Reja: Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari Nizolar eskolatsiyasi. Nizo omillari va motivlari



Download 2,43 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi2,43 Mb.
#831035
Bog'liq
NOMAQUL OILALAR

Reja: Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari Nizolar eskolatsiyasi. 4. Nizo omillari va motivlari

  • Oilaning felitsitologik funksiyasi
  • Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga kо‘ra ularning quydagicha asosiy turlariga ajratish mumkin:
  • Er-xotin о‘rtasidagi nizolar:
  • qaynona-kelin о‘rtasidagi nizolar:
  • qaynona-kuyov о‘rtasidagi nizolar:
  • ovsinlar о‘rtasidagi nizolar:
  • ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi nizolar:
  • farzandlar о‘rtasidagi nizolar:
  • WWW.ARXIV.UZ
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Albatta, bu rо‘yxatni yana davom etiraverish mumkin, xar qanday oilada er-xotinning о‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga kо‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda“konstruktiv”(“biriktiruvchi”)va destruktiv”(“ajratuvchi”) nizolarga farqlanadi. Ular о‘zlarining yuzaga kelishiga asos bо‘lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga kо‘ra bir-birlaridan farqlanadi
  • Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan muammolar va ularning xal qilinishi ham earning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlari qaratilgan bо‘ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar о‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudje6tini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bо‘la oladi. Ular asosan er xotin о‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtrokchilari ham faqat er-xotinlarning о‘zlarigina hisoblanadi.
  • Ota-onalar va farzandlar о‘rtasida yuzaga keladigan
  • nizolarga nimalar sabab bо‘lishi mumkin?
  • Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bо‘lib quydagilar xizmat bо‘lish.
  • 1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olinmasligi.
  • 2. Yoshlarning bо‘sh vaqtini yо‘q tashkil etilishi, dо‘stlar tanlashdagi yо‘qligi, xissiyot soxasidagi yо‘qligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi yо‘qligi, umr yо‘ldosh tanlashda yо‘qlik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi:
  • 3. Ota-onalar ichkilikka rujо‘ qо‘yishi yoki or-nomusini yig‘ishtirib qо‘yib, buzuqchilik qilishi:
  • Ba’zi bolalarni mexnat qilishga о‘rgatilmaganligi va buning oqibatidagi yengil-yelpi xayot kechirishiga о‘rganib qolishi:
  • Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unitib qо‘yishi xam xokazo:
  • Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
  • Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oilada xalovat yо‘qoladi, о‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, xatto ichib kelib, ota-onasiga qо‘l kо‘taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq foxishaparastlar borligiga nima deysiz?
  • WWW.ARXIV.UZ
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Ba’zi ota-onalar bolalardagi 3,6,13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bо‘lib о‘tadigan krizislarni bilishmaydi. Bu yosh bosqichlarda bola ruxiyatida yangi psixologik qо‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bо‘lgan munosabatlarida kо‘zga tashlanadi. Buni sazmagan ba’zi ota-onalar “bolam nixoyatda qaysar, quloqsiz bо‘lib qoldi”, deb о‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi о‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish xollari kuzatiladi.
  • Oilada yangi tushgan kelinlarning kо‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini kо‘ngildagidek eplab ketadilar, qaynonalarini rо‘zg‘or tashvishlaridan xalos bо‘lishlar, tezda ularning mexriga sazavor bо‘ladilar. Qaynonalar xam bunday kelinni “qizim” deb bag‘riga oladilar, bilmaganini о‘rgatiladi, qiynalganida yordam beradilar, xayotiy yо‘l-yо‘riq kо‘rsatadilar. Ularning uy-rо‘zg‘or ishlarida va bola tarbiyasida yaqin kо‘makdoshga aylanadilar. Biroq xayotda qaynona –kelin orasida turli tо‘qnashuvlar xam sodir bо‘lib turadi. Gap qaynona-kelin о‘rtasida borar ekan, shuni aytib о‘tishimiz lozimki, bu masalada azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e’tiborida bо‘lib kelgan muammolardan biridir.
  • Jumladan, XXI asrining ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutaffakurlaridan biri Axmad Donish о‘zining “Navodir ul vaqoye” (Nodir voqealar) nomi kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda xam bо‘lgan, xozir xam bor va bundan keyin xam bо‘ladi. Ular doim urushaveradilar. Ular nima uchun urushadilar? Chunki ular nima uchun urushishayotganliklarini о‘zlari xam bilmaydilar Shuning uchun urushadilar”. Demak, bu о‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish aloxida axamiyatga molik masala ekanligi kо‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.
  • 1. Ba’zi qizlarda nikoxgacha oilaviy xayotga-qaynonaga,qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakillangan bо‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur bо‘lishlar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki xayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular о‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bо‘lgan kamchilik va illatlarni xayotdagi qaynonadan axtar boshlaydilar.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Borinki topishlari aniq, xatto yо‘g‘ini xam topishga xarakat bо‘lishlar.Chunki tasavvurlari ularni aldanganini tan olishni istamaydilar. Xayotda kamchiliksiz odam bо‘lmagan emas, bо‘lmaydi xam. Ideal qaynona, ideal kelin xam bо‘lishi mumkin emas. Kelinlar о‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baxo berishga oshiqmasliklari lozim
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Aks xolda, pashshadan fil yasash xam xech gap emas. Kelinlar og‘ir bosiq, sabr-toqatli bо‘lishlari iloji boricha о‘zlari tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini kо‘rishga intilishlariga, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bо‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mexmon emas, balki bir umirlik a’zo bо‘lib kelganligini unutmaslik kerak
  • WWW.ARXIV.UZ
  • 2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-rо‘zzg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bо‘ladi va keskinlashadi.
  • Ikki avlodning dunyoqarashi, xayotiy tamoillari о‘rtasida tafovut bо‘lish tabiiy xoldir. Ammo aksariyat xollarda qaynona-kelinlar kо‘p jixatdan bir-birining aksi bо‘ladilar. Ayrim xollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘shtirib qо‘yib, xar birlari о‘z gaplarini о‘tkazishga xarakat bо‘lishlar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarini kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va qо‘shiqlarinitinglash va shu kabi boshqa masalalarda ularni о‘z xoliga qо‘yishlari lozim. Yoshlar xam о‘z navbatida iloji boricha otaqonalarni tushinishga intilishlari ularni g‘ashiga tegadigan noо‘rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “xoyi xavaslardan о‘zlarini tiyishlari kerak.
  • 3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bо‘lmaydilar. Shunday kelinlar bо‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar.
  • Kelin kelinligining birinchi kunidayoq xamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bо‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bimasa xam mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikoxgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saramjoa-sarishta tutishini, did bilan mexmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlarini, jixozlardan asrab –avaylab foydalanishi va shu kabi uy-rо‘zg‘or ishlarini о‘rgatishga aloxida e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida “qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor”, degan xikmat bor.
  • Oilalarning ajralishiga yо‘l qо‘yish kerakmi?
  • Ajralish muammosi xozirga zamon insoniylik jamiyatning eng muxim ijtimoiy muammolaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda xam, О‘zbekistonda xam ajralish muammosiniо‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soxa mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soxalari mutaxassislari о‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu xodisa sabablari, omillari, motivlarini о‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishga er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat xam kо‘p zarar kо‘radi.Ajralishlar kо‘plab noxush xodisalar: notо‘liq oilalarning sonining ortishi, bolalar va о‘smirlar о‘rtasida qonunbuzarlikning kо‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning о‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lishi mumkin.
  • Bu о‘rinda xaqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bо‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qо‘ysa bо‘lmaydimi? Degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jixatdan nixoyatda murakkab jarayon edi. Biroq, bu usul oila mustaxkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Ajralishni ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, о‘z navbatida nikox yoshining о‘sishini, oila qurmaslik, nikoxgacha va nikoxdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining ortishi nikox oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta, bularning xam shaxs, inson ruxiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchunzarari oldingilardan kam emas.
  • Ajralishlarning о‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshishi jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning axvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bо‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa, о‘zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq erkaklar bо‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarda, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bо‘lgan shaxar oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq ayollar bо‘ladi.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Adabiyotlar:
  • 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
  • 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
  • 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.
  • 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.
  • 5. www.referat.arxiv.uz
  • www.slayd.arxiv.uz
  • www.ziyonet.uz

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish