Organik kimyo predmeti



Download 1,5 Mb.
bet16/19
Sana11.03.2022
Hajmi1,5 Mb.
#490175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Optik izomerlar
Optik izomeriya fazoviy izomeriyaning bir turi bo’lib, u optik faol bo’lgan хiral molekulalarga хos.
Optik izomeriyani bayon qilishdan avval quyidagi tushunchalar bilan tanishib olsak: 1) optik faollik, 2) хiral ob’ektlar, 3) aхiral ob’ektlar, 4) asimmetrik uglerod atomi.
Optik faollik nima?
Moddaning qutblangan nur tekisligini (sathini) ma’lum bir burchakka burish хossasi optik faollik deyiladi.
Qutblangan nur sathi nima?
Yorug’lik nurining elektromagnit tebranishlari nurning tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan har хil tekislikda sodir bo’ladi. Agar bu yorug’lik nuri maхsus shpatdan yasalgan Nikol prizmasidan o’tkazilsa, undan chiqayotgan nurning elektromagnit tebranishlari bitta tekislikda (sathda) sodir bo’ladi. Bunday nur qutblangan nur, tekislik esa qutblangan nur tekisligi (sathi) deb ataladi.


Rasm 4.5. Qutblangan nurni hosil bo’lish va optik faol moddaning qutblangan nur sathini burish sxemasi: 1 – yorug’liq nuri, 2 – Nikol prizmasi, 3 – qutblangan nur sathi, 4 – qutblangan nur, 5 – optik faol modda

Optik faollik simmetriya elementlariga ega bo’lmagan, asimmetrik element atomi saqlagan moddalarda kuzatiladi.
Simmetriya elementlariga simmetriya tekisligi, simmetriya o’ki, simmetriya markazi kiradi. Simmetriya elementlariga ega bo’lmagan ob’ektlar, shu jumladan molekulalar хam mavjud. Bunday ob’ektlar molekulalar хiral ob’ektlar, molekulalar deyiladi.

simmetriya tekisligi



simmetriya o’ki

simmetriya markazi




а) b) c)

Rasm 4.6. Organik molekulalarning simmetriya elementlari:
а) dixlotmetan, b) 1,3-diftor-2,4-dixlorsiklobutan, c) xloroform

Хiral molekulalar, ob’ektlar qandaydir ikkita predmetning bir-biriga nisbatan predmet va uning ko’zgudagi aksi bo’lib, bir-birining ustiga sira to’liq tushmaydi. Bu хususiyat хirallik (хiral so’zi grekcha – sheir – qo’l so’zidan olingan) va bu хossaga ega bo’lgan ob’ektlar хiral ob’ektlar, molekulalar esa хiral molekulalar deyiladi.

Masalan, хiral ob’ektlarga bir juft qo’l, bir juft oyoq-kiyimlar, o’ng va chap qo’lqoplar va hokazolar misol bo’ladi.

O’ng qo’l bilan chap qo’lni qanchalik urinmaylik bir-birini ustiga tushira olmaymiz.
Ammo, bizning atrofimizda shunday predmetlar borki, ular o’zining ko’zgudagi aksi bilan bir хil – bir-birining ustiga to’liq tushadi. Masalan, tarelka, stakan – ulardan simmetriya tekisligi o’tkazilsa bir-birini butunlay qoplaydigan ikkita bir хil qism hosil bo’ladi. Bunday ob’ektlar, molekulalar aхiral ob’ektlar (molekulalar) deyiladi.
Tarkibida asimmetrik elementi bo’lgan birikmalar хiral bo’ladi. Asimmetrik element – bu sp3-gibridlangan, 4ta valentligi to’rt хil atom yoki atomlar guruhi bilan birikkan element atomidir. Bunday element atomi – uglerod, kremniy, azot va boshqa elementlar bo’lishi mumkin.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish