

Ayollar qini hayz ko'rgan kunlaridan boshqa vaqtlarda zararli mikroblardan xoli bo'ladi. Chunki qinda yashovchi tayoqcha shaklidagi bakteriyalar qin shilliq qavatidagj glikogen bilan oziqlanib uni sut kislotagacha parchalaydi. Sut kislota qinda kislotali muhit paydo qiladi. Agar ayol organizmida biror yallig'lanish jarayoni mavjud bo'lsa, qinda har-xil mikroorganizmlar paydo bo'lishi mumkin, qin yuqon qismida bir oz kengayib, bachadon bo'ynini qisman ichiga olgan holda unga birikadi, natijada qin gumbazlari yuzaga keladi qinning orqa gumbazi chuqurroq, jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i shu gumbazchaga quyiladi va u yerdan bachadon bo'yni orqali bachadon bo'shlig'iga va undan naychalarga o'tadi.



Bachadon —muskul to'qimadan tashkil topgan, nok shaklida bo'ladi. U normal holatda uzunligi 8-9sm, kengligi 6-7sm, og'irligi 50-100gr, u uch qismdan bachadon bo’yni, tubi, tanasidan iborat bo'ladi. Hayz ko’rmagan vaqtda shilliq bilan to’ lib turadi.

Bachadon naychalari — bir juft a'zo bo'lib, uning asosi bachadonning har ikki tomoniga joylashgan, uzunligi 8-10 sm ga yetadi. Bachadon naychalaining uchi voronkaga o'xshab kengayib boradi va tuzilishi jihatidan shoqildasimon o'simtalar bilan tugaydi. Bachadon naychalari kanali kipriksimon epiteliy bilan qoplangan, kiprikchalar bachadon bo'shligi tomon tebranib turadi. Bu xolat erkak urug'i bilan ko’shilgan tuxum hujayraning bachadon bo'shlig'i tomon yo'nalishiga imkon beradi. Ayollarda bir juft tuxumdon bo'ladi, ular bachadon naychalaridan bir oz pastda har ikki tomonga joylashgan bo'lib, har birining og'irligi 6-8 gr, uzunligi 3-4 sm, qalinligi 1-2 sm keladi, tuxumdon ustini oq parda qoplagan. Ayollar qini tug'ish kanali sifatida va jinsiy aloqada jinsiy kanal vazifasini bajaradi qin qancha toza bo'lsa, bachadonga infeksiya tushish xavfi shuncha kam bo'ladi. Bachadon asosan homilani o'stirish va ma'lum vaqt o'tishi bilan homila tug'ilishini ta'minlovchi a'zo hisoblanadi. Bundan tashqari, hayz siklida ishtiroq yetadi.

Tuxumdon - tuxum hujayrani yetishtirib beradi. Tu­xum hujayrani faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Tuxumdonlar embrion juda erta rivojlana boshlaydi, homila olti oyligidayoq tuxumdonda ko'p miqdorda follikulalar paydo bo'ladi. Bu follikulalarning har birida bittadan jinsiy hujayra bor. Yupqa va tekis, bachadon shilliq qavati qiz bola balog'atga yetishi bilanoq estrogen gormoni ta'sirida yetuk endometriyaga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayrasi spermatozoid ichki jinsiy a'zolar moyaklarda vujudga keladi. Urug' suyuqligi ko'pi bilan 6-7 gramm keladi. Jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i ayol qiniga tushadi.

Jinsiy aloqada qinga 200 milliontagacha erkak urug'i tushadi va u yerdagi nordon sharoitda ko'plari halok bo'­ladi. Spermatozoid qinga tushgach taxminan 2 soatdan so'ng ayolning tuxum hujayrasi bilan bachadon naychasida uchrashishi mumkin. Bitta tuxum hujayraga juda ko'p spermatozoidlar intiladi, lekin tuxum hujayrani o'ragan nursimon toj va yaltiroq parda qarshilik ko'rsatadi. Sperma­tozoidlar o'zidan maxsus modda ishlab chiqarib, u tuxum hujayra pardasini eritish xususiyatiga ega, lekin faqat bitta yoki bir nechtasi tuxum hujayra ichiga kirgach parda yana berkilib qoladi, ular qo'shilib bitta yadroga aylangach urug'lanish davri tugab, homiladorlik davri boshlanadi.



Homila — dastlabki 3-4 oy davomida follikula qoldig'i sariq tana yordamida o'sadi, so'ngra esa yo'ldosh yordamida o'sadi. Homila ona qornida 40 hafta, kalendar hisobi bilan 9 oy (280 kun) o'sadi. Shundan so’ng to'lg'oq tutib, bola tug'iladi. Agar ayolning bo'yida bo'lmagan bo'lsa hayz ko'radi, bunda bachadon shilliq qavatining ustki qavati ko'chib tushadi. Ayol har bir hayz ko'rganida 60-70 gr qon yo'qotishi mumkin. Qiz bola dastlab hayz ko’rganda hayz sikli bir xil bo'lmaydi. Ba'zi qizlarda dastlabki hayz har 3-4 haftada yoki 28 kunda takrorlanadi.

Hayz siklining buzilish sabablari:

1. Asabning zo'riqishi.

2. Yuqumli kasalliklar.

3. Shikastlar.

4. Operatsiyadan keyin.

Agar o'quvchi qizlarimiz ayol jinsiy a'zolarini anatomik tuzilishi va fiziologiyasi haqida tushunchaga ega bo'lishsa, farzandsizlik sabablari, homilaning chala yoki nuqsonli tug'ilish sabablarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.

Qiz bolalarning jinsiy a'zolarida ularning ona qornidaligi davridan boshlab bolalik va balog'atga yetgunigacha shu davrlarga xos bo'lgan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yuz berishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning rivojlanishida yana patologik o'zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. Bu nuqsonlarning paydo bo'lishiga turlicha zararli omillar sabab bo'ladi.

Bir qator yuqumli kasalliklar, noto'g'ri ishlatilgan dori-darmorilar, zaharli moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) dan kelib chiqadi. Bu nuqsonlar homila tug'ilganlan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Yana qizlarning bolalik va o'smirlik yoshida uchraydigan turli xildagi nuqsonlardan tashqari, ularda kattalarda uchraydigan qator kasalliklar ham uchraydi.

Tug'ruq jarayonining noto'g'ri kechishi, homilaning tug'ruq paytida jarohatlanishi, bo'g'ilish kabilar ham chaqaloqning salomatligiga putur yetkazadi. Onalarning jinsiy a'zolaridagi homilador bo'lishidan avval va homilador bo'lganidan keyin yuz bergan yallig'lanish jarayonlari hamda tanadagi gormonlar nisbatining buzilishi ham homila salo­matligiga salbiy ta'sir qiladi.

Masalan: ona shu davrda suzakka chaliriib to'la davolanmasa uning qornidagi homila o'sha davrdayoq yoki tug'­ruq paytida bu xastalikka giriftor bo'lishi mumkin, chunki ona jinsiy a'zosidagi mikrob gonokokk bolaning jinsiy a'zosiga ko'ziga o'tishi mumkin.

Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin.

Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari. Nuqsonlar homila hali ona qornida ekanligidayoq vujudga kelishi mumkin, ular turli-tuman bo'ladi.

1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo.

2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar.

3. Zaharli moddalar (kimyoviy moddalar pestisidlar)

4. Radiatsiya, rentgen.

5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik)

6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qizamiq, gripp, gepatit va hokazo).

7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik.

8. Dori-darmonlatni ko'p va noto'g'ri qabul qilish.

2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi.



2. Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar. Bachadon va uning naychalari yaxshi rivojlanmagani, bachadon bo'lgani holda naychalarning bo'lmaganligi, ba'zi hollarda qo'shimcha naychalar bo'lishi. Qiz bolalarning jinsiy a'zolaridagi og'ir nuqsonlardan biri bachadonning bo'lmasligidir, ko'pincha bachadon bo'lmasa qin ham bo'lmaydi. Ichki jinsiy a'zolar yaxshi rivojlanmagan qizlarda ko'pincha butun organizm rivojlanishi ham orqada bo'ladi. Bu og'ir patologik holat bo'lib, buni ertaroq aniqlash bolalar shifokori, ona va tarbiyachilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aks hol­da, qiz bola buni keyinroq, ya'ni balog'atga yetganda bilib qolsa uning ruhiyatiga og'ir ta'sir qiladi.

Qinning bo'lmasligi ham og'ir nuqsonlardan bo'lib, qiz bolada dastlabki hayz davrida qorni va qovuqda kuchli og'riqdan shikoyat qiladi. Hayz qoni bachadonga to'planib, tashqariga chiqa olmaydi, bunday holda jarrohlik yo'li bilan sun'iy qin hosil qilinadi. Ba'zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlanadi, bu holda qin ikkita yoki bitta bo'lib, bachadon ichida to'siq bo'ladi.



Qizlik pardasidagi nuqsonlar. Qizlik pardasi har xil shaklda bo'lishidan tashqari, ba'zan qalinroq va halqasimon bo'lishi mumkin. Ayniqsa, qalin bo'lsa, jinsiy muloqotda ko'pgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Halqasi­mon bo'lsa, jinsiy muloqat davrida yirtilmaslik hollari ham uchraydi. Gohida qizlik pardasi berk bo'lib, buni ham ke-chikib ariiqlash hollari uchraydi. Qiz bola balog'atga yeta boshlagach, boshlang'ich va so’ngi hayz bo'lmayotgani, oy sayin qorin pasti, dumg'aza, bel sohalarida og'riq turib, u borgan sari kuchayayotganligidan shikoyat qiladi. Og'riqning borgan sari kuchaya borishiga sabab, hayz qoni to'planib chiqa olmaydi, bunday paytda qiz bolaga tez yordam ko'rsatish zarur, aks holda og'riq bora

—bora kuchayadi. Isitma chiqadi 37-38° c, ba'zan butun organizm zaharlanib, isitma yana ham ko'tariladi, bunda tezlik bilan qizlik pardasi kesilib, tozalanadi.



Germofroditizm nima? U shunday bir nuqsonki chaqaloq tug'ilganda uning jinsiy a'zolari 2 jinsga mansub bo'lishi mumkin. Bu faqat tashqi belgi bo'lib, bunday bolalarning ichki jinsiy a'zolari yaxshilab o'rganiladi, masalan bachadon qin, bachadon qo'shimchalari tuxumdonlar bo'lishiga qaramay, jinsiy a'zoning tuzilishi erkak kishining a'zosini eslatadi, qiz bolaning xarakteri ham o'g'il bolanikiga o'xshash bo'ladi.

3. Qiz bolaning rivojlanish bosqichlari va balog'atga yetish davri:

1. Ona qornidagi taraqqiyot davri

2. Chaqaloqlik davri

3. 7 yoshgacha davr- neytral davr

4. 7 yoshdan hayz ko'rguncha bo'lgan davr — prepubertat davr

5. Hayz ko'rish boshlangandan to 16 yoshgacha — pubertat davr

6. 16-18 yoshgacha davr - o'smirlik davri Biz quyida homilaning ona qornidagi umumiy taraqqiyoti ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ma'lumki odam embrioni juda tez o'sadi. Bir necha milligrammdan iborat bo'lgan homila tuxumi, tug'ilish davriga yetganda 3 kg va undari ham ko'proq og'irlikka ega bo'ladi. Homiladorlik o'rta hisob bilan 280 kun yoki 10 akusherlik oyi —ya'ni 40 hafta davom etadi.

Uchinchi akusherlik oyining oxirlarida homilada odamlik belgilari paydo bo'la boshlaydi. Homila 3 oylik bo'lganida uning oyoq-qo'llari shakllanib, uzunligi 8 sm ga yetadi. Boshi va tanasining uzunligi bir-biriga muvofiqlashadi. Og'irligi 20- 25 gramm. Qo'1-oyoq harmoqlari va tirnoqlarining boshlang'ich alomatlari ham ko'zga tashlana boshlaydi. Tashqi jinsiy a'zolar shakllanadi.

To'rtinchi oyning oxirlariga kelib uning jinsi aniq bo'ladi, terisi yupqa, qizg'ish bo'lib uzunligi 12 sm, og'irligi 120 grammga yetadi.

Beshinchi oy oxirida homila terisi to'q qizil rangga kirib, mayin tuklar bilan qoplanadi, yurak urishini stetoskop orqali qorin devori orqali eshitish mumkin. Homila sezilarli darajada qimirlab turadi, bu paytda uning og'irligi 280-300 gr, uzunligi 25 sm ga yetadi.

Oltinchi oyning oxirlarida tanasi mayin tuk bilan qoplangan, badanida yog' kamligi uchun terisi burishgan, og'irligi 600-650gr, bo'yi 30sm bo'ladi.

Etti oyligida og'irligi 1000-1200 gr, bo'yi 35 sm,

Sakkizinchi oy oxirida vazni 1500-1600 gr, bo'yi 40 sm bo'ladi.

To'qqizinchi oy oxirida terisi ostidagi yog' qatlami qalinlashib, terisidagi burishish yo'qoladi, va rangi och pushti rangga kiradi.

Homila tug'ilganda qattiq qichqirib yig'lab ko'zini ochadi, odatda ko'krakni ema oladigan bo'ladi. Bunday homila yashashga qobiliyatli bo'ladi, uning uzunligi 45 sm, og'irligi 2400-2500 gr ga yetadi.

O'ninchi oy oxirida homila to'liq yetilib terisi och pushti rangga kiradi, tekislashadi, tirnoqlari ham o'sib, harmoqlari uchiga yetadi.

Akusherlikning uchinchi oyi davomida homilaning taraqqiyotidagi barcha kamchiliklar yo'qoladi.

Qiz bolaning balog'atga yetish davri 2 ga bo'linadi:

1. 8-9 yoshdan 13-14 yoshgacha.

2. 13-14 yoshdan 17-18 yoshgacha.

Qiz bolalarda paydo bo'ladigan ikkilamchi jinsiy belgilar jinsiy gormonlarning faoliyatiga bog'liq. Qiz bolalardagi jarayonnning ayollarnikidan farqi shundalki, ularda estrogen gormonlari ko'p ajralib bu hol jinsiy a’zolarning rivojlanishi va shakllanishi uchun juda zarurdir.

Qiz bolalarda uchraydigan ginekologik kasalliklar orasida birinchi o'rinini tashqi jinsiy va qindagi yallig'lanish jarayoni —70%, ikkinchi o'rinda hayz siklining buzilishi 23% uchinchi o'rinda jinsiy taraqqiyotning buzilishi 12% to'rtinchi o'rinda jinsiy a'zolardagi o'smalar 1 % beshirichi o'rinda jinsiy a'zolardagi nuqsonlar turadi.

Balog'atga yetish davrida estrogen va androgen gor­monlari birgalashib tana skeletining o'sishini ta'minlaydi.



Chanoq suyagi kengayib 8-10 yoshlarda teri ostiga yog' qatlami to'plana boshlaydi, qiz bolaning ovozi o'zgarib, ikkilamchi jinsiy belgilar taraqqiy topa boshlaydi, sut bezlari kattalashadi, qo'ltiq osti, qov sohasida tuklar paydo bo'ladi.



Nazorat uchun savollar:

1. Ichki jinsiy a'zolar necha bo'limdan iborat?

2. Qiz bola taraqqiyotidagi nuqsonlar sabablari.

3. Jinsiy a'zolardagi nuqsonlar.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish