O’quvchilarning axloqiy sifatlarini shakllantirishda she'riy asarlarning axamiyati 14-sinf misolida


Tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari



Download 1,34 Mb.
bet3/20
Sana05.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#638452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Akayeva Sayyora tayyor

Tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari.
Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan vazifalarni hal qilish maqsadida quyidagi tadqiqoy metodlar qo’llanildi:

  1. Davlat ta’lim standarti tahlili. Internet yangiliklari.

  2. Mavzuga oid darslarni kuzatish.

  3. O’qituvchi va o’quvchilar orasida so’rovnoma o’tkazish.

  4. Tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish.

Ushbu bitiruv malakaviy ishni nazariy qismini amaliyotga tadbiq etishda tadqiqot ob’ekti sifatida Norin tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinflari tanlab olindi.
””O’zbek modeli” deb tan olingan ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” odamlarning, birinchi navbatda unib o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda bu dastur o’z fikriga, o’z qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama barkamol, yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi”7.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan nazariy fikrlar, adabiyotlar tahlili ishning nazariy ahamiyatini belgilab beradi. Malakaviy ishga doir tajribalar, metodik tavsiyalardan, boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bu ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
O’quvchilarni darslarda erkin fikrlashini faolligini ta’minlash mumkinligi nazariy jihatda asoslab berildi. Amaliy ahamiyati esa ushbu metodlar orqali tashkil etilgan darslar Davlat ta’lim standarslariga to’liq javob bera oladi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 6 band, tajriba-sinov ishlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I Bob. O’quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda boshlang’ich sinf o’qish darslari


1.1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining komil inson tarbiyasidagi roli.
Mustaqil O’zbekiston ta'lim muassasalarining odob-axloq tarbiya tizimi – bu o’zbek xalqining o’ziga xos milliy-madaniy fe'l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir.
“O’zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo’y va adolatli bo’lish, jaholat va qabihlik yo’lini to’sish, insoniylik, birodarlik, mehmondo’stlik, poklik, xushxulqlilik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O’zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, ma'daniyat an'analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi. Xozirgi va kelajak avlodlarimiz kishilari o’zbek milliy ma'naviyati, yaxshi bilimlari va unga rioya qilishlari lozim. Shundagina jamiyat to’q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan qoidadir.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va
vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki “Uning zaminida
savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham
boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. o'quvchi
matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish
darslarida yuzlashadi.8
O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS)
talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-
malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'1 ochiladi. Aynan o'qish ta'limida
insonning, avvalo, o’zligini, qolversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga
turtki beriladi.
Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, -mehnatsevarlik, istiqlol va millly-ma’nanaviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va «Ona tili» o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Ma'lumki, sinfda o'qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi.
O'quvchilarni matn bilan tanishtirish o'qishga tayyorgarlik bosqichidan
boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma'lumot berish, o'quvchilarni
asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar mazmunini his etish,
notanish va ko'p ma'noli so'zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni
izohlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo'lsa,
tabiat qo'yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o'qish muvaffaqiyatini
ta'minlashga xizmat qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi:
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o'ylaysiz?
2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma'qullaysiz? Qaysi birining fe 'l-atvori, o 'zini tutishi sizga yoqmadi?
3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?
Sinfda o'qishning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omillardan yana biri tanlab o'qishdir. Masalan: 3-sinfda X. To'xtaboyevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashishi epizodi yuzasidan o'qituvchi topshirig'iga ko'ra mazkur o'rinlarni tanlab qayta o'qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o'zlashtirishga erishiladi.
«O'qish kitobi» darsliklaridan turli mavzudagi asarlar o'rin olgan.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabilar o'qish
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinfda «Ona yurtim-oltin
beshigim» bo'limiga kiritilgan «O'zbekistonim» (H, Imonberdiev), «Istiqlol» (J.
Jabborov), «O'lka» (E. Vohidov), «Yur tog'larga» (U. Nosir), 3-sinfda «Ona
bitta, Vatan yagona» bo'limidagi «Vatanni suymak» (A. Avloniy), «Vatan
mo’tabardir» (X. Davron), «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4-
sinfda «O'zbekiston - Vatanim manim» bo'limidagi «Serquyosh o'lka» (Z.
Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M. Shayxzoda) kabi
asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy - estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Shunga ko'ra o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
O'qish ta'limi bo'yicha o'quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish
yordamida dastur talablariga javob berib bo'lmaydi. Negaki matn tag zaminidagi
tarbiyaviy g'oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha
aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-
mohiyatni anglab yetilganda o'quvchi diqqatini o'ziga jalb etishi mumkin.
Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o'zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini
shakllantirish orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o'qituvchi savollariga o'quvchilarning o'z so'zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning hatti-harakatlarini to'g'ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo'lmasdan, qat'iy maqsad asosida izchil berilishi o'quvchilarning o'qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularini uyg'otishdi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi.
«O'qish kitobi» darsliklaridagi materiallar sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
1-sinfda o'rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog'i», «Zumrad bahor», (Kumush. qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettiriladi. Natijada o'quvchilarning oldingi bilimlari to'ldiriladi va boyitiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz
hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar,
tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur,
Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular
jumlasidandir.
Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni
tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash
imkoniga ega bo'ladilar. Jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da,
tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H.
Imonberdiyevning «O'zbekistonim», J. Jabborovning «lstiqlol» (2-sinf), A.
Rustamovning «Bayroq nima?», A. Obidjonning «O’ktam avlod» (3-sinf), S.
Barnoyevning «Mangulikka tatigulik kun», Ullibibining «E'zoz» (4-sinf)
mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. .
Badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy- xususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman «O'qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish, nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi.
O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va
malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishlariga erishish
o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
O'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O'qituvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish
malakalarini shakllantirish;
2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish;
3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish;
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash;
5. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy estetik taffakkurini
o 'stirish;
6. O'quvchilarning hayolot olamini boyitish;
7. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi. Ma'lumki, so'z, predmet, belgi, harakat va miqdorga nom bo'lishi bilan birga atrofimizdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlarning ham nomi sifatida vujudga keladi. O'quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab, turli darslar vositasida lug'atini boyitib boradi. O'quvchi lug'atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o'rab olgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, o'qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan muloqatlari asosiy manbaa vazifasini bajaradi.
Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda bo'lishi natijasida so'z, ibora,
tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so'zlarni o'rganadi, ularni o'z so'zlariga
aylantiradi.
Badiiy asarlar o'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manbaa hisoblanadi. O'qish darslarida badiiy asarlar bilan tanishish, tahlil qilish, jarayonida o'quvchilar lug'ati ma'lum mavzular bo'yicha ham boyib boradi.
Masalan, yil fasllariga oid mavzular bilan tanishish jarayonida tabiatdagi
o'zgarishlar, qushlar, jonivorlar, hayvonot olami, dov-daraxtlar, maysa-giyohlar
bilan bog'liq tushunchalari shakllantirilsa, ma'naviyat, yaxshilik va yomonlik,
do'stlik mavzularidagi asarlarni o'rganish" orqali insoniy munosabatlar, axloq-
odob yuzasidan muayyan xulosalarga keladi.
Matnni o'qish jarayonida so'zning ma'nosi tushuntirilmaydi. Agar unga
zarurat sezilsa, o'quvchilar diqqati matn mazmunidan chalg'itilmay, qisqa izoh
berib o'tib ketiladi.
Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlar matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi. Chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan yaxshi tushuniladi.
O’quvchilarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda she'riy asarlarning ahamiyati katta. O’quvchilarga she'rlarni yodlatish, o’qish jarayonida o’sha she'rning mazmunini o’qituvchilar tomonidan tushuntirib beriladi.
Boshlang’ich sinf kitoblarini varaqlar ekanmiz, ularda berilgan she'rlarning barchasi o’quvchilarning axloqiy sifatlarini shakllantirishda, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, aqliy, axloqiy tuyg’ularini shakllantirishga qaratilganini ko’ramiz.
O’quvchilar bu she'rlarni yod olish, o’qish va o’rganish jarayonida ular vatanni sevishga, mehnatni qadrlashga, o’zaro bir-birlarini hurmat qilishga, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’lishga, yolg’on so’zlamaslikka, kattalarni ko’rganda salom berishga, tabiatni sevishga asrab-avaylashga o’rgatadi. O’quvchilar o’zlarida ana shunday axloqiy sifatlarni shakllantira boshlaydilar. Buning uchun o’qituvchi va ota- onalar bu yuksak ishda abjir bo’lishlari kerak.
Axloq – odob qoidalari har bir millatning asrlar davomida shakllangan axloq-odob qoidalari mavjud. Ularda shu millatning fe'l-atvori, niyatlari, o’z aksini topadi.
Sharq xalqlari qadimdan jamoa bo’lib yashashga odatlangan va atrofdagilarning fikrini hurmat qilgan. Ular “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona” degan naqlga amal qilishgan.
Bolaning axloq-odobiga faqat ota-onasi emas, balki butun mahalla ahli ham o’zini javobgar hisoblagan. Bola tarbiyasiga katta e'tibor qaratgan ota-bobolarimiz pand-nasihat ruhidagi asarlarni ko’p yozishgan.
Ota-ona va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, xushmomilalik, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik o’zbek xalqining asosiy axloqiy mezonlaridir. Husain Voiz Koshifiy “Futtuvatnomai Sultoniy” nomli asarida yoshlar amal qilishi kerak bo’lgan suhbat odobining quyidagi 8 ta qoidasini sanab o’tadi.

  • so’ramaguncha gapirmaslik

  • gapirayotganda ovozni baland ko’tarmaslik

  • gapirayotganda o’ngu-so’lga qaramaslik

  • g’arazli va kinoyali gaplarni gapirmaslik

  • qattiq gapirmaslik va betgachoparlik qilmaslik

  • pushaymon bo’lmaslik uchun o’ylab gapirish

  • odamlar gapini bo’lmaslik

  • ko’p gapirmaslik, chunki ko’p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo’lsa ham, ammo soz gapirishni shior etish kerak.

Eshitib ota -onang,


So’zlarini qadrla,
Mol-u mulking ko’paysa,
Mag’rurlanib quturma.
Bu o’gitning ma’nosida anchagina axloqiy sifatlar aks etgan. Ya'ni ota- onani har bir so’zini qadrlab amal qilish kerak, kimki ota-ona gapiga kirmasa hayotda qanday qoqilganini sezmasligi mumkin.
Axloq
Suv, olov va axloq uchchovi do’st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib suvdan so’rashibdi.

  • Agar yo’qolib qolsang, seni qayerdan topamiz?

  • Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz men o’sha yerda bo’laman, -debdi suv.

So’ngra olovdan so’rashibdi:

  • Seni yo’qotib qo’ysak qayerdan topamiz?

  • Qayerda tutun ko’rsangiz men o’sha joyda bo’laman,- debdi olov.

Navbat axloqqa kelganda u shunday javob beribdi:

  • Meni yo’qotsangiz izlab yurmang, meni hech qayerdan topa olmaysiz.

Ana ko’rdingizmi o’quvchilar axloqni topish qiyin masala.
Nurxon bilan Burxon”
Nurxon qiz munkidi-yu,
Savati uchib ketdi
Qulupnayi sochilib,
Har yoqqa qochib ketdi.
Burxon xoxolab kulib,
O’zi ham qoqildi-ku
Kesilgan daraxt kabi
Gursillab yiqildi-ku.
Nurxon unga kulmadi
Do’ppisin qoqib berdi,
“Yomon yiqilmadingmi?
Qursin falokat” – dedi.
Burxon qattiq uyaldi
“Zararsiz”- dedi Nurxon
Qulupnayni “puf-puflab”
Savatga terdi Burxon
Chirandi-yu, odobda,
Nurxonga yutqazdi u
Qulupnayday qizarib,
Savatni tutqazdi u9
Bu she'riy asarda o’quvchilarni do’stini ustidan kulmaslikka, yordam berishga, do’stini hurmat qilishga va boshqa axloqiy sifatlarni o’rgatadi. Axloq – odoblarni yoshlikdan o’rgatib boriladi. Katta bo’lganda esa, buni foydasi yo’q, chunki bu paytga kelib bolada “men” tushunchasi hosil bo’ladi. U ulg’aygan sari ana shu odob-axloqqa rioya etadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf kitoblarida ko’proq odob-axloq mavzularini uchratish mumkin.
To’g’ri so’z bola”
“Kelmog’ida maktabdan bir o’g’il
To’xta debon ikki kishi to’sdi yo’l
Dedi biri “Tanga berarman senga”
So’zla bir og’izgina yolg’on menga
Berdi o’g’il fikr ila shirin javob:
“So’zlang aka qomatingizga qarab”
Bu so’zingiz aslida yolg’on erur
Tangaga yolg’onni kim olgan erur.
Sizda ko’p ekan o’zi yolg’on aka
Siz ani avval sotib aylang ado
O’rtog’ingiz ko’p erur bizdanam”
Hissa: kimki to’g’ri so’zi qachon, tekkizadir doimiy bo’lsa nishon
Bu asar ham o’quvchilarga to’g’ri so’zlikni, halollikni, botirlikni o’rgatadi. Bolaning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda qo’llaniladigan metodlar: tarbiyaviy tadbirlarning maqsadi, mazmuni va uning xarakteriga mos bo’lish, tarbiyaviy ishlarning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo’nalishini yaxlit amalga oshirishdan iborat. Bolalarda materiallarni rang-barangligi, qiziqarli hayotiy bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda unga rahbarlik qilishning mazmuni, shakli va usullarining birligini ta'minlash, uning natijasini hisobga olish uslubiyati – ta'lim tarbiyaning birligini yaxlit amalga oshirilishiga bog’liq.
Maktab yoshidagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda, metod tanlashda quyidagi tamoyillarga e'tibor berish lozim:

  1. Bolada shakllanishi lozim bo’lgan yoki bu fazilatning mazmuniga;

  2. Yoshi, ruhiy, aql-zakovatiga, ma'naviy dunyosi va faoliyatiga ta'sir etishga ko’maklashuvchi bo’luvchi;

  3. Yashaydigan hudud sharoitini hisobga olish va moslashtirish;

  4. Tarbiyaviy ta'sir etuvchi usul, metodlar.

Kishilik jamiyatining tarixiy taraqiyotida tarbiya vositasi, hisoblangan-xalq og’zaki ijodi, matal, ertak, hikmat, rivoyat, an'ana, teatr amaliy san'atdan foydalanishgan.
Ajdodlarimiz madaniy merosimiz – pandnomalar, bitiklar, yozma yodgorliklar, xalq kitoblari, urf-odatlari, bayramlar orqali o’z metodlarini amalga oshirishda foydalanilgan. Bu metodlar quyidagilar:

    • Har bir ishda kattalarning shaxsiy namunasi;

    • Pand-nasihat qilish, suhbat o’tkazish;

    • O’yin va mashq;

    • Rag’batlantirish;

    • Jazolash.

Yuqoridagi tarbiya metodlari xalq orasida kundalik hayotda qo’llanilgan yo ijobiy, yo salbiy ta'sirga egadir. Bolani axloqiy ruhda tarbiyalashda yuqoridagi metodlardan kompleks shaklda foydalanish hayot taqozosidir.
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iborat. “Eng muhimi, - deb yozgan edi.”. V.A Suxomlenskiy fuqarolikni tarbiyalashdir, chunki bu butun tarbiyaviy ishlarning mag’zi, o’zagi hisoblanadi. Shularni unutmagan holda mazkur bitiruv malakaviy ishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha yoritilgan ayrim dars ishlanmalari darsda bir necha metodik usullarni qo’llash na’munalari tarzida keltitrilgan bo’lib, ko’proq o’quvchilarni o’z ustida ishlashga, mavzu yuzasidan o’ylab, mushohada yuritishga, ayrim holatlar, masalalar yuzasidan turlicha umumlashma xulosalar chiqarishga yo’naltirilgan. Ularni qat’iy metodik qonuniyat tarzida tushunmaslik, ularga imkoniyatga qarab ijodiy yondashish zarur. Shuningdek, ayrim mavzular bo’yicha yoritilgan ko’rsatmalarni boshqa mavzularni o’rganishga ham tadbiq qilish mumkin.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish