Organik kimyo. Organik kimyoda moddalar nomenklaturasi. Uglevodorodlar



Download 0,91 Mb.
bet10/11
Sana20.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#830076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-dars (2)

Chunki sp3 gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,5 ga, sp2 gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,8 ga teng. Shuning uchun elektron bulut zichligi birinchi uglerod atomi tomon siljiydi.
Induktiv effekt karbon kislotalar hosilalarining kislotalik xossalariga kuchli ta’sir ko’rsatadi:

X elektron juftlarni o’ziga qancha kuchli tortsa, -COOH guruhdagi O – H guruhning qutbliligi ham shuncha ortadi, natijada protonning (H+) ajralishi osonlashadi.
Mezomer effekt M (tutashish effekti) - tutash bog’lanishli (oddiy bog’ va qo’sh bog’ navbatma-navbat joylashgan) yoki elektron jufti bo’lgan (O, S, N kabi) atomlarni saqlagan birikmalar uchun xos bo’lib, elektron zichlik π-bog’lar bo’ylab uzatiladi. Mezomer effekt deb molekuladagi π-orbitallar ishtirokida kuzatiladigan (sodir bo’ladigan) elektron zichlikning qayta taqsimlanish effektiga aytiladi:

Elektronodonor guruhlar elektron juftlarini to’liq yoki qisman beradi va musbat mezomer effekt (+M) namoyon qiladi, elektronoakseptor guruhlarda esa qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi va ular manfiy mezomer effekt (-M) namoyon qiladi.
Mezomer effekt tutashgan bog’lar bo’ylab beriladi va induktiv effektdan farq qilib ularning ta’siri zanjir bo’ylab kamaymaydi.
-OH, -OR, -NH2, -NHR, Cl, Br, I guruhlar musbat mezomer effektga va manfiy induktiv effektga ega bo’lib, ular ham elektronodonor, ham elektronoakseptor bo’lishi mumkin.
Elektron effektlarning yuzaga kelishiga misol sifatida metilvinilketon, akrolein va benzaldegid molekulalarini ko’rib chiqamiz:
Bu molekulalarda elektron zichlik karbonil guruhdagi kislorod atomi tomon siljigan (-M effekt). Metil guruhlari elektron donorlari (+I effekt) hisoblanadi, vinil guruh esa – I effektni va + M effektni namoyon qiladi.
Agar zanjirning oxirlarida (har ikkala tomoni uchlarida ya’ni zanjirning boshi va oxirida) –M va +M effekt namoyon qiladigan o’rinbosarlar bo’lsa tutashish effekti katta bo’ladi (kuchli ifodalangan bo’ladi):

Induktiv va mezomer effektlar yo’nalishi bir xil yoki har xil bo’lishi mumkin, ya’ni ularning yo’nalishi o’zaro mos tushishi ham, mos tushmasligi ham mumkin. Qo’sh va uch bog’li guruhlarda induktiv va mezomer effektlar yo’nalishi bo’yicha mos keladi. Bunday o’rinbosarlar elektronoakseptor o’rinbosarlar deyiladi. Bunday guruhlarga galogenlar ham kiradi. Ularda –I effekt +M effektdan ustunlik qiladi.
Qolgan (boshqa) hollarda +M effekt –I effektdan ustun (afzal) turadi. Bunday guruhlar elektronodonor guruhlar deyiladi: Masalan,


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish