O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini r1vojlantirish instituti aziza rustamova, Bashorat fozilova oilashunoslik


-MAVZU HAYZ SIKLI VA UNING O'ZGARISHI



Download 0,6 Mb.
bet7/8
Sana07.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#43351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OILASHUNOSLIK


2-MAVZU

HAYZ SIKLI VA UNING O'ZGARISHI
1. Hayz sikli haqida tushuncha. Homila tuxumdonida 40000 dan 50000 tagacha follikula bo'lib shulardan hayoti davomida 400-500 tasigina to'la yetilishi mumkin Tuxum hujayralar xuddi ana shu follikulalar ichida yetiladi hayz siklining o'rtasida (28 kunlik hayz siklida 12-14 kunlari) yetilgan tuxum hujayra joylashgan follikula yoriladi va undan tuxum hujayra ajralib chiqadi. Uning boshlanishi taxminan 13-15 yoshga to'g'ri keladi. Yetilgan follikula no'xatdek bo'lgandan so’ng yoriladi va uning ichidagi suyuqlik to'kilib tuxum hujayra ozod bo'ladi va urug'lanishga tayyor bo'ladi va so'rilib bachadon bo'shlig'i tomon yo'naladi. Hayz davri ayollarda 14-15 yoshda boshlanib, 45-50 yoshgacha davom etadi. Har oyda bir-ikki tuxum hujayra yetiladi, hayz sikli har-xil: 28-kunda, ba'zan 21-24 kunda qaytarilishi mumkin. Ayollarning tuxumdoni yana jinsiy gormonlar follikulin, progesteron ham ishlab chiqarib, ular ayol organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

2. Pubertat yoshida hayz siklining buzilishi. Ma'lumki hayz ko'rish faqatgina bachadonning faoliyati bo'lib qolmay, balki butun organizmning murakkab jarayonidir. Uning qanday kechishi ayolning yoshiga, jismoniy taraqqiyotiga, oilaviy va xizmat sharoitiga, atrof-muhitga, iqlimga, ovqatlanishiga va asabiy omillarga bog'liqdir.

Qiz bolalarda hayz sikli ularning organizmi hali to'la yetilmagan jarayonda boshlanadi. Bu holat 3 turga bo'linadi:

1. Hayzning bo'lmasligi yoki kam bo'lishi.

2. O'smirlik yoshidagi qon ketishi.

3. Hayzning og'riqli bo'lishi.

Hayzning bo'lmasligi tibbiyotda amenoreya deb atalib, u fiziologik yoki kasallik tufayli bo'lishi mumkin.

Fiziologik amenoreya deb qiz bolaning jinsiy taraqqiyotga yetguncha bo'lgan davrida hayz ko'rmasligiga aytiladi.

Patologik amenoreya o'z navbatida 2 ga bo'linadi: birlamchi va ikkilamchi amernoreya.

Birlamchi amenoreya o'z navbatida 2 ga bo'linib:

a) chin


b) yolg'on birlamchi amenoreya deyiladi.

Birlamchi yolg'on amenoreyada bachadonda hayz qoni to'planadi, ammo hayz qoni tashqariga chiqmaydi. Buning sababi qizlik pardasida teshik bo'lmasligi, bachadon bo’ynining berk bo'lishi, qinning chandiqlar tufayli berkilib qolishi tufayli bo'lishi mumkin.

Birlamchi chin amenoreya organizmdagi chuqur o'zgarishlar natijasida yuz beradi. Embnonal taraqqiyotda bachadonning yaxshi rivojlanmasligi yoki bachadonning bo'lmasligi, endokrin kasalliklarda, qiz bola kichikligida og'ir surunkali va o'tkir, infeksion kasalliklar bilan og'rigan bo'lsa, kam ovqatlanishi, ruhiy jarohatlanish (qiz bolaning ayniqsa balog'atga yetish davrida ) sabab bo'ladi.

Davosi: birlamchi chin amenoriyani (hayz bo'l­masligi) davolash murakkab bo'lib asosan gormon donlar bilan davolanadi.

Birlamchi yolg'on amenoreyada esa qin, bachadon va qizlik pardasidagi bitovlar jarrohlik yo'li bilan ochiladi.

3. Hayzning og'riqli bo'lishi. Ba'zi hollarda qiz bolalar birinchi hayz boshlanishida qorin pastida, dumg'aza, dum suyagi sohasida og'riqdan shikoyat qiladilar. Ayrim qizlar esa hayz ko'rishdan 1-2 kun oldin lanjlik, ko'ngil aynishi, ba'zi hidlarni yoqtirmay qolishi, hech kimni yoq-tirmay qolishi, ko'krak bezining to'lishib og'rishi, qorin devorining pastki qismi ko'pchiganidan shikoyat qiladilar.

Bu og'riqlarning sabablari quyidagicha:

1. Yallig'lanish (shamollash)

2. Vegetativ asab tizimining qo'zg'alish xususiyati oshishi.

3. Jinsiy a’zolarning yaxshi rivojlanmaganligi.

4. Reflektor nevroz

5. Bachadonning noto'g'ri holati.



Yallig'lanish — agar qiz bolaning jinsiy a'zolaridan biror qismida yallig'lanish bo'lsa, chandiqlar tufayli og'riq bo'ladi.

Vegetativ asab tizimi qo'zg'aluvchan bo'lsa, bachadon muskullari kuchli qisqarib og'riq kuchayadi. Bunday qizlarda ko'p terlash, yurak urishi tezlashuvi, ko'p tupuk ajralishi bilan kechadi, bu holat asabiy qizlarda kuzatiladi.

Jinsiy a’zolarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli qon to'plana boshlagach bachadon yaxshi kengaya olmaydi va natijada og'riq paydo bo'ladi.

Reflektor nevrozda — bachadon shilliq qavati va burun shilliq qavati o'rtasida bog'liqlik bo'lib, hayz davrida ba'zilarda burun pardasiga tinchlantimvchi dori surtilsa hayz og'rigi bosiladi.

Bachadonning noto'g'ri holati — bachadon normal holatda qov tomon biroz egilgan bo'ladi - agar bu egilish 45 gradusdan yuqori bo'lsa hayz qoni chiqa olmay og'riq bo'ladi (yoshligida ko'p og'ir yuk ko'targan qizlarda ko'p uchraydi.)

Gormonal muvozanatning buzilishi — buning natijasida bachadon kuchli qisqarib, og'riq bo'ladi. (bu ko'proq follikulin ko'p bo'lganda kuzatiladi)

Endometrioz — bachadon shilliq qavatini uning naychalari, tuxumdon kabi joylarda ham joylashishidan yuzaga kelib har hayz ko'rilganda qonning suyuq qismi oqib chiqib qonning quyuq qismi bachadonda qoladi, shu yo'sinda kelgusi hayz massasi ko'payib borib, og'riq kuchayadi.

Davosi sababi aniqlangach muolaja qilinadi. Og'riqni qoldirish uchun esa to'g'ri ichak orqali og'riq qoldiruvchi shamchalar ishlatiladi.



4. O'smirlik yoshidagi bachadondan qon ketishi.

Uning sabablari xilma-xil. Ayrim sabablari:

- Asabiy omillar

- Oilada, o'qishda bo'ladigan ko'ngilsizliklar

- Endokrin bezlar faoliyatining buzilishi.

- O'tkir va surunkali kechadigan yuqumli kasalliklar

- Jinsiy a'zolardagi surunkali kechadigan yallig'lanish jarayonlari.

Bularning ichida, ayniqsa qizlarning rivojlanish davrida boshlaridan kechirgan yuqumli kasalliklarini aniqlash katta ahamiyatga ega (grippda ko'p kuzatiladi).

Qon ketishiga ruhiy holatlar ham sabab bo'ladi. Bachadondan qon ketishi ko'p bemorlarda mart-aprel oylarida yuz berib, yozda kamayar, noyabr-dekabr oylarida yana ko'payar ekan.

Bachadondan qon ketishi sabablari quyidagicha.

1. Endokrin bezlarning birortasi faoliyatining buzilishi.

2. Infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar, o'smalar tufayli bezlar faoliyatining buzilishi.

3. Gormonlar paydo bo'lishida fermentlar yetishmovchiligi.

4. Biror bir gormon organizmning kerakli joyiga yetib bormasligi.

5. Gormonlar ta'sir qilish sharoitining buzilishi.

Bunday qizlarda biologik yetilish tez ro'y beradi. Davosi - dastlab disfunksional qon ketish sabablari aniqlanadi. Agar qon qisqa muddat ketib, qaytib takrorlanmasa buni davolash shart emas, bunda fiziologik jarayon asta-sekin iziga tushib qoladi.

Agar jinsiy a'zolardan boshqa a’zolarning kasalligi tufayli qon ketayotgan bo'lsa, shu kasallik bo'yicha mutaxassisga yo'llash lozim.

Bemorga ruhiy va jismoniy tinchlik yaratib, ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish tartibini o'rnatish kerak.

Agar markaziy nerv sistemasi faoliyati bilan bog'liq bo'lsa, tinchlantirish lozim.

Agar disfunksional qon ketishi angina va gripp bilan birga kelsa kalsiy elektrofezi yaxshi yordam beradi. Bel va dumg'aza sohasini titratadigan massaj ham yaxshi yordam beradi.

Gormonal donlardan ham foydalaniladi, bundan tashqari vitaminlar К; В6; В12; С; temir preparatlari, vikasol qilinadi.

Tashqi jinsiy a’zolarning yallig'lanishi vulvit deb ataladi, qiz bolalarda bu yer juda nozik bo'ladi.

5. Vulvitni keltirib chiqaruvchi sabablar:

1. Qin va bachadon kasalliklaridan ajralib chiqqan chiqindilar sababli tashqi jinsiy a'zolar va but bichilishi mumkin.

2. Tashqi jinsiy a’zolarning siydik ta'sirida bichilishi.

3. Turli jarohatlar natijasida yallig'lanish.

4. Teridagi toshmalar ham sabab bo'lishi mumkin.

5. Semirib ketgan qizlarning ko'p terlashi natijasida kelib chiqishi mumkin.

6. To'g'ri ichakdan o'tadigan gijjalar tufayli ham kelib chiqishi mumkin.

Vulvitning belgilari: qichishish, terining qizarishi, shishuvi, og'riq seziladi, yara paydo bo'ladi.

Davosi — tashqi jinsiy a'zolar sohasi tuklardan tozalanib, antiseptik eritma bilan yuviladi, doka eritmalar bilan qo'yiladi.

Endi ikkinchi kasallik ham tashqi jinsiy a'zolar yal­lig'lanishi vulvit, ham qinning yallig'lanishi birga kechishini ko'rib chiqamiz. U tibbiyotda - vulvovaginit deyiladi. Asta-sekin avj olib boradi, ko'pincha surunkali kechadi.

Qindan yallig'lanish tufayli ko'p yiringli chiqindi ajralib chiqib, qichishadi. Odatda bemor siyganda tashqi jinsiy a'zolar sohasida achishish, qichish, va biroz og'riq sezadi. Ba'zan jinsiy a'zodagi qichishish asab sistemasiga ta'sir qilib nevroz kelib chiqishi mumkin. Tashqi jinsiy a'zolar qizaradi, shishadi. Qindan ajraladigan chiqindining rangi kulrang, tiniq, yiringli bo'lishi mumkin, undan sassiq hid keladi.

6. Qiz bolalar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Qiz bolalarda jinsiy a’zolarning, xususan tashqi jinsiy a'zolar va qinni yallig'lanish kasalligi ayollarga nisbatan ko'proq uchraydi. Bu asosan, jinsiy a'zolarining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Qiz bola qancha yosh bo'lsa jinsiy a'zolari shuncha nozik bo'ladi, o'smirlik davriga kelib esa qiz bolaning jinsiy a'zolari ancha yetilgan bo'lib, kasallikka qarshi kurashish quvvati ancha oshadi.

Yallig'lanish jarayonida birinchi o'rinda infeksiya, keyin termik, kimyoviy va toksik omillar turadi. Agar organizm sog'lom bo'lsa, birga tashqi ta'sirlarga hardosh bera oladi. Mabodo organizmda qarshilik kuchi kam bo'lsa, unda arzimagan tashqi ta'sir ham patologik holatga olib keladi.

Qiz bolalar jinsiy a'zolarida bo'ladigan yallig'lanish 2 turda bo'ladi:

1. Spetsifik yallig'lanish.

2. Spetsifik bo'lmagan yallig'lanish.

Spetsifik yallig'lanishga:

a) suzak, b) zaxm, v)sil, g)trixomonoz, e) enterobiozgijja kasalligi.

Spetsifik bo'lmagan yallig'lanishga strentokok, stafilokok, ichak tayoqchasi kabi mikroblar ta'siridagi yallig'lanishlar kiradi.

Spetsifik bo'lmagan yallig'lanish jarayorilarining sabablari:

1. Termik sabablar-issiq vanna, qinni issiq suv bilan chayish, grelka bilan kuydirish.

2. Mexanik omillar — turli jarohatlar, yot jismlar, lozimlardagi qo'pol choklar va hakozo.

3. Kimyoviy omillar — katta konseritratsiyali moddalar bilan qinni chayish.

4. Jinsiy a'zolarni toza tutmaslik.

Davosi — gigienaga rioya qilish, kiyimlarni qaynatish, dazmollash, ovqat ratsionini tartibga solish-achchiq, sho'r, yog'li ovqatlarni yemaslik kabilar. Qinni ingichka kateter yordamida rivanol, furatsilin, peryokis vodorod 3% bilan yuviladi. Ularni 38°c-40°c suvga aralashtirib vanna qilish ham mumkin. Bundan tashqari, 3% li ichimlik sodasi aralashmasi, shalfey qaynatmasida chayish mumkin, so’ngra quritilib antibiotikli shamchalar qo'yiladi, masalan: penisillin va neomiysin yoki polimiksin va furazolidon kabilar.



Suzak kasalligi va uning qiz bolalarda kechish xususiyatlari.

Suzak yuqumli kasallik bo'lib, uni suzak mikrobi gonokok qo'zg'atadi.

U asosan bachadon bo’yni, bachadon naychalari, to'g'ri ichak, siydik chiqarish yo'li, ko'z, qovuq va boshqa a'zolarda joylashib, ularni kasallarntirishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 2-3 kun, infeksiya qinga tushishi bilan tezlik bilan yuqonga ko'tarilib, ichki jinsiy a'zo va sistemalarga tarqaladi, undan ajralgan zahar esa butun organizmga tarqaladi. Jinsiy yo'l bilan kasallanish qizlarda 10-15% bo'lib, pubertat yoshi va balog'atga yetish davrida suzak mikrobi, onasi, opalari yoki qarindosh-urug'laridan, agar ularni yotish joylari bir bo'lsa, vanna va boshqa narsalardan birga foydalanilsa o'tishi mumkin. Qiz bolalarda suzak o'tkir tusda yoki surunkali kechishi mumkin. Surunkali kechganda kasallik 2 oygacha cho'zilishi mumkin, kasallik belgilari sust, vaqti-vaqti bilan qaytalarilib turadi. Kasallikning kechishi: tashqi jinsiy a'zolari shishadi, qizaradi, siydik chiqaruv yo'li ham qizaradi. Ajralib chiqqan yiringning qotib qolishi natijasida jinsiy lablar bir-biriga yopishib qoladi, bu esa chotning bichilishiga, og'riqqa sabab bo'ladi. Qindan chiqindi, yiring ko'p ajraladi. Tana harorati ko'tariladi, bu davr 2-4 hafta davom etadi, so’ngra shish va yi­ring kamayadi, lekin kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob hali halok bo'lmagan bo'ladi.

Trixomoniaz — u venerik kasallik bo'lib, faqat jinsiy muloqot orqali yuqadi, kamdan-kam hollarda oilada shu kasallikka chalingan bemor bo'lsa, onalar gigienik qoidalarga amal qilmasalar qiz bola trixomoniaz kasali bilan og'rishi mumkin.

Klinik belgilari kasallikning o'tkir kechishi davrida qindan ko'p yiring ajraladi, bu yiring suyuq, suvsimon va ko'pikli bo'ladi. Chiqindining ko'p ajralishi sababli, qinda, qinga kirish joyida, tashqi jinsiy a'zolar sohasida bichilish, qichishish va achishish bemorni bezovta qiladi. Ko'p hollarda siydik yo'llari va to'g'ri ichakni ham zararlaydi, bemor tez-tez siyadi, axlat qilganida og'riq sezadi. Tashxis qo'yishda laboratoriya analizi yaxshi yordam beradi.

Davosi uchun ko'proq trixopol buyuriladi.

5 yoshgacha-025 gr, 5-10 yoshgacha 05 gr, 10-15 yoshgacha 075, 8-10 kun davomida, bundan tashqari uning yarim dozasi kukun holida tashqi jinsiy a'zolar va qin sohasiga sepiladi.



Oqarish. Bu kasallik qinga zamburug'lar kirishi natijasida kelib chiqadi. Belgisi kuchli qichishish va achishish, jinsiy a'zolar qaralganda turli hajmdagi oq qarashlar ko'rmadi.

Davosi — organizm quvvatini oshimvchi davo va qinga 20 % borni glitserinli eritmasi quyiladi.



Enterobioz. Bu kasallik qinga gijjalar tushishi natijasida kelib chiqadi, u oq ipsimon qurt bo'lib, uzunligi 4-6 mm, u to'g'ri ichak va yo'g'on ichakda yashaydi.

Gijjalar orqa chiqarish teshigiga o'rnashib olib, tuxum qo'yib ko'payadi, u qinga hatto, siydik qopiga ham o'tishi mumkin. Kasallikning asosiy belgisi tashqi chiqarish teshigi, qinga kirish sohasida qichishish, siyishda og'riq seziladi.

Davosi — avvalo gigiena qoidalariga rioya qilish, jinsiy a'zolarni oldidan orqasiga qarab yuvish, kiyimlarni toza tutish, gijjalarni yo'qotishga qaratilgan tadbirlar.

Tayanch iboralar:

1. Glitserin-malham.

2. Karash-parda.
Nazorat uchun savollar:

1. Hayz siklining buzilish turlarini sanab bering.

2. Algomenoreya haqida so'zlab bering.

3. Hayzning bo'lmasligi sabablari.

4. Ichki jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklari.
3-MAVZU

BEFARZANDLIK VA UNING SABABLARI
1. Abort turlari va uning oqibati. Homilaning 28 haftagacha turmasligi bola tushishi yoki abort, 28 haftadan 38 haftagacha bo'lgan davrda tug'ilishi chala tug'ish deyiladi. Homila ayolning o'z xohishi bilan ataylab tushiriladi, yoki homila o'z-o'zidan tushadi. Shunga ko'ra; sun'iy va beixtiyoriy abort tafovut qilinadi.

Sun'iy abort ayolning o'z istagi bilan yoki tibbiy ko'rsatmaga binoan tug'ruqxonalarda amalga oshiriladi. Agar abort tibbiy muassasalardan tashqarida boshqa kimsalar tomonidan bajarilsa, bu jinoiy abort deyiladi.

Ba'zi ayollar homilani o'zicha yoki tibbiyotdan bexahar boshqa kimsalar yordamida, antisanitariya sharoitida tushiradilar. Bunday abort esa ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Ayol butun umrga nogiron bo'lib qolishi, hatto, halok bo'lishi ham mumkin. Chunki homilani bachadondan olib tashlash shifokordan katta bilim, tajriba, ehtiyotkorlik, ziyraklik talab qiladi.

Chunki shifokor bachadon devorlarini tozalar ekan, uni o'z ko'zi bilan ko'rmaydi. Shuning uchun shifokor har qancha tajribali bo'lsa ham, abort xavflidir. Ayrimlarda esa bola hadeb tushaveradigan bo'lib qoladi.

2. Bola tushish sabablari juda ko'p bo'lib, ulardan asosiylarini sanab o'tamiz.

Ichki kasalliklar.

1. Zotiljam kasalligi.

2. Homiladorlik toksinozlari.

3. Gipertoniya-qon bosimining oshuvi.

4. Kamqonlik.

5. Buyrak kasalliklari.

6. Yurak nuqsonlari.

7. Endokrin bez kasalliklari.

8. Ruhiy kasalliklar.

9. Rezus-omil.

10.Irsiy kasalliklar.

Yuqumli kasalliklar.

1. Gripp, ich terlama, sariq kasalligi.

2. Zaxm, suzak.

3. Bezgak, tif.

4. Brutsellyoz.

5. Toksoplazmoz.

6. Listerioz.

7. Dizenteriya, salmonellyoz.



Turli xil omillar.

1. Ish sharoitining haddari tashqari issiq yoki sovuq bo'lishi, yuqon namgarchilik bo'lishi.

2. Ichish, chekish.

3. Rentgen va rediy nurlaridan zararlanish.

4. Kuchli hayajonlanish, qo'rqish, xafa bo'lish.

5. Yiqilib shikast olish.

6. Og'ir yuk ko'tarish.

7. Shifokor nazoratisiz har xil donlar ichish.

8. Zaharli moddalar bilan zaharlanish — qo'rg'oshin, benzin kabilardan.

Ayol jinsiy a'zolari kasaliiklari.

1. Tanosil a'zolari yaxshi rivojlanmaganligi.

2. Bachadon va bachadon naychalarning o'tkir yallig'lanishi.

3. Bachadon devoridagi o'simtalar.

4. Bachadon bo’yni muskullarining zaifligi.

5. Bachadon devorining abort yoki tug'ruq paytida yirtilishi.

Yuqondagi holatlarni tahlil qilamiz.

Qiz bolani voyaga yetmasidan turmushga berish natijasida qiz organizmida yoshiga ko'ra kechadigan fiziologik holatlar izdan chiqadi. Tanosil a'zolar hali yetilmaganidan homila o'sishiga sharoit bo'lmaydi va u harvaqt tushadi. Chunki bachadon mushaklari zaif, hajmi tor bo'lib u homiladorlik davrida yetarli davrda kengaya olmaydi.

Bola tushishida har xil yuqumli kasalliklarning roli katta: gripp, ich terlama, sariq kasalligi mikroblari homilaga o'tib uni nobud qilishi mumkin. Agar homilador ayolning isitmasi chiqsa ham bachadon harvaqt qisqarib, bola tushishi mumkin.

Ayniqsa, virus kasaliiklari homiladorlikning dastlabki oylarida bolaga tahdid qiladi. Chunki homilaning tarkib topayotgan a'zolari virus va uning zahariga chidamsiz bo'ladi. Gripp va virusli kasalliklarida organizmda vitamin S kamayib ketadi, natijada gormonlar faoliyati susayadi — progesteron va follikulin muvozanati buziladi va bachadon muskullarining qisqarishiga sabab bo'ladi.

Homilador ayol qizamiq, qizilcha bilan og'rib qolsa, asosan toshmalar tosha boshlaydi. Brutsellyoz, toksoplazmoz, listerioz kabi yuqumli kasalliklar homilaning turmasligiga, bolaning nuqson bilan tug'ilishiga sabab bo'ladi.

Brutsellyoz xom sut ichganda, go'shtni yaxshi pishirmay yeganda, kasal uy hayvonlarini parvarish qilganda yuqishi mumkin. Brutsellyozga uchragan odamning vaqti-vaqti bilan harorati ko'tarilib, bo'g’inlari og'riydi, ko'p terlaydi. Poliklinikada hamma homiladorlardan qon olib brutsellyoz kasalligi bor-yo'qligi tekshiriladi.

Toksoplazmoz kasalligini it, mushuk, kemiravchilar va odamlar tarqatishi mumkin. Kaptar, tovus, qoramolda ham uchraydi. Homilador ayol kasallanib qolgach, parazit yo'ldosh va qog'onoq suvi orqali homilaga o'tib, uni zararlaydi. Natijada bolaning miyasiga suv yig'ilishi, bosh miyaning o'smay qolishi yoki bola tug'ma ko'r bo'lib tug'ilishi mumkin. Bu kasallikning oldini olishda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish (ayniqsa, uyida mol-qo'y boquvchilar) sichqon va kalamushlarni yo'qotish, qoramollarni veterinar tekshiruvidan o'tkazish muhim rol o'ynaydi.

Zotiljam kasalligida ham bakteriya toksinlari, haroratning ko'tarilishi va kislorod yetishmasligi homilaga yomon ta'sir ko'rsatishi va u harvaqt tug'ilishi mumkin.

Homiladorlik paytida har-xil donlarni shifokor maslahatisiz ichish, fizioterapevtik usullar bilan davolanish, rentgen va radiy nurlaridan ta'sirlanish, ichkilik ichish va chekish ham juda zararli.

Spirtli ichimlik butun organizmga, jumladan pushtga ham yomon ta'sir ko'rsatadi. Ichkilikka o'rgangan erkaklarda urug' suyuqligining sifati, hayotchariligi buziladi. Ichkilikboz erkaklarning 43%da jinsiy ojizlik, 70%da erkaklik urug'i harakatsiz ekani va normada bo'lmasligi aniqlangan.

Homilador ayol ichkilik ichsa, u qon orqali homilaga o'tib, uni zaharlaydi, natijada homila qorinda o'lib qolishi, yoki chala tug'ilishi mumkin.

Ichki sekretsiya bezlaridan: qalqonsimon bez, tuxumdon, buyrak usti bezi va boshqa bezlar faoliyatining buzilishi ham homilaning tushishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlikning normal kechishida ovqatlanishning roli katta bo'lib, ayol organizmida oqsil, temir moddalari vitaminlar, ayniqsa vitamin A, V, S, E, yetishmaganda ham homila normal o'smasligi, erta tug'ilishi mumkin.

Bachadon bo'limlarining o'tkir yallig'lanishi ham bola tushishiga sabab bo'ladi.

Ona va bolaning qoni rezus jihatdan bir-biriga mos kelmasa ham bola tushishi, chala tug'ilishi yoki u gemolitik kasallik bilan dunyoga kelishi mumkin.

Ba'zan sog'lom er-xotindan bola sarg'ayib tug'ilishi, biroq ko'p yashamay nobud bo'lishi mumkin. Buning asosiy sababi ona bilan bola qonining rezus jihatidan bir-biriga mos kelmasligidir.



Rezus-omil nima? Odamning qizil qon tanachalari — eritrotsitlarda maxsus oqsil modda bo'ladi, u rezus-omil deyiladi. 85% odamlarning qizil qon tanachalarida bu omil bo'ladi, u rezus (+) deb ataladi, 15% odamlarda esa bu omil bo'lmaydi, u rezus (-) deyiladi.

Rezus omilning bo'lish — bo'lmasligi kishi salomatligiga yomon ta'sir qilmaydi. Agar er-xotin qoni rezus jihatidan bir-biriga to'g'ri kelmasa, ya'ni rezus (-) ayol rezus (+) erkak bilan turmush qursa, homila qonida bu omil bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin.

Agar homila qoni onasi kabi rezus (-) bo'lsa, u holda ona bilan homila organizmida hech qanday raqobat bo'l­maydi, bordi-yu homila qoni rezus (+) bo'lsa, ona organizmi homilaning rezus omiliga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Ular homila organizmiga o'tib uni kasal-lantirishi va bola tushishi mumkin.

Rezus (-) ayol homila 8-10 haftalik bo'lgandan boshlab davolansa, u holda homiladorlik normal kechishi va bola eson-omon tug'ilishi mumkin. Ko'pincha eridan olingan bir parcha terini homilador ayolga ko'chirib o'tkazish homilaning tug'ma sariq kasalligiga chalinish va bola tug'ilishidan saqlab qolishda katta rol o'ynaydi. Birinchi va ikkinchi homiladorlik orasidagi vaqt ikki yildan kam bo'l­masligi kerak.

Bachadon bo’yni muskullari zaifligi ularning tug'ruq yoki abort paytida yirtilishi natijasida bola tug'ilishi odat bo'lib qolishi mumkin, u holda homiladorlik paytida bachadon bo’yni tiqilib homila saqlab qolinadi.

Bola tug'ilish xavfining boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qorninning pastki qismida og'riq sezadi, bachadon qisqarishi tufayli homila ko'chib qon keta boshlaydi. Qonning ko'p yoki kam ketishi homilaning bachadon devoridan qanchalik ko'chganiga bog'liq.

Bola tug'ilish xavfining boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qornining pastida og'riq boshlanadi, homila hali bachadon devoridan ko'chmagani uchun qon bo'lmaydi. Bu bosqichda ayol darhol shifokorga borsa homilani saqlab qolishi mumkin.

II-III bosqichlarda qon ketib og'riq zo'rayadi, homila bachadon devoridan ko'chib, bo'yinga tushadi, bu holda homilani saqlab qolishning iloji bo'lmaydi, ba'zan bolani saqlab qolish u yoqda tursin onaning hayoti ham xavf ostida qoladi.



3. Befarzandlik sabablari.

U 2 ga bo'linadi:

a) birlamchi

b) ikkilamchi bo'lishi mumkin.

Birlamchi: ayol organizmining yetarli darajada rivojlanmaganligi ya'ni infantilizm sabab bo'ladi. Infantilizmni 2 turga bo'lish mumkin.

. Ayolning tana tuzilishi normal, ammo jinsiy a'zolari rivojlanmagan bo'ladi.

2. Ayolning o'zi nozik va jinsiy a'zolari taraqqiy qilmagan bo'ladi.

Ayolda tuxumdon bo'lgani holda ichki jinsiy a'zolar bo'lmasligi, ya'ni bitov bo'lishi mumkin.

Befarzandkning ikkilamchi sababi:

Bu holda bachadon normal rivojlangan lekin ayol o'z sog'ligiga befarq bo'lgan. Masalan bachadondagi turli yallig'lanish jarayonlari, (suzak, zaxm), abort oqibatida ham ayol ko'pincha tug'mas bo'lib qolishi mumkin, ayol homilasi qorinda o'lib qolishi ham ikkilamchi befarzandlik deyiladi.



Tayanch iboralar:

1. Abort - bolaning vaqtdan oldin tushishi.

2. Infantilizm - organizmning rivojlanishdan orqada qolishi.
Nazorat uchun savollar:

1. Abort va uning oqibatlari.

2. Bola tushish sabablari.

3. Befarzandlik sabablari.

4. Rezus omilning homilaga ta'siri.

4-MAVZU

IRSIY KASALLIKLAR MUAMMOLARI
1. Urug'lanish haqida ma'lumot. Tuxum hujayra qobiq, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Uning kattaligi 150 mkm. U qalin qobiq bilan o'ralgan bo'lib, u himoya funksiyasini boshqaradi. Tuxum hujayra harakatsiz bo'ladi va unda hamma irsiy axborot saqlanadi.

1. Sitoplazma.

2. Yadro.

3. Qobiq.

4. Follikulyar hujayralar- shu'lasimon "toj".

Spermatozoidlar — mayda, harakatchan hujayralardir. Kattaligi 50-70 mkm. U boshcha, bo'yin, dum qismlardan iborat.

1. Bosh qismi.

2. Bo'yin qismi.

3. Dum qismi.

Odam spermatozoidlari ayol jinsiy yo'llarida 7.5sm/coat tezlik bilan. harakatlanadi. Odamda tuxum bachadon nayining yuqon uchidan bir qismida spermatozoid bilan to'qnashadi.

Tuxum shu'lanmon toj hosil qiluvchi hujayralar qavati bilan o'ralgan bo'ladi. Necha yuz minglab spermatozoidlarning "birgalashib" harakat qilishi va urug' suyuqligidagi ferment ta'sirida toj hujayralari parchalanib ketadi va tuxum ichiga faqat bitta spermatozoid kiradi, sababi yetilgan tuxum hujayra pardasini spermatozoid teshgandan keyin shunga javoban bu parda darhol yangidan zich parda, urug'lanish pardasi paydo bo'ladi. Yangi organizm o'z irsiy belgilarining yarmini otasidan, yarmini onasidan oladi.

2. Irsiy kasalliklar. Tibbiyot genetikasi so’nggi yillarda juda tez rivojlanib bormoqda. 1969-yilgacha 650 ga yaqin irsiy kasalliklar aniqlangan bo'lsa, hozirda 4000 ga yaqin irsiy kasalliklar fanga ma'lum. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning 4.5-5 %i irsiy kasalliklari aniqlanadi.

Odamda barcha sifat va belgilarni normal hamda kasallik holatlarida avloddan-avlodga o'tishi genlarga bog'liq. Genlar esa hujayra yadrosida joylashgan xromosomalar bilan bog'liqdir. Odamda 46 ta xromosoma bor. Xromosomalarni har qaysisi o'z juftiga ega bo'ladi. Tabiat odam organizmini shunday mo'jiza bilan ta'minlaganki u ajdodlaridan o'tib kelayotgan hamma belgilarni o'z xotirasida saqlaydi va kelgusi avlod, farzandlarida o'zini to'liq takrorlaydi.

Ayrim nasl belgilarini o'zida saqlab, avloddan-avlodga o'tkazuvchi moddiy tuzilma, hujayra yadrosidagi xromosomalarda joylashgan gen deb ataluvchi tuzilmadir.

Xromosoma mikroskopda tekshirilganda mayda-mayda bo'lakchalarga bo'linadi, bu genlar bo'lib, gen irsiyatni tashib yuruvchi omildir.

Organizmdagi genlar kelgusi avlodlarga jinsiy ko'payish jarayonida urug' va tuxum hujayralari orqali beriladi.

Organizmdagi barcha genlarning ig'indisi genotip deb ataladi.

Organizm individual rivojlanishida hosil bo'lgan belgi va xususiyatlarning yig'indisi fenotip deb ataladi. Bir juft genlarning ustun bo'lgan belgisi dominant gen, yuzaga chiqqan belgisi retsessiv gen deyiladi. Ular AA va aa bilan belgilanadi.

Odam xromosomalari individual bo'lib, oxirgi 23-jufti jinsiy xromosomalar deyiladi. U ayollarda XX harfi bilan, erkaklarda esa XY harfi bilan belgilanadi.

Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar ta'sirida yuzaga chiqadigan belgilarni jinsga bog'langan belgilar deb ataladi. Xromosoma nazariyasiga muvofiq belgilarni nasldan-naslga o'tib borishi hujayra yadrosidagi xromosomaga bog'liqdir. hujayra I yadro II xromosomalar III genlar IV.

Xromosomalar to'plami karitip deyiladi. Istalgan odam karitipini o'rganish uchun: odamdan 8-10 ml qon olinib, u sentrifugalanadi va oq qon tanachalari ajratib olinib, organizmdan tashqarida oziqli muhitda o'stiriladi va ular bo'lina boshlaydi, uni olib bo'yalib mikroskopda qaraladi.

Ba'zi kasalliklarni oldindan bilib, oldini olish uchun, shu usulda aniqlanadi.

Irsiy kasalliklar xromosomalar bilan bog'liq bo'lishi yoki genlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi va xromosomalar shakliy tuzilishining buzilishidan kelib chiqadi.

Xromosomalar soni o'zgarishi sxematik tarzda ko'rib chiqiladi:

1. Daun kasalligida21-XXo'rniga XXX bo'ladi.

2. Klaynfelter sindromada esa 23-XY o'rniga XXY bo'ladi.

3. Shershevskiy —Ternerda esa 23-X bo'ladi.

4. Edvards sindromida 18-karitip XXX bo'ladi.

Nasl kasalligi bilan og'rigan shaxslarning hammasida ham jismoniy va aqliy zaiflik bo'lmaydi.

Gen kasalliklari ularni keltirib chiqishiga sabab genlarning mutatsiya natijasida o'zgarishidir.

Agar odamda taxminan 100 ming geri bor deb taxmin qilsak, shuncha miqdorda gen ta'sirida hosil bo'ladigan irsiy kasalliklar bo'lishi mumkin.

Hozirgi kunda irsiy kasalliklarni oldindan aniqlash va ularga qarshi choralar ko’rish uchun tibbiy-genetik maslahatxonalar mavjud. Tibbiy genetik maslahatxonalarga kimlar murojaat qilishlari mumkin? Insorilarni genetik shifokorga murojaat qilishga majbur qilgan asosiy sabablardan biri bu o'z kasalligi haqida bilish istagidir.

Ular quyidagi savollarga javob kutadilar:

- aqliy yoki jismoniy ojiz yoki tug'ma majruh farzandlar tug'ilgan oilalarni ko'pincha tug'ilmagan farzandlarning taqdiri,

- qarindoshlari orasida birorta irsiy kasalliklari bor oi­lalarni ham shu savol qiziqtiradi.

- farzand ko'rish istagida bo'lgan er-xotinlarning birortasida irsiy kasalliklar aniqlangan bo'lsa, uning qanday asoratlarga olib kelishi, uni davolash, undan qutulish imkoniyatlari borligi haqida ma'lumotlar olish,

- irsiy kasallik bilan og'rigan bolaga qanday qarash va yordam berish mumkinligini bilish kabi ko'pgina savollarga javob olishga harakat qiladilar.

Yoshlar turmush qurishlaridan oldin yoki keyin, homilador bo'lganlarida tibbiy-genetik maslahat olsalar, sog'lom farzand ko'rishga muvaffaq bo'ladilar.



3. Tibbiy-genetik maslahatxonalarning vazifasi. Kasal farzand tug'ilishining oldini olishdir. Birinchi navbatda gap og'ir mayib majruhliklarga, aqliy va jismoniy zaifliklarga olib keladigan irsiy kasalliklar haqida ketadi.

Tibbiy-genetik maslahat 4 bosqichda amalga oshiriladi;

1. Tashxis — ya'ni kasallik qaysi ko'rinishda bo'lishi mumkinligi aniqlanadi.

2. Kasal bola tug'ilishining xatarlilik darajasi aniq­lanadi.

3. Davolash — ya'ni qanday tadbir ko'rish mumkinligi aniqlanadi.

To'g'ri qo'yilgan tashxis genetik xatarni aniq hisoblashga yordam beradi. Olimlarning aniqlashlaricha har qan­day oilada irsiy kasal bola tug'ilish ehtimoli 3-5% ga teng.

Xatar ko'rsatkichini hisoblashni 2 xil yo'l bilan amal­ga oshirish mumkin.

1. Genetik qonuniyatlarga asoslangan hisoblash yordamida aniqlash. Dastiab ota-onalar genotipini aniqlanadi.

2. Xatar ko'rsatkichlarini jadvallar yordamida aniq­lash. Bu usul xromosomalar soni va tuzilishi o'zgarishini hamda hisobini olish bilan aniqlanadi.

Xatar ko'rsatkichi 5%gacha bo'lsa past, 10%gacha yengil daraja, ll-20%gacha o'rta, 21% ortiq bo'lsa yuqon deb hisoblanadi.

Ba'zi xatarlilik darajasi yuqon bo'lgan holatlarda bola ko'rishga maslahat berish mumkin emas:

1. Davolash mumkin bo'lmagan irsiy kasalliklarda.

2. Letal (o'lik) gen kasalliklarda

3. Ruhiy kasalliklarda.

4. Xromosoma kasalliklarida.

4. Qon-qarindoshlik nikohlarining oqibati. Ko'pgina mamlakatlarda qarindoshlar bilan o'zaro nikohlar katta ko'rsatkichni tashkil etadi. Bu holat ayniqsa, Yaponiya, Hindiston, Isroil va O'rta Osiyo xalqlarida ko'p uchraydi.

Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarda avlodning nasl kasalliklari bilan shikastlanishi xavfi juda ko'payadi.

Chunki bunday oilalarda zararli retsessiv genlarni bir-biri bilan uchrashish tasodifi oshib ketadi.

Yaqin qon-qarindoshlar nikohidan tug'ilgan chaqaloqlarning o'lik yoki chala tug'ilish kabi holatlari ko'p bo'ladi.



Misol: kuzatilayotgan bir oilada opaning sog'lom qizi, singilni sog'lom o'g'liga nikohlanadi. Bu oilada 3 qiz, 2 o'g'il tug'iladi, 5ta boladan 2 tasi mikrosefaliya (bosh miyasi juda kichik) bo'lib tug'iladi. Ularda tutqanoq kasalligi paydo bo'ladi, bu bolalarning biri 1 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda ayrim sabablarga ko'ra vafot etdi.

Vaholanki opa-singillarning qizi va o'g'li boshqa avlodga nikoh qilinganda, bu fojea ro'y bermagan bo'lur edi.

Ba'zi hollarda esa irsiy kasalliklarda bola mutlaqo sog'lom tug'ilishi mumkin.

Lekin haftalar, oylar, yillar yoki hatto o'n yillar o'tgandan keyin genining zararli ta'siri namoyon bo'la boshlaydi. Gistologik ma'lumotlar ko'rsatishicha bunday bemorlar ayrim organlari hujayralari normal holatdagiga nisbatan tez halok bo'lib ketadi. Ko'pincha nasldan-naslga o'tgan kasallikni oila ustiga tushgan qandaydir "tavqi la'nat" deb tushunadilar. Bu er-xotinning va qarindosh-urug'larning bir-birlarini o'rinsiz, behuda ayblashlariga sabab bo'lishi mumkin.

Lekin nasl kasalligi bilan og'rigan shaxslarning hammasida ham jismoniy va aqliy zaiflik bo'lmaydi.

Tibbiyot genetikasi so’nggi yillarda juda tez rivojlanib bormoqda. 1969 yilgacha 650ga yaqin irsiy kasalliklar aniqlangan bo'lsa, hozirda bu ko'rsatkich 4000 dan oshib ketdi.



Tayanch iboralar:

1. Gen - irsiyatni tashib yuruvchi omil.

2. Genotip-genlar yig'indisi.
Nazorat uchun savollar:

1. Irsiy kasalliklar nima?

2. Urug'lanish haqida tushunchangiz.

3. Tibbiy-genetik maslahatxonalarning asosiy vazifasi nimadan iborat?

4. Irsiy kasalliklarga misollar keltiring.

IV BOB. NIKOH OLDI OMILLARI
(Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash)
1-MAVZU

NIKOH OLDI OMILLARI VA UNING BO'LAJAK

OILAGA TA'SIRI
1. Oila qurish masalalari muammolari. Yangi qurilayotgan oilaning kelajagi ota-onalarning, shuningdek yoshlarning o'zini ham qiziqtiradi. Bunday ma'suliyatli damda yuzaga kelayotgan oila kelajagi qanday bo'lishini bilish uchun ota-onalar, bo'lg'usi kelin-kuyovlar quyidagi nikoh oldi omillariga e'tibor berishi lozim.

Nikoh oldi omillari: oilaviy hayotga yetukligi, ularning oila qurish sabablari, ularning oila qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart-sharoitlari, ularning bo'lg'usi hayot haqida tasavvurlarini kiritish mumkin.

Masalan: nikohda yetuklik deganda oila quruvchi yoshlarning jismoniy, jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, psixolo­gik kabi yetuklik jihatlarini aniqlash mumkin. Psixologlar tavsiyasiga binoan nihoyatda erta (16-17 yoshda) va kech (28-30 keyin) oila qurish maqsadga muvofiq emas. Niho­yatda erta yoshda oila qurish va ikkisini ham yoshi 17-18 bo'lishi, yigitning oila boshlig'i sifatida shakllaniishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Qiz bola 17, ba'zan 16 yoshda ham onalik, uy bekalik vazifalarini bajarishga tayyor bo'lishi mumkin, ammo 17 yoshdagi yigit hali to'laqonli oila boshlig'i vazifasini bajarishga tayyor bo'lmaydi. Ba'zida bu kelinni kuyovga yetarli darajada hurmat qilmasligiga sabab bo'lishi mumkin.

Kech oila qurishni maqsadga muvofiq emasligi yosh ulg'aygan sari (ayniqsa qizlarda) oila qurish imkoniyatlari pasayadi, ammo turmush o'rtog'i tanlashdagi mezonlar soni keskin ortadi. Har bir "nomzoddan" turli kamchiliklar topilaveradi. Bu masalada shoshilish ham, kech qolish ham xatoliklarga olib kelishi mumkin. Insonning psixologik yetukligi bu o'z oldiga erishishi muqarrar bo'lgan, bunga imkoniyatlari yetarli bo'lgan maqsadlarni qo'yishi, turli yashash sharoitlariga moslashishidir.

2. Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari. Yosh qizlarning ham erta (16-17 yoshda) turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy holatlarga olib kelmoqda.

Birirnchidan, milliy udumga ko'ra, ko'pincha kelinlarning oiladagi mavqei past darajaga ega bo'ladi va ular ko'proq har xil oilaviy ishlarni bajaradilar.

Tabiiyki 16-17 yoshli qizning jismi hali bunday og'ir ishlarni bajarishga tayyor bo'lmaydi.

Ikkinchidan, qizlar bu yoshda ma'naviy jihatdan ham oila munosabatlariga tayyor bo'lmaydi.

Uchinchidan, yosh turmushga chiqqan kelinlarning shu yoshda homilador bo'lishi tos suyaklari kichkina bo'lganligi uchun xavflidir.

Respublikamizda qizlarning erta turmushga chiqishi aholining tez o'sishiga ta'sir qilibgina qolmay, halq xo'jaligining jadal rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki 18-25 yosh qizlarning bilim olishi, kasb egasi bo'lishi va mehnat qilish uchun qulay yosh hisoblanadi.

To'rtirichidari, o'z qadri, huquqlari va o’zini-o'zi himoya qilish tushunchalarini anglab etgan, jinsiy va reproduktiv madaniyati to'la shakllanmagan yosh qizlarning biron kasb-hunar egallamasdan, bilim olmasdan, mutaxassislikka ega bo’lmasdan oila qurishi ularning qaynota, qay-nona va erlariga iqtisodiy jihatdan qaram holda yashashlariga sabab bo'lmoqda.

Ayrim oilalarda aynan iqtisodiy qaramlik tufayli kelinlar yosh bolasi bilan kamsitilmoqda, tazyiqqa uchramoqda. Shuning uchun qizlarning biron hunar yoki mutaxassislikka ega bo'lgandan keyingina turmushga chiqishlari maqsadga muvoflqdir.

Respublikamizda 18-29 yoshdagi xotin-qizlarning ko'pchiligi bola tug'ish, ularni parvarishlash, tug'ishgacha va undan keyingi ta'tilda yoki bemor farzandlarni parvarish qilish bilan bandlar.

Bu holatlar esa ayollarimizning ma'naviy jihatdan boy, bilimli, hunarli yoki biron kasbning yetuk mutaxassisi bo'lishiga halaqit beradi.

Xo'sh, Ovrupada ahvol qanday?

Aholining nikohdan o'tish yoshi kuzatilganda, ularda 24-25 yoshdan boshlab, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lib, o’zini ta'minlay olgandagina nikohdan o'tib, farzandli bo'lganligi ma'lum bo'ldiyu bu holat aholini tez sur'atda o'sishini oldini olib, aholi o'sishini sifatini yaxshilaydi va iqtisodiy taraqqiyotga, yoshlarning intelektual o'sishga ta'sir ko'rsatadi.

Beshinchidan bundan tashqari o'smirlik davrida organizmda turli morfologik, fiziologik, ruhiy o'zgarishlar boshlanadi va balog'atga yaqinlashgan sari ular mujassamlashib boradi. Yosh onalarning sog'ligi ko'proq mana shu yoshda o'zgarishlarning mo'tadil ketishiga bog'liq. Aks holda bu holat keyinchalik kasalliklarninig og'ir kechishiga sabab bo'ladi.

O'smir qizlarni ham jismoniy, ham jinsiy balog'atga yetishida anchagina salbiy nuqsonlar bor, bu esa ularda o'tayotgan ko'pgina kasalliklar fiziologik jihatdan nimjon bo'lgan organizmda yuzaga kelayotganligini bildiradi.

Yuqondagilarni hisobga olib, bizning sharoitda yosh qizlarning to'liq balog'atga yetishi 19-20 yoshlarga to'g'ri keladi deyish mumkin.

Qizlarning oilaviy hayotga jismonan, ma'nan va ruhan, reproduktiv va jinsiy hayot madaniyatiga tayyor bo'lmagan holda erta turmushga chiqishlari quyidagi oqibatlarga olib kelmoqda:

1. Yosh oilalar orasida ajralishlarning ko'payishi ajralishlar dastlabki besh yil davomida ro'y beradi;

2. Tug'ish vaqtidagi murakkabliklar; tug'ish va homiladorlik o'rtasidagi oraliq muddatining qisqarishi;

3. Biririchi bor tugayotgan va 20 yoshgacha bo'lgan yosh ayollar o'rtasida o'limning ko'payishi.

Bu holatlarni tahlil qilish uchun raqamlarga murojaat qilamiz.

Respublikamizda o'tkazilgan sosiologik tadqiqotlarga ko'ra 45, 1% qizlar 20 yoshgacha turmushga chiqishadi.

Turmushga chiqqan ayollarning 37, 4% 20 yoshgacha farzand ko'rishadi. Ulardan 20% 20 yoshgacha farzand ko'rsa, 15% ikkitadan, 1,4% uchtadan farzandli bo'lishadi.

Ruyxatga olingan onalar o'limining 40% mana shunday yosh kelinlar tug'ishiga to'g'ri keladi.

Endi nikoh oldi omillarini psixologik tadqiq etamiz.



3. Nikoh sabablari. Juda ko'p bir necha o'nlab, lekin umumlashtirgan holda uch klassifikatsiyaga bo'linadi:

1.Sevgi tufayli oila qurish, ya'ni yoshlar bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so’ng, to'y bilan turmush qilib,

yetishadilar.

2.Moddiy manfaatdorlik tufayli oila qurish. Yoshlar turmush qurar ekan ma'lum bir maqsadni ko'zlashlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni, moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko'zlagan holda "Agar shu yigitga turmushga chiqsam, boy-badavlat yashayman" yoki "shu qizga uylansam, uning ota-onasi yordamida ma'lum bir mansab, mavqega erishaman" yoki "Yolg'izlikdan qutilish" kabilar.

3. Stereopik bo'yicha oila qurish — ya'ni bunday oila qurgan yoshlardan so'ralsa, "Hamma tengdoshlarim o'ylanayotgandi, men ham uyladim" yoki "hamma dugonalarim turmushga chiqishayotgandi, men ham turmushga chiqdim" kabilar. Xo'sh bu oilalarning qay biri mustah-kamroq bo'ladi?

Ko'pchilik sevgi deb javob berishi tabiiy, chunki sevgining oila mustahkamligidagi o'rni beqiyosdir. Albatta sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati baxtli hayot kechirishadi. Lekin statistik ma'lumotlarga qaraganda ajralishning aksariyat qismi ham xuddi shunday sevishib oila qurgan juftlarga to'g'ri kelar ekan. Agar o'zaro ahdupaymon qilganlar oila qurganlaridan keyin "Murod — maqsadimga erishdim" deb sevgisini himoya qilishni, uning uchun kurashmasa sevgi nobud bo'ladi, sevgi nomi bilan qilingan orzu-niyatlar sarobga aylanadi.

Ikinchi ya'ni moddiy sababchi? — uning ta'siri bu sabablarni qay darajada amalga oshishiga bog'liq. Ya'ni ko'zda tutilgan narsalarning barchasi ro'yobga chiqaversa, u nikoh mustahkamligini ta'minlashi mumkin. Afsuski oilaviy hayotda hamma narsa ham yigit qizlar kutganidek bo'lavermaydi, natijada ularning turmushi g'urbat-azobga, nizo-janjalga aylanadi, statistik ma'lumotlarga ko'ra eng mustahkam oilalar stereotip bo'yicha oila qurganlarga to'g'ri kelar ekan. Ularda ajralish juda kam, chunki ular "hamma qatori" oila qurishgan qarashsaki hamma ham binoyidek yashayapti. Bular ham yashayverishadi. Birgalikdagi hayot tufayli er-xotin o'rtasidagi bir-birlariga moslashish tushunish bir-biriga mehr yuzaga kelib sevgi darajasiga yetishi mumkin.

Tanishish muddati nihoyatda qisqa (uch oygacha) va juda uzoq (8-10 yildan ortiq) bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Shu o'rinda qizlik sha'ni haqida aytib o'tish kerakki u inson ruhiyatidan millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Hayo — qiz bolaning o'zga xonadonga, turmush o'rtog'ining muqaddas ostonasiga olib boradigan kelinlik sepi. Shuning uchun kelin ko'rmoq niyatida kelgan mehmonlar, albatta o'zaro suhbatta hayoli iboli farishtali kelin ekan deb qo'yadi.



Nazorat uchun savollar:

1. Nikoh oldi omillari deganda nimani tushunasiz?

2. Erta yoki kech turmush qurish haqida fikringiz.

3. Erta turmush qurishning salbiy oqibatlarini sanab o'ting.

4. Nima uchun stereotip bo'yicha qurilgan oilalar mustahkam bo'ladi?
2-MAVZU

NIKOHDA MUHABBAT VA MIJOZNING O'RNI
1. Muhabbat hislarining bosqichlari.

Muhabbat 3 bosqichdan iborat:

1. Boshlang'ich,

2. Alangalangan,

3. O'zaro hurmat bosqichlari.

Insoniyat bor ekan muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo'lmas to'siqlardan o'tishga, yuksak cho'qqilarni zabt etishga undagan, uni rag'batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta'rif-tavsif berilmagan. Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko'ra muhab­bat turini, bosqichini umuman sevgi hislarini bor-yo'qligini aniqlash mumkin.

2. Alangalangan, ya’ni ikkinchi bosqichning turlari. Ikkirichi bosqich, ya’ni alangalangan bosqich quyidagicha:

1. "Birgalik" effekti. Bunday hollarda muhabbat his­larini boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida doimo sevikli yori gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin, qayerda bo'lmasin xayolan u bilan gaplashadi.

2. Idrokning ideallashishi. Bunday hollarda sevilgan inson ideallashgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi shaxs sifatida nihoyatda chiroyli, aqlli, odobli va o'zga ijobiy xislatlarga ega bo'lgan yigit yoki qiz sifatida idrok etiladi.

3. Al'truizmning keskin ifodalanganligi. Bu bosqichda altruizmning og'irlik markazi muhabbat timsoli bo'lgan qiz yoki yigitga yo'nalgan bo'ladi.

U sevgan qizi yoki yigitini marifaatini o’zinirig, ota-oniasining, o'ziga yaqin kishilarning marifaatidan ustun qo'yadi.

4. Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshidan kechirayotgan shaxs o'z sevgilisi bilan birga bo'lishni, tezroq u bilan oila qurishni, umrini oxirigacha u bilan bo'lishni orzu qiladi.

5. Sevgilisida boshqalar ko’rmagan jihatlarni ko'rish, "muhabbat ziyrakligining" namoyon bo'lishidir.

6. Sevgan odamda hayotga muhabbat kuchayadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydi, o'zgalarni qalbdan tushunish va rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi.

Mijoz bilan muhabbat orasidagi bog'liqlik: xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning aralashuvidan iborat toifadagilar o'zgalar bilan tez va oson til topishadi.

Flegmatik va melanxoliklar esa o'zgalar bilan til topishi ancha qiyin. Ular duch kelgan kishi bilan do'stlashib ketavermaydilar. Ammo do'stlikning qadriga yetib, arzimagan sabab bilan do'stlikdan kechmaydilar. Ularda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, buni boshqalarning tashqi tomondan sezishi qiyin.

Muhabbatning qay darajada ifodalanishi mijoz turidan tashqan o'sha odam yashayotgan sharoit, muhit, tevarak atrofdagilar qarashi, axloqi va milliy mezonlarga ham bog'liq bo'ladi. Masalan: ba'zi millatlarda qizlarning nikohgacha jinsiy hayot kechirganligiga odatiy hol sifatida qaralsa, ba'zi joylarda bunday qizlarga nafrat bilan qaralib, sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va Osiyo mamlakatlarida mahalliy millatlar uchun qiz bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo'lishi axloqsizlik deb qaraladi. Hatto O’zbekistonning ba'zi qishloqlarida "qiz yigit bilan yurar emish" degan mish-mishlarning o'zi shu qizga sovchi kelmasligiga, bokiralik obro'sining tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi.

Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida.

1. Chin sevgi muhabbatni qanday tushunmoq kerak?

2. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa qanday ish tutgani ma'qul?

3. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa, ammo u boshqani sevsa nima qilishi lozim?

4. Qiz bola оilali erkakni sevib qolsa-chi?

5. Qiz bola nomusiga dog' tushirib qo'ysachi?

6. Qiz yoki yigit birovni sevsa, ammo ota-ona unga rozilik bermasa-chi?

7. Sevgida, oila qurishda adashmaslik uchun nimalar shart?

8. Sevgan kishing senga bevafolik qilsa-chi?

9. Yigit bilan qiz o'rtasidagi samimiy do'stlik munosabati sevgiga aylanishi mumkinmi?

10. Muhabbat asosida qurilgan oilani asrab-avaylash uchun nimalar qilish kerak?

Oilashunos, ruhshunoslarning ta'kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati mijozlarning mos kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli er-xotinlarda aytilgan fojia bo'lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er-xotin mustasno. Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko'p bo'ladi. Ikkovining ham jahli burnining uchida turadi. Bo'lar-bo'lmasga lovullab ketishadi. Odatda ular qilg'ilikni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar, o'ta ehtirosli bo'ladilar. El ham bundan xahardor.


SHAHVONIY NAFS
(Mulohaza uchun mavzu)
Har bir jinsdagi inson bolasi asta-slekin ulg'ayadi va balog'atga yetadi. Balog'at yoshida inson tabiiy holda o'z juftini topishga va birga hayot kechirishga intiladi yoki boshqacha qilib aytganda inson o’zidan zurriyod qoldirishning asosiy sharti bo'lgan jinsiy hayotga kirib boradi. Tib-biyot ilmi qiz bolalarda jinsiy hissiyot avvalroq (9 yoshda), o'g'il bolalarda esa keyinroq (11-12 yoshda) boshlanadi deb o'rgatadi. Bu yoshdan boshlab insonning jinsiy moyilligi qo'zg'ala boradi. Ayniqsa, 15-18 yoshda bu hissiyot rivojlangan davr bo'ladi. Shu sababli bu yoshda yigit ham, qiz bola ham o'z jinsiy a'zolarini pokiza tutishi, shahvoniy hirsni qo'zg'atuvchi omillardan doim o’zini muhofaza qilishi kerak.

Ayniqsa, bu yoshdagi yigit va qiz yolg'iz, xilvat joyda birga bo'lmasligi, bir-birini pinjiga kirmasliklari kerak.

Yurtimizga kirib kelayotgan o'zbekona urf-odatlarga butunlay yot urf-odatlar, ayrim benomuslik hollarini keltirib chiqarmoqda.

Uzbekona urf-odatlarimizga ko'ra, sevishgan yigit va qizlar o'zaro ibo va iffatlarini saqlaydilar.

Ayniqsa, qiz bolalarni, ayol kishilarning yarim yalag'och kiyinishi, kalta va tor ko'ylaklarni kiyib erkaklar va yigitlarga ko'rinishlari mutlaqo millatimizning urf-odatlariga to'g'ri kelmaydi. Chunki, bu ko'rinishlarning barchasi erkak jinsidagi kishilarning hirsini qo'zg'aydi, uni jilovlay olmaydigan ayrim yoshlarni "ko'zlariga o't bo'lib" har qanday holda ham shu qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgisi keladi. Hirsi uyg'onishi natijasida benomuslik, hatto jinoiy qabih ishga qo'l uriladi. Yoshlar kechki, kattalar uchun beriladigan filmlarni, videofilmlarni ko'rmasliklari lozim. Ayrim be-hayo, katta yoshdagi ayol yoki erkaklarninig yarim yalan-g'och holatiga e'tibor bermasliklari kerak.

Hurmatli o'quvchilar, e'tiborlaringizga bir necha hayotiy voqealarni misol keltiramiz, xulosani esa o'zingiz chiqarasiz.

"Bir kuni uyda yolg'iz o'tirgan edim, dadam, oyimlar ishda edi. Uyga akam hovliqib kirib keldi, qo'lida ikkita kasseta bor edi. Dadam yo'qliklariga qaramay, ruxsatsiz videokassetani qo'ydik. Birinchi filmni qo'rquv va hayajon bilan tomosha qildik. Chunki filmda bir odamxo'r maxluq haqida hikoya qilinib, u odamlarni o'ldirib yeyishlari nihoyatda dahshatli, filmni nomi ham "Yirtqich" edi. Biroq keyingi kino uyatsiz film ekan. Men "Aka uyalmaysizmi, o'chiring dadamga aytaman" deb qichqirdim. Esankirab qolgan akam biroz turib meni tarsakiladi-da, xonamga po'pisalar bilan qamab qo'ydi. O'zi esa filmni ko'rdi. Men yig'lab anchadan keyin ovundim. Bir soatlardan keyin xonamga akam kirib keldi.

Uning vajohati juda yomon edi, ko'zlari olayib menga yaqinlasha boshladi. "Tinchlikmi aka?" deyishimni bilaman, u o’zini men tomonga tashladi.

Dada deb qichqirganimni akam eshitdi xolos. Keyin akam "Dadamga aytsang o'ldiraman" deb chiqib ketdi.

Men nomusi toptalgan qiz dadam, oyimning jahlidan qo'rqib indamadim. Bir haftadan keyin esa o'zimni yomon his qildim. Hozir hayz ko'rmayapman, bu kunimdan o'lganim yaxshi. Video olmoqchi bo'lgan otalar o'ylab ko'rsinlar. Keyingi taqdirim nima bo'ladi bilmayman. Ana shunday ko'ngilsiz hollarning bo'lmasligi uchun har bir inson bolalik davridan boshlab o'z ornomusiga qattiq ehtiyot bo'lishi kerak. Yoshlar shuni yaxshi bilishlari kerakki, jinsiy istak qiz bolalarga nisbatan o'g'il bolalarda juda kuchli bo'ladi. O'g'il bolalarning shahvoniy hirsi tez qo'zg'aladi. Buning uchun qiz bolani bir-ikki marta og'ushiga tortib, quchish, bo'sa olishi kifoya.

Shundan keyin uning hirsi qattiq uyg'onishi natijasida u jinsiy yaqinlikka intiladi. Bu holatni qizlar yaxshi bilishlari kerak. O't bilan o'ynashmaslik lozim.

To'g'ri tarbiyalangan o'g'il ham, qiz ham o’zini bosishi lozim. Keksalarning "G'unajin ko’zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi" degan haq gapi bor. Qiz bola nihoyatda tarbiyali, o’zini qo'lga olgan bo'lishi kerak. Yana bir misol:

Men 9-sirifda o'qiyman. Boshqa sinfdagi Nazarmatni kechagi kungacha sevardim. Sevganimni bayon etib, unga xat yozgandim, biz uchrashdik.

Ammo Nazarmat menga "sen qizmassan" deb tuhmat qildi. Menga juda alam qildi.

Oxiri men o'ylab-o'ylab o'zimni pokligimni unga isbotlamoqchi bo'ldim. Ovloq joyda uchrashgach, unga o'zimni qiz ekanligimni, istasa tekshirib ko'rishi mumkinligini, lekin men haqimda yomon fikrga borgani noto'g'ri ekanini aytdim. Biz u bilan jinsiy aloqa qildik.

"Ana ko'rdingmi" degan edim, u: "yaxshi qiz ekansan, lekin haribir seni olmayman" dedi.

Mana bu voqeani o'ylab, qizlarimiz bir xulosaga kelsinlar. Qiz bola shunchalar g'o'r, shunchalar sodda, o'z nomusini o'zi qadrlamay kimlargadir garovga qo'yishi mumkin-mi? Or-nomus qani? O'sha "sen qizmassan" deb qiz bolaga oshkora tuhmat qilgan insonga o'z nomusini oyoq osti qildirishini nima deb baholasa bo'ladi? O’zini shahvoniy nafsini jilovlay olmagan bir nomard yigitning aldog'iga uchragan qiz haqida nima deysiz?

Sevishmoq ayb emas, u hatto ertaroq boshlanishi mumkin. Bu ham ayb emas. Faqat siz o'z sevgingizni, muhabbatingizni shahvoniy nafs girdobiga tushib qolishdari asrang.

Mijoz va muhabbat haqida muxtasar so'z yuritishimizning boisi bor, tasavvur qilingki, xolerik mijozli qiz flegmatik yoki melanxolik mijozli yigitga turmushga chiqdi. Mijozlar haqida mutloq xaharsiz kelin asal oyida kuyovning hind kinolaridagidek ehtiros bilan muhabbat izhor qilmayotganidan, umuman muomalasidan qoniqmay kuyovni sovuqlikda ayblashi, yana battari uni chetda muhabbat ulashib yurishlikda ayblashi hech gap emas. Yoki aksincha melanxolik kuyov tabiatan jo'shqin, sho'x, xolerik mijozli kelinni bir umr rashk o'tiga qovurib o'tishi mumkin.

Demak, er-xotinlik, muhabbat tuyg'ulari izhori bobida juftlar, albatta bir-birining mijozini bilishi kerak.



Tayarich iboralar:

1. Flegmatik-ehtiyotkor, mulohazali tip.

2. Melanxolik — o'ta ta'sirchan muvozanatsiz tip.
Nazorat uchun savollar:

1. Muhabbat bosqichlarini sanab bering.

2. Mijoz nima?

3. Oila ajralishlariga mijozning qanday aloqasi bor?

4. O'zingizni qanday mijozli deb o'ylaysiz?

5. Shahvoniy nafs nima?




V BOB. OILA - MUQADDAS DARGOH
1-MAVZU

OILA TARIXI
1. Oila paydo bo'lishiga nima sabab bo'lgan. Er yuzida 4 mlrd yillar muqaddam hayot nishonalari paydo bo'l­gan, 3 mln. yillar muqaddam esa hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdodlari (Nomo-sapienes) fikrlovchi odam shakllangan.

Dastlabki nikoh munosabatlari biologik omillar bilan boshqarilgan, ibtidoiy erkak va ayollar bir-birlari bilan qo'shilishib ketaverganlar, hech qanday oila bo'lmagan. Odamlarning tik yurishga o'tishi bilan ular organizmida ro'y bergan o'zgarishlar "Ilk ayollarni" ko'z yorish jarayonida ko'p nobud bo'lishiga olib kelgan va oqibatda odamlar to'dasida ularning soni keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Shu boisdan erkaklar o'rtasida ayol bilan bog'liq ko'plab nizolar yuzaga kelgan, ularning ko'pchiligi qonli to'qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo'lishi bilan tugagan, bunday tabiiy tanlanish estruss hodisasi uzoqroq muddat davom etgan urug'larning ko'proq yashab qolishiga olib kelgan. Keyinchalik ayollar o’zinirig jinsiy maylini nazorat qiladigan, endi kim to'g'ri kelsa o'sha bilan emas, balki faqat o'zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo'shiladigan bo'lib borganlar.

Erkaklarga nisbatan tanlab munosabatda bo'lish — o'ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi.

"Sevgi" hissining ilk elementlari, ayollarning shu holati xususiyati evaziga insoniyat ruhiyatiga singib ketadi.

Shu tariqa asta-slekinlik bilan bir-birlarini shahvoniy ma'qul ko'radigan juftlardan iborat unchalik katta bo'lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi.

Bu esa urug' tarkibiga kiruvchi erkaklar o'rtasida yana janjallar qon to'kilishiga sabab bo'ladigan holatlarni keltirib chiqaradi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, maxsus ijtimoiy me'yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me'yorlardan biri mazkur urug' ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqatlarni ma'lum bir muddatga (ovga tayyorlanish ov vaqtlarida jinsiy tabular (taqiqlash) keng yuzaga kela boshlagandir.



Tabu — qattiq saqlanib uni buzganlar buni bilib qilganmi yoki bilmaymi bumdam qat'iy nazar jazolangan, yo'q qilib yuborilgan.

Tabu vaqtida erkaklarning ayollarga tegishi, qarashi, gaplashishi, birga ovqatlanishi hatto, bir tom ostida, ya’ni "bir uyda" bo'lish taqiqlangan.

Bu vaqtlarda hali na nikoh, na oila mavjud bo'lgan. O'z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo'lgan ekzogam nikohlarini yuzaga keltiradi.

Ekzogam nikoh — guruhlararo, qabilalararo nikoh, jinsiy aloqa faqat qo'shni qabila a'zolari bilan bo'lgan, o'z qabilasi ichida bo'lishi ta'qiqlangan.

"Boshqa urug'dagilar" bilan bo'lganlar aloqalardan tug'ilgan bolalar bo'ydor, abjir ekanligi sezilib borgan. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens shakllana boshlagan davrga, taxminan bundan 42-45 ming yillar muqaddam o'tgan davrga to'g'ri keladi.



Guruhli nikohda bir guruh erkaklari boshqa guruhning barcha ayollari uchun er va aksincha ikkinchi urug'ning erkaklari birinchi urug' ayollarining erlari hisoblangan.

Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo'lmagan, ya’ni unda biron bir doimiy "er xotinlik" juftlari mavjud bo'lmagan.

Tabiiyki guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash ham mushkul bo'lgan. Shuning uchun bolalarnirig kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisob­langan. Bolalar faqat o'z onasinigina bilishgan. Ularning singillari, singillarining bolalari, tug'ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona urug'ini tashkil qilgan. Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o'zaro mayllar zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi, bu taxminan 24-25 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.

Ayrim erkaklarda ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bo'lishi, oilaning shakllanishi tomon qo'yilgan yangi qadam bo'lgan sovg'a ayirboshlashni yuzaga keltirdi. Erkak kishi boshqa urug'dagi "o'z ayoliga" o’zining mukofotini" sovg'a qilgan, shuningdek ayol ham o’zinikini unga bergan. Toki ular o'rtasida sovg'a ayirboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol o'rtasidagi jinsiy aloqa davom etavergan. Sovg'a ayir-boshlashning to'xtalishi esa ular o'rtasidagi aloqaning ham tugashini bildirgan. Shunday qilib nikohning yana bir turi—individual juft nikoh yuzaga kelgan.

Ba'zi erkaklarning ayol va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo'lib bordi.

Nihoyat qabilalararo nikoh zaminida doimiy o'rin olgan xo'jalik birligi

— jamoa tashkil topdi, unga erlar o'z xohishlari va ularning ayollari bolalari bilan birga kirdi. Erkaklar o'z opa singgillaridan, ayollar esa mos ravishda o'z aka-ukalaridan ajralishdi.

Yangi iqtisodiy xo'jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga asosan er, xotin va uning bolalari kirdi.



2. "Avesto" da oila nikoh masalalari qanday bo'lgan?

"Avesto"da oila, er-xotin munosabatlari yetarli o'z ifodasini topgan. Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari belgilangan. Nikoh shartnomasi tuzilgan va undagi shartlarga ko'ra ayol huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy tomondan eri bilan teng huquqli bo'lgan.

Er xotinni teng huquqli, sevimli xotin va hurmatli shaxs sifatida oilasiga olib kirgan. Baynalminal nikohlarga qarshilik ko'rsatilmagan.

Nikoh shartnomasiga ko'ra er-xotinning roziligisiz takror uylanish yoki ayol kishini xizmatkorlikka olish huquqiga ega bo'lmagan. Nikoh shartnomasi, oilaning mustahkamligiga xizmat qilib, rashk hissini qo'zg'atuvchi, muloqot odobiga rioya etmaslik, shaxsiyatga tegish kabi salbiy hodisalarning oldini olishga qaratilgan.

Nikoh buzilishiga salbiy qaralgan, doimo ajralish oqibatida ayol va erkakning marifaatlari nikoh shartnomasida huquqiy kafolatlangan.

"Avesto"da ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'l­gan.


Nazorat uchun savollar:

1. Oila haqida tushuntirib bering.

2. "Sevgi" hissining ilk elementlari qachori paydo bo’lgan?

3. "Estruss" hodisasi nima?

4. Tabular nima?

5. "Avesto"da oila masalalari qanday yoritilgan?

6. Matnarx va patnarx davrlar haqida gapirib bering?

2-MAVZU

NIKOH, NIKOH HAQIDA QUR'ON

VA HADISLARDA
1. Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari. Oila dastlab yuzaga kela boshlagan patnarxal zamonida erkak va ayolning tengligi, bir-birini sevish haqida hech qanday tasavvurlar shakllanmagan. U davrlarda ayol huquqi cheklangan, erkaklarning mulki sanalgani uchun uni sotishi, sovg'a sifatida boshqa odamga taqdim etishi hamda tahqirlashi mumkin edi. Shunga qaramay, oila doirasida boylik orttirish va uni qonuniy vorislar-farzandlarga berish maqsadining anglanishi, shu yo'lda boshlangan sa'y-harakatlar oila va oilaviy munosabatlar takomilida muhim rol o'ynay boshladi. Bu jarayonning chuqurlashuvi natijasida oila qurishga munosib ayolni tanlashga, binoharin, unga bokiralik to'lovini to'lashga (maxr va qalin sifatida) yohud ota-onasining martabasi va boyligi darajasida munosabatda bo'lishga, xullas, sevib-sevilishga e'tibor beriladigan bo'ldi. Natijada iffat va nomusni sharaflovchi nikoh an'anaga aylanib bordi.

Nikoh ikki jinsdagi kishilar — yigit va qizning el nazarida qaror topgan, birga yashashga oid ahdu-paymoni bo'lib, bunday vaziyatda jinsiy munosabat shar'an halol sanalgan va shunday shar'iy nikohdan tug'ilgan bola jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida qadrlangan. Aksincha,

nikoh qonun-qoidalariga amal qilinmay, nikohsiz tug'ilgan farzandlar "haromi" deb nomlanib, ular jamoaga baxtsizlik keltiruvchi deb hisoblangan.

Shar'iy nikohning bosh sharti iffat va bokiralik qimmatini maxr, qalin va to'y harajatlari evaziga to'lash hisob­langan. Qadimgi turkiy tilda "qiz" so'zi jinsni anglatmagan, balki iffatli, bokira, nodir va qimmatbaho degan ma'nolarni anglatgan.

Shu tariqa qalin, maxr va to'y harajatlari qizning bahosi, aniqrog'i iffat va bokiralik qimmati tarzida yuzaga kelishini ta'minlagan. Bu an'ananing eng qimmatli tomoni naslni sog'lomlashtirgan, oilada sog'lom turmush tarzini vujudga keltirgan.

Shanatda balog'atga yetgan qizning baxti oila qurib, farzand bo'lish, ayolning birinchi vazifasi onalik ekanligi uqtiriladi.

Ayol doim erkaklar himoyasida bo’lgan, o'z oilasiga ega bo'lguncha o’z ota-onasining, keyin erining, qarigan chog'ida esa farzandlarining himoyasida bo’lgan.

Shanat bo'yicha nikohdan o'tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo’lgan:

1. Nikohdan o'tuvchilarning o'zaro roziligi.

2. Nikoh yoshiga to'lish.

3. Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish.

4. Kelin uchun qalin va maxr to'lash.

5. Diniy e'tiqod birligi.

6. Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo'lmasligi.

7. Tabaqa bo'yicha tenglik.

1. Nikohdan o'tuvchilarning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi.

Burxoniddin Marg'iloniyning "Hidoya" asarida kelin tushirish va qiz chiqarishning talablari "Kafoat" tushunchasida ifodalanishi yoziladi. "Kafoat" er va xotin o'rtasidagi tenglikni bildiradi.

Nikohda ikki tomon teng va munosib bo'lishi shart. Kelin va kuyov nasl-nasabida, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, mulkdorlikda bir-biriga yaqin bo'lishsa a'lodir. Lekin kelin biroz quyiroq darajada bo'lsa hech gap emas, chunki er oilada rahhardir.

Nikoh asrlar davomida insoniylikka, ahloqiy poklikka, nasl tozaligiga xizmat qiladi.

Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar "Paygamhar (s.a.v.) dedilar beva to amr qilmasa va qiz rozilik bermasa nikoh qilmanglar". Asxob so'radilar "Qiz hayodan rozilik bera olmaydi qizning roziligi qandaydir" hazrat buyurdilarki "qizning sukut saqlashi uning roziligidir.".

Bashariyatning uzluksizligi tirikligi — oiladan!

Xalqimiz millatimizga oid qaysi manba qaysi qo'lyozmaga murojaat qilmang ayol shu oilaning muqaddasligini ta'minlovchi mo’tahar inson sifatida ta'riflanadi. Qur'oni karimda hadislarda ayol onani ulug'lash kerakligi haqida ko'plab ibratli ko'rsatmalar bor.



2. Yosh qiz va kelinlarga o'gjtlar. Momolarimiz uz cheklariga tushgan bu qutlug' vazifani sidqidildan bajarib kelganlar. Qalbning iymonli va rahmonli yoki teskarisi bag'ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi. Mavzudan ko'p chetga chiqmaylikda "Uyni uy qilish osorimi" degan savolga javob berishga harakat qilaylik.

Moziyga nazar.

"Qadim zamonda bir podshoh o'z kelinining o'quvsizligidan rosa kuyibdi. Lekin u juda odil rahmdil adolatli podshoh ekan. Tezlik qilmabdi keskin xulosa chiqarib hozirgi boyvachchalardek kelinning ko'ch-ko'lonini uyiga olib borib qo'ymabdi. Podshoh o'z arqoni davlatidagi turmushga chiqariladigan qizlar haqida farmoni oliy chiqaribdi.

Podshoh bu farmonini berishdan avval butun mamlakati bo'ylab o'z xos kishilarini yuboribdi. Ularga hamma viloyatlarda bo'lib kelin tushgan oilalar hayotini yaxshilab o'rganishni buyuribdi.

Baxtli oilalarni ibratli tomonini o'rganishni kelinidan kuygan oilalardagi barcha yomon xislatlarni eslab qolishni iloji bo'lsa kelinidan kuygan qaynonalarni saroyga taklif etishni buyuribdi. Qaysi ko'z bilan ko'rsinki oradan ko'p o'tmay podshohning saroyi qaynonalar bilan to'lib ketibdi. Ba'zi birlari kelinlarini maqtashsa boshqalari kelinidan dod deb sochlarini yularmish.

Essiz podshoh ko'rsa o'ziga o'xshaganlar ko'p emish, mana ular.

— Olampanoh kelinimning dastidan uyimda ozor yetmagan jon qolmadi sinib chega ko’rmagan idish ham yo'q. O'ttiz yil avval onam rahmatli to'yimda bergan xitoyi chinni lagan ham sinib bo'ldi debdi biri.

— Kelinimning husni chiroyli, ko'rsangiz havasingiz keladi. Aqli hushi, g'ayrati ham etarlidek. Ammo hech ishi oldinga bosmaydi. Qilgan ishini ko'rgan odam "Qaysi qo'ling singur qildi" deyishdan o’zini arang ushlaydi. Ishlari pala-partish, hamma ishga harohar urinaydi. Menga bering deb qo'lingizdan ishingizni oladi-yu, birortasini ham tugata olmay dardisar holda tashlab ketadi. Qo'limdan ishimni olar deb ne umidda kelin qilgandim. Ha oldi, lekin uyimning farishtasi ketdi. Qo'llari reja bilan ish qilishga o'rganmagan.

— Misol keltir deysizmi olampanoh, qaysi birini aytay!

— Kelinining ovqat qilishdan yuragim bezillab qolgan. Qizigan yog'ga piyoz, go'shtni asta sirpantiгib solish o'rniga uzoqdan turib irg'itadi.

Qozondagi yog'ning yarmi atrofga sachrab kamayadi. Qozon atrofi yog', o’zining yuzi qo'li dog'-dug', o'zi naryog'ida yo'q bo'lgach aytgan bilan foydasi bo'lmas ekan. Oshxonadagi idish-tovoqni joy-joyiga qo'yganini bilmayman. Qachon qarama pichoq, tesha, o'tin, idish-tovoq tezak va po'choq hovli yuziga yoyilib oyoq bosishga joy qolmaydi. Ayolning erkakdan farqi shundaki u bir ish qilishi jarayonida atrofini yig'ib-terib saranjomlab turadi. Mening kelinim bir ish qilganida undan keyin yig'ishtirish tartibga keltirish uchun bir kishining kuchi etmaydi. Pesh tushgan idishni pesh yuvib qo'ya qolmay qozonga ust-ustiga tahlayveradi.

— Piyola-yu pichoqqacha sabzi tahtagacha o'shaning ichida yuvishga tushganda idishlar bir-biriga tegib yarmi sinadi yarmi darz ketadi. Qo'lini artgari sochiqqa piyolani ham sochiqni ham artadi. Qo'lini yuvib qozonsochiqqa artishini ko'p ko’rganman. Idish-tovoqni kattadan-kichika taxlamay nobop joylarga kursi chekkalariga qo'yib ketavergani mayli-ya hatto bolasini ko'targanda ham yo boshini u bu yerga uradi yo biron yerini qayirib oladi. Bola bechora onasidan zirillaydi. Supurganda yo supurgan yeri chala bo'ladi yoki uyning changi osmonga ko'tarilib biroz o'tgach supurilmagandek bo'lib turaveradi. Ketmon bilan chopgandek shiddat bilan supuradida to'plagan axlati olinmay ertasigacha hovli bilan bitta bo'ladi.

— Ey olampanoh qay birini aytay!

— Uning so’zini diqqat bilan eshitib turgan podshoh "bu mushtipar mening kelinim haqida gapiryaptimi yoki o’zinikinimi" deb dilidan o'tkazibdi.

— Uning so’zini diqqat bilan eshitib turgan podshoh bir farmon chiqaribdi, farmonda qiz ko'rgan xonadonda qizning tarbiyasiga qiz tug'ilgan kundanoq ahamiyat berilsin. Qizlar aslo senlanmasin, sizlanisin! Qizlar bilan muomalada ovoz ko'tarilmasin qo'l yugurtirilmasin toki muloyimlikka yoshlikdan o'rganib borsinlar.

— Qizlar oyoq chiqarganlaridanoq o'z yoshi quvvatiga qarab uy yumushlariga solinsin toki ular ozoda va sarishtalikka kichiklikdan o'rgansinlar. Yana o'sha farmoni oliyda mamlakatdagi qizlarni hayotga tayyorlaydigan maktablar ochilsin va otinchalar dars bersin deyilgan ekan. Ochilgan bu maktablarda kech bo'lsa-da podshohning kelini va qizlari va nobop kelinlar o'qishgan ekan!

— Ushbu farmonning bir bandida sovchilar hovlilarning orastaligiga oshxona o'choqqa hatto hojatxonaning tozaligiga e'tibor bersinlar qizlarni sinasinlar deyilgan ekan.

Shu-shu qizlik uylar sarishtalik, kelinlik uylar farishtalik bo’lgan ekan.

Pazanda bo'lay desangiz.

1. Me'yorni bilish qozonga yog' solishdan boshlanadi, yog' ovqatingiz ustida ikki enlik qatlam paydo qilmasin, kosadagi ovqatingiz jiqqa yog'ligidan qaytib chiqmasin. Bu birinchidan sog'liqqa zarar ikkinchidan farovonlikni bildiradi deb o'ylasangiz xato qilasiz.

2. Palov yoki boshqa ovqatlar, suzilgan lagan yoki kosa tubidagi yog'ni silkitib kichikroq idishga yig'ib qo'ysangiz, keyinroq pishiriqlarga yoki xonim kabi ovqatlar yuziga ishlatib yuborasiz. Zinhor idish bilan birga yuvib yubormang. Bu xasislik alomati emas, aksincha ro'zg'or tutishda o'quvli ekanligingizni bildiradi.

3. Ovqatdang so’ng bir tishlam non bilan kosani sidirib yalab qo'ygan kishining qorni tuymaganligining belgisi emas, uning sharqona madaniyati chuqunigidan nishonadir.

4. Sabzi piyoz kartoshkani qalin archish qo'lingiz ochiqligini ko'z-ko'z qilmay aksincha befarosat va o'quvsizligingizni ro'zg'origizni unga ter to'kib topgan puli bilan masalliq topib kelayotganlarni qadrlamasligingizni bildiradi.

5. Ro'zg'oringizga keltirilgan masalliqni hamisha bir-bir saralab oling, yirigini yirikka, maydasini maydaga ajrating, sal uringanlarini alohida qo'ying, avval shularni ishlatib yuboring.

6. Ro'zg'orga kelgan sarxil masalliqlar hamisha mehmonlarga keksalarga ataladi. Bu xo'jako'rsinlik emas, mehmondo'stligimiz belgisi.

7. Imkon boricha ikki-uch marta yeyiladigan taom pishirmang. Bu dangasalik belgisi.



Nazorat uchun savollar:

1. Nikoh nima?

2. Nikoh haqida Qur'oni karim va Hadisi sharifda nimalar yozilgan?

3. Yosh qiz va kelinlarga berilgan o'gitlarni qanday tushunasiz?



3-MAVZU

YANGI TURMUSH QURGAN KELIN VA

KUYOVLARNING O'ZARO MUNOSABATLARI
1. Turmush qurishda e'tibor beriladigan to'rt narsa.

Yigit va qiz tanishib uchrashib turadilar. Nihoyat ular o'z munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirmoqchi bo'ladilar. Nikoh o'qilib, (ZAGS) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishdan o'tib, to'y bo'ldi. Xo'sh bu yangi oila tashkil topdi deganimi? qonuniy jihatdan ha, lekin aslidachi.

Yigit va qiz orasidagi muhabbat ular kuyov va kelin bo’lganidan keyin yana mustahkamlanishi, uyg'unlashib ketishi kerak. Ana shundagina yangi turmush qurgan kelin kuyovlarning o'zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga quriladi.

Turmush qurishda to'rt narsaga e'tibor berish lozim: mol, nasab, husn va imonu e'tiqod. Kelin va kuyovning boyliklari va mansablari iloji boricha bit xil bo'lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga teng bo'lmay, biri boy va kalonzoda bo'lsa, ikkinchi tomonni faqirlik va zoti pastlikda ayblab, hayotini mudom azobga qo'yadi. Oila haqida yozar ekanmiz qayta-qayta jadidchilik harakatining ulkan namoyondasi, Abdurauf Fitratga murojaat etamiz: Modomiki ег-xotin bir-birlariga hayot sheriklari va yo'ldoshlari ekan, bas ular tinkchilikning ba'zi ishlari va mas'uliyatini o'z zimmalariga olib shularni bajarishlari lozim. Yashash uchun pul va pul topish uchun sa'y va amal lozim. Ayollar homifador bo'lib bola tug'ib uning tarbiyasi bilan mashg'ul bo'ladi. Yana ishlab pul topish esa ular uchun mushkuldir.

Erkaklar bor kuch quvvatlarini ishga solib, pul topib bir qismini ahlu ayollari ehtiyojlari uchun sarf qilishlari lozim. Zulm va insofsizlik islomda, kufr va haromdir. Islom dini ko'proq erkaklarga murojaat qilib oilada muomala va munosabat xususida ularga ta'lim beradi. Qur'onda (Niso surasi) shunday oyat nozildir: "Ayollarga yaxshi muomalada bo'linglar".

Oysha (r.a) rivoyat qiladilar "Nabiy alayhissalom dedilar:" "sizlarning eng yaxshilaringiz o'z ahli ayolingiz bilan muomala qilgan kishidir. Men o'z ayollarimga sizlarga bo’lganimdan ham ko'ra xushmuomaladaman". Eng komil mo'minlar xushxulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O'z xotinlariga tanti kishi yaxshilik qiladi va nomardi yomonlik. Erkaklarning burchlari qatorida ayollarning ham vazifa va burchlari bormi?

Albatta, bordir.

Xotin uyning idorasi va bolalar tarbiyachisi, ayol uyni shunday intizom va tartibda tutsinki eri ko’rganda shodmon va xursand bo'lsin. O'z erlariga mehribonlik ko'rsatib yordam bergan xotinlarni Qur'oni Karim "Yaxshi xotinlar o'z erlariga itoat qilgan xotinlar, erlarning mollarini va o'z nomuslarini nobudlik va begonalar qo'lidan himoya qiladiganlar" - deb madh etadi.(Niso surasi 34 oyat).

Ibn Abbos (r.a) dedilar: "Nabiy a.s. dedilar "Menga do'zax olovini ko'rsatdilar, "Yo Rasulluloh, bu ayollar xudoga nisbatan noshukurlik qildilarmi?" hazrat javob berdilar: "Ular o'z erlariga noshukurlik qilganlar" agarda ularga bir yil yaxshilik ko'rsatsang-gu, arzimas ayb sendan o'tsa, noshukur xotin: "Men sendan hech bir yaxshilik ko'rmadim" — deb aytadi.

Payg'amhar (s.a.v.) dedilar: "Qaysi bir ayol o'lsa, eri undan rozi bo’lgandagina jannatga tushadi. Eri ham xotiniga mushkul ishlarni ortmasin, ayol ham erini avaylasin.

Hech qachon har qanday vaziyatda ham bir-biringizni egovlamang ham, arralamang ham. Kishi boshqalar, begonalardan eng ko'pi zarbalarni ham ko'tarishi mumkin. Yaqinining arzimas ozorini ham ko'tara olmasligi turgan gap. Inson tabiati shunday. O'zingizni aqlliroq bilib zinhor buni namoyish etishga shoshilib, uni tarbiyalashga shoshilmang, buni erkaklarning jini suymaydi.

Juftingizni o'ziga yoqqan, uzoq yillar o'rganish bo'lib qolgan ko'nikma va odatlarni, agar ular atrofdagilar uchun zarar keltirmasa, o'zgartirishga majbur etmang.

Bir-biringizni boshqalar oldida tanqid etavermang. Bu gap erkaklardan ko'ra siz ayollarga ko'proq taaluqli, hatto o'rinli tanqid ham eru-xotin yuzma yuz guvohlarsiz, ayniqsa bolalar ko’zidan xoli joyda aytishni taqozo qiladi.

Qolaversa bir tomonning ikkinchi tomonni keskin tanqid qilaverishi oiladagi ruhiy muvozanatni buzadi. Juftlar tobora bir-birlarini ayamaydigan bo'lib boradilar, asta sekin bir-birlaridan begonalashib, uzoqlashadilar.

Bir-birlaringizni qadrlash, o'rganish, faqat o'z jufti haloli oldida qadr topgan insongina boshqalar oldida ham qadr topishi oson "Erga suyukli elga suyukli" deb bejiz aytmagan xalqimiz. Bir-biringizga e'tiborli bo'ling o'z kuzatuvlaringizdan barcha oilaviy nizolar asosida mayda chuyda yotadi, deb alaqachon xulosa chiqargan bo'lsangiz kerak. To'g'ri xulosa. Lekin negadir ertalab turishimizda "Assalomu- alaykum" deyishni, yotar oldidan xotirjamlik tilashni unitamiz.

Shirin taom uchun rahmat deyish, erni muloyim ishga kuzatish yaxshi odatlar.

Er-xotin o'rtasidagi e'tiborsizlikdan bo'lak hech narsa kishining mehrsizligini, juftiga nisbatan sovuqligini, yorqin oshkor etolmaydi, buni unutmaslik kerak.

Bir-biringizga shirin so'z bo'ling. Baxt kaliti — tilda deb bekorga aytilmagan. Negadir ayrimlar ishlarida odamlar bilan juda tarbiya ko'rgan, madaniyatli va shirin so'z kishilar kabi muomala qilsalar ham uyga qaytgach tezda o'zgarib qoladilar. O'z juftlariga qo'pol muomala qiladilar, injiq va talabchan bo'lib qoladilar, bo'yraq berishdan nariga o'tmaydilar.

Bir-biringiz bilan ko'proq muloqot qiling ishdan jamoatdan cbarchagan paytlaringiz dilinigizga yaqin kishingiz bilan bir hasratlashib ko'ngil yozishib o'tirgingiz keladi-a? Ha ayol kishi hamisha oila uni quvvatlantiruvchi eng muqaddas buloq ekanini bilib turishi kerak.

Faqat yaxshi narsalarnigina eslab qoling, yaxshi narsani eslab qolish yomon narsani unutish demakdir. Faqat yaxshi narsani ko'ra bilish, uning qadriga yetish kerak.

Bu qoidalarni juda uzoq davom ettirish mumkin, zero har bir ayolning zehniyu mehri qirq tuyaga yuk bo'ladi deb bejiz aytishmagan.

Sizlarga quyidagi bir misolni aytib o'tamiz:

Yoshim 24 da. Kishi bu yoshda o'z turmush o'rtog'i haqida nima ham ayta olardi dersiz, ko'rgan kinolar ta'sirida yarim yolg'on, yarim rost bir nimadir deb o'ylarsiz. Unday emas, oxirgi bir yilda butun bir umrni yashab o'tgandek his qilyapman o'zimni. Harbiy xizmatdan qaytganimdan keyin onam meni uylantirish taraddudiga tushdilar, institutdagi o'qishimni kechkiga o'tkazdim, kunduzi ishlashni boshladim, keyin armiyada, cho'lda bo’lganim sababli och-nohor yurganim evaziga oshqozonimda yara paydo bo'libdi.

To'ydan bir oy o'tgach birinchi bor qattiq og'riq sezdim, uchinchi xurujdan keyin shifokorlarga murojaat qildim va ular tekshirishdi, operatsiya qilish kerak deyishdi. Avvaliga rozi bo'lmadim, ammo og'riq zo'rayib borardi. Yara oshqozonda ham, o'n ikki harmoq ichakda ham bor ekan og'riqni zo'rligi shundan ekan. Xullas operatsiyaga rozi bo'ldim.

Mahbubam haqida gapiraman deb o'z kasalligim haqida gapirayotganimga hayron bo'lmang, haqiqiy jufti halolning qanday bo'lishini shu yigirma yashar Dilnurdan bilib oldim. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deyishardi.

Lekin meni kasalxonaga yotqizishgach ko'p o'tmay "ering o'ladi" deb onasi Dilnurni ko'chirib olib ketibdi. To'g'rirog'i ko'chini olib ketibdi. Dilnur esa biznikida ship-shiydom xonalarda qolibdi. Adam bilan oyim xonalarni baholi qudrat to'ldirishibdi. O'qishga Dilnur shu uydan qatnab turibdi. Bularning hammasini men ancha keyin uyga kelgach bildim.

Operatsiyadan oldin bir kuni Dilnurga agar uyiga, ota-onasinikiga borib tursa qarshiligim yo'qligini aytdim, keyin o'zi bo'ladimi yo'qmi bilmasdim.

Olloh Momo havoni Odam Atoga mahbuba, yordamchi qilib yaratgan ekan, sizni asrash avaylash mening vazifam, peshonamizga shu ko'rgiliklar yozilgan ekan birgalikda yengamiz dedi u. U meni bir daqiqa ham yolg'iz qoldirmasdi, chamasi u mening yolg'iz qolishdan qo'rqayotganimni, tuzalishga ishonmayotganimni sezar edi. Yomon narsalarni xayolingizga keltirmang, hammasi yaxshi bo'ladi meni aytdi dersiz! -der edi u.

U yo'q paytlar o'z dardim bilan o'zim yuzma-yuz qolishdan qo'rqardim. Dilnur mendan ham ko'proq dard chekayotganini bilardim, sezardim.

Operatsiyadan bir haftalar o'tgach meni palataga olib chiqishganida tunda mizg'ib ketdimmi yoki alaxsirabmi uning shundaygina oyoq tomonimda yerga oppoq choyshab solganicha qiblaga qarab sajda qilayotganini ko'rdim. Ba davlat odamning bolasi, nufuzli institutning talabasi ko'z-larida shashqator yosh bilan xudodan mening sog'ligimni tilardi. Erkak kishi ichimda yong'oqdek otash u yoqdan bu yoqqa dumalayotgandek tuyuldi, ko'zlarimdan yosh oqardi.

Qo'llarini yuziga "omin" deb tortdi, meni holatimni ko'rib sarosimaga tushdi. O'sha tundan keyin qalbimda qandaydir o'zgarish bo'ldi. Men o'zim bilmagan holda men kabi ozib, o'zi mayuslashib qolgan mana shu mahbubam izmiga tushib qoldim. Tunlari u parvarishimni qilar, hamma xarxashamni ko'tarardi. "Uxla ertalab o'qishga borasan" desam ham uxlamas edi. Men ba'zan juda yosh, hech narsa bilmaydigan na his, na tuyg'uning qadriga yetmaydigan qizga uylandim deb o'ylagan vaqtlarim uchun uyalib qoldim.

Ajabo qizlar, kelinlar haqiqiy ayol bo'lib, qachon uyg'onarkin:

Alloh uning duolarini ijobat etdi. Men tuzala boshladim. Bir oyda uyga chiqdim. Kelsam xonalarimiz oddiy, kelinlarnikiga o'xshamaydi. Onasi uning mollarini olib ketganini o'shanda bildim. Demak tirik qolishimga ishonmagan, qizi esa ishonibdi. Tuzalganim evaziga dadam yangi mebel olib bermoqchi bo'ldi. Qudalar tarafidan ham mebelni, egni boshini olib borib beramiz degan xahar keldi. Dilnur na unisiga na bunisiga ko'ndi — o'g'lingiz kasal bo'lib ancha chiqim qildingiz dedi u dadamga, - hashamlar bizga kerak emas, tuzalib ishga tushib ketsalar xudo xohlasa, hammasini o'zimiz olamiz. Onasining yuzi hanuzgacha shuvut, afsus dunyoda hayot va yaqinlar mehridan qimmatliroq hech narsa yo'qligini ham kechroq angladi. Bugun Dilnur meni bir sevimli xahar bilan jinni qilayozdi xudo nasib qilsa yaqinda ota bo'larmishman O, mahbubam! Endi seni kaftda ko'tarib yurish navbati menga kelibdi.
Nazorat uchun savollar:

1. Nima uchun Sharq xalqlari oila qurish masalalariga jiddiy qarashgan?

2. Turmush qurishdagi to'rtta omilni sanab bering.

3. Islom dini oila himoyasida deganda nimani tushunasiz?

4. Erlik burchi nimalardan iborat?

5. Xotinlik burchi nimalarda?

6. Atrofingizda burchga amal qiluvchilar ko'pmi? Yoki buning aksimi?

7. Hayotiy misollar keltiring.



4-MAVZU

KELIN-KUYOVLARNING OTA-ONAGA MUNOSABATI

VA OTA-ONANING KELIN-KUYOVLARGA

MUNOSABATI
Ro'zg'or tutish bu g'oyat murakkab san'atdir. Bu ota-ona, qaynona-qaynota, kelin-kuyovdan juda katta mahorat talab etadi. Hech bir ota-ona, qaynona-qaynota farzandini nobop kelin yoki kuyov bilan bir yostiqqa bosh qo'yishini ro'zg'orini do'zaxga aylanishini istamaydi.

Qiz bola kelin, o'g'il bola kuyov bo'lgach, u o'z ota-onasidan tashqari yana bir ota-onaga, ya’ni qaynona va qaynotaga farzandk qilishdek ma'suliyatli vazifani ham bajarish baxtiga muyassar bo'ladi. Kelin bilan kuyovning o'z ota-onasi oldidagi burch va vazifalari qaynona va qaynotaga nisbatan ham vojibdir. Ota-ona o'z umri davomida o'g'lini to'y tomoshalar bilan soliha bir qizga uylantiray, o'g'lim va kelinimning baxt-saodatini ko'ray, qo'sha-qo'sha nevara va chevaralarni tarbiyalay degan umidda yashaydi va shunga intiladi.

Abdulloh ibn Amir rivoyat qiladilar. Bir odam Nabiy sallollohu alayhi vassallamga "jihod qilmoqchiman" — dedi, Janob Rasululloh "Avval ota-onangni xizmatini qilib, rizoligini olib, so’ng jihod qilgin" — dedilar. Ota-onani hurmat qilish, ularni hech qachon dilini ranjitmaslik, itoatli bo'lish, keksayganda moddiy va ma'naviy qo'llab quvvatlash oila an'analarini davom ettirish, ularning do'stlari, yoru-birodarlarini ham hurmatini joyiga qo'yish, olamdan o'tganlarida ham xotiralarini doimo qadrlash va yod etish farzandning burchidir.

Ota-onaga itoat qilmoq bordi-yu ular noto'g'ri fikr yuritganlarida ham qo'pollik bilan uni rad etmaslik farzandlik burchidir, sharqona tarbiya mezonlaridan biridir. Darhaqiqat Nabiy (s.a.v.)dan: "Alloh taolo azza va jallaga qaysi amal maqbulroqdir deb so'raganlarida, u kishi ota-onaga itoat qilmoqdir", — inson o'z ota-onasiga itoatkor va mehribon bo'lsin deb vasiyat qildik dedilar.

O'zbek oilalarida qaynona-qaynota oila boshlig'i hisoblanadi, o'zaro hurmat, maslahat kelishuv asosidagi turmush qaynona-kelin, er-xotin, qaynota-kelin va boshqalar o'rtasidagi iliq munosabatning asosidir.

Kelinning kelinlik burchi, vazifalari va talablari mayjud. Ularni me'yorida bajarish qiz bolaning borgan xonadonida tinib-tinchib ketishi uchun zamindir. Urf-odatlarimizga ko'ra oq harir libosda "yor-yor" sadolari ostida boshqa xonadonga borayotgan qiz hayo, nomusi bilan kelmog'i lozim. Shu bilan birga u ota-onadan ro'zg'or yuritish, oila tutishning sir-asrorini bilishi lozim. Ota-onasining boyligi, tushgan xonadon sohiblariga bepisandlik bilan munosabatda bo'lish o'z ildiziga bolta urishdir. "Shirin til ilonni inidan chiqarar deganlaridek, kelinning muloyimligi, shirin so'zligi, o'ylab gapirishi uning ko'rkidir". Qaynona-qaynotani, er va uning qarindosh-urug'larini hurmatini joyiga qo'yish, maslahatlashish, ular yo'l yo'riq ko'rsatganlarida, tanbeh berganlarida to'g'ri qabul qilish, asablarini boshqara bilish er xonadonidagi voqealar, gap so'zlarni ota-onaga, qarindosh-urug'larga yetkazmaslik kabilar kelin baxtining gultojisidir.

Qaynona-qaynota pand nasihatlarini noto'g'ri tushinib, yengiltaklik bilan ota-ona uyigagina qilib ketib qoladigan kelinning hayoti sovib qolgan oshga o'xshaydi. Bunday oiladagi munosabatlar, quruq, og'zaki bo'lib harbod bo'lishi mumkin.

Kuyov qaynona-qaynotasini o'z ota-onasidek hurmat qilsa, pand nasihatlariga quloq tutsa, moddiy va ma'naviy qo'llab tursa o'g'il sifatida qabul qilinadi. Kuyov qaynona-qaynotani vaqti-vaqti bilan yo'qlab turishi, bemorligida holidan xahar olishi lozim. Har ikkala tomon bir-birini tushinishi lozim "qudachilik ming yilchilik" deyiladi. Yangi turmush qurgan kelin-kuyov qo'sha qarib, oila qurishlari uchun quyidagilarga rioya qilishlari lozim. Kelin:

- yangi oilada sharoitiga moslashish;

-qaynona-qaynotani o'z ota-onasidek ko'rib hurmatlashi, ularni maslahatgo'y deb bilishi, dilidagilarni tushunishi, og'irini yengil qilishga intilishi;

-oila sirini tashqariga chiqarmasligi, ba'zan ayrim narsalarni o'z ichiga yuta bilishi, og'ir-vazmin bo'lishi;

- xarakteridagi yomon odatlari: o'jarlik, manmanlik, katta ketishlik, "sendan kammanmi", "bo’lganim shu"larga yo'l qo'ymaslik murosa-yu madora qila olishi kerak.

Kuyov esa:

- onani bir qo'lida tutsa, kelinni ikkinchi qo'lida tutib hurmatlashi, har ikkala tomonga munosib muomalada bo'­lishi.

- qaynona-qaynotasiga o'g'ildek bo'lishi, amalda buni isbotlashi, ularni siylashi, izzat talab bo'lmasligi darkor. Aks holda o'rtaga sovuqchilik tushib, munosabatga darz ketadi.

Oila boshlig'i qaynonada gap ko'p deyishadi, chunki oilaning ichki yumushlari ko'proq ayollarda bo'lib, kelinning uy-ro'zg'or tutishi, kiyinishi, axloqidagi ijobiy xislatlari yoki epsizligini qaynona baholaydi, unga yo'1-yo'riq ko'rsatadi, ko'maklashadi.

Hayotda mukammal inson bo'lmaganidek, mukammal qaynona ham, kelin ham bo'lishi mumkin emas. Rivoyat qilishlaricha, insoniyat paydo bo’lganidan buyon jannatda eng mukammal qaynona va kelin uchun joy bo'sh turgan emish. Jannatdagi shu joylarni egallash uchun dunyodagi jamiyki qaynona-kelinlar harakat qilar emish. Shuning uchun er, qaynona-qaynota ro'zg'or tushunchalarida tajribasiz kelin kamchilik va xatolarga yo'l qo'yishi mumkin emas.

Afsuski hayotda qaynona-kelin o'rtasida turli to'qnashuvlar ham sodir bo'lib turadi. Biz quyida bunday to'qnashuvlarni keltiruvchi ayrim sabablarni ko'rib chiqamlz:

1. Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga qaynonaga, qaynona kelin munosabatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllangan bo'ladi. Oqibati shu bo'ladiki, biz tasavvurimizdagi qaynonaga xos bo’lgan illatlarni oldimizdagi qaynonadan axtara boshlaymiz. Borini-ku topishimiz aniq, hatto yo'g'ini ham topamiz. Shuning uchun shoshmaslik pashshadan fil yasamaslik kerak.

Kelinlar bu xonadonga besh kunlik mehmon emas bir umrlik a'zo bo'lib kelganligini yodda tutishlari kerak.

2. Qaynona va kelin dunyoqarashlari, uy-ro'zg'or tutish borasida kelishmovchilik paydo bo'ladi va bu keskinlashadi. Ikki avlod o'rtasida farq bo'lishi tabiiy, ammo qaynona-kelinlar ba'zan har jihatdan bir-birining aksi bo'ladi. Ayrim hollarda esa ular andishani yig'ishtirib qo'yib, har birlari o'z gaplarini o'tkazishga harakat qiladilar.

Bunday hollarda kattalarga yoshlarning kiyinishida, sochlarini turmaklashida, yoqtirgan kuy va ashulalari va boshqa masalalarda o'z hollariga qo'yishlari lozim. Yoshlar ham iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, noo'rin qiliqlarini tashlashlari kerak.

3. Ba'zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo'lmaydilar. Shunday kelinlar bo'ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na qaynona bilan muomala qilishni biladilar. Bilmasa ham mayliya lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlarini ro'zg'or ishlariga o'rgatib borishlari lozim. Qaynonalar ham kelindan hadeb kamchilik qusur axtarmasdan, o'rgatib borishlari lozim.

4. Ayrim hollarda qaynona kelin bolalar tarbiyasida kelisholmay qoladilar, bunda ikkala tomon ham kelishib ish tutgani ma'qul.

5. Ba'zi hollarda qaynona-kelinining yosh xususiyatlarini, qiziqishi, orzu-havaslarini ishlashi yoki o'qishini hisobga olmaydi. Qaynonalar orasida umr bo'yi uy bekasi bo’lganlari ham bor, ular ishlash bilan uy ro'zg'or ishlarini haravar olib bormagan. Ana shunday qaynonalar o'zlarini yoshligida juda yaxshi kelin bo’lganman deb biladilar.

Qaynona-qaynotalarini qanday hurmat qilishganini tez-tez eslab turishadi. Kelinlarini ham o'zlaridek bo'lishini xohlaydi. Ba'zida esa kelin haqida bo'lar-bo'lmas gaplarni o'g'lini qulog'iga qo'yadi, "O'g'limga aytib seni qo'ydirtirib yubormasam yurgan ekanman" deb do'q-po'pisa qiladilar. Bunday hollarda o'g'il g'oyatda tadbirkor bo'lishi kerak.

6. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo'ladi.

7. Ba'zi qaynonalar o'g'lini kelinidan qizg'onadi.

Bu mavzuni Rahima Shomansurovaning keliniga aytgan so'zlari bilan yakunlayman.

O, bolajonim! Onalar hech qachon o'z jonlarining parchasiga yomonlikni ravo ko'rmaydilar. Ishongan bo'lsangiz, tayangan bo'lsangiz jonimni qurbon qilib bo'lsa ham hayot kemasini siz istagan baxt qirg'og'iga harakat qilaman.



Ota-onaning kelin-kuyovlarga munosabati.

1. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari. Farzand oldidagi burchini to'liq ado etish, ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir. Farzandni sog'lom dunyoga keltirish, unga chiroyli ism qo'yish tarbiya berish, ilm o'rgatish, kasb-hunarli qilish turmushga berish, hayotda to'g'ri yo'l ko'rsatish shular jumlasidandir.

Yusuf Tavasliy shunday deydi: "... Farzandning ota-onasida ushbu haqlari bor":

1.Uylanish vaqti kelganda farzandni uylantirish, ya’ni aqlli, iffatli, or-nomusli qizga uylantirish, Buning aksi bo'lsa, farzandga yomonlik qilgan bo'ladi. Chunki ota-onaning yomon fe'li bolaga ham o'tadi. Shuning uchun nomus ahlidan birini topish ota-ona burchidir.

2. Farzand tug'ilgach unga yaxshi ism qo'yishdir. Ya’ni uni ismi bilan chaqirganlarida uyaladigan bo'lmaslik kerak.

3. Tarbiyaning yana biri unga ilmu-odob o'rgatish uchun unga muallim chaqirishdir.

Farzandga me'yoridan ortiq mol davlat hadya etish, uning barcha istak xohishlarini muhayyo qilish, u oilali bo’lganda ham uning oilasi yumushlarini o'z zimmalariga olish ota-onaning vazifasi emas. Farzandga qilingan me'yordan ortiq shart-sharoit, mehribonlik uni ishyoqmas, loqayd, ota-ona qadrini bilmaydigan, mehnatni qadrlamaydigan, hissiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Bu esa kelajakda shu farzandni insonparvarlik, vatanparvarlik kabi oliy qadriyatlardan mahrum bo'lishiga olib keladi.

Bir kuni Lo'qmoni hakim o'tib ketayotsalar, bir ona qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlarni o'rgatayotgan emish.

"Qizim sen ham balog'at yoshiga yetib qolding. Ertaga birovning hasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro'-e'tiborli bo'laman desang, qaynonangni hurmat qil, hammadan erta tur, hammadan kech yot! Qo'ling egri bo'lmasin, boshinga qilich kelsa ham rost gapir, yolg'onchi, chaqimchi, ikkiyuzlamachi, g'iybatchi bo'lma, qo'lingdan kelgan mehnatingni ayama, kelgan mehmonni hurmatini joyiga qo'yib kuzat. Qaynonangni, oila a'zolarinigni birovga yomonlama. Nafs ovorasi bo'lma.

Shundagina baxt sening yo'ldoshing bo'ladi. O'zbeklarda kuyov qaynona uchun eng ardoqli kishi hisoblanadi.

"Kuyovni payg'amharlar siylagan" naqliga amal qilib qaynona kuyovga chuqur izzat-ikrom ko'rsatadi. Uyga ku­yov kelgudek bo'lsa tagiga taxi buzilmagan ko'rpacha solib, dasturxonni to'ldirib tashlaydi. O'z qadr-qimmatini bilgan qaynona har qanday sharoitda ham kuyoviga og'ir so'z aytmaydi, nasihat qilmaydi.

Chaqaloq barcha qusirlardan xoli tug'ilgani kabi qaynona-qaynota bilan kelin-kuyovlarning munosabatlari ham dastlabki kunlarda pok va samimiy tuyg'ularga asoslangan bo'ladi. Afsuski hayotda u yoki bu sabablarga ko'ra munosabatlarning buzilish hollari ro'y beradi.

Bir-biriga oqibatsiz oilaga tushib, orzu umidlari toptalgan kelin shunday hikoya qiladi.

".... O'qimishli oilaga kelin bo'ldim qaynonam ham, qaynotam ham oq qorani tanigan zamonaviy kishilar edi.

Turmush o'rtog'im, qayinsingillarim institutni bitirishgan, hammalari ishlar edilar. Erta bilan harvaqt turib, nonushtaga biror issiq ovqat tayyorlashga urinaman. Uy hovlilarga qarab chiqaman. Dasturxon yozib hammalarini choyga taklif etaman. Stolni yig'ishtiramanu ishga chopaman. Qaytib kelgach kechki ovqatga unnayman. Nima ish qilsam ham oyijonimni rejalarini eslayman. Yaxshiyam ishga solib, o'rgatgan ekanlar. Tutgan ishim qaynotamga yoqar edi, shuning uchun "Haraka toping, kam bo'lmang" deb ko'nglimni tog' qilardilar.

Qaynonam ancha qiyin uncha-muncha odamni ishini yoqtiravermasdilar. Nima ish qilsam yonimda razm solib turardilar. Qarab turganlarini sezardim-u qilar ishimni bilmay qolardim. Shunda yo qo'limdan bir narsani tushirib yuborardim, yo bo'lmasa ishim unmay diqqat bo'lardim. O'z holimga qo'ymay, hadeb kamsitardilar. Shunday bo’lgandan keyin bilganingni ham unutib qo'yar ekansan.

Doimo zirrillab turaman. Qo'ying-chi ovqatdan ham bir kamchilik topib, ko'ngilni xijil qilishar" yo suyuq, yo quyuq, yo sho'r, yo tuzi past" deb ranjishardi.

Avvaliga uyalardim, kechirim so'ragan vaqtlarim ham bo'ldi. Keyingi safar ogohroq bo'lishga tirishdim, haribir bo'lmasdi, yana bir narsadan ayb topib turishardi. Uyda ham shu ovqatlarni qilar edim, maqtab-maqtab ichishar edi, o'ylab diqqat bo'laman.

Yana qaynonam ikki gapning birida "O'g'limga munosibmassan, uddi-shudding yo'q" deb kamsitib tursa. Qilgan ishimni yoqtirmay ruhimni cho'ktirsa, qanday qilib ko'nglim isisin uyga.

Qaynisingillarimdan ham xafa bo'laman. Yosh bo'la turib bunday egilishni bilmaydi, odamga achinishmaydi. Tillari uzun, biram achchiqki, jon-joningdan o'tib ketadi. Axir erta-indin o'zlari ham kelin bo'lishadigan...

Alam juda o'tgan paytlarda turmush o'rtog'imga gapirib yig'lardim. Meni yupatish, dalda berish u yoqda tursin uning o'rniga qo'pollik qilib battar dilimni og'ritardi.

O'zinga o'zing "Kim uchun bu uyda yashayapsan" deb savol berasan kishi. Bordi-keldi gaplar o'rtaga tushiraverdi. Oyimlarni gunohkor qila boshlashdi. Uyga faqat 2-3 oyda borishimni shart qilib qo'yishdi. Onam bechorani gunohi nima? Qiz boqqanimi? O'qitib oliy ma'lumotli qilganimi? nasihat qilgarimi?

Qaynotam ham bora- bora uydagilarning gapini ma'qullaydigan bo'ldi. Men bu uyda yolg'iz edim. Har qancha og'irchilikka ko'nikdim. Bo'lmadi, xo'rlik o'tdi. Hozir ota onamnikidaman. Yaqinda ona bo'lishimni o'ylab, taqdirimga kuyaman. Bolamning kelajagi nima bo'ladi, ota-onamga ham achinaman, har kuni qosh-qovog'imga qarashib, bir o'tlari o'n o't bo'lishyapti.

Ikkinchi misol. Qiz kelin bo'lib tushgan oila ko'p farzand bo'lib, yosh kelin-kuyov choqqina xonada, turishardi. Qiziga sovg'a qilishgan garnitur sig'magani uchun to'ydan keyin ham ochilmadi. Bundan ko'ngli to'lmagan ota-ona kuyovni chaqirib olib, o'z uylariga ko'chib kelishini, juda bo'lmasa, ijaraga joy topib mustaqil yashashni taklif etishdi. Ota-onasi esa ne-ne orzu umidlar bilan kelin ko'rganini, hech bo'lmasa bitta farzand bo'lishguncha ular bilan birga yashashlari kerakligini tushuntirishdi. Lekin qaynona-qaynota bunga ko'nmay o'z aytganlarida oyoq tirab olishdi. Keng hovlida o'ynab-kulib yurgan qizimiz qafasga tushganday yashashiga yo'l qo'ymaymiz deyishdi. Avvaliga qizlari turmush o'rtog'ini quvvatlasada, keyinchalik ota-onasini ta'sirida u ham bu uydan "Chiqib ketamiz"ga tushib qoldi. Kuyov esa o'zi va ota-onasiga qilingan hurmatsizlikni ko'tara olmadi, oila buzildi. Yuqorida ko'rilgan har ikki holda ham bolalar ota-onalarining noto'g'ri fikrlashlari qurboni bo'lishdi, agar qaynona-qaynota bag'ri keng, odil bo'lishsa kelin-kuyov tinch totuv yashab, qolardi. O'g'liga baxt istagan qaynona kelinga rahnamolik qilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lib, o'g'il-qiz ham ota-onani boshiga qo'yadi.
N

azorat uchun savollar:

1. Oila mustahkam bo'lishida jamiyatning qanday o'rni bor?

2. Ota-onalar farzandlari baxtli bo'lishi uchun nima qilishlari kerak?

3. Qaynona-kelin munosabatlari yaxshi bo'lishi uchun kim mas'ul?

5-MAVZU

OILADA NIZOLAR KELIB CHIQISH

SABABLARI VA ULARNI BARTARAF

ETISH YO'LLARI
1. Ayollarning oila mustahkamligidagi o'rni. "Urushiqsiz uy qayda" deydi dono xalqimiz. O'zi doim shunday bo'ladi: yashaydigan, oila quradigan boshqalar-u, biron nizo chiqsa uning sababini aniqlashga tushadigan boshqalar, ota-onalar, qarindosh-urug'lar, olimlar, jamoatchilik bo'ladi.

Olimlarning fikricha, oilaviy nizolarning kelib chiqishiga ayrim erlarning ishga mukkasidan ketishi, xotining e'tiborsizliklari, uy-ro'zg'or ishlariga, bola tarbiyasi va boshqalarga e'tiborsizligi sabab bo’larkan. Darhaqiqat, ayrim erkaklar o'z uylarini bir yotoqxonaday tasavvur qiladilar.

Ayollarning ko'pchiligi uchun uy, oila, turmush butun bir olam, ishga borayotib ham oila haqida o'ylaydi, qaytishda esa bozorga kir, bog'chaga chop, ovqat qil kabilar. Ayollar ko'pincha ishda o'zlarini "Mehmondek" his qilishadi: ayniqsa, dushanba kunlari, erlar esa buning aksi, ular uyda o'zlarini xo'jayindek his etadilar. Divanga yonboshlab gazeta o'qiydilar, televizor ko'radilar. Madaniy dam olish deb shuni tushunadilar, ayollar ishdan oilaga shoshilsa, erkaklar uydan ishga qochishadi. Xotiniga bir og'iz shirin so'zni ayab, ishxonadagi ayollar bilan og'izdan bol tomib gaplashishadi.

2. Oilaviy nizolar sabablari. Unga "taxt talashuv" ham sabab ekan. Er-xotin yoshi o'rtasidagi farq kichik masalan, 5-8 yosh emas 2-3 yosh bo'ladi. Ayrim ayollar o'zlarini erlaridan aqlliroq ko'rsatib yashaydi, ayrim hollarda ovozi ko'tarilib do'q urushgacha yetib boradi.

Oilaviy nizolarda ko'pincha kelinlarning uy-ro'zg'or ishlariga tayyor emasligi, uy bekaligini bajaraolmasligiga sabab bo'lishi mumkin ekan. Masalan, shahar joylarda qizlarni sport, musiqa, badiiy to'garaklarga ko'p vaqt ajratishi natijasida uy-ro'zg'or ishlariga no'noq bo'lib qolishlari mumkin. Qizbola ota-ona uyidaligida ovqat qilish, dasturxon yozish, mehmon kutish, uyni toza tutishni yaxshi o'rgansa, hayotda qiynalmaydi. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deb bejiz aytilmagan.

Oy ko'rish vaqtidagi ruhiy holatlar ham hisobga olinishi lozim. Oilaviy nizolar bolalar tarbiyasi tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Bola tarbiyasida ota-ona bir fikrda turishlari lozim. Ba'zi oilalarda ona bolasini ursa, jazolasa, ota o'z himoyasiga oladi yoki aksincha. Ota onalarining bunday zaif tomonlarini payqab olgan bola goh otadan, goh onada himoya qidiradi, natijada bunday ota-onalarning tarbiyasi bolasi uchun ta'sir kuchini yo'qotadi. Bolada o'z xulq-atvori, xatolariga tanqidiy qarash shakllanmaydi.

O’zini goh ota, goh ona tomonidan asosiz jazolarigan hisoblaydi.

Ba'zan bola o'zi bir chetda qolib er-xotin o'zlarining haq ekanliklarini isbotlashga tushadilar. Ayrim ota yoki ona bolani o'ziga yaqinroq qilib olishga harakat qiladilar. Masalan, ona bolada otaga nisbatan salbiy munosabatni shakllaritiradi, bunday hollarda otaning obro'siga putur yetadi.

Bunday bolalar ulg'aygach ota yoki onaga qo'l ko'tarishgacha borib yetishi mumkin. Er-xotin janjallashganlarida esa "Mana sening tarbiyang natijasi" deya bir-birlariga ta'na qiladilar.

Oilaviy nizolarning navbatdagi sababi, er-xotinning jinsiy hayotda asab sistemalarining turlicha bo'lishi mumkin. Masalan er "boyo'g'li", xotin esa "zag'cha" erta yotib, erta turadi, boyo'g'li esa teskarisi kech yotib kech turadi.

Bir-birini tushunmaslik oqibatida kelib chiqadigan janjallar bunday oilalarning hatto ajralib ketishiga olib kelishi mumkin.

Oilaviy nizolarning ko'pi farzandsizlik tufaylidir. Yillar o'tib, bola ko’rmagan er-xotin, farzand, baxtiyor ota-onalarni ko’rganda ruhan eziladilar. Ota-onalar, tanish-bilishlar bunday oilalar orasiga sovuqchilik tushira boshlaydilar.

Oilaviy nizolarning yana bir sababi rashkdir. Rashkni yuzaga keltiruvchi sabablarni ruhiyatshunoslar taxminan 2 guruhga bo'ladilar: Birinchi sababi shaxsiy tajriba orqali paydo bo'ladi, xalqona aytganda "Har kim o'z qarinchi bilan o'lchaydi". Bunda erkak yoki ayoldan biri o'zi vafosizlik qilib, o'z juftini ham shubha ostiga oladi. O'z tajribasidan kelib chiqib xiyonatni ham osongina tasavvur qiladi.

Ikkinchi sabab bu o'zgalar tajribasini ko'rib, paydo bo'ladi. Ota-onalarning, hamkasblarning vafosizligi, er-xotin vafosizligi to'g'risidagi yaqin do'stlar va dugonalar orasida bo'lib o'tgan gaplar, turli latifalar, ayrim kishilarga salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda "barcha erkaklar yoki ayollar vafosiz" degan fikrning shakllanishi va ongida mustahkam o'rnashib qolishiga olib keladi.

Shifokorlar kasalliklar sababini o'rganar ekanlar, ko'p kasalliklar oilaviy janjallar tufayli vujudga keladigan asabiy holatlardan boshlanishini aniqlaganlar. Ularning aniqlanishicha infarkt va insultlarning yarmi oilaviy janjallardan so’ng yuz bergan.



3. Ruhiyatshunos maslahatlari. Quyidagi maslahatlarni bilish va undan foydalanish har bir er-xotin uchun zarur deb biladilar.

- Jahlga jahl bilan javob bermaslik kerak. Iloji boricha janjalni bir oz kechiktirish lozim.

- Munozarada daxlsiz narsalarni, shuningdek o'tmishni eslamasdan, faqat janjal boisi bo’lgan mavzu ustida gapirish lozim. Janjalda ehtiroslarni jilovlash, ovoz ko'tarmaslik zarur. Masalani tahlil qilganda er ham, xotin ham o'z aybiga iqror bo'lishi lozim.

- Munozarani janjalga aylantirib yubormaslik lozim, chunki munozarada sabab birgalikda axtariladi. Janjalda esa ikki tomon bir-birlarining nozik joylarini topib, nayza sanchishga tushadilar.

- Munozara yoki janjalda er-xotin, ota-ona, qarindosh urug', do'stlar, tanishlarning o'zlariga nisbatan salbiy baholarini tilga olmaslik kerak, uni bir-birlariga qarshi qurol qilib ishlatmaslik kerak.

- Munozara va janjallardan keyin jahl ustida ota-ona yoki do'stlarinikiga ketib qolishni odat qilmaslik kerak.

- Munozaralarning mazmunini ota-onalarga aytib ko'ngil bo'shatish, ota-onalardan himoya qidirish ham yaxshi emas, er-xotin urushi doka ro'mol qurishi bo'lsa, ota-onalar ancha vaqtgacha unuta olmaydilar, tunlarni bedor o'tkazadilar, tinchliklari buziladi, qolaversa uydagi sirni ko'chaga chiqarish hech qanday yaxshilikka olib kelmagan, olib kelmaydi ham.

- Munozara va janjallardan keyin gaplashmay arazlab yurish yarashmaydi. Sal narsaga qovoqni solib yurmaslik kerak.

- Qorni och yoki ishdan cbarchab kelgan odam bilan hech vaqt munozaraga kirishish tavsiya etilmaydi. Bunday paytda odam tutoqib ketishi mumkin.

- Birso'zlilik yoki baqinb gapirish ayol kishining quroli bo'lolmaydi. Ayollarning kuchi uning zaifligida, nozik-latifligida, boringki ayolligida, ko'ngilchangligidadir.

- Munozara va janjallarda uzil-kesil xulosa chiqarishga oshiqmaslik kerak.

- Juftimizni hayotiy qadriyatlariga qarshi chiqmaslik lozim.

Umuman olganda, oilaviy hayotdagi munozara va janjallarda g'olib ham, mag'lub ham bo'lmaydi. Er-xotin birgalikda yutadilar yoki yutqizadilar, shuni unutmaslik lozim. Oilada kim yetakchi, irodali, sabrli bo'lsa o'sha birinchi bo'lib murosaga qo'l uzatadi.

Xotin haqiqatda erining himoyasida bo'lsa, albatta erning qadriga yetishi lozim. Uning yaxshiliklarini xotindan chiqarmasdan, arzimas aybi uchun o’zidan xafa qilmog'i to'g'ri emas. Qay xotin shunday xatti-harakat qilsa, erining muhabbati unga ziyoda bo'lib, umri xursandchilikda o'tadi, bu dunyo va oxiratda mamnun bo'ladi. Ibn Abbos (r.a) dedilar "Nabiy alayhissalom dedilar: Menga do'zax olovini ko'rsatdilar, u yerdagilarni aksan noshukur ayollar edilar".

Ashob so'radilarki: "Yo Rasullolloh, bu ayollar xudoga nisbatan noshukurlik qildilarmi?" Hazrat javob berdilar: "Ular o'z erlariga noshukurlik qilganlar. Agarda ularga bir umr yaxshilik ko'rsatsanggu arzimas ayb sendan o'tsa, noshukur xotin "Men sendan hech bir yaxshilik ko'rmadim deb aytadi" deydilar Paygamhar (s.a.v.) deydilar.

"Qaysi bir ayol o'lsa, eri undan rozi bo’lgandagina jannatga kiradi".

Tekshirishlar natijasiga ko'ra kuyov qishloqlik bo'lsa, kelin shaharlik bo'lsa nizolar ko'p bo'ladi. Agar aksincha ya’ni kuyov shaharlik, kelin qishloqlik bo'lsa ijobiy hal bo'ladi.

Ota-onalar moddiy jihatdan ta'minlanishi ham iloji boricha teng bo'lishi kerak. Agar "Qiz bersang bir pog'ona yuqoriga ber, qiz olsang bir pog'ona past ol" maqoliga amal qilinsa ham yaxshi.

Bundan tashqari erning ma'lumot va madaniyat, saviyasi xotindan yuqon yoki teng bo'lishi kerak. Agar buning aksi bo'lib xotinning ma'lumoti erinikidan yuqori bo'lsa nizolar ko'proq uchraydi.
Nazorat uchun savollar:

1. Oilaviy nizolar sabablari.

2. Ruhiyatshunoslar maslahati.

3. Oilaviy nizolarning bolalar tarbiyasiga ta'siri.


6-MAVZU

AJRALISH SABABLARI VA UNING SALBIY

OQIBATLARI
1.Ajralishlarning asosiy sabablari. "O'z juftinigizdan sizlar uchun jufti halollar yaratib berdi, toki ular bilan halovatli turmush qurgaysizlar. O'rtalaringizda mehr-muhabbat tuyg'usini paydo qildi. Bu esa Allohning biru-borligining nishonalaridan biridir. Aqlu-idrokli fikr yurituvchilar uchun bunda ko'p ishorat va alomatlar bordir" (Rum surasi, 21oyat).

Boshqa mavzularga qaraganda bu mavzuni yoritish, ayniqsa aql o'rgatish qiyinroq tuyuldi. Sababi har kim boshidan o'tganini o'zi biladi, lekin holisanilloh qo'limizdan kelgancha yoritishga harakat qildik. Buni qarang-ki bu masalada ham ayollarga ko'proq mas'uliyat yuklanar ekan.



Bu masalada ko'proq raqamlarga, jadvallarga va hayotiy misollarga murojaat qilamiz.

Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari (foiz hisobida)







Sabablar mazmuni





Qishloq


Shahar


Er


Xotin


Er


Xotin


1


Turmush o'rtog'ining qo'pol munosabatda bo'lishi, hurmat qilmasligi.


80


62


65


60


2


Ota-ona va qarindoshlarning oilaviy hayotga aralashuvi


48


50


40


2,5


3


Turmush o'rtog'ining oilaviy hayot masalalariga befarq bo'lishi


48


48


75


78


4


Muhabbatsiz oila qurish


43


48


-


62


5


Yengiltaklik bilan oila qurish


28


8


48


22, 5


6


O'zga kishini sevib qolish


2,0


17


23


13


7


Spirtli ichimliklar iste'mol qilish


-


28


-


20


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish