1.3 Boshlang’ich sinf o’qish darslaridagi she'riy asarlar tahlili.
fikrlari o'citiladi va eshittriiaci, zarur bo'lganaa u yoki buS fikri muhckanaga qo'yiladi. O'z fikrini ravon, to'la ifodalagan o'quvchilcrning ishi ta'kidlanadi.
“«O’qish» dasturi adabiy yo’nalish hisoblanib, u o'zining «bor mahsuloti» bilan boshlang'ich sinf o'quvchisining «hislarini uyg'otish»ga, nazm va nasr haqidagi norasmiy suhbatga, she'riyat terminlarini yodlashga emas, balki ular yordamida ma'naviyat dunyosi xususiyatiga e'tibor qaratish tizimligiga xizmat qiladi.”15
O'qituvchi tomonidan 1-sinf o'quvchisida o'qish darslarda dunyoga o'zgacha nigoh sifatidagi she'riyat haqida tasavvur shakllantirila boshlaydi, shoirning o'quvchiga dunyodagi oddiy go'zallikni ko'ra olishga yordam beradigan qobiliyati ta'kidlanadi, Qofiya, ohang singari she'riy unsurlar bilan dastlabki amaliy tanishuv boshlanadi.
2-sinf o'qish darslarida bu yondashuv chuqurlashtiriladi va aniqlashtiriladi. Tabiat dunyosi va insonning ichki dunyosini belgilash va ifodalash, hamdardlik, xursandchilik, do'stlik, muhabbat singari muhim hissiyotlarni bera olishga yordam beruvchi, dunyoni shoirona idrok etish haqida tasavvur shakllantiriladi. Qiyoslash, o'xshatish, epitet, jonlantirish singari unsurlar orqali adabiy tushunchalar singdirib boriladi.
3-4-sinf o'qish darslarida she'riy asarlar ustida ishlashning asosi muallif uslubiga e'tibor berib boradi. She'riyatning hislarni ochiqcha izhor qilish, kechmishlar syujetini ochib berish singari xususiyatlari she'riy matnlar tahlilida birinchi o'ringa chiqadi. Bunda sodda tarzda bo'lsa ham muallifning ichki dunyosini bevosita ochish, turli shoirlar yaratgan dunyo ko'rinishi farqini aniqlash, lirik qahramon haqida umumiy tasavvur hosil qilinadi.
Boshlang'ich sinflarda she'riyat bilan ishlash o'zining xususiyatiga ko’ra dastlabki bosqich hisoblanadi. Shunga qaramay, bu ish o'rta maktabda she'riyatni o'rganish, uni adabiy turlardan biri ekanligi bilan bog'liq muammolarning barchasini qamrab oladi. Jumladan:
- she'riy shakllarning xilma-xilligi va xususiyatlarini kuzatish;
- qiyoslash, jonlantirish, o'xshatish, metafora singari ko'chimlar va badiiy nutq shakllari haqida umumiy tushunchalar;
- qofiya, ohang singari tushunchalar;
- lirik qahramon haqidagi umumiy tasavvur;
- har bir shoirning she'riyat dunyosining betakrorligi haqidagi tushuncha. 1-she'r ustida ishlash chog'idagi asosiy qiyinchilik shoir yaratgan badiiy ifodaviylik vositalariga mustaqil ma'no baxsh etish asnosida uning badiiy butunligiga putur yetkazib qo'ymaslikdir.
Har qanday she'riy asar ustida ishlash mantiqiy deyarli bir xil o'qituvchi yoki o'quvchi tomonidan she'riy matnni ifodali o'qilishidan boshlanadi. So'ngra she'rdan olinadigan bevosita umumiy yaxlit tasavvurimizni belgilash, badiiy obrazni yaxlit idrok etishiga harakat qilamiz. So'ng asarni tahlil qilib, bevosita hissiy bahoyimizni asoslaymiz va yanada aniqlashtiramiz. Ya'ni, asar nomini tushunishga intilamiz. Keyingi bosqichda bunday asosli tahlillardan so'ng endi kengroq va to'laroq bo'ladigan yaxlit tasavvurga kelamiz. Tahlil ishining so'ngida she'rni qayta o'qib chiqamiz, undagi kashfiyotlarimizni ochib ko’rsatamiz. Ana undan so'ng she'rni o'quvchilarga yod olish uchun topshirish mumkin.
Bahor fasliga bag'ishlangan she'r tahlil qilinganda, eng avvalo, undagi jonlantirilgan obrazlar tizimi tahliliga e'tibor beriladi. Ular matnda ko'p uchraydi, o'quvchi ularni o'qituvchi va sinfdoshlari yordamida topadi va ko'rsatib o'tadi. Tabiat o'quvchi ko'z oldida butun go'zalligi bilan namoyon bo'ladi, Bunda qish so'nggida uyg'onib kelayotgan tabiat - erib ketayotgan qor, muz, ularni yorib chiqayotgan maysa, daraxtlarga nayza singari tushib turgan quyosh singari obrazlari bilan namoyon bo'ladi. Masalan, 2-sinfda Otayorning «Bahor keldi»16 she'rini o'qishga tayyorgarlik ko'rish maqsadida tabiatga sayohat uyushtirilganda o'quvchilarda quyidagi holatlar kuzatiladi.
Bolalar anhorda sho'xchan oqayotgan suvni qo'llari bilan ko'rsatadilar, unda qo'llarini yuvadilar, shaldirashiga taqlid qiladilar. Oqayotgan suvning qish gashtidan xursand ekanligini ifodalab beradilar. Oqayotgan suv, bo'y cho'zayotgan maysalar (maysa o'sishini bolalar qo'llari bilan ko'rsatadilar) bahor kayfiyatini hosil qiladi. Bu kayfiyat she'rning jozibasini his qilishda o'quvchiga yaqindan yordam beradi.
Bahor keldi, uyg'otib,
Dillar zavq-shavqin.
Anhorlarda toshib suv,
Soladi shovqin.
Yerdan ko'm-ko'k maysalar.
Ko'tarmoqda bosh.
Dehqon kezar dalada.
Chiqmasdan quyosh.
Ko'rinadiki, she'rda tabiiy ravishda ikkita markaziy obraz paydo bo'ladi, bulardan birinchisi anhorda shoshib oqayotgan suv obrazi bo'lsa, ikkinchisi tobora yaqinlashib kelayotgan bahor obrazidir. She'r matni yo'nalishi to'la ravishda ana shu ikki rejadagi o'yinni yaratadi, ya'ni kundalik, maishiy va ertakona, sehrli savvurlarga yetaklaydi. Qishning bahorga aylanish mo’jizasi ko'z oldimizda ro'y beradi.
Bu she'r xuddi «nutq bo'laklari»ga o'xshaydi. Unda tartibsiz, oldindan aytib bo'lmaydigan obraz yaratiladi. Bu she'rdagi tasvir biz uchun odat bo'lib qolgan go'zal bahor tasviriga o'xshamaydi. She'rdagi bahor qandaydir sertashvish, hamma narsaga ulgurishga intilayotgan odamga o'xshaydi.
Qofiya she'rning eng muhim unsuri ekanligi bolalarga tushuntiriladi. She'rdagi qaysi qatorlar qofiyalanayotganligi ko'rsatiladi.
Dillar zavq-shavqin.
Soladi shovqin.
Ko'tarmoqda bosh,
Chiqmasdan quyosh.
Tahlil har bir qatorni o'qish va qatorlardagi kalit so'zlarni tushuntirish orqali olib boriladi.
She'rni o'qituvchi o'qiydi. O'quvchilar oldida matn bo'lmasligi ham mumkin. Tahlil chog'ida she'rning har bir qatori yozdiriladi yoki doskada yozilgani ochib qo'yiladi.
She'rda tasvirlanayotgan kayfiyatni lirik yoki siyosiy deyish mumkin. Kayfiyat, albatta, bahoriy bo'lishi shart emas, u atrof-muhitdan hayratianish paytida - har qanday faslda bo'lishi mumkin.
Asarni o'qish va lirik asar dunyosiga kirib borish davom ettiriladi. O'qituvchi bilan matn ustida birga ishlagandan so'ng bolalar matn haqidagi umumiy tasavvurga mustaqil kelishga harakat qilishlari lozim. O'quvchilar she'r haqidagi tasavvurlarini yozma ravishda ifodalashlari mumkin. Darsda har bir o'quvchining she'r haqidagi yozgan fikrlari o’qitiladi va eshittiriladi, zarur bo’lganda u yoki bu fikri muhokamaga qo’yiladi. O’z fikrini ravon, to’la ifodalagan o’quvchilarning ishi ta’kidlanadi.
1-sinf o'qish kitobiga xilma xil janrlardagi taniqli shoirlarni she'riy asarlari kiritilgan: Po'lat Mo'minning "Vatan - bu...", "Bu juda soz, juda soz", "Mehribonim oyijonim", "Oftob va odob", "Yer nima der?", Odil Abduraxmonning "O'zbekiston askarlari", Oy allasi", Eson Raximovning "Ota rozi-vatan rozi", Umida Abduazimovning "Tinchlik nima?", Tursunboy Adashboevning "Ko'rish", "Baxor", Olim Maxkamning "Tong", Obid Rasulning "Vaqtning qadri", Rauf Tolibning "Navro’z", Hamid Olimjonning "Lola", Anvar Obidjonning "Bekinmachoq", "Yaxshi niyat", Abdulla Oripovning "Qushcha", Muxtaramaning "Boychechak", Tolib Yo`ldoshning "Ota-ona", Quddus Muhammadiyning "Maktab-oftob qo’shig’i", Zafar Diyorning "Kitob, mening do`stimsan", Obid Rasulning "Kitob", Miraziz A'zamning "Oltin Quyosh", Nurullo Ostonning "Ochiq gap", Erkin Qambarovning "Nima uchun", - Safo Ochilning "Svetofor", Yo'ldosh Sulaymonning "Ming yashang", Qambar Otaevning "Yer", Ilyos Muslimning "Turnalar" kabi she'rlar berilgan.
2-sinf o'qish darsligida Hamza Imonberdievning "O'zbekistonim", Narimon Orifjonovning "Vatan", Jumaniyoz Jabborovning "Istiqlol", Po'lat Mo'minning "Xumo qushi", "Barcha bola do'st bo'lsa", "Ibn Sino Bobo -ulashar- davo", "Dadam ishdan kelsalar", Erkin Voxidovning "O'lka", Maxtor Xudoyqulovning "Sohibqiron Bobomiz", "Mirzo Ulug'bek", Usmon Nosirning "Yur, tog'larga chiqaylik", Yo'ldosh Sulaymonning "Tilagim", Erkin Voxidovning "Mevalar", Qambar Otaning "Bog'da", G'ani Abdullayevning "Mehnat", Quddus Muhammadiyning "O'quvchiga estalik", "Kitobimni qancha sevsam oz bo’lur", "Bilim ol, hunar tanla", Rauf Tolibning "Orzular", Ibroxim Donishning "Inoqdikda gap katta", Tolib Yo’doshning Vaqt qadri", "Xa" bilan "xo’p", Yusuf Shomansurning "Mualimim", Ilyos Muslimning "Maktabdan kelganimda", "Turnalar", Kudrat Xikmatning "Kitob", Hamiddulla Yoqubovning "Krichi", Fnec Komilovning "Arra "giz-giz", Xabib Raxmatning "Kurashchi bola", Shodi Sattorning "Qorboboning sarxisobi", "Tabiat", Shukur Sa'dullaning "Qish", Otayorning "Baxor keldi", Eson Raximovning "Xissang qo’sh", Uyg’unning "Baxor", Mirshakarning "Bolalar o’ynasin deb", Xilola Isoqovaning "Buvijonimga", Abdulqosim: Firdavsiyning "Ona aziz", Safo Ochilning "Oymoma", "Yomg’ir", Muhammadalining "Shudring", Mashrab Boboevning "Yulduzlar", Elbekning "Momaqaldiroq", Ibroxim Donishning "Topishmoq" kabi she'rlar berilgan.
3-sinf o'qish darsligida Po'lat Mo'minning "Mustaqillik ahillikdan", "Ibn Sino bobo ulashar davo", "Kim sindirdi bu nixolni?", "Kitobim qo'limda", Abdulla Oripovning "Sizga", Abdulla Avloniyning "Vatan haqida she'r", "Yoz", Anvar Obidjonning "O'ktam avlod, "So'nggi axborot", Tursunboy Adashboyevning "Ona tilim", "Yomg'ir", Erkin Voxidovning "O'zbegim", "Yangi yil archasi", O.Qo'chqorbekovning "Qaysar buzoqcha", X. Yoqubovning "O’jar toshbaqa", Qish zavqi", Tolib Yo'ldoshning "Kuz kelsa", "Non haqida", "Hunarni sev", Yusuf Shomansurning "Kuz", Quddus Muhammadiyning "Men dadamga yordamchi",
Muhammad Yusufning "Tushimga kiradi Qodiriy bobom", Shuhratning "Birinchi qor", Safar Barnoyevning "Bosh kitob", "O'zbekiston posbonlari", Qudrat Hikmatning "Ayamiz", Kavsar Turdiyevning "Dunyoni saqlar bolalar",.
Muhammadjon Dadaboyevning "Tinchlik", Abdulxay Nosirovning "Istiqlolga sharaf-shon", Rauf Tolibning "Biz-istiqbol tengdoshlarimiz", X. Saydullaning
"Ikki qiz", Maqsud Shayxzodaning "Jigarlarga tilaklarim", Zafar Diyorning "Bahor
yaqin", G’ayratiyning "Boychechak", Y. Shomansurovning "Bayramingiz muborak", "Daraxtlarni oqlaganda", Sulton Jabborning "Qaldirgoch", Cho'lponning "Ko'klam yomg'iri", Ilyos Muslimning "Lola", "Quvnoq o'tsin ta'tilimiz", T.Xolmatovning "Ona tabiat", Hamza Xakimzodaning "Otamiz","Onamiz", Shuxratning "Qalamning o'kinchi", Safo Ochilning "Ota-ona duosi", Berdaqning "Bola", Erkin Voxidovning "Kamtarlik haqida", Muhammad Yusufning "Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor", Barot Isroilning "Tinchlikni kuylaymiz", Toxir Qahhorning "Dorboz bola", kabi she'riy asarlari berilgan.
4-sinf o'qish darsligidan Abdulla Oripovning "Iqboli buyuksan", "O'zbekiston", "Dehqon bobo va o'n ikki bolakay qissasi", "Sharq hikoyasi", Safo Ochilnning "Istiqbol taronasi", Zafar Diyorning "Serquyosh o'lka", "Suv bilan suhbat", Maqsud Shayxzodaning "Toshkentnoma", Miraziz A'zamning "Mardlik va aql yorug'ligi", "Nurxon bilan Burxon", Cho'lponning "Xalq", Shukur Sa'dullaning "Kuz", "Tinchlik qushi haqida men o'qigan she'r", "Yoz", Munavvar Qori Abdurashidxonovning "Har kim ekkanin o'rar", Quddus Muhammadiyning "Ustozingga rahmat", Abduraxmon Jomiyning "Sodda,qishloqi va uning eshagi qissasi", G'ofur G'ulomning "Buni toping, qizlarim", "O'ylashni o'rganamiz", "Ola buzoq", Qudrat Hikmatning "Qish to'zg'itar momiq par", "Bahor", Tursunboy Adashboyevning "Qish", "Navoiy bobomlar", Abdulla Avloniyning "Zuluk ila ilon", Muhammad Raxmonning "It-mushuk" o'yini", Hamza Xakimzoda Niyoziyning "To'g'ri so'z bola", Sulton Jo'raning "Kimning xati chiroyli", Mirtemirning "Qush tilli", "Tut", Anvar Obidjonning "Jo'ja", Habib Raxmatning "Jala darakchisi", Muqaddas Abdusamatovaning "Fasllar ko'rki", Umida Abduazimovaning "Tinchlik nima?", Qambar Otaev "Non qayerdan keladi?", rus shoiri Pushkinning "Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak" kabi she'riy asarlar, Abduraxmon Akbarning she'riy topishmoqlari, xalq maqollari o'rin olgan.
Boshlangich sinf o'qish darsliklarini barchasi O'zbekiston Respublikasining
davlat madhiyasi bilan boshlanadi. 1-sinf o'qish kitobining 1-bobi "O'zbekiston —
vatanim mening"17 deb nomlanadi. Undan "Vatan - bu...", "O'zbekiston askarlari",
"Ota rozi - vatan rozi", "Tinchlik nima?" nomli she'lar o’rin olgan. "Vatan bu..."
she'rida vatanga bugan muxabbat, uni ardoqlash hamda qadrlash g'oyalari ilgari
surilgan. Bu she'r orqali o'quychilarga vatanni yurak kabi avaylab, har bir qarich
tuprog'ini ko'z qorachig'iday e'zozlash lozimligi o'rgatiladi.
"O'zbekiston askarlari" she'rida vatanimizni qo'riqlayotgan, vatanimiz
himoyachilari o'zbek askarlari madxi ulug'langan. Bu she'rni o'qigan har bir yosh
vatan posbonlarining yuragida vatanga bo'lgan muhabbat, unga bo'lgan sodiqdik
jo'sh urmasdan qolmaydi. Ularni harbiylik kasbiga bo'lgan qiziqishi yanada
oshadi. Mard, jasur insonlar bo'lib tarbiyalanishida munosib o'rin egallaydi. She'r.
matni qisqa, tushunarli va bolajon tilida yozilgan bo'lgani uchun uni yod olish va
tushunish oson. Ushbu bo'limda mustaqil o'qish uchun berilgan "Tong" she'rida tabiatdagi musaffo tong va bolalikdagi beg'ubor orzular go’zal bir tarzda uyg'unlashtiriladiki unda yosh yuraklarga vatanni aziz va musaffoligi tongga o'xshashliligi aytiladi.
Quyosh balqib tog' ortidan,
Yana shafof tong otar.
Bu tong qaynoq yuragimda
Ajab xislar uyg'otar.
Shu tong kabi musaffodir
Mening aziz Vatanim.
Shu tong kabi musaffodir
Orzularim ham manim.
"Biz buyuklar avlodi" bo'limida buyuk ajdodlarimiz to'g'risida so'z boradi Bu bo’limdagi "Ulug'bek bobom" she'rida bobokalonimiz Ulug'bek to'g'risida shunday misralar keltirilgan:
Fan ko'ksila yashaysiz hamon,
Ardoqlaydi jumlai zamon.
O'chmagaydir hech izlaringiz,
Biz yerdagi yulduzlaringiz.
Bu she'r orqali shoir bobokalonimizni fan sohasiga qo'shgan xissalari bayon
etilib, bu orqali yosh avlodni fanga bo'lgan qiziqishini tarbiyalaydi.
"Ko'klam — yashardi olam" bo'limida bahor haqida, onajonlarimiz bayrami, yangilanish bayrami Navro'z haqida, tabiat haqida she'rlar berilgan. Bu orqali o'quvchilarga tabiatni bahordagi o'zgarishlari, gullab yashnashi tarannum etiladi. "Navro'z she'rida", turkiy -xalqlargagina xos bo'lgan bayramimizni go'zalligi o'quvchilar ongiga sodda va ravon til bilan ifodalab berilgan.
"Ilm - aql chirog’i" bo'limida ilm, kitob, maktab haqida she'rlar berilgan. Bu she'rlar orqali o'quvchilarni ilm olishga, jamiyatga kerakli inson bo'lib kamol topishga, bu yo’lda tinmay mehnat qilishga chaqiriladi.
Bu she'rlar tushunarli va teran mazmunli bo'lib, yod olishga, g'oyani idrok etishga qulay tarzda bayon. etilgan. "Odob-insonga husn" bo'limida, ezgu xislatlar, insonni ulug'lovchi fazilatlar borasida so'z boradi. Bular orqali o'quvchilarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash maqsad qilib olinadi.
Mehnatning tagi rohat bo'limida, mehnat, mehnatsevarlik kamtarlik
g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi she'rlar berilgan. Bunda asosiy e'tibor insonlar
mehnati, uning hayotimizdagi muhim tomonlari aks etadi. 2-sinf o'qish darsligidan ham taniqli shoirlarimizning rang-barang mavzudagi she'rlari o'rin olgan. Darslikning ilk -bo'limi "Ona yurtim-oltin beshigim"18 deb nomlanadi. Bo'lim "O'zbekistonim" she'ri bilan boshlanadi.
Sog'inch bilan tonglari otar,
Erkalanib tog'lari yotar.
Har giyoxni nur qo'li bilan
Siypab quyosh o'zi uyg'otar.
"Vatan" she'rida O'zbekistonimizning dunyoga mashxur ekanligi, uni gullab
yashnashiga yurtdoshlarimiz o'z qo’llari bilan xissa qo'shishlari o'quvchilar
ongiga singdiriladi.
"Oltin kuz-hosiling yuz" bo'limida kuzning tarovati, go'zalligini tarannum
etuvchi she'rlarga keng o'rin berilgan. She'rlar orqali o'quvchilarni kuz faslida
bajariladigan ishlar, kishilar mehnati haqida bilimlarga ega bo'ladilar. "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" bo'limida insoniy fazilatiar, go'zal hulqlar borasida fikr yuritiladi. Bu orqali o'quvchilar qanday fazilatlarga ega bo'lishlari zarur ekanligini anglab yetadilar
Salom bilan boshlanar, Salom chiqqan og'izdan
Bilsang odob va axloq. Chiqmas sira yomon so'z.
Salom bilan begona Salom, assalom ming-ming
Bo'lar tezdado'st-inoq- So'zlar ichra durdona.
Salom har bir bolaning
Odobidan nishona.
3-sinf o'qish darsligida she'rlar va she'riy asarlarga alohida o'rin berilgan.
"Xalq og'zaki ijodi"19 bo'limidan xalqimizning asrlar davomida avloddan-avlodga
o'tib kelgan milliy meroslarimiz: xalq qo'shiqlari, masallar o'quvchilar e'tiboriga
havola etiladi. Bunda o'quvchilarni milliy merosimizni o'rganishiga bo'lgan
qiziqishlari tarbiyalanadi.
"Tengdoshlar" bo'limida bolalarni o'z teng qurlarining bugungi kundagi orzu va intilishlari fikr va qarashlari to’liq she'riy asarlarda aks ettirilgan. She'rlar orqali o'quvchilarni do'stga, mehr-muhabbatlilik, sadoqatlilik tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari qo’yilgan.
Tug'ildik biz orzu bo'lib
Dilga tushgan yog'du bo'lib.
O'zimizni oldik tanib,
Yashaymiz shu yurt deb yonib.
Qaddi mag'rur, tik boshlari,
Biz — istiqlol tengdoshlari.
"Ulug'lardan o'rganmoq - oqillik" bo'limida allomalarimizning o'gitlari,
pand - nasixatlari, hikmatli so'zlari she'riy tarzda ifoda etilgan. Ular orqali
o'quvchilar o'rganishlari lozim bo'lgan go'zal xislatlar haqida chuqur tushunchaga
ega bo'ladilar.
Navoiy hikmatlari:
Oz-oz o'rganib dono bo'lur,
Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.
Aytar so'zni ayt, Aytmas so'zdan qayt.
Sabr bila ko'p bog'luq ish ochilur,
Ishda oshiqqan ko'p toyilur
"9-may — xotira va qadrlash kuni" bo'limida vatanimiz uchun jon fido etgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularni chekkan jabru sitamlari she'riy misralarda aks ettirilgan. Bu she'rlarni o'qiganda o'quvchilar o’sha insonlarini ruxiy kechinmalarini ko'z oldidan o'tkazadi.
Yurtim ado bo'lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor.
O'tmishiringni o'ylab og'riydi jonim,
Ko'ksing to'la shaxid o'g'lonlaring bor.
4-sinf o'qish kitobida ham o'quvchilarga estetik tarbiya beruvchi bilim va salohiyatlarini oshiruvchi xilma-xil she'rlar berilgan.
"Ma'naviyat - qalb quyoshi"20 bo'limida o'quvchilarni ma'naviy kamolotga
eltuvchi rang -barang she'rlar berilgan. Ularni o'qitish orqali bolani ma'naviy
barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi ilgari suriladi.
"Xalq og'zaki ijodi" bo'limida og'zaki ijodimizga taalluqli turli milliy qo'shiqlarimiz, laparlarimiz, bolalar o'yinlari she'riy tarzda talqin etilgan
Boychechagim boylandi, .
Qozon to'la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozon tovog' ing vayrondi.
"Kumush qish" bo'limida she'riy asarlar orqali hammamiz uchun sevimli bo'lgan qish manzaralari-tasvirlangan. Undagi quvnoq satrlar bolani zavq -shavqqa to'ldirib, bu faslning go'zalligidan baxra olishga undaydi.
Savat bulut to'shagan
Qish to'zg'itar momiq par.
Yerga separ oq namat
Yozilganday yaltirar
O'qish darsliklarida o'rin olgan har bir she'riy asar o'quvchilarga tarbiya berib, ularni flkrlashga, atrof muhit bilan munosabatga kirishishga, dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli ham o'qish darsliklariga kiritilgan har bir she'rning g'oyasi, tarbiyaviy ahamiyati, janri, o'qish va yod olish uchun qulayligiga asosiy e'tiborni qaratish lozim. She'riy asarlarni o'rgatish o'qituvchidan yuksak mahorat va malaka talab etadi. Shu sababdan ham boshlang'ich sinflarda o'qish darslarida o'rganiladigan she'riy asarlarni o'quvchilar ongiga yetkazishga yuzaki qarab bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |