O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik



Download 0,6 Mb.
bet4/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


Uy tutish qoidalari. Yotoqxona uchun shinam, shovqin-surondan holi, bahavo xona ajratiladi. Yotoqxonada ko'rpalar, ko'rpachalar alohida, sandiq va quti ustiga did bilan yig'ib, oq choyshablarga o'rab qo'yiladi. Ota-ona uchun alohida, o'g'il bolalar va qiz bolalar uchun alohida-alohida yotoqxonalar bo'lishi lozim. U yerda shkaf bo'lishi zarur. Наг bir kishiga yuvib almashtirish uchun ikkitadan choyshab va yostiq g'iloflari bo'lishi kerak. Yotoqxona ortiqcha narsalar, devorlarga osilgan gilamlar, televizor, muzlatgich kabilar bilan to'ldirilmaydi, deraza tokchasiga gul qo'yiladi.

Deraza pardalari vaqti-vaqti bilan yuvib dazmollanadi. Ba'zi xonadonlarda "Hech kim kirmaydi-ku" deb o'rin yig'ilmay, kiyim-kechak palapartish tashlab ketilaveradi. Afsuski, bunday bekalar kelgusi hayotda ularning qiz-o'g'illari xuddi shunday andoza olishlari yoki o'zlari bilan biror kishi kirib kelsa noqulay vaziyatda qolishlarini o'ylamaydilar.



Mehmonxona — toza va ozoda bo'lishi kerak. Mehmonxona sharqona bezatsa, xontaxta atrofiga ko'rpachalar to'shaladi, yevropacha usulda esa stol va stullar qo'yiladi. Mehmon kuzatilgach, eshik-derazalar ochilib, havosi tozalanadi, idishlar yuvilib, dasturxon, sochiqlar yuvib dazmollanib qo'yiladi. Ba'zi mehmonxonalarga kirsangiz, kerakli-keraksiz uy anjomlari va devorda qo'sha-qo'sha gilamlar taxlab tashlangan. Billur chinnilar, qimmatbaho mebellar, xona devorlariga didsiz chizilgan har xil bachkana rasmlar kishining dilini xiralashtiradi. Buyumlar diqqat-e'tiborni tortib, fikrni chalg'itadi.

Oshxona: o'zbek xalqida xonadonga sovchi yoki mehmon kelsa, avvalo oshxonaga e'tibor beradi. Oshxona yorug', shinam, shamollatish oson va qo'shni xonalarga yaqin bo'lishi lozim. Oshxona kuniga bir marta tozalanib, yuvib, shamollatib turiladi. U yerda sabzavot va meva po'choqlari uchun va suyak, ovqat qoldiqlari uchun alohida chelak bo'­lishi lozim, idishlar yuvilgach, qaynoq suvda chayiladi. Sanchqi va qoshiqlar artiladi. Sovitgichda esa sariyog', go'sht, sut, taomlar, ho'l mevalar og'zi yopiq holda saqlanadi.

Maslahatlar: farosatli bo'ling, singan, cheti uchgan idishlarda choy yoki taom keltirmang, hovlini supurish, kir yuvish kabi ishlarni ertalab yoki uyda odam kam paytda bajaring.

"Mehmonga xizmat ko'rsatish, mehmonga borganda e'zoz ko'rish ham bu dunyoning ziynatidir"1.



1Р.Шомансурова. "Эр эпламок осон лекин"... Тошкент, "Узбекистон Миллий энциклопедияси" 1998 йил.

2. O'zini tutish madaniyati — salomlashish odobi. Muomala madaniyati: Salomlashish, so'rashish, ko'rishish — insonga xos bo'lgan ajoyib fazilat, odamiylikning ko'rki, asrlar davomida tarkib topgan va axloqiy qiyofalardagi normalarni ifodalaydigan belgi hisoblanadi.

Qo'l berib so'rashish tarixi ibtidoiy urug'chilik davrida kelib chiqqanligini etnograf, arxiolog olimlar bunday talqin qilishdi. Ibtidoiy odamlar bir-birlariga duch kelganlarida: "Men seni o'ldirmoqchi emasman, mana qara, qo'limda toshim yo'q" deganday bir-birining qo'lini ushlab qo'yisharkan. Qo'l qisib salomlashish o'shandan meros bo'lib, dunyodagi barcha xalqlarga xos odat tusiga aylanib ketgan. Bundan tashqari, turli xalqlarning o'ziga xos urf-odati, turlicha sharoiti va taraqqiyoti zaminida salomlashishning yana boshqacha shakllari ham tarkib topgan.

Masala:Yevropa xalqlari salomlashganda bosh kiyimlarini yechib-kiyib qo'yishadi. Buning ma'nosi: "Men senga do'st bo'laman, boshimga to'qmoq bilan urmassan", deganidir.

Hindistonliklarda kaftlarini juftlab, peshonasining o'rtasiga tegizib, "Namaste!" so'zini aytishadi. Buning ma'no­si: "Bosh omon bo'lsa, hamisha siz bilan birga bo'lamiz", deganidir.

Afg'onistonda esa o'ng qo'lini manglayiga tegizib, ta'zim bajo keltirishadi, bu ham "boshimiz omon bo'lsin" deb istak bildirishidir.

Xitoyda salomlashish "chi-fan-la-lya-ma!" xitobini aytishdan boshlanadi. Ma'nosi: "Sen bugun ovqatlandingmi, qorni to'qmi?" deganidir. Ma'lumki, Xitoy tarixining hamma davrlarida ham aholisining ko'pligi bilan mashhur bo'lgan. Xitoyda qonn to'ydirish doimo muammo bo'lib kelgan, shu sababli hayvonotu o'simlikning barcha turlaridan taom tayyorlash uslublari kelib chiqqan. Qonn och-to'qligini so'rash salomlashishning bir shakli sifatida kelib chiqishning boisi ham shunda.

Tibetliklar salomlashganda bir-biriga qarab tillarini chiqarib iljayishar ekan. Chunki Tibetda kishiga qarab tilini chiqarish o'ziga xos nazokat, ziynat deb tushunilgandan shunday salomlashish urf bo'lgan ekan.

Kelin bo'lish odobi: Biz o'zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum - kelin bo'lish odobi bor. Bu odob — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol bo'lish, rostgo'ylik va o'zini tuta bilish, so'zlashish va muosharat, kuyov xonadonidagi oila a'zolari bilan til topishib ketish, hurmatini qozonish, kamtarlik, saranjom-sarishtalik kabilar.

Momolar, yangalar o'giti "...Kelin bo'ldingiz, umr yo'ldoshingizni jon dildan seving, unga vafodor va sadoqatli bo'ling, kelin bo'lib kelgan kuningizdanoq yangi oilangizni hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz yetganicha qarashing, mehnatda pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo'lasiz.

Bilmaganlaringizni o'rganishga intilishingiz ham sizga nisbatan mehr uyg'otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo'ying".

Наг tongda va ko'chadan kelganda salom bering. Muomalangiz har qanday sharoitda ham muloyim va e'tiborli bo'lsin, tabassum va mayinlik bilan gapiring. Hamma gapga ham aralashavermang. Keksalar oldida bolalarni urushmang, kattalar sizni o'ziniki deb biror gap yoki maslahat aytganda, sizga yoqmasa ham burulmang, qosh qovog'ingizni tushurmang.

Hech ham eringizga tik boqmang, zarda qilmang, bo'lar-bo'lmasga gap talashavermang, uni pastga urmang, kamsuqum va mehribon bo'ling, shunday qilingki, umr yo'ldoshingiz sizdan bezib ko'chaga qochmasin.

Xalqimizda "Chiqqan qiz — chig'iriqdan tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak shu xonadon sizning uyingiz. Huda-behudaga qizlik uyingizga boravermang, gap tashimang, qo'ni-qo'shniga, qarindosh-urug'ga, dugonalaringizga oilangiz, ro'zg'oringiz, munosabatlaringiz va hokazolar haqida hamma narsani gapirmang, siringizni sirtga chiqarmang.

Qo'ni-qo'shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra, aql-farosat bilan muomala qiling...

Salomlashish odobi: ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so'zni aytish bilan boshlash joiz.

Assalomu-alaykum, arabcha so'z bo'lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so'z to'liq aytilishi kerak.

"Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so'zlar ishlatilmasligi kerak.

3. Kiyinish madaniyati. Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo'ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib, kishining mashg'uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin.

Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta'biga, didiga mos kiyinish odatining ma'­lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi. Moda liboslarning o'zgarishigina bo'lib qolmay, o'ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo'lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Ko'pgina mutaxassislar moda XIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do'ppi, ro'mol, oyoq kiyimi mahsi, kavush, ich kiyim-ko'ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo'lgan.

Respublikamiz iqlimi issiq bo'lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko'krak burma va pasti yaxlit bichimli "o'zbekcha" ko'ylak hisoblana­di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko'krak burma ko'ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o'zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.

Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o'zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o'tib ketsa ham, bu matolardan o'z davriga moslab yarashtirib, xoh o'zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jumalidagi modellarning har biri to'g'ri kelishi mumkin. To'ladan kel­gan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo'lib tushgan ko'ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg'in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko'ylaklar kiymasliklari kerak. Bo'yni uzun ayollar ko'proq yelkalik ko'ylak kiyganlari ma'qul. Bo'yni kalta ayollarga tik yoqali va bo'yin atrofidan o'yilgan ko'ylaklar yarashmaydi.

Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo'lishi kerak. Ayollar ko'pincha kiyimlar rangini o'zlarining ko'z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo'l-yo'l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi.

Bo'ylamasiga yo'l bo'lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo'y-bastini uzaytirib ko'rsatadi, ularni to'ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg'in va baland bo'yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma'qul, ko'ndalang, yo'1-yo'l ko'ylaklar qaddi-qomatni to'laroq ko'rsatadi.

Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o'ziga xos ahamiyatga ega. To'q va qora ranglar jussaning to'laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to'laroq ko'r­satadi. Yashil, binafsha, ko'k rang qaddi-qomatni rostlab ko'rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to'la qilib ko'rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo'lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko'ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo'lishi, ayniqsa ko'ylak-kostyumlar kiyish ko'pdan urf bo'lib keladi.



Orastasiz — farishtasiz: ozodalik, orastalik, pokizalikni bir umr o'zingizga hamroh qilsangiz, ishoning, vaqti kelib Farishtalik kelin ekan deganlarini eshitasiz, bu fazilatlar insonga o'ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi.

Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu, birinchi tabassumingizda tishingizni sarig'i ko'rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri o'zgaradi. Eng so'nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to'zib yotgan bo'lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi.

Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar kir badanni yashira olmaydi. Xuddi shunga o'xshab yuvilmagan yuzingizga qancha oro berib, ustalik bilan qancha pardoz qilmang, teringizning tozamasligi bilinib turadi.

Kelinlik liboslari. Kelinning odobi, uning o'zligi, borligini namoyon etadigan tomonlardan biri, uning garderobi, ya'ni kiyinishidir. Qizlik paytingizda uch-to'rt ko'ylakni yuvib

dazmollab o'qishga, ishga kiyasizu, keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o'n sidra sarpolik bo'lib qolasiz. Borini bordek ko'rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish sizning qo'lingizda. Ko'pni ko'rgan qaynonangizni yoki qaynsinglingizni yordamga chaqirsangiz ham bo'ladi. Birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi-qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O'z navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: kishiliklar ichidan atoqlik mehmonga kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to'y-xashamlar) shifoneringizning to'riga chiroyli qilib ilib qo'ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra saralanadi.



Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab ertalab, peshinda, kechqun kiyiladigan­lari, bayram—hayitlarda kiyiladiganlari, ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim almashtirish kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to'kib kir tog'orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig'ishtirganda sun'iy matodan to'qilgan ko'ylak lozim kiygan ma'qul.

Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo'lgach tezda boshqa libosingizni kiyib chiqing. Choydan so'ng ish yoki o'qishga ketasiz bunday joylarga yaltirog'i yo'q kiyimlaringizni kiying.

Kelinman deb bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi kiyimlaringizni alohida tortmaga taxlab qo'ying. Yana bir nozik masala ayrim kelinlarning xonasi egasi ko'chib ketgan uyga o'xshaydi.

Hamma joyda kiyim, lozim, ko'ylak, xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro'mol-u ko'ylak. Nima turlanish kerak ekan deb kiyimni duch kelgan yerga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish kerakmi?

Zeb-ziynatning, taqinchoqning o'ziga yarasha ma'naviy yuki, o'ziga yarasha ma'naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar balki uncha qimmat ham bo'lmas ularning bezagi kiygan libos bilan uyg'unlashib, go'zal ansambl tashkil etadi. Deylik qulog'ingizda yoqut ko'zli zirak, qo'lingizda fionet ko'zli nikoh uzugi, yoniga feruza ko'zli uzukni taqib oldingiz, oq choynakka ko'k qopqoq yarashmagani misol, bu ishingiz ko'zga yaqqol tashlanadi. Did bilan kiyining. "Kelinlarning yal-yal yonib, xonadonni to'ldirib yurishi, bu dunyoning ziynatidir".

Kir yuvish ham bir san'at: uni idrok bilan, o'quv bilan o'rgangan kelin orasta nomini olishi turgan gap.

Sochiqni ko'ylak-shimlarga, bolaning egnini kattalar kiyimiga aralashtirmaydi. Menga qolsa, avvalo kir to'playdigan odatni tashlash kerak.

Almashtirishga kiyim ham, o'rinbosh anjomlari ham, sochiqlar ham, yetarliku deb tushgan kirni tog'oraga bosib, unniqtirib, mog'or bostirib oyda ikki marta kir yuvishga odatlanmaslik kerak. 15 kun tog'arada yotgan kirning ham egasiga zarda qilgandek, yuvilishi, toza bo'lishi ancha qiyin.

Pesh tushgan kirni pesh yuvib, dazmollab, joyiga qo'ysangiz o'zingizning dilingiz ravshan tortadi. Bordi-yu biron sabab bo'lib, kiringiz yig'ilib, yuvilmay qolsa, bir boshdan ularni sarxillab oling. Dasturxonlarni alohida ajratib olib, ularni birinchi navbatda yuving. Keyingi navbatda kir mashinaga g'iloflarni, choyshablarni soling. Erkaklarning oq ko'ylaklarini mashinada yuvmaganingiz ma'qul. Chunki aksariyat ularning yoqalari va yeng uchlari kir bo'ladi. Bunday ko'ylaklarni tog'araga ozgina poroshok sepib, o'n-o'n besh daqiqa ivitib qo'ying. Keyin yoqa va yenglarini tozalab ishqab, hammasini bir-ikki mijig'lab olsangiz, top-toza bo'ladi. Esingizda bo'lsin yuz-qo'l artadigan sochiqlarni alohida yuvganingiz ma'qul.

Mashina aylanganda ulardan mayda oq iplar-tolachalar ajralib chiqadi, suvim hali tozaku deb, sochiqlardan keyin solgan narsa toza bo'ladi-yu, lekin boyagi ajralgan oq tolachalar'ularga ilashib sizga ish ko'payadi, kir yuvish jarayonida kirlarning rangiga qarab ajratib olsangiz birining rangi biriga o'tib tuzatib bo'lmas xatoga yo'l qo'ymaysiz. Shu tariqa biridan biriga o'tgan rangni ketkazish amri mahol. Kattalar, kir yuvishda eng muhimi uni toza chayish deyishadi. Shuningdek, yuvgan kiringizni qayta-qayta chayib yuvishga suv o'tishi qiyin bo'lgan yerlarini ishqalab ag'darib odatlaning. Sovun hidi sezilmasin.

Dog'lami ketkazish. Kiyimga yog' tomgan bo'lsa, dog' ustiga doka yoki qog'oz qo'yib, ustidan qizigan dazmol yengilgina yurgizilsa, dog' ketadi. Agar bir martada ketmasa, ikki-uch marta qaytarish lozim. Benzin bir parcha bo'zga shimdirilib, yog' tekkan joyga surtilsa ham yog' ketadi.

Qora moy dog'lari. Bu dog'larning matoga singmagan yuqon qismi qinb tashlanib, qolganiga sariyog' yoki paxta yog'i surtiladi, shundan so'ng sovun ila yuvilgach, oson ketadi.

Siyoh yoki zang dog'larni ho'llab ustiga kislota tuzi sepiladi va qaynoq suv bug'iga tutib turiladi, dog' ketadi, ketmasa o'sha yer suv bilan yaxshilab yuviladi. Meva dog'lari: dog' tekkan yerni ho'llab bir idishda ozgina oltin-gugurt yondirilib, tutuniga dog'li joy tutiladi, dog' ketar-ketmas o'sha joy ko'p suv bilan yuviladi. Bundan tashqari xlorli eritmaga kirlarning dog'li yerlarini sochib, so'ngra 6 minutdan so'ng mo'l suv bilan yuvish lozim.

Sirka, limon suvi kabilarning dog'lari ular mato tusini o'zgartirib yuboradi, uni sovunli suv bilan yuviladi yoki ko'proq suv qo'shilgan nashatir spirti bilan tozalanadi.



Dasturxon tuzash. O'zbekcha dasturxon tuzashning o'ziga xosligi shundaki, mehmonlarga mo'ljallangan ovqatlarning (issiq ovqatlardan tashqari) barchasi dasturxonga qo'yilgan bo'ladi. Stolning o'rta qismiga qator qilib laganda yaxna ovqatlar, nonlar, likoplarda shirinliklar, quruq mevalar joylashtiriladi. Mevalar vazalarga assorti qilib tuzaladi va dasturxon o'rtasiga qator qilib oralig'i bir xil masоfada joylashtiriladi.

Dasturxonga qo'yilgan har bir ovqat shunday joylashtirilsinki, mehmonlar o'rinlaridan qo'zg'almasidan bemalol oladigan bo'lsin. Suyuq ovqatlar kosalarda tortiladi. Ziyofat tugashiga 1 soat qolganida quyuq ovqatlar laganlarda yoki har bir mehmon uchun alohida idishlarda tortiladi.


Nazorat uchun savollar:

1. Uy tutish qoidalari.

2. O'zini tutish madaniyati.

3. Kiyinish madaniyati.



2-MAVZU

GO'ZAL BO'LISH SIRLARI - TERI PARVARISHI,

SOCH VA TISH PARVARISH
1. Teri turlari va ulalarni parvarish qilish. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib olish zarur. Terini undan chiqib turadigan yog' va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog'li teri, quruq teri va aralash teri murakkab teri va bo'shashgan teri turlariga bo'linadi.

Kosmetik vositalar va usullar terining anatomik tuzilishini jumladan, teri yo'llarini hisobga olib, to'g'ri qo'llangandagina yaxshi natija beradi.

Terini turini bilmay turib turli xil bo'yoqlar surtish yaramaydi. Chunki turli kosmetik bo'yoqlar tenga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Qizlarda ko'p uchraydigan husunbuzarlar vaqtida davolansa, yuz terisi o'zgarmaydi.

Kosmetik bo'yoqlarni ham har joyda har xil qo'llash mumkin. Masalan, kundalik ishga oz miqdorda bo'yoq sur­tish, bayram va kechalarga esa ko'proq pardoz qilish tavsiya etiladi.

Soch inson husni, shu bilan birga inson salomatligining asosiy belgilaridan biri. Shuning uchun sochga alohida ahamiyat berish va uni parvarish qilish lozim. Sochning o'sishi kishi yoshiga ham bog'liq bo'ladi. Sochga turli xil bo'yoqlar surish oqibatida soch nursizlanadi, 30 yoshdan keyin oqaradi, buning oqibatida tez to'kiladi.



Teri chiziqlari. Terining eng kam cho'ziladigan yo'nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo'nalishlari quyidagi tartibda bo'ladi: iсhakda-teri chiziqlari ichakning o'rtasidan boshlab pastki jag' bo'ylab quloqning tugmachasiga tomon yo'naladi; lunjida-og'iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o'rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko'z atrofida-ko'zning ichki burchagidan ustki qovoq, bo'ylab ko'zning tashqi burchagiga tomon, so'ngra (teskari yo'nalishda) ko'zning tashqi burchagidan pastki qovoq, bo'ylab ko'zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o'rtasidan chakkalarga tomon, ya'ni qosh yo'nalishida ketgan bo'ladi. Burunda teri chiziqlari burun kansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

Yuzni tozalash. Yuzni bir oyda bir-ikki marta suv bug'ida bug'lash yaxshi тatija beradi. Shu maqsadda kastryulkaga to'latib qaynoq suv quyiladi, uning ustiga boshni egib, choyshab o'rab o'tiriladi, 5 minut tutib turilgach yuz paxta bilan artiladi.

Sog'lom va quruq terilar uchun niqoblar: - 1 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq paxta moyi 1 ta tuxum sarig'i qo'shib qonshtiriladi.

— 1ta tuxum sarig'i, l osh qoshiq paxta moyi, yarim choy qoshiq limon shirasi, yarim osh qoshiq suv;

—1ta tuxumning oqi va sarig'i yaxshilab aralashtiriladi.

-1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq glitserin, 2 choy qoshiq suv, 1 choy qoshiq bug'doy uni qonshtiriladi. Yuzga surtgach 10 minutdan so'ng yuvib tashlanadi. Terini oqartirish va sepkil dog'larini ketkazish maqsadida:

— 2 osh qoshiq asal va 1 ta limon shirasi aralashtirilib har 5-7 minutda 3 marta surtiladi.

— 1 osh qoshiq suzmaga 2 osh qoshiq qaymoq qo'shib

— 1 osh qoshiq suzma va 15 gramm xamirturush yuzga surtgach 10-15 minutdan keyin yuviladi.

Yiringli oddiy husnbuzarni yo'qotish uchun: yuz kvars lampasi bilan nurlantirilib 1-10% sintomitsin emulsiyasi surtiladi. Ichishga bir hafta tetratsiklin buyuriladi. Vitamin A 15 tomchidan 3-4 hafta buyuriladi.

Bundan tashqari bedani damlab, issiqligida yuzni yuvish, orqasidan sovuq suv bilan chayish kerak.



Yuzdagi dog'lar va ularning paydo bo'lish sabablari:

— ayollarning homiladorlik davrida jigar — taloq kasalliklarida.

— kamqonlikda, ichki sekretsiya bezlari ishining buzilishi.

— vitamin S yetishmasligi kabilar. Dog'larni ketkazishda avvalo mana shu kasalliklarni davolash lozim.



Yuzni parvarishlashda esa quyidagi usullar taklif etiladi:

— 1 ta tuxum oqi va ozroq borat kislota yaxshilab aralashtirib 1 choy qoshiq qaymoq qo'shiladi: uni yuzaga pastdan yuqonga qarab surtadi. 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi.

— 2 choy qoshiq un, 1 choy qoshiq sirka, 1 choy qo­shiq asal aralashtirib yuzga surtiladi va 30 minutdan keyin yuz yuviladi.

Bodringni ikkiga bo'lib yuzga ishqash, suvi qotgandan keyin yuzni yuvish mumkin. Bu usullarni muntazam 2-3 oy qo'llab turilsa, dog' yo'qolib ketadi.

Agar yuzdagi dog'lar juda bilinib tursa, — 100 gramm 3% vodorod peroksidi va 4-5 gr nashatir spirti aralashtirilib 4 qavat taxlangan dokaga shimdirib 10-15 minut yuzga bosib turiladi. Keyin 2% o'ldirilgan simob malhami bilan yuzni massaj qilinadi.

Yuzni dog'lardan tozalab bo'lgandan keyin paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun ba'zi choralarni qo'llash kerak bo'ladi. Ko'pchilik ayollar yuzlariga qatiq surtib, qotgandan so'ng yuvib tashlaydilar bu yaxshi odat.

Petrushka yoki kashnich ildizini maydalab qirqiladi, iliq suvga solib, bir sutka qo'yiladi, ertasiga shu suv bilan yuviladi. 2-3 oy davomida qilinadi.

Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho'zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziqlari yo'nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab harmoqlarning ichki yuziga surish, so'ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va harmoqlarning tegib o'tishi to'g'ri hisoblanadi, o'zingizga ham yoqimli bo'ladi. Bu vaqtda panjalar juda bo'sh tushishi kerak. Ko'z atrofidagi tenga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o'rta chiziqdan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi.

Normal teri yetarlicha nam va yog' ajratib turadi, toza, silliq, tiniq, bo'ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog' bezlarining yo'llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuqtalar va ajinlar deyarli bo'lmaydi.

Normal terini parvarish qilish. Normal teri quruq va yog'li terilarga o'xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo'yoqlaridan tozalash, quyosh nurining o'tkir va uzoq vaqt ta'sir qilishidan saqlanish, shuningdek tarkibida yuqon darajadagi spirtli bo'lgan suvlardan foydalanganda ehtiyot bo'lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig'i bilan o'simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig’i aralashmasidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parvarish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta'sirlarga chidamliligini oshiradi.



Normal terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1-2 marta sovunlab yuvish mumkin. "Qattiq" suvni ichimlik soda yoki tanakor (bura) qo'shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvgan ma'qul. Suvni "yumshatish" ning iloji bo'lmasa, yuzni yuvib bo'lgach unga namligidayoq yupqa mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so'ngra salgina upa qo'yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta'sirlardan saqlaydi.

Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigienik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o'zingiz tayyorlashingiz mumkin bo'lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin: 1. Ukrop suvi-30g, glitserin-5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi - 35g. 2. Odekolon yoki spirt-30g, gletserin-5g, osh sirkasi - 10 1g, suv- 35g. 3. Tanakor (bura)-1,5p, glitserin-5,5g, odekolon yoki spirt-30g. suv- 63g. 4. Achchiqtosh-2g, glitserin- 5g, suv-100g.

Yuzni yuvish o'rniga bodring damlamasi yoki limon suviga paxta ho'llab artish ham mumkin. Bodririg damlamasini tayyorlash uchun harra bodring olinib, kofgichdan o'tkaziladi. So'ng qinlgan bodring ustiga haravar miqdorda spirt yoki odekolon qo'yilib, ikki hafta saqlanadi. Shundan so'ng uni ezib suzgichdari o'tkaziladi. Damlama ishlatish oldidari haravar miqdorda suv qo'shib suyultiriladi, so'ngra 100g damlamaga 5g glitseriri qo'shiladi. Limon suvini tayyorlash ham oson: yarimta limonning suvi siqib oliriib suziladida, bir choyqoshiq glitserin va 50gr suv qo'shiladi.

Yog'li teri moylangandek yaltirab turadi (yog' ko'p ajralib chiqadi), dag'al bo'ladi, ba'zan kir ko'rinadi. Yog' bezlari yo'llarining kengashidan yog' chiqadigari teshiklar juda bilinib turadi, ularni ko'pincha qora nuqtalar berkitib qo'yadi. Yog'li tenga ba'zan yallig'larigan yirik husnbuzarlar toshadi.

Yog'li terini parvarish qilish. Yog'li teri ham alohida parvarishni talab qiladi. Terining yog' bosishi yog' bezlarining zo'r berib ishlashi natijasidir.

Uning yog'li bo'lishiga nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, meda ichaklarning surunkali kasalligi, modda almashinuvining buzilishi ham sababchidir. Shuning uchun bunday kishilar me'da ichak trakti (hazm qilish a'zolari)ning faoliyatiga befarq qaramasliklari, sog'lom va oqilona tarzda turmush kechirishlari, ochiq havoda imkoni boricha ko'proq, bo'lishlari kerak. Yog'li terini yaxshilab tozalash, lekin yuzni issiq, suvga kamroq yuvish lozim, chunki issiq suv yog' bezlarining faoliyatini kuchaytiradi.

Yuzni issiq suvga haftada bir marta yuvish, so’ng ketidari 2—3 marta sovuq suv bilan chayish lozim. Qolgan kunlari yuzni ertalab sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi; sovuq, suv teri to'qimalarining yashash qobiliyatini oshiradi, terini chiniqtiradi, yog' chiqadigan teshiklarni oraytirib, yog' chiqishini kamaytiradi, Kechqurun yog'li terini maxsus losonlar bilan paxtada artib tozalash tavsiya etiladi.

Yuz terisi yog'li bo'lishi bilan birga po'st ham tashlasa, sovuq, suvga yuvishdan oldin bunday terini o'simlik moyi, qatiq (kefir) yoki maxsus suyuq krem bilan artish kerak.

Yuz terisini juda mayda qilib to'yilgari osh tuzi bilan tozalasa ham bo'ladi; buning uchun ho'l paxtani sovunlash va ustiga tuz sepish, keyin yuz terisining yog'li joylarini shu paxta bilan (ortiqcha bosmay, doiraviy harakat qildirib, teri chiziqlari yo'nalishida) sovunlash kerak, sovunli sho'r ko'pikni o'zi quriguncha yuzda qoldirish, so'ngra sovuq suv bilan yuvib tashlash lozim. Sovunlab yuvgach yuz terisi qurishadigan kishilar yuziga namligidayoq yupqa qilib maxsus krem surishlari zarur. Terining quruq joylariga esa quruq teri uchun chiqarilgari kremdari surish kerak.

Yog' bezlarining yog' chiqadigan teshiklari juda biliriib turadigan, yog'li kishilarga oqsildan, mevalardan, sabzavotlardan va xususan badyagadari niqob tortish foydali. Yuz terisi yog'li bo'lgan kishilarga ichini yurishtirib turish, ko'proq ho'l meva, sabzavotlar yeyish, sut-qatiq ichish, o'tkir ziravorli taomlardan voz kechish, ovqatga qo'y va mol yog'i o'rniga ko'proq o'simlik yog'i ishlatish, shirinliklar (xususan shokolad, asal va shirin nonlar)ni kamroq iste'mol qilish, shu bilan bir vaqtda. dorixonalarda sotiladigan polivitaminlardan (VI, V2, S, RR, R) yeb turish, badantarbiya bilan shug'ullanish tavsiya etadi.

Quruq teri yoshlarda ham, o'rtacha yoshdagi va yoshi ulg'aygan kishilarda ham uchraydi. Yoshlarda va o'rtacha yoshdagi kishilarda yuz terisining quruq bo'lishi tabiiy holdir. Bunday teri nozik, yupqa, tiniq bo'ladi, yog' chiqib turadigan teshiklar bilinmaydi, lekin picha sezilarli ajinlar (yoshlarda ham) bo'lishi mumkin. Maxsus parvarish qilinmasa bunday teri ba'zan po'st tashlaydi, unga issiq va sovuq, sovun, turli moy (maz) lar hamda boshqa bir yumshatuvchi kremlar darhol ta'sir qiladi. Yosh ulg'aygach, teridagi yog' va nam miqdori kamayishi natijasida normal, hatto yog'li teri ham quruq bo'lib qoladi.

Quruq terini parvarish qilish. Yog' bezlaridan yog' doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu kishining yoshiga, turmushi va mehnat sharoitiga, eydigan ovqatiga, vitaminlar karaligiga, nerv sistemasining, ichki sekretsiya bezlarining, me'da-ichak sistemasining faoliyatiga bog'liq. Yog' yetarlicha chiqmasa teri qurib qoladi. Shamol ta'siridan, haroratning keskin o'zgarishidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq terisini parvarish qilishda uning quruqljgi nimadanligini hisobga olish lozim.Yuzining terisi bolaligidanoq quruq bo’lgan kishilar krem surib yuzining terisini yog’ bilan qo’shimcha ta’minlamoqlari lozim. Organizm qariyotganligi sababli qurishayotgan terini qo’shimcha ravishda yog’ bilangina emas, balki nam bilan ham ta’minlab turishi kerak. Shu sababli quruq terini tozalashning muhim ahamiyati bor. Quruq terili kishilar ertalab yuzini sovuq suvga sovunsiz yuvishdan 3-5 minut oldin qatiq o’simlik moyi surtib krem surib yuz terisini yumshatishlari yuvinganlaridan keyin esa ham tenga yog’li kremlardan birontasini surishlari lozim. Kremdan keyin yuzga quruq teri uchun chiqarilgan upa salgina qo’yilgani ma’qul. Kechqurun quruq terini pardoz-andoz suvi bilan yoki suyuq kremlar yoxud o’simlik moyi bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yozda yuzini bodring losoni bilan artish kerak.

Ba’zi birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni harvaqt burishtirib qo’yadi deyishadi. Krem mo’l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish