Moddalarning harakatchan muvozanat holatida turgan, bir-biriga osongina o’ta oladigan va bir nechta izomer shakllarni hosil qilish hodisasiga tautomeriya, bir-biriga o’tib turuvchi moddalar tautomerlar deyiladi. Masalan,
Tautomeriya hodisasi anorganik moddalar orasida ham kuzatiladi. Masalan,
III. Organik moddalar molekulasidagi atomlar yoki atomlar guruhi o’zaro ta’sirlashadi. Bu ta’sirlashuv moddaning xossasini belgilaydi. Masalan, benzol brom molekulasi bilan FeBr3 ishtirokida yuqori tempera-turada, fenol esa uy temperaturasida katalizator ishtirokisiz reaksiyaga kirishadi. Bunga sabab, gidroksil guruhning benzol halqasidagi elektron bulut zichligini oshirishidir.
Uglevodorod radikali gidroksil (OH) guruhidagi vodorod atomining harakatchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Agar gidroksil (OH) guruh benzol halqasi bilan bog’langan bo’lsa, undagi vodorod atomi harakatchan bo’ladi (chunki benzol halqasi elektron bulut zichligini o’ziga tortib, gidroksil guruhdagi elektron bulut zichligini kamaytiradi) va ishqor tarkibidagi metall atomi bilan almashadi:
Gidroksil (OH) guruh alkil radikali bilan bog’langan bo’lsa, vodorod atomining harakatchanligi kamayadi (chunki alkil radikali elektronini berib gidroksil guruhdagi elektron bulut zichligini oshiradi) va vodorod atomi ishqor tarkibidagi metall bilan almashmaydi:
Organik birikmalarning nomlanishi (Empirik, tarixiy, ratsional, xalqaro va boshqa)
Organik moddalarning uglevodorod skeletining tuzilishiga ko’ra sinflarga bo’linishi: Anorganik birikmalar kabi organik birikmalar ham sinflarga bo’linadi.
Organik birikmalarning klassifikatsiyasi tuzilish nazariyasiga asos-langan. Eng oddiy organik moddalar uglevodorodlar hisoblanadi. Uglevo-dorodlarning molekulalari faqatgina uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan. Uglevodorodlar
uglerod atomlari orasida oddiy, qo’sh va uch bog’larning mavjudligiga;
uglerod atomlarining soniga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Ma’lum bo’lgan barcha nomlashlar orasida keng qamrovchi va tartibli nomlash bu IYuPAK ning o’rinbosarli nomlashidir. Bu nomlash bo’yicha uglevodorodlar sinfi aniq (ma’lum) umumiy formulaga ega bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi: