O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik



Download 0,6 Mb.
bet5/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


Murakkab ( aralash) teri. Bunday terili kishilar ko’p uchraydi. Yuzning turli qismlarida terining qanday xilda ekanligini aniqlash va qaysi joyda quruq va yog’ligiga qarab, unga mos vositalardan foydalanishga alohida ahmiyat berishi kerak. Masalan, kishilarning burni, peshonasi va iyagi yog’ning ko’p ajralib chiqishi sababli ko’pincha yaltirab turadi, aksincha ularning tevarak atrofi, jag’ va linj terilari quruq bo’ladi, ba’zan po’st tashlaydi, burishadi. Shuning uchun bunday terini parvarish qilishda quruq qismini quruq teri yog’li qismini yog’li teri kabi parvarish qilinadi.

Bo’shashgan (salqigan) teri. Bunday teri rangsiz, yog’siz bo’lib, bo’shashib, burishib va osilib turadi.Bunday bo’shashgan tenga qo’yidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni qaynatilgan suv bilan harohar miqdorda qo’shiladi. Ertalab yuzni yuvish o’rniga shu damlamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi. Agar tirnoqgul topilmasa, bir stakan suvga bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq uchiga shimdirab yuz va bo’yinga surish kerak. Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim Agar teri yupqa, ya’ni nozik bo’lsa tuz o’rnida yarim choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo’shib yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan yuviladi. . yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurari sovuq suv bilan yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni qo'yidagi suyuqliklar bilan artish ham mumkin:

1.Tanakor eritmasi-10g, suv –70g, odekolon-30g.

2.Tirnoqgul (kalendula)-bir osh qoshiq, suv –80g, odekolon-20g.

Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga yumshatuvchi krem yoki qo'yidagi moy (maz)lardan biri singdiriladi:

1. Salitsil kislotasi — 3,3g, cho'chqa yog'i — 45g, vazelin — 30g, kamfora yog'i —3g. uyquga yotishdan oldin oqartiruvchi kremlardan surish, ertalab sovunlab yuvgach turli yumshatuvchi kremlar surish mumkin.

2. Husnbuzarlar va ulardan qutulish. Husnbuzar — tugunchalar ko'rinishida toshmalar toshib, keyin ularda mayda-mayda moddalar hosil bo'lishidan iborat teri kasalligi. Aksariyat balog'at yoshiga yetayotgan yigit-qizlarda chiqadi. Kishi 25—30 yoshga borganda ular kamayadi. Ayrim husnbuzarlarning o'rnida qolgan iz ketmasligi mumkin.

Husnbuzar asosan ichki jinsiy bezlar faoliyati, me'da-ichak kasalliklarida (surunkali kolit), modda almashinuvining buzilishida, vitaminlar yetishmasligida, shirinlik, achchiq, yog'li ovqatlarni ko'plab iste'mol qiluvchi yoshlarda, shuningdek terisi yog'li yigit-qizlarda kuzatiladi. Husnbuzar asosan yuz, yelka ko'krakda bo'ladi. Chunki shu joylarda yog' ishlab chiqaradigan bezlar ko'p joylashadi. Yuqondagi sabablarga ko'ra bu bezlar faoliyati zo'rayadi va teri yog'lanib, teshiklari berkiladi. Teri ustida husnbuzarga xos tugunchalarning paydo bo'lishi ana shunday tarzda kechadi.

Husnbuzarlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: qora nuqtalar, oq nuqtalar shaklidagi husnbuzarlar, mayda husnbuzarlar va yallig'lagan, yiring boylagan yirik husnbuzarlar. Afsuski, ba'zilar husnbuzarlari siqishga odatlangan bo'ladi. Albatta bu noto'g'ri. Chunki siqqanda husnbuzar yana ham kattalashadi, yallig'lanadi, hatto yiring boylaydi.

Yuqonda sanab o'tilgan, ko'proq uchraydigan husn­buzarlar ustida to'xtaylik.

Qora nuqta shaklidagi husnbuzarlar burunga, peshonaga va iyakka chiqadi. Ular har qanday yoshda, qumq va yog'li terida uchraydi. Ko'p hollarda shunday husnbuzarni kishining burun qanotlarida ko'rish mumkin.

Yog' bezlarining yog' chiqadigan teshiklari kengayib, ularga chang, kir, turli moddalar tushganida, ba'zan simob yoki vismut ko'p qo'shilgan krem yuzga surtilganda, shuningdek soch bo'yaydigan ba'zi donlar ishlatilganida yuzga qora nuqtalar tushadi.

Bunday husnbuzarlar paydo bo'lmasligi uchun yuzga yumshatuvchi kremlar surish, terini chang, kirdan saqlash, vismutli, simobli kremlarni kamroq ishlatish kerak. Paydo bo'lgan qora nuqtalarni ketkazish uchun terini vodorod peroksidi, sirka yoki limon suvi bilan artish lozim, bular qora nuqtalarni eritadi, rangsizlaritiradi. Bug' vannalari (yuzni bug'ga tutish) ham yaxshi natija beradi.

Yog'li teridagi qora nuqtalar qo'yidagicha ketkaziladi:

tuz qo'shilgan sovun ko'pigi yuzga mo'l qilib suriladida, 2—3 minut qoldiriladi, keyin iliq suv, ketidan sovuq suv bilan yuviladi.

Quruq teridagi qora nuqtalarni yo'qotish uchun tenga yog'li krem, biror o'simlik moyi surish yoki moyli niqob tortish keyin qora nuqta bor joyni mayda tuz bilan salgina ishqalash, so'ngra yuzni suvga yuvish kerak. Yuzning terisi-oyiga 2—3 marta tozalanishi lozim.

Oq husnbuzarlar. Yuzni silab ko'rganda oq husnbu­zarlar qo'lga zich unnaydi. Ular mayda oq nuqtalar shaklida yoki tariq doni yirikligida, yakka-yakka yohud to'p-to'p joylashgan bo'ladi. Ko'p miqdordagi mayda: oq husnbuzarlardan qutulish uchun terini po'st tashlattirish kerak.

Mayda husnbuzar. Bu husnbuzarlar yog' bezlarining yo'llarini berkitib qo'ygan shoxsimon modda va teri yog'idan iborat sedanaday tikonlardir. Bunday husnbuzar peshona, lunj, burun iyak, ko'krak va orqaga ko'proq tushadi.

Yog'li terida husnbuzar ko'proq bo'ladi. Husnbuzar toshishiga tuxumdonlar va qalqonsimon bezlar faoliyatining buzilishi, shuningdek hamma vaqt ich qotishi sabab bo'ladi.

Husnbuzar birinchi marta balog'atga yetish davrida paydo bo'ladi.

Husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya'ni yog' bezlari yo'llarini berkitib turgan tikonlarni yo'q qilish va ularning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Borat kislota, timol va karbol qo'shilgan sovunlar yaxshi yordam beradi. Yuzga surilgan sovunini gubka bilan ishqalab ko'pirtirish, ko'pik yuzda bir-ikki minut turgach issiq, ketidan sovuq suv bilan yuvish kerak. Husnbuzar ko'p toshgan bo'lsa sovun surishni takrorlash lozim.

Kosmetika kabinetiga murojaat qilishning iloji bo'lmaganida dakkam-dukkam husnbuzarni har kim o'zi ham yo'qotishi mumkin. Buning uchun yuzni va qo'llarni yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin yuzni bug'li vannaga tutib, to teridagi husnbuzarlar yumshaguncha sochiq bilan yopib, ushlab turiladi. Shundan so'ng harmoqlar uchiga toza bint o'raladida, husnbuzarni harmoqlar uchi bilan avaylab sitib chiqariladi.

Uyquga yotishdan oldin yuz terisini qo'yidagi eritmalardan biri bilan artib tozalanadi: 1) 50 g odekolori yoki spirtga 48 g borat kislota

(5 prosentli) eritmasi, 2 g glitserin qo'shiladi; 2) 40 g suvga 30 g odekolon, 2 osh qoshiq tirnoqgul, 1 g glitserin qo'shiladi.

Husnbuzar paydo bo'lmasin desangiz ovqatni shoshmasdan, yaxshi chaynab, o'z vaqtida (kuniga kamida 4 marta) yeyishga odatlanish kerak. Uyquga yotish oldidan to'yib ovqat yeyish juda zararli. Husnbuzar ko'p toshadigan kishilarga spirtli ichimlik, yangi pishgan non, badhazm ov­qat, tuxum, yog'li go'shtlar, qazi va xamir ovqatlardan voz kechib, yog'siz go'sht, qatiq, suzma, tvorog, sabzavot, A vitamini, V guruhiga kiradigan vitaminlar, sabzi, drojje va qora non yeyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, badan tarbiya va sport bilan shug'ullanish, toza havo, oftob va suvdan to'g'ri foydalana bilish ham yaxshi natija beradi. Yirik husnbuzar ko'proq, uchraydi. Balog'atga yetish davri­da, me'da-ichak kasalliklariga mubtalo bo'lgan, ichki sekretsiya bezlari noto'g'ri, modda almashinuvi buzilgan, umumiy kamqonlikka yo'liqqan kishilarda, shuningdek zaharli moylar bilan ishlaydigan kishilarda yirik husnbuzarlar paydo bo'ladi.

Yallig'larigan yirik husnbuzarlarning yuza va chuqur xillari bor. Yuza husnbuzar yog' bezining yo'llaridagina bo'­ladi, chuqur husnbuzar esa yog' bezini butunlay zararlaydi. Yallig'lagan, yiring boylagan husnbuzar yorilgach, o'rni yamoq, bo'lib qoladi.

Modda almashinuvi buzilganda yog'ni kamroq iste'mol qilish, A, V, va S vitaminlardan ko'proq yeb turish kerak. Husnbuzar toshgan kishi ichini yaxshi yurishtirib turishi, organizmini mustahkamlashi, fizioterapevtik usullarda davolanishi, oftob, havo vannalari qabul qilishi, dengizda va boshqa suvlarda cho'milishi lozim. Bunday kishilarning yuziga qurituvchi va po'st tashlatuvchi niqoblar tortish ham foydali. Yiring boylagan husnbuzarlar paydo bo'lsa, yuzni bir necha kun yuvmaslik, balki spirtli loson bilan, yeng yaxshisi, 2 prosentli sintomitsinli, salitsilli yoki kamforali spirt bilan artish lozim. Bunday vaqtda parhezning ham katta ahamiyati bor.

Yuziga husnbuzar toshgan kishi garmdori, qora murch, xantal, sirka kabi o'tkir masalliqlardan va shirinliklardan mumkin qadar voz kechishi (shirin choy yoki kofe bu hisobga kirmaydi), oq non va kartoshlcani kamroq iste'mol qilishi, spirtli ichimliklarni mutlaq ichmasligi kerak.

Husnbuzar toshganida krem va pardoz uchun ishlatiladigan har xil moddalardan foydalanib bo'lmaydi.

Bunday paytda husnbuzarlarni qo'l bilan sitish ham, o'z holicha har xil muolajalar qilib ko'rish ham yaramaydi.

Aksiricha, husn­buzar toshganda dermatolog shifokor yoki kosmetologga uchrashib, ulardan kerakli maslahatlar olish va ular nazoratida davolanish zarur. Shifokor maslahatlariga amal qiligandagina husnbuzar tezda yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Tishni parvarish qilish. Tishlar ovqatni tishlab olish va maydalash, undan tashqari nutq tovushlarini aniq, talaffuz etish uchun xizmat qiladi.

Ularning sog'lomligi inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Tishlar to'g'ri, to'la-to'kis parvarish qilinmasa, ular og'rishi va tushib ketishi mumkin. Tishlar tushgan yoki og'rigan bo'lsa, ovqat yetarli chaynalmaydi va natijada oziq moddalarining bir qismi o'zlashtirilmaydi. Bu esa ko'pincha turli me'da va ichak kasalliklarga olib keladi.

Makiyaj yuz terisi, soch va ko'z ranglari bilan uyg'urilashib turishi kerak. O'quv bilan, to'g'ri pardoz qilish uchun asosiy qoida va muolaja tartiblarini bilish nihoyatda muhim.

1. Tozalangan yuzga terining xili va ehtiyojini hisobga olgani holda upa tagidan qo'yiladigan asosiy kremni surtiladi. Krem 10 minut oldin, ya'ni tenga yaxshi singishi uchun surib qo'yiladi. Teri quruq bo'lsa, ustiga yana takror surish mumkin.

2. Yuzga rangli tonal krem surtiladi. Bu krem yuzning tabiiy rangidan, albatta, ochroq yoki to'qroq bo'lishi kerak.

3. Yuzga terining rangini hisobga olgan holda rumyana (qizil-pushti rang yog'upa) surtiladi.

4. Yuzning hammasiga paxta bilan upa qo'yiladi. Upa rang beruvchi (tonal) kremga nisbatan ochroq yoki to'qroq tusda bo'lishi kerak.

5. Qoshlarni avval cho'tkali taroqcha bilan tarab, so'ng qosh qalami"bilan chizib bo'yaladi.

6. Yuqon qovoqlar rangli preparatlar (terilar) bilan bo'yaladi.

7. Ko'z atrofi cho'tka yoki qalam yordamida bo'yala­di.

8. Kipriklar tush bilan bo'yaladi.

9. Lab atrofini qalam bilan chizib olib, so'ng astagina lab bo'yog'i surtiladi.

Yuzning tuzilishiga qarab pardoz quishning quyidagi qoidalari tavsiya etiladi. Cho'zinchoq yuz klassik tipda bo'lganligi sababli uni tuzatishga hojat yo'q, shuning uchun ko'zning tashqi burchagini to'qroq qilib bo'yashning o'zi yetarli. Dumaloq yuz har doim yosh ko'rinadi, unga cho'ziqroq shakl berish uchun chakka va betlarni ozgina to'qroq qilib bo'yash kerak. To'rtburchak shakldagi yuzning farq qiluvchi xususiyati shundaki, kishi jiddiy ko'rinishga ega bo'ladi. Bu holni yumshatish, yuzga yoqimliroq tus berish uchun chakkalarni, yuzning pastki qismlarini to'qroq va, aksiricha, qovoqlar ochroq rangga bo'yaladi. Yuzning to'g'ri burchakli tuzilishi, ayriiqsa, ko'pchilikda uchraydi.

Yuzga cho'zinchoq (oval) shakl berish uchun qovoq, va yonoqlarga ochroq tusli bo'yoqlar ishlatish zarur. Yuz uchburchak shaklda bo'lsa, uning keng yuqon qismi (chakka va yonoqlar) ga to'qroq va, aksiricha, pastki qismiga ochroq tus beriladi. Shuni yodda tutish kerakki, to'g'ri qilingan pardoz hech qachon tenga zarar qilmaydi. Shuningdek, pardoz bo'yoqlarini sira ham yuzda qoldirmaslik, albatta, kechki vaqt tozalab, yuvib yotish kerak.

3. Kosmetik niqoblar tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Niqoblar o'z tarkibidagi moddalarning xususiyatlariga qarab davolovchi va kosmetik, ya'ni terini oziqlaritirish, tozalash va oqartirish uchun qo'llaniladigan niqoblarga bo'linadi. Niqoblar, odatda, kosmetik kremlar va turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlanishi mumkin.

Davolovchi niqoblar kosmetologiya muassasalarida kosmetolog shifokorning tavsiyasi va nazoratida qo'llaniladi. Uy sharoitida esa faqat kosmetik niqoblardan yuz va bo'yin terisini parvarish qilishda keng foydalaniladi.

Yuzga niqob qo'yishdan oldin yuzni yaxshilab tozalash kerak. Tozalayotganda ham, niqob tortayotganda ham teri eng kam cho'ziladigan chiziqlarni yodda tutish kerak. Tozalangan quruq yoki normal tenga yuz terisining quruq joylariga, shuningdek bo'yin terisiga bironta yog'li krem surtiladi, ketidan issiq ho'l kompress qilish (xususan quruq va burishayotgan teri uchun) juda foydali.

Issiq kompressni ko'tara olmaydigan yoki yuzidagi mayda qon tomirlari juda bilinib turadiganlar kompressiz ham niqob tortishlari mumkin.

Kompress qo'ygandan keyin krem tenga obdon shimilib ketsa, yuzning quruq joylariga yana krem surtish mumkin.

Kosmetik niqobning xillari juda ko'p. Yuzga niqob tortgach, ko'zni yumib o'tirish yoki oyoqlarni balandroq qo'yib yotish tavsiya etiladi. Niqob ho'llarigan salfetka yoki ho'llarigan paxta bilan tozalab olinadi. Haftasiga 2—3 marta niqob tortish mumkin.

Oqsilli niqob yog'li teridagi yog' chiqadigan teshiklarni toraytirish va burisha boshlagan, bo'shashgan yog'li va quruq terining yashash qobiliyati (tonus) ni oshirish uchun qo'llaniladi. Teri avvalo losbon bilan artib tozalanadi va quruq tenga (yoki terining quruq joylariga) yog'li krem suriladi.

1. Tuxum oqsili (ko'pirtirmasdan) faqat ozgina aylantirib, yuzga paxtada uch marta suriladi, har gal surilgan qatlam qurib terida oqish parda hosil bo'lgach, navbatdagi qatlam suriladi. Oqsilli niqob faqat 10—15 minutdan keyin sovuq suvda (paxta bilan) yuvib tashlanadi. Terining quruq joylariga yana yog'li krem suriladi.

2. 1 ta tuxum oqi olinib, yaxshilab quvlanadi. Ustiga bir necha tomchi limon sharbatidan tomizib, birga aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan aralashmani yuzga surtib, to quriguncha ushlab, so'ng yuzni suv bilan yuvib tashlanadi.

Oqsilli-kamforali niqob yog' bezlarining teshiklari juda bilinib turadigan yog'li teri uchun mo'ljallangan.

Ko'pirtirilmagan tuxum oqsilini tenga surish oldidan unga kamforali spirtdan 10 tomchi qo'shiladi. Bu ham tenga yuqonda aytilgandek suriladi.

Tuxumli niqob yuzning normal va quruq terisini yumshatish uchun qo'llaniladi. Yuzning terisi avvalo tozalanadi, so'ngra yog'li krem suriladi, shundan keyin tuxumning oqsili bilan sarig'ini birga aralashtirib yuzga chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turishi lozim. Bu ham oqsilli niqob singari yuvib tashlanadi.

Tuxum sarig'i bilan asaldan iborat niqob normal va quruq (xususan bo'shashgan) terini yumshatish maqsadida qo'llaniladi. Tuxumning sarig'i ajratib olinib bir osh qoshiq asal qo'shiladi-da, yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra tozalangan va yog'li krem surilgan tenga oqsilli niqob singari (qatlam-qatlam qilib) chapiladi. 15—20 minutdari keyin suv bilan yuviladi.

Drojjeli (xamirturushli) niqob. Yuzining terisi bo'­shashgan, normal, yog'li, quruq bo'lgan kishilarga tavsiya etiladi. Bu niqob terini tozalaydi, to'qimalarning yashash qobiliyatini oshiradi. Niqob uchun yangi xamirturushdan bir bo'lakcha (10—15 g) olinadi va normal teri uchun — iliq suvga yoki sutga, yog'li teri uchun—3 ргоsеntli vodorod peroksidga, quruq teri uchun esa o'simlik moyiga qaymoq quyuqligida qonladi. Niqob tortish oldidan yuzning terisi yaxshilab tozalanishi shart. Niqob yuzda 10 minut turishi, keyin iliq suvda, ketidan esa darhol sovuq suvda yuvilib, ho'lligicha krem surilishi lozim.

Tvorogli (suzmali) niqob terisi normal va quruq bo'lgan, yog'li bo'lib bo'shasha boshlagan, shuningdek dog' tushayotgan kishilarga tavsiya etiladi.

Yuz terisi yaxshilab tozalangach, qaymoq (quruq va normal teri uchun), sut yoki qatiq zardobi (yog'li teri uchun) qo'shib tayyorlangan tvorog chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turadi, so'ngra yuz iliq suvga va ketidan sovuq suvga yuviladi.

Tirnoqgul (kalendula)li niqob. Yog'li tenga qo'yiladi. Paxtadan yupqa qatlam qiliriib, uni tirnoqgul (yarim stakan suvga 1 osh qoshiq tirnoqgul qo'shib tayyorlangan) eritmasiga yaxshilab shimdiriladi. So'ng yuzga 20 minut davomida qo'yib ushlanadi. Agar teri yallig'lanmasa, qo'yilgan niqobni yuvmasa ham bo'ladi. Bunda yuzni paxta bilan artib, so'ng upa qo'yiladi.

Ho'l mevali va sabzavotdan bo'lgan niqoblarda vitaminlar ko'pligidan terining oziqlanishi yaxshilanadi, teri tozalanadi, oqaradi va mayinlashadi.

Yuzning terisi bo'shashgan, qurishgan, moy bezlarining moy chiqadigan teshiklari kengaygan, ajin tushgan, sepkil bosgan, dog' tushgan hollarda bunday niqoblar yaxshi natija beradi. Ular har qanday tenga ham yarayveradi. Bo'yin terisi yuz terisiga qaraganda tezroq burisha boshlaydi, shunga ko'ra bunday niqoblarni yuzgagina emas, balki bo'yinga ham qo'yish mumkin. Buning uchun teri yuqonda aytib o'tilganidek tozalanishi lozim.

Krem surayotganda va niqob tortayotganda lablarni ham esdan chiqarmaslik, ularni ham oziqlantirish kerak.

Niqobni harvaqt, yuzga kompress qo'yishdan oldin tayyorlash lozim. Bu maqsadda tanlangan ho'l meva, rezavor meva yoki sabzavot (bodririg, karam, pomidor, limon, apel’sin, qulupnay) yaxshilab yuviladi, dag'al po'stidan tozalanadi, yumshoq mevalar shisha yoki chinni idishda yog'och yoki kumush qoshiq bilan eziladi, dag'al meva yoki sabzavot esa qirg'ichda qinladi. Shundan keyin bir parcha doka yoki bint olib unga ko'z va og'iz-burun o'rinlari qo'yiladi, keyin tayyorlab qo'yilgan meva yoki sabzavot suvida yoki bo'tqasida ho'llanadi, suvi oqib turmasligi uchun salgina siqiladida, yuzga va bo'yinga (g'ijimlarni yozib) qo'yiladi. Niqob yuz va bo'yinda 10—15 minut turishi kerak.

Ba'zan meva, sabzavot suvi yoki bo'tqasi o'rniga yuzga meva yoki sabzavot (masalan, apelsin, limon, bodring, pomidor va hokazo) bo'laklarini qoplash mumkin. Bunday meva yoki sabzavotlardan tayyorlanadigan niqoblar turlicha bo'ladi.

Qaynatilmagan yangi sutga bir necha bodring bo'laklarini yarim soatcha solib qo'yiladi. So'ng qirg'ichdan o'tkazib, suvi aralashma bilan yuz terisi artiladi.

Agar yuz terisi o'ta quruq bo'lsa, yangi karam harglarini sutda quyulguncha qaynatiladi. So'ng uni yuz va bo'yin terisiga 20 minutcha surtib qo'yiladi.

Agar yuz terisi yog'li bo'lsa, sabzini qirg'ichdan o'tkazib, hosil bo'lgan massani yuzga surib qo'yiladi. Karam harglarini go'sht qiymalagichdan o'tkazib, bitta tuxum oqini qo'shib aralashtiriladi. Uni yuz va bo'yin terisiga yarim soatcha surib qo'yiladi.

Uch dona sariq sabzi olib, qirg'ichdan o'tkaziladi, 1 choy qoshiq kraxmal (pishirilgan kartoshka bo'tqasi ham bo'ladi) va 1 osh qoshiq sutni yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo'lgan massa yuzga suriladi.

Bu muolajalarning har biri yuzning mayin va tiniq ko'rinishiga yordam beradi. Muolajalardan so'ng yuzni iliq suvda yumshoq sovun bilan yuviladi. Shundan so'ng yuzni pardoz qilish mumkin. Shuningdek, fursat bo'lganida yuzga oqsilli-mevali yoki oqsilli-sabzavotli niqob tortish ham mumkin. Bu holda meva yoki sabzavot suvi (bir choy qoshiq) bitta tuxum oqsiliga tomizib qo'shiladi, ayni vaqtda oqsil salgina ko'pirtiriladi. Bu niqob ham oqsilli niqob singari to'g'ridan-to'g'ri tenga qo'yiladi. Bu niqoblar oldin iliq, so'ng sovuq suvda paxta bilan yuvib tashlanadi.

Shundan keyin tenga ho'lligida bir ozgina yumshatuvchi krem suriladi (krem tenga qarab tanlanadi). Mevali-sabzavotli niqobni haftasiga 3—4 marta va bundan ham ko'proq qo'yish mumkin.



4. Sochni parvarish qilish. Kir sovun bilan bosh yu­vish tavsiya etilmaydi. Boshni chayqash uchun ishlatiladigan oxirgi suvga sirka yoki limon suvi qo'shilsa (1 litr suvga 1 choyqoshiq) soch ipakdek mayin bo'lib yaltirab turadi. Oqish va sariq rangdagi sochni chayish uchun moychechak damlamasini (2 osh qoshiq moychechak 1 litr suvda 10—15 minut qaynatiladi, so'ng dokadan o'tkazib, suzib olinadi) ishlatish mumkin.

Shunda soch chiroyli tilla rang tusga kiradi. Soch juda yog'li bo'lsa, boshni chayish uchun ishlatiladigan suvga novshadil spirt qo'shish mumkin (1 litr suvga 1 choy qoshiq.

Quruq sochni faqat sariyog' qo'shilgan maxsus sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Xalqimizda qadimdan sochni sovun o'rniga qatiq surtib yoki tuxum sarig'ini ishlatib yuvish usuli keng qo'llab kelinadi. Bunda bosh terisi va sochga qalin qilib qatiq surtiladi va 10—15 miniut ro'mol bilan o'rab qo'yiladi, avval issiqroq, so'ng issiq suv bilan yaxshilab yuviladi. Hozirgi davrda ko'pchilik, ayniqsa yoshlar qatiq bilan yuvganda xidi kelib turadi, deb har xil kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlangan shampunlar bilan yuvishni ma'qul ko'radilar. Sochning chiroyli, uzun bo'lishi uchun uni faqat yangi qatiq bilan yuvib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi qatiq bilan yaxshilab yuvilgan sochdan hech qanday hid kelmaydi, soch tomir va ildizlari mustahkamlanadi, shuningdek bir xil narsa bilan yuvishga soch odatlanadi, natijada kam to'kiladi, yaxshi o'sadi, rangi ham chiroyli bo'lib, kam oqaradi. Hozirgi yoshlarning boshiga nazar tashlasak, ularning 50 foizida 25—30 yoshidan boshlab sochlari oqarib ketayotganini va soch bo'yog'idan foydalanib yurishlarini ko'rish mumkin. Sochni erta oqarish, siyraklashib, to'kilib ketishidan saqlash uchun, uni bir xil tartibda, qatiq ishlatib yuvish o'zining ijobiy samarasini beradi. Bunday tartibga amal qilinganda 50—55 yoshdan so'nggina sochga oq oralay boshlaydi. Bu holni normal, tabiiy oqarish deb hisoblash mumkin. Agar bu yoshdan ancha ilgari oqargan sochlar bo'lsa, ular kasallikka chalirigan sochlar hisoblanadi. Agar soch yog'liroq bo'lsa, uni qatiq bilan yaxshilab yuvib bo'lgandan keyin 1 litr suvga 1 ta tuxum sarig'ini yaxshilab aralashtirib, yana bir bor yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aksincha, soch ko'p to'kilayotgan yoki haddan tashqari qumq bo'lsa, istalgan o'simlik moyiga kanakunjut yoki qariqiz moyi qo'shib, bosh yuvishdan bir necha soat ilgari sochga surtib qo'yish lozim.

Soch kalta bo'lsa, uni ildizidan, uzun bo'lsa, uchidan boshlab taroq bilan tarash kerak. Yuvib bo'lgandan so'ng boshni yaxshilab yumshoq sochiq bilan artib quritish kerak. Uni boshga o'rab qo'yish yoki ro'mol bilan o'rab qo'yish kishi salomatligiga zarar etkazadi. Chunki boshni yuvganda, albatta, issiq, suvga yuviladi, shunday ekan, tabiiyki, bosh terisi isib bug'lanadi. Shu bug'lanish ochiq holda bo'lsa, soch tez quriydi, aksari holda bug'lanayotgan soch sovib, bosh terisini ham sovitib qo'yadi, ayniqsa ho'l holida ro'mol bilan bog'lab tangib olinsa, natijada bosh terisi yoki miya shamollaydi.

Hozirgi kunda sochni cho'tka (massaj taroq) bilan tarash ko'pchilikka urf bo'lmoqda. Bunday tarash vositasi ko'proq kalta sochlar uchun qulaydir. Aslida uzun soch uchun ham, kalta soch uchun ham xalqimizning qadimdan ishlatib keladigan shamshod va shu singari yog'och taroqlaridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqdir. Chunki uning ikki tishi ikki holatda sochni tarashga mo'ljallarigan. Soch chigal bo'lgan vaqtda katta tishli tomoni bilan taralsa, turmaklash vaqtida esa mayda tishli tomonida taraladi. Bunday shamshod, yog'oq, tut daraxtlari parragidari tayyorlangan taroqlar bilan boshni yuvganda, avvalo soch yaxshi toza bo'ladi, sirka, bit tushishiga yo'l qo'ymaydi.

Shuningdek, bu taroqlar bilan sochni tarayotganda elektrlanmaydi, natijada soch ham kamroq to'kiladi. Cho'tkali taroqda taralganida esa soch elektrlanadi, ayniqsa quruq soch bo'lsa kuchli elektrlanadi, natijada soch tolasi taralayotgan vaqtda tez uziladi va ko'proq to'kiladi.

Наг bir kishida o'zining tarog'i bo'lishi kerak. Boshqalar tarog'i va cho'tkasidan foydalariish mumkin emas.

Bolalar sochini oldirish yoki kestirish ozodalik va ko'rkamlik maqsadida qilinadi, lekin u sochning yaxshiroq o'sishi uchun yordam bermaydi. Shuningdek, boshni o'stirada, qirdirish ham sochni mustahkamlamaydi.

Og'ir va tor bosh kiyim kiyish, ayrim ayollar kabi parik bilan yurish bosh terisini siqib qo'yadi va ayni vaqtda sochga havo tegib turishini qiyinlashtiradi, soch to'kilishini kuchaytiradi. Oftob, shamol, dengiz suvi, chang va boshqalar ta'sirida soch rangsizlanib, xira tortadi, quruq, mo'rt bo'lib qoladi. Sovuq, keskin harorat o'zgarishlari ham soch holatiga yomon ta'sir ko'rsatadi. Changda ishlaganda boshga ro'mol o'rash, cho'milgan vaqtda rezinka qalpoq kiyib olish kerak. Sochni qattik, bog'lash, tortib o'rash, shuningdek sochni qattiq qilib o'rash uni mo'rtlashtiradi va to'kilishiga sabab bo'ladi.

Soch kepakli bo'lsa, xalq tabobatiga ko'ra, lavlagi suviga chayilsa, uni yo'qotadi va sochni muloyim qiladi.

Harvaqt soch to'kilishi xilma-xil sabablarga: ichki sekretsiya bezlari, jigar, me'da-ichak yo'li a'zolari faoliyatining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi yoki soch folikulalari (xaltachalari)ning tug'ma kamchiligi va shu kabilarga bog'liq. Soch to'kilishi asosan organizmning, eng avvalo nerv sistemasi umumiy ahvolining buzilishi tufayli boshlanadi. Seboreya (yog' ajralishining buzilishi) natijasida ham soch vaqtdan ilgari to'kilishi mumkin.

Vaqtincha yoki doimiy soch to'kilishi boshning sochli qismi terisiga zamburug'lar yuqqariligi natijasida bo'lishi ham mumkin, bu holda soch har joydan to'kilib ketadi.

Tayanch iboralar:

1. Kalendula — tirnoqgul o'simligi.

2. Soch follikulasi-soch xaltachasi.
Nazorat uchun savollar:

1. Teri necha turda bo'ladi?

2. Husnbuzarlar va ulardan qutulish yo'llari.

3. Kosmetik niqoblar nima va u qanday tayyorlanadi?

4. Soch va tish parvarishi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish