Organik kimyo. Organik kimyoda moddalar nomenklaturasi. Uglevodorodlar


O’rinbosarlarning elektron effektlari



Download 0,91 Mb.
bet11/11
Sana20.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#830076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-dars (2)

O’rinbosarlarning elektron effektlari

O’rinbosarlar

Elektron effektlar



Tutash sistemalarda o’rinbosarlarning yakuniy (umumiy) elektron ta’siri

Induktiv

Mezomer

-R(CH3; -C2H5 va h.z)

+I

-

Elektronodonor

-NH2, -NHR, -NR2

-I

+ M

Elektronodonor + M > -I

-OH

-I

+M

Elektronodonor + M > -I

-OCH3, -OC2H5, -OR

-I

+M

Elektronodonor + M > -I

Galogenlar

-I

+M

Elektronoakseptorlar -I > +M

-NO2

-I

-M

Elektronoakseptor

-COOH

-I

-M

Elektronoakseptor

-SO3H

-I

-M

Elektronoakseptor



-I

-M

Elektronoakseptor

Tutashish
Elektron bulutlar zichligining o’zaro qo’shilishi ya’ni bir atomdagi elektron bulut zichligining ikkinchi atomdagi elektron bulut zichligi bilan o’zaro qo’shilishi tutashish deyiladi.
Tutashish 4 xil (π- π , π – p, σ-π va σ-σ) bo’ladi:





Masala va mashqlar
1. Quyidagi birikmalardagi har bir uglerod atomining gibridlanish turini aniqlang.

2. Quyidagi moddalarning har biri qaysi sinfga mansubligini aniqlang.

3. Quyidagi reaksiyalar turini aniqlang.

  1. C2H4 + Br2 → C2H4Br2

  2. C2H5OH C2H4 + H2O


f) C2H5OH + 3O2 2CO2 + 3H2O
g) CH4 C + 2H2

4. Quyidagi moddalardan qaysilari o’zaro izomer va qaysilari gomolog?
a) CH2 = CH – CH2OH b) CH3 – CH2 – CH = CH – CH2OH

5. Quyida necha xil modda berilgan va ularning qaysilari o’zaro izomer?


6. Agar uglevodorod bug’larining havoga nisbatan zichligi 4,07 ga teng bo’lsa, uning molekulyar formulasini toping. J: C9H10
Yechish: Uglevodorod turi noma’lum bo’lganligi uchun uning molekulyar formulasini CxHy deb belgilab olamiz. Uglevodorodning molyar massasi M = 4,07∙29 = 118 g/mol. Bu esa 12 molyar massaga mos keladi. Demak, 12 = 118 ga tenglama hosil bo’ladi. Bu tenglama cheksiz ko’p yechimlarga ega.
Yagona yechish usuli bu kimyoviy fikrlash bo’lib, o’rniga qo’yish usulidir.
Avval uglerod atomlari sonining maksimal bo’lishi mumkin bo’lgan qiymatini topamiz: x < 118:12 = 9,8, shuning uchun uglerod atomlari soni 9 ga teng yoki undan kichik bo’ladi. x va y ning mumkin bo’lgan qiymatlarini o’rniga qo’yib chiqamiz: x = 9, y = 118 - 9∙12 = 10. Uglevodorodning formulasi C9H10. x = 8 bo’lsa, y = 118 – 8 ∙ 12 = 22 bo’ladi. Ammo C8H22 tarkibli uglevodorod mavjud emas.
7. Geptan molekulasida nechta kimyoviy bog’ bo’ladi? Ulardan nechtasi C – C va C – H bog’lari ?
Yechish: Geptanning tuzilish formulasini yozib umumiy bog’lar sonini, C – C bog’lar va C – H bog’lar sonini topish mumkin:

Tuzilish formulasidan ko’rinib turibdiki, geptanda umumiy bog’lar soni 22 ta, shundan 16 tasi C – H bog’lar, 6 tasi C – C bog’laridir.
2-usul. Uglevodorodning umumiy formulasi CxHy deb olamiz. Har bir uglerod atomi 4 ta valent elektronlarga ega bo’lib, bu valent elektronlar boshqa atomlar bilan kimyoviy bog’ hosil qilishda qatnashadi. Har bir vodorod atomi esa bitta valent elektronlarga ega. CxHy molekulasida valent elektronlarning umumiy soni 4x + y ga teng. Har bir bog’ hosil bo’lganda 2 ta valent elektron ishtirok etadi. Shuning uchun molekuladagi umumiy bog’lar soni (4x +y)/2 ga teng.
Geptan molekulasi uchun x=7, y=16. Umumiy bog’lar soni (4∙7+16)/2 = 22 ta.
Vodorod atomi bir valentli. Shuning uchun u faqat uglerod atomlari bilan bog’ hosil qilishi mumkin. 16 ta vodorod atomi 16 ta C – H bog’ini hosil qiladi. Qolgan 6 ta bog’ C – C bog’idir.
8. Noma’lum organik modda yondirilganda 7,7 g CO2 va 3,6 g suv hosil bo’lgan. Uglevodorodni aniqlang.
Yechish: Uglevodorodning formulasini CxHy deb belgilaymiz. Ma’lumki, har qanday uglevodorod yondirilganda CO2 va H2O hosil bo’ladi.
Masala shartida berilgan massalar bo’yicha organik modda tarkibidagi uglerod va vodorodning massalarini topamiz:

CxHy; x : y = : = 0,175 : 0,4 = 7 : 16 yoki x:y = n(CO2) : 2n(H2O) = . Demak, uglevodorodning formulasi C7H16 ekan.
9. Siklobutan, atsetilen, geptan, buten-1, buten-2, butin-2, siklogeksan, 2,2,3-trimetilbutan, butadiyen-1,3 lar berilgan. Ular orasidan izomerlarni va gomologlarni ajrating.
10. Yuqoridagi moddalar orasidan a) 3 ta izomer va b) 2 juft gomologlarni tanlang: siklobutan, atsetilen; geptan, buten-2, siklogeksan, butin-1, trimetilbutan, butadiyen-1,3.
11. Molekulasida 5 ta δ va 4 ta π bog’i bo’lgan uglevodorodning formulasini yozing.
12. Hajmi 10 ml bo’lgan noma’lum uglevodorod va kisloroddan iborat 110 ml aralashma yondirildi. Reaksiyadan so’ng suv bug’lari kondensatlandi. Bunda gazlar aralashmasining hajmi 80 ml ni tashkil etdi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasi kaliy gidroksid eritmasi orqali o’tkazilgandan so’ng gazning hajmi 50 ml gacha kamaydi. Uglevodorodni aniqlang.
Yechish: Uglevodorodni CxHy deb olamiz: Bu yerda x +
y = 4 ga teng.
V1-uglevodorodning hajmi; V2-kislorodning umumiy hajmi; V3-ortib qolgan kislorod va hosil bo’lgan karbonat angidrid hajmlarining yig’indisi; V4-ortib qolgan kislorodning hajmi; bundan reaksiya uchun sarflangan kislorodning hajmi = V2 – V4 ga; karbonat angidridning hajmi = V3 – V4 tengligini aniqlash qiyin emas. Bizning masalada V1=10; V2 = 110 – 10 = 100 ml; V3 = 80 ml va V4 = 50 ml ga teng. Ushbu qiymatlarni yuqoridagi tenglamalarga qo’yib,
x = va y = 4 ga ega bo’lamiz. Demak, biz izlayotgan uglevodorod C3H8 ekan.
13. Hajmi 10 ml bo’lgan uglevodorod va 100 ml kisloroddan iborat aralashma yondirildi. Suv bug’lari kondensatlangandan so’ng gazlar aralashmasining hajmi 75 ml ni tashkil etdi. Ushbu aralashma ishqor eritmasi orqali o’tkazilgandan so’ng gazlarning hajmi 25 ml gacha kamaydi. Uglevodorodni aniqlang. J: C5H10.
14. Etan va propandan iborat 67,2 l aralashma yondirilganda hosil bo’lgan gaz ohak suti eritmasi orqali o’tkazilganda 800 g cho’kma hosil bo’lgan. Boshlang’ich aralashmaning hajmiy ulushini aniqlang.
Yechish: Boshlang’ich aralashma tarkibida a mol etan va b mol propan bo’lsin. U holda 22,4a + 22,4b = 67,2 l tenglama hosil bo’ladi.
1 mol etan yonganda 2 mol (C2H6 → 2CO2); va 1 mol propan yonganda 3 mol (C3H8 → 3CO2) CO2 hosil bo’ladi. Bundan boshlang’ich aralashma yondirilganda 2a + 3b mol CO2 hosil bo’lishi kelib chiqadi. 1 mol CO2 dan 1 mol CaCO3 hosil bo’lishini inobatga olsak, dan 2a + 3b = 8 kelib chiqadi. Tenglamalar sistemasini tuzamiz:

Sistemadagi ikkinchi tenglamani 11,2 ga ko’paytirsak 22,4a + 33,6b = 89,6 hosil bo’ladi.

Demak, boshlang’ich aralashmadagi etanning hajmiy ulushi ekan.
15. Metan va propandan iborat 224 l gazlar aralashmasi to’liq yondirilganda hosil bo’lgan gaz ohakli suv orqali o’tkazilganda 1200 g cho’kma hosil bo’lgan. Boshlang’ich aralashmadagi metanning hajmiy ulushini aniqlang. J: 10% propan; 90% metan.
16. Alkanning ftorli hosilasining 34,27 grammi tarkibida 17,44 g ftor bo’ladi. Alkan ftoridni aniqlang.
Yechish: = 12x + 2x + 2 – y + 19y = 14x + 2 + 18y
= dan x = 1,38y – 0,1429.
Tanlash usuli bilan x = 4; y = 3 ga ega bo’lamiz. J: C4H7F3.
17. Ko’p atomli to’yingan 31,25 g spirt tarkibida 14,15 g kislorod bo’ladi. Spirtni aniqlang. J: C4H7(OH)3.
18. Alkanning xlorli hosilasining 35,24 grammi tarkibida 23,83 g xlor bo’ladi. Xlorli hosilani aniqlang. J: C5H8Cl4.
19. 16 g litiy gidrid suvda eritilganda olingan gaz 1,4 l butadiyen va 11,2 l propin bilan aralashtirilgan va qizdirilgan platina katalizatori orqali o’tkazilgan. Reaksiyadan so’ng olingan gazlar aralashmasidagi gazlarning hajmiy ulushini va ularning o’rtacha molyar massasini aniqlang. J: 4,35% C4H10; 34,78% C3H8; 60,87% H2; 19,0g/mol.
20. 65 g rux qirindilari mo’l miqdor ishqor eritmasida eritilganda ajralib chiqqan gaz 2 l propen va 5,2 l asetilen bilan aralashtirildi va qizdirilgan platina katalizatori ustidan o’tkazildi. Reaksiyadan so’ng hosil bo’lgan gazlar aralashmasining o’rtacha molyar massasini va gazlarning hajmiy ulushini aniqlang.
Yechish: Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
= 65/65 = 1 mol; = 22,4l.
Gazlar aralashmasi katalizatordan o’tkazilganda quyidagi reaksiyalar boradi:
CH3 – CH = CH2 + H2 C3H8;
CH ≡ CH + 2H2 CH3 – CH3
Masala shartiga ko’ra, = 2 l; = 5,2l; qolgan vodorodning hajmi: = 22,4 – 2 – 5,2∙2 = 10 l; Reaksiyadan so’ng gazlarning umumiy hajmi: = 2 + 5,2 + 10 = 17,2l; = 0,1163 yoki 11,63% ; =5,2/17,2 = 0,3023 yoki 30,23%; = 0,5814 yoki 58,14%
Mo’rt = = 15,35 g/mol.
21. 48 g magniy metali xlorid kislota eritmasida eritilganda olingan gaz 11,2 l butadiyen va 14 l etilen bilan aralashtirildi va qizdirilgan katalizator ustidan o’tkazildi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasining o’tracha molyar massasini va gazlarning hajmiy ulushlarini aniqlang. J: 33,33% C4H10; 41,67% C2H6 va 25% H2; 32,33 g/mol.
22. Quyidagi organik birikmalardan qaysilari nomolekulyar tuzilishga ega: CH3Cl, CH3COOH, CH3COONa, C17H35COOH, CO(NH2)2, C17H35COONa. J: CH3COONa va C17H35COONa.
Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish