Sistemaviylik va izchillik printsipi nafaqat o’qituvchi faoliyatida, balki o’quvchi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega, Fikrni bayon qilish tartibini belgilash, bayon va insho uchun oddiy va murakkab reja tuzish kabi topshiriqlar o’quvchilardan sistemaviylik va izchillikni talab etadi.
Shunday qilib, sistemaviylik va izchillik printsipi ona tili ta’limining mazmunini belgilashda ham, o’qituvchi faoliyatida ham, o’quvchi faoliyatida ham o’z ifodasini topadi. Bu printsipni amalda tadbiq etish ta’lim mazmunini takomillashtiradi; o’quvchilarning o’quv -biluv faolligini oshiradi.
Ona tili o’rganishda nazariyani amaliet bilan bog’lash printsipi. Ona tili o’rganishda nazariyani amaliyotga bog’lash deganda o’quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy - nazariy bilimlarini amalda qo’llashini ta’minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog’lash ona tili o’rganishni foydali maqsadga burish, o’rganilayotgan til hodisalarini o’quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga bo’ysundirish, til ta’limini hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’lash demakdir.
O’quvchi o’z ona tilini yaxshi o’rganib olsagina, uning zexni, aqli, ongi va umumiy madaniy darajasi ortadi. O’z tilining keng imkoniyatlaridan og’zaki va yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina xalq yarattan madaniy — tarixiy boyliklardan xabardor bo’ladi va u boshqa fanlar asosini chuqur o’zlashtirishga dadil qadam tashlaydi. Og’zaki hamda yozma nutqdan foydalaiish malakasiga ega bo’lgan o’quvchi ertangi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda ijodiy faoliyat ko’rsata oladi. Mustaqil turmushga uning ona tilidan bilganlari, to’g’ri yozish va o’qish malakalari, mazmunli va chiroyli so’zlash san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda ifodalash ko’nikmalari, ish qog’ozlari bilan muomala qilish uquvi qo’l keladi. Shuning uchun ham ona tili o’rganishda nazariyani amaliyotga bog’lash printsipi juda muhim qonuniyat sanaladi.Ayrim o’qituvchilar: "O’quvchi o’z ona tilining qonun - qoidalarini bilsa, aytib bersa, u savodli yozadi",- degan fikrni ilgari suradilar. Bu fikrga qo’shilish qiyin. Chunki ona tilining qonun - qoidalarini bilish boshqa, undan amaliy ish jarayonida foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish boshqa.
Ona tili o’qitashda nazariyani amaliyot bilan bog’lash maqsadida har bir soatlik dars mashg’ulotida o’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan nimalarni bilishlari va nimalarni amalda qo’llay olishlari lozimligini aytishi maqsadga muvofiqdir. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar tomonidan tuziladigan matnlar, yoziladigan bayon va insholar nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmaga aylantirishga yordam beradi.
Shunday qilib, til hodisalarini tahlil qilish va tahlil qilingan hodisalarga tayanib xulosalar chiqarish, o’rganilgan qoidalarni dalillar vositasida isbotlash, matn ustida ishlash, ijodiy -amaliy topshiriqlardan foydalanish nazariyani bevosita amaliy faoliyatga olib o’tadi Ona tili ta’limini turmush bilan bog’lashning asosiy omillaridan biri o’quvchilarga ish qog’ozlaridan foydalana olish malakalarini singdirishdir. O’qituvchi har bir bo’lim va mavzuning talabi hamda imkoniyatidan kelib chiqib, bu ishni amalga oshirish choralarini ko’rishi lozim. Chunonchi, "Atoqli otlar va ularning imlosi" mavzusi o’rganilar ekai, manzilgoh yozish ustida ish olyab borilsa, "Shart maylidagi fe’llar" mavzusini o’rganishda qaror matni ustida to’xtalish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili o’rganishda nazariyani amaliotga bog’lash printsipi vaqtli matbuot, ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyotdan unumli foydalanishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |