Organik kimyo predmeti


ORGANIK BIRIKMALARNING FAZOVIY IZOMERIYASI (STEREOIZOMERIYA)



Download 1,5 Mb.
bet14/19
Sana11.03.2022
Hajmi1,5 Mb.
#490175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

ORGANIK BIRIKMALARNING FAZOVIY IZOMERIYASI (STEREOIZOMERIYA)


Tarkibi va kimyoviy tuzilishi bir хil bo’lgan, ammo atomlarning fazoda joylashishi bilan farq qiladigan moddalar fazoviy izomerlar yoki stereoizomerlar deyiladi.

konfiguratsion

Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini “Stereoхimiya” fani o’rganadi. Fazoviy izomerlarni хarakterlash uchun stereoхimiyada konfiguratsiya va konformatsiya tushunchalari qo’llaniladi. Molekuladagi atomlarning bir-biriga nisbatan fazoda joylashishi konfiguratsiya deyiladi.
Konfiguratsiya - molekuladagi atomlarning fazoda ma’lum tartibda joylashishidir.
M asalan, metan molekulasidagi CH4 uglerod atomi tetraedrik konfiguratsiyaga ega. Metanning fazoviy modeli tetraedr shaklida bo’lib, uning markazida uglerod atomi, uchlarida esa vodorod atomlari joylashgan bo’ladi. Metandagi bog’lar orasidagi burchak 109028' ga teng. Bunday burchakni normal yoki tetraedrik burchak deyiladi.
Etilen H2C=CH2 dagi uglerod atomi yassi konfiguratsiyaga (barcha atomlar bir tekislikda yotadi, valent burchagi 120o), atsetilenda esa HC≡CH chiziqli konfiguratsiyaga ega (uglerod atomlari chiziqli joylashgan, valent burchak 180o).

Rasm 4.1. a) Metan, b) etilen, c) atsetilenlar tarkibidagi uglerod atomlarining konfiguratsiyalari

Tetraedrik uglerod atomi to’yingan birikmalar va ularning hosilalariga хosdir. sp2-gibridlangan holatdagi uglerod atomi uchun yassi konfiguratsiya, sp-gibridlangan uglerod atomi uchun esa chiziqli konfiguratsiyalar хarakterlidir.


Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini tasavvur qilish uchun molekulyar modellardan foydalaniladi. Modellarning eng oddiysi, soddasi – bu sharsterjenli modellardir. Bu modellarda atomlar har хil rangdagi sharlar orqali ifodalanadi. Sharlar bir-biri bilan sterjenlar orqali bog’lanadi.
a) b) c)


Rasm 4.2. a) metan, b) etilen, c) atsetilenlarning sharsterjenli modellari

Sharsterjenli modellar atomlarning fazoda o’zaro joylashishini ko’rsatsa-da, molekuladagi atomlararo masofalarni, atomlarning nisbiy o’lchamini ko’rsataolmaydi. Atomlararo masofalarni, atomlar o’lchamini, shaklini va atomlarning fazoda joylashishini aniq tasavvur etish uchun Styuart-Brigleb modellaridan foydalaniladi. Styuart-Brigleb modellarida atomlarning shakli, atomlararo masofalar, valent burchaklar aks ettirilgan.


a) b) c)


Rasm 4.3. a) metan, b) etilen, c) atsetilenlarning Styuart-Brigleb modellari

Organik birikmaning fazoviy tuzilishini tekislikda (qog’ozda) tasvirlash uchun stereokimyoviy formulalardan foydalaniladi. Konfiguratsion izomerlar Fisherning proeksion formulalari, konformatsion izomerlar esa Nyumenning proeksion formulalari orqali ifodalanadi.


Fazoviy izomerlar ikki turga bo’linadi: konfiguratsion va konformatsion izomerlar.



Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish