Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi
Organik birikmalar tuzilish nazariyasi 1858-1861-yillarda rus olimi A.M. Butlerov tomonidan yaratilgan: Unga ko’ra
I. Organik moddalar molekulalarida atomlar bir-biri bilan ma’lum izchillikda valentliklariga mos ravishda birikadi.
Molekulada atomlarning ma’lum izchillikda (ketma-ket) birikish tartibi kimyoviy tuzilishi deyiladi. Barcha organik birikmalarda uglerod atomi to’rt valentli bo’lib, faqat kovalent bog’lar hosil qiladi. Uglerod atomlarining kovalent bog’lar hosil qilishi uning elektromanfiylik qiymati (EM = 2,5), tipik metallar (EM = 0,7-1,5) va tipik metallmaslarning elektromanfiylik (EM = 3-4) qiymatlari orasidagi kattalikni qabul qilishi bilan tushuntiriladi. Uglerod atomining valent imkoniyatlarini qarab chiqamiz:
Barcha organik birikmalarda uglerod atomi qo’zg’algan holatda bo’ladi, shuning uchun uglerod atomining valentligi organik birikmalarda har doim 4 ga teng. Uglerodning muhim хossalaridan biri uglerod atomlarining bir-biri bilan bog’lanib zanjir hosil qila olishidir. Shuning uchun organik birikmalarning soni juda ko’p bo’ladi.
Organik birikmalarning tarkibini empirik yoki tuzilish formulalari yordamida ifodalash mumkin:
Organik birikmalarda uglerod atomlari bir-biri bilan zanjir hosil qilib, birikib uglerod skeletini hosil qilish xususiyatiga ega. Hosil bo’lgan zanjirda uglerod atomi qo’shni bitta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa- birlamchi, ikkita uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa - ikkilamchi, uchta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa - uchlamchi, to’rtta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa - to’rtlamchi uglerod atomi deyiladi. Masalan, 2,2,4-trimetilpentan molekulasida:
Birlamchi uglerod atomidagi vodorod atomlari birlamchi, ikkilamchi uglerod atomidagi vodorod atomlari ikkilamchi, uchlamchi uglerod atomidagi vodorod atomlari uchlamchi vodorod atomlari deyiladi.
Hozirgi vaqtda organik birikmalarning tarkibi va tuzilishi an’anaviy va noan’anaviy usullarda ifodalanadi. Masalan, benzol (C6H6) ning tuzilish formulasi
ko’rinishida yoziladi. Shunga o’xshash organik birikmalarning boshqa sinf vakillarining formulalarini ham chiziqchalar bilan ifodalash odat tusiga kirmoqda.
Masalan, etan molekulasining formulasini ikki xil usulda: an’anaviy va oddiy chiziqchalar bilan ifodalash mumkin:
CH3 – CH3 va
Propan, butan, izobutan va n-pentan molekulalarini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Qo’sh bog’ va uchbog’ saqlagan molekulalarning tuzilish formulalarini ham qisqartirilgan shaklda ifodalash mumkin. Masalan, eten, propen, buten-1, buten-2, etin va butin-1 hamda butin-2 larning tuzilish formulalarini
ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’ladi.
Geteroatom (N, O, Cl, S va boshqa) lar saqlovchi molekulalarning qisqartirilgan tuzilish formulalarini yozamiz:
Uglerod skeletining hosil bo’lishida u yoki bu uglerod atomlari bo’lishiga qarab uglerod zanjirlari to’g’ri (tarmoqlanmagan), tarmoqlangan va yopiq zanjirli bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |